Home / Madaniyat / Homiladorlik kalendari 2023 haftalik, oylik, trimestr

Homiladorlik kalendari 2023 haftalik, oylik, trimestr

Homiladorlik har bir ayol orziqib kutgan ajoyib davrdir. Bu davrdagi ruhiyatni, ichki his tuyg’ularni umr davomida kamdan-kam hollardagina tuyish imkoni mavjud. Shunday ekan, bu lahzalarni unutilmas va esda qolarlik qilib o’tqazish muhimdir. Homiladorlik davri davomida bu kabi tuyg’ularni his qilishingizda homiladorlik taqvimi sizga yordam beradi.

Homiladorlik kalendari (taqvimi) sizga homiladorlikning butun muddati davomida o’z tanangizda bo’layotgan ajib o’zgarishlar haqida o’qib, his qilib borish imkoniyatini taqdim etadi. Bu kabi kalendardan bizning homilador ayollar uchun mo’ljallangan “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasi orqali osongina foydalanishingiz mumkin.

Quyida sizga homiladorlik davri mobaynida organizmingizda, bo’lajak shirintoyingizda yuz beradigan asosiy o’zgarishlar haqida qisqacha malumot berib o’tamiz. Homiladorlik davomida zaruriy barcha malumotlarni esa, “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasi orqali topishingiz mumkin.

Ilovani yuklab olish orqali homiladorlikdagi ona va boladagi o’zgarishlardan tortib, to’g’ri ovqatlanish, muhim tibbiy tekshiruvlar, ginekolog maslahatlari, homiladorlik mashqlari, bo’lajak farzandga ism tanlash, homiladorlik muddati hamda tug’ruq kunini aniqlash, boshqa homilador ayollar bilan suhbat qurish, farzand jinsini taxminiy aniqlash kabi foydali vositalarni bepul qo’lga kiritishingiz mumkin.

Homiladorlik kalendari birinchi trimestr

1-haftalik
Organizmingiz homiladorlikka tayyorgarlik ko’rmoqda. Akusherlik muddatlaridan kelib chiqib hisoblansa, homiladorlikning birinchi haftasi oxirgi hayz ko’rilgan kundan boshlanadi.

2-haftalik
Homiladorlikning 2-haftasida ayol organizmida ovulyasiya jarayoni ro’y berib, organizm urug’lanishga tayyor bo’ladi, yani tuxumdondan tuxum hujayra etilib chiqadi. Ko’pincha ayollar hayz siklining o’rtasida, yani 14-kunida homilador bo’lishadi.

Homiladorlik kalendari: 3-haftalik

Homiladorlik testi salbiy natijani ko’rsatadi. Ammo, bazi ayollar o’zlarida tez charchash, engil ko’ngil aynishi, ko’krak bezlarining sezuvchan bo’lib qolishi, qonli ajralmalar yuzaga kelishi, peshob ajralishining ko’payishi kabi homiladorlik alomatlarini sezishlari mumkin.

4-haftalik

Homilaning kattaligi lolaqizg’aldoq doni kabi bo’ladi va u intensiv ravishda o’sadi. 10-haftagacha homilaning barcha muhim organlari shakllanadi va bazilari ishlay boshlaydi. Mana shu davr ichida jadal o’sayotgan embrion nozik bo’ladi. Tashqi salbiy tasirlar uning o’limiga yoki tug’ilishdagi anomaliyalarga sabab bo’ladi.

5-haftalik

Homilador ayolning nerv tizimi va endokrin tizimidagi o’zgarishlar va xorion (homilaning bir qavati)dan ishlab chiqariladigan xorionik gonadotropin (KhG) sintezi hisobiga, ko’pchilik ayollarda birinchi uch oylikda toksikoz holati kelib chiqadi. Toksikoz belgilari – ko’p so’lak ajralishi va qusishdir.

Homiladorlik kalendari: 6-haftalik

Homilangizning uzunligi 0,51-0,64 sm.ga yetadi. Uning yuzi sekin-asta shakllanishni boshlaydi. Ikki nuqta paydo bo’ladi va ulardan keyinchalik ko’z shakllanadi, yana ikki nuqtadan esa burun teshiklari shakllanadi. Bundan tashqari jag’lar, ichki quloq, til va ovoz boylamlari hamda bo’yin va iyak farqlana boshlaydi. 6-haftalik embrionning boshi katta, tanasi esa “K” harfini eslatadi.

7-haftalik

Homiladorlik – moslashish qiyin bo’lgan fiziologik jarayondir. Shu sababli ham 7-hafta ketayotgan bo’lsada, ayol kishida kayfiyat o’zgaruvchanligi saqlanib qolgan bo’ladi.
7-haftada kichik chanoq bo’shlig’iga qon oqimi ko’payadi, buning natijasida peshob ajralishi oshadi, qorinda spazmlar yuzaga keladi.

8-haftalik

Tug’ilajak bola organizmi jadal o’sadi, homila uchun ko’p energiya qurilish materiallari kerak bo’ladi. Shu sababli embrion yuragi ko’p marotaba qisqaradi, bir daqiqada 150-170 marotaba qisqaradi. Bosh miyada neyronlar shoxlanadi va yangi bog’lamlar paydo bo’ladi.

Homiladorlik kalendari: 9-haftalik

Homiladorlik kalendari ning 9-haftasiga kelib ayol organizmida yog’ to’qimalari to’plana boshlaydi – shu yo’l bilan ayol organizmi sut orqali oziqlantirishga tayyorlanadi.
Ko’pchilik ayollarda relaksin gormonni tasirida – chanoq boylamlari bo’shashadi. Keyinchalik tug’ish jarayoni osonlashadi. Shu sababli ayol kishi chanoq sohasidagi og’riqlar va yurishdagi o’zgarishlarni his etishi mumkin.

10-haftalik

Bolakayingizning uzunligi 3-4 sm.dan ko’proq, tana vazni esa 4 gr.ni tashkil etadi. Yaqin haftalar ichida homila uch barobar kattalashadi, uning peshonasi bo’rtib chiqadi, chunki bosh miya ham kattalashadi. Homiladorlik vaqtida eng kerakli bo’lgan mikroelementlardan biri – ruhdir. Ruh ko’plab fermentlar tarkibiga kiradi va ular organizmdagi biokimyoviy jarayonlarda jadal qatnashadi. Ruh ishtirokida 300 dan ortiq turdagi oqsillar sintezlanadi.

Homiladorlik kalendari: 11-haftalik

Homilador ayolning umumiy ahvoli yaxshilanadi. Endi gormonal “dovul” pasayadi va ayolni ko’pda bezovta qilavermaydi. Avallari bezovta qilgan toksikoz belgilari endi homilador ayolni bezovta qilmaydi.
Shunday bo’lsa ham homiladorlik barcha ayollarda turlicha kechadi, bazilarda 11-12 haftaga kelib, barcha belgilar namoyon bo’lishi “cho’qqiga chiqishi” mumkin.

12-haftalik

Homiladorlik davrining 12-haftasiga kelib homilaning rivojlanishida eng muhim jarayonlardan biri – reflekslar shakllanadi. Uning barmoqlari va kafti bukiladi hamda yoziladi, mushaklar qisqara boshlaydi, og’iz, ko’z atrofidagi mushaklar ham harakatlana boshlaydi, so’rish refleksi paydo bo’ladi. Endi homila ona qorniga qo’l bilan paypaslanganini sezadi va unga javoban harakatlar qiladi. Ammo, ona bu kabi harakatlarni hali sezmaydi.

Homiladorlik taqvimi: 13-haftalik

Bu haftaga kelib, UTT (UZI) yordamida bo’lajak farzandingizning jinsini aniqlasa bo’ladi. Shunday bo’lsada, to’liq ishonch bilan aytish qiyin. Bolakayning harakatlanishi aktivlashadi: endi u bemalol qo’l va oyoqlarini harakatlantira oladi, yutinadi, esnaydi va hiqichoq tutadi.

Tabriklaymiz!

Siz homiladorlikning eng nozik pallasini ortda qoldirdingiz. Endi engil torsangiz ham bo’laveradi.
Agar homiladorlik davrini yana ham mazmunliroq o’tqazishni istasangiz, “Lalu – Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini yuklab oling.

Homiladorlik kalendari ikkinchi trimestr

14-haftalik

Homilaning uzunligi 9 sm.ni, tana vazni esa 35-45 gr.ni tashkil qiladi. Homilaning tanasi boshiga nisbatan tezroq o’sadi, bo’yin aniq ko’rina boshlaydi. Bolakay nafas harakatlarini bajaradi, shu yo’l bilan nafas mushaklari rivojlanishi tezlashadi.

15-haftalik

Homilador ayol tashqi ko’rinishi turlicha bo’lishi mumkin. Bu davrda ayol bachadoni kichik chanoqqa sig’may qoladi va qorin sezilarli darajada katta bo’ladi.
Gormonal o’zgarish tasiri ostida qon hajmi ko’payadi va burun shilliq qavatida to’planishi hisobiga burun bitishi va qonashi mumkin.

Homiladorlik kalendari: 16-haftalik

Bolakayda ichki quloq shakllangan, eshituv suyaklari bor. Endi u sizni eshita oladi va ovozingizni esda saqlab qoladi. Tug’ilgandan keyin ham sizning ovozingizni farqlay oladi. Ilmiy izlanishlar natijasiga ko’ra, chaqaloq ona qornidaligida eshitgan musiqalarni eslay oladi.

17-haftalik

Qorin kattalashishi natijasida tana muvozanati buziladi va shu sababli ayol “oyog’ida turishi qiyinlashadi”. 17-haftaga kelib barcha ayollar bolakaylarining harakatlarini his etishadi.
Ko’pchilik ayollar homiladorlikning ikkinchi uch oyligida noodatiy tushlar ko’rishadi.

Homiladorlik kalendari: 18-haftalik

Bo’lajak farzandingizning sezgi azolari funksiyasi ortadi: eshituv, ko’ruv va tam bilish. Bolakay ona organizmidagi jarayonlarni eshitadi, agar ona yonida baland tovush eshitilsa u “cho’chib tushadi”.

19-haftalik

Bu davrga kelib, ayrim homilador ayollar chanoq, qorin va qov sohasidagi o’tkir og’riqlarga shikoyat qiladilar. Odatda, bu kabi og’riqlar keskin harakat qilganda namoyon bo’ladi va bir necha daqiqalardan keyin o’tib ketadi. Bu holatga yumaloq boylamning cho’zilishi sabab sifatida ko’rsatiladi.

Homiladorlik taqvimi: 20-haftalik

Homilaning uzunligi 25,4 sm, tana vazni esa 300 gr bo’ladi. Homiladorlikning 20-haftasigacha bo’lgan davrda homila oyoqlari yig’ilgan bo’lganligi sababli uning butunlay bo’y uzunligini o’lchashning imkoni bo’lmaydi, shu sababli chanoqdan to boshgacha taxminan o’lchanadi. 20-haftaga kelib esa uning bo’y uzunligini tovondan to boshgacha o’lchash mumkin.

21-haftalik

Belda va kichik chanoq sohasida tortishish hissi paydo bo’lishi mumkin. Bu holat og’riqsiz namoyon bo’ladi, 1 daqiqa davom etib so’ng o’tib ketadi va har 4-5 soatda takrorlanib turishi mumkin. Bular yolg’on to’lg’oq (dard) hisoblanadi. Uning sababi to’liq o’rganilmagan, ammo bu kabi to’lg’oqlar xavfsiz va normal holat sifatida baholanadi.

Homiladorlikda bel og’rig’ini yengillatish borasidagi tavsiyalarni mana bu maqola orqali o’qib olishingiz mumkin: Homiladorlikda bel og’rishi – sabablari va bartaraf qilish usullari.

Homiladorlik kalendari: 22-haftalik

22-haftadan boshlab bolakayning shakhsiy “kun tartibi” bo’ladi, yani u bir vaqtda uxlaydi (12-14 soat davomida) malum bir vaqtda uyg’oq bo’ladi. Sizning qorningiz kattalashgan va gormonlar tasirida ko’krak sut bezlari hajmi ham ortadi.

23-haftalik

Bolakayning ko’p harakatlanishi tufayli sizda bazida bezovtaliklar kuzatilishi mumkin. Bunday paytda ko’proq sayr qiling, bolangiz bilan suhbatlashing, unga etiborni qarating. Agar farzandingizga haligacha, ism tanlamagan bo’lsangiz, “Lalu— Homiladorlik maktabi” mobil ilovasidan foydalanib, jajji shirintoyingizga ism tanlashingiz mumkin.

24-haftalik

Homiladorlik kalendari 24-haftasiga kelib, bo’lajak farzandingizning kattaligi yumaloq qovun kabi bo’ladi. Endi uning teri qoplamasi shaffof emas, chunki pigmentlar va teri osti yog’ qavati shakllanadi. Mayda kapillyarlar ko’payganligi sababli teri rangi pushtiga o’zgarib boradi.

Homiladorlik kalendari: 25-haftalik

Homiladorlikning bu vaqtga kelib, odatda homilador ayollar o’zida biroz semirishni his qilishi mumkin. Agar siz ham o’zingizda semirishni sezsangiz, bundan xavotirlanishingiz shart emas. Chunki organizmda suyuqlik ushlanib qolishi ko’payishi natijasida ushbu holat kuzatiladi. Homiladorlik davri davomida vazningizni o’lchab, mobil ilovamizning “Vazn nazorati” bo’limida qayd qilib borishni unutmang.

26-haftalik

26-haftaga kelib, bachadon tubi kindikdan 6 sm yuqorida joylashadi. Homila kattalashishi hisobiga uyqu vaqtida noqulayliklar kelib chiqadi, birinchidan yotish noqulay, ikkinchidan tug’ilajak bola haqida ko’p o’ylash sabab bo’ladi. Bu kabi holatlarni bartaraf qilish hamda engillatish uchun homiladorlik yostiqchalaridan foydalanishingiz mumkin.

Tabriklaymiz!

Siz va farzandingiz uzoq yo’lni bosib, ikkinchi trimestrni ortda qoldirib, homiladorlikning uchinchi trimestri sari qadam qo’yyapsiz. Bu yo’lni oson va muvaffaqiyatli bosib o’tishingizda “Lalu — Homiladorlik maktabi” sizga hamroh bo’lishi mumkin.

Homiladorlik kalendari uchinchi trimestr

27-haftasi

Kichkintoyingizning uzunligi 36-37 sm.ni tashkil qiladi. Bolakay uchun bachadon endi torlik qila boshlaydi, shu sababli uning harakatlari kuchli namoyon bo’layotgandek tuyuladi.
Uning bosh miyasi murakkablashib boradi, reflekslar ham to’liq shakllanadi. Bola barmog’ini so’radi, ko’zlari yopiq holda, uxlaydi va uyg’onadi.

Homiladorlik kalendari: 28-haftasi

Farzand haqida ko’p o’ylash va gormonal o’zgarishlar tasiri ostida uyquda muammolar kuzatiladi. Uxlash uchun yotganingizda siz uxlagingiz kelmay qandaydir yumushlar bilan shug’ullanishni istab qolasiz.

29-haftasi

Bolakay tanasi tug’iladigan chaqaloqlar kabi holatga keladi, uning boshi ham tanasiga nisbatan juda katta emas. Homila teri osti yog’ qavati o’sishi hisobiga “semiradi”. Bu vaqtga kelib, uning shaxsiy immun tizimi shakllanadi, ammo antitelolarni ona organizmidan qon orqali olib turadi.

Homiladorlik kalendari: 30-haftasi

Bazi ayollarda aksa urganda, yo’talganda, kulganda siydik tuta olmaslik kuzatiladi. Oyoqlarda shish paydo bo’lib turadi. Bu kabi belgilar tug’ruqdan keyin yo’qolib ketadi.
Uyqu bilan bog’liq noodatiy holatlar kuzatiladi: uchinchi uch oylikda homilador ayollar uyqusida tez-tez bezovta bo’lib turishadi, har xil tushlar ko’radi. Bunga sabab gormonlar tasiri va tug’ilajak farzand haqida ko’p o’ylashdir.

31-haftasi

Bu vaqtga kelib homilaning tana vazni bo’yining uzunligiga nisbatan ko’proq ortadi. Uning tana uzunligi 41 sm, tana vazni esa 1,5 kg ni tashkil etadi. 31-haftada ayrim bolakaylarning boshida sochlar juda ko’p bo’lsa, ayrim bolakaylar sochi umuman bo’lmasligi mumkin.

32-haftasi

Jajji bolakayingiz tug’ilishini “kutib yotish” vaqtida – hayoti uchun muhim bo’lgan harakatlar, so’rish, yutinish, nafas olish, boshini burish, oyoqchalari va qo’lchalarini harakatlantiradi. U charchagan paytlarida uxlaydi, hatto tush ham ko’radi.

Homiladorlik kalendari: 33-haftasi

Yolg’on to’lg’oqlar yana-da ko’proq bezovta qiladi. Shu yo’l bilan organizm tug’ruq jarayoniga tayyorlanib boradi. Chin to’lg’oq bilan yolg’on to’lg’oqlarning farqi, yolg’on to’lg’oqlar qisqa muddat ichida o’tib ketadi.

34-haftasi

Ushbu davrga kelib siz qorningizning biroz kichrayganligini sezishingiz mumkin. Buning ikki sababi bor. Birinchisi, homila biroz pastroqqa tushadi. Bazi hollarda bu holat ertaroq sodir bo’lsa, bazida esa tug’ruq jarayoniga bir necha soat qolganda ro’y beradi.
Ikkinchisi esa, bachadonda amniotik
suyuqlik kamayishi. Bunga sabab o’sayotgan homila uchun ko’proq joy ajratish lozimligi.

35-haftasi

Homiladorlik kalendari 35-haftasiga kelib, bolakayingizning uzunligi 46 sm, tana vazni esa 2,4 kg.ni tashkil qiladi. Uning tana vazni teri osti yog’ qavati qalinlashishi hisobiga ortadi. Kichkintoyingizning rivojlanishi deyarli to’liq tugaydi.

Homiladorlik kalendari: 36-haftasi

Homiladorlikning 36-haftasida va keyingi haftalarda homila biroz pastroqqa tushadi. Natijada jig’ildon qaynashi va hansirash yo’qoladi, ammo siydik qopi ezilishi hisobiga peshob ajralishi kuchayadi, chanoq sohasida diskomfort namoyon bo’ladi.

37-haftasi

Bolakayning harakatlanishi kamayadi, agar harakat qilsa ham kuchli seziladi, chunki bachadon u uchun torlik qiladi. Homila tug’ilgandan keyin hayot uchun muhim bo’lgan barcha reflekslarni bajara oladi: nafas olish va chiqarish, yutish, so’rish, ko’zlarini ochib yumish. U doim bu kabi harakatlarni takrorlab turadi.

38-haftasi

Homilangizni – endi chaqaloq deb atasak ham bo’ladi. Uning barcha azolari to’liq rivojlangan. U mustaqil ravishda yashashga to’liq tayyor. Homila chanoq sohasiga tushadi va ayrim nerv tomirlarini ezib qo’yishi mumkin.

39-haftasi

Shoshilinch tug’ruq 38 va 42 haftalar oralig’ida ro’y beradi. Ilk bor farzand ko’rayotganlar odatda 41-haftada farzandlarini dunyoga keltiradilar. 39-haftada yolg’on to’lg’oqlar bezovta qilib turadi. Agar chin to’lg’oq kuzatilsa, siz uni yolg’on to’lg’oqdan qiyinchiliklarsiz farqlab olasiz: chin to’lg’oq og’riq bilan, belgilari kuchayib boruvchi xarakterli, uzoq muddat davom etadigan ko’rinishda namoyon bo’ladi.

Homiladorlik kalendari: 40-haftasi

Tug’ruq jarayonini kutib, o’zingizni khotirjam tuting. Agar quyidagi belgilar yuzaga kelsa, darhol tug’ruqxonaga borish kerak:
— Homila oldi suyuqligi kelsa. siz oddiy qindan keladigan suyuqlikni homila oldi suyuqligidan bemalol farqlab olasiz, ko’pchilik ayollar peshob ajraldi deb o’ylashlari ham mumkin.
— Chin to’lg’oq boshlansa. Ular yolg’on to’lg’oqlardan farqli ravishda og’riqli, davom etuvchi harakterda va ko’proq diskomfort chaqiradi.

41-haftasi

Homila uzunligi 50-56 sm, tana vazni esa 3,2-4,1 kg.ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkichlar naslga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Bu ko’rsatkichlar o’rtacha qilib olingan. 41-haftaga kelib homila organizmida aytarli o’zgarishlar ro’y bermaydi. Barcha azolar yetilgan, bola dunyoga kelishga tayyor.

Homiladorlik taqvimi: 42-haftasi

Tug’ruq har qanday vaqtda ro’y berishi mumkin va siz yaqin vaqtlar ichida farzandingizni qo’lingizda tutishingiz, uni emizishingiz, belanchakka belashingiz va shu kabi yoqimli mashg’ulotlar bilan band bo’lasiz. 42-haftada ham ro’y bermagan tug’ruq jarayoni ayol va homila hayotiga khavf tug’diradi. Shu sababli shifokorlar tomonidan suniy ravishda tug’ruq chaqiriladi.

Chaqaloq muborak bo’lsin!

Siz har bir ayol orziqib kutgan baxtga musharraf bo’ldingiz, tabriklaymiz! Bunday baxtli onlaringizda sizga sherik bo’lganimizdan mamnunmiz!
Agar sizga “Lalu – Homiladorlik maktabi” mobil ilovasi yoqqan bo’lsa, boshqa homilador do’stlaringizni ham ushbu maktabimizga taklif qiling.
Sizga esa chaqaloq parvarishi va tarbiyasida omad tilagan holda, bu kabi muhim vazifaga xuddi homiladorlik davringizdagi kabi masuliyat bilan yondashishingizni so’rab qolamiz.

Haqqimizda

Яна маълумот

scale_1200-1

Ko’ngil aynishi sabablari

KO’NGIL AYNISh VA ICh KETISh SABABLARI   Ovqat hazm qilish tizimingiz bezovta bo’lganda yoki sog’lig’ingizga zarar …