Home / Siyosat / Oliy talimdagi ustuvor yo’nalishlar ko’rsatib berildi

Oliy talimdagi ustuvor yo’nalishlar ko’rsatib berildi

Prezident SHavkat Mirziyoev raisligida oliy talimdagi ustuvor vazifalar muhokamasi bo’yicha videoselektor yig’ilishi davom etmoqda.

O’zA khabariga ko’ra, davlat rahbari talim sifatini yakhshilash va uning barcha jarayonlarini bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib, tashkil etish masalasi Oliy talim vazirligi, rektorlarning etiboridan chetda qolib ketayotganini qayd etdi.

8l1feiiwgxjrcna89gsbwrebevbmsvbk

Jumladan, bugungi kunda 815 ta yo’nalishning 55 foizi mehnat bozori talablariga javob bermaydi. Oliygohlar 2 mingga yaqin fanlar bo’yicha darsliklar bilan taminlanmagan, o’quv dasturlari bundan 40 yil oldingi fan va yo’nalishlar asosida tuzilgan.

Masalan, Toshkent moliya institutida g’azna ijrosi, pensiya ishi, byudjet hisobi kabi 9 ta mutakhassislik khorijiy oliygohlarda 1 ta moliya yo’nalishi sifatida o’qitiladi. SHu bilan birga, oliy o’quv yurtlarini o’quv adabiyotlari bilan taminlash ham qoniqarli ahvolda. Jumladan, o’tgan yilda bor-yo’g’i 77 ta oliygoh 5 milliard so’mlik kitoblarni sotib olgan (bitta oliygohga o’rtacha 68 million so’m).

Haqqimizda