O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali nafaqat Toshkent , balki Samarqandda ham o’rnatiladi. «Gazeta.uz”ning shu haqdagi malumoti Badiiy akademiya tomonidan tasdiqlandi.
Akademiya saytiga joylashtirilgan xabarda keltirilishicha, haykal Samarqanddagi Toshkent ko’chasi bo’ylab joylashgan xiyobonda, Registon maydonidan o’ng tomonga o’rnatiladi. Poytaxtning qaysi qismidan haykal uchun joy ajratilishi esa hozircha malum emas.
Manbalarimizning malumotlariga ko’ra, birinchi Prezident haykali O’zbekistonning boshqa shaharlarida ham o’rnatilishi mumkin.
Ayni paytda Islom Karimov haykali loyihasi bo’yicha xalqaro badiiy tanlov davom etmoqda. U diplomli haykaltarosh va arxitektorlar uchun ochiq. Tanlov ishlari 31 martga qadar qabul qilinadi.
Qabul qilib olingan loyihalar Badiiy akademiya Markaziy ko’rgazmalari zaliga eksponat sifatida qo’yiladi va barcha xohlovchilar 10 aprelga qadar ularni tomosha qilishlari mumkin.