Home / Iqtisodiyot / Uylar proekti – chiroyli uylar dizaynlari

Uylar proekti – chiroyli uylar dizaynlari

O’zbekona zamonaviy uylar dizaynlari.

O’zbek xalqi borki uyim joyim deya, harakat qilib, terib, topib to’plab uy soladi. Yangi turmush qurgan oilaga ham birinchi navbatda er (chek) olib, orzu havas bilan oylar, yillar davomida uy solishadi. Oilada o’g’il farzand tug’ilishidan boshlab uy tashvishi tushadi. So’nggi paytda qurilayotgan namunaviy tipdagi zamonaviy uylar bizga qanday uy qurishlikni o’rgatdi desak ham  bo’ladi.

O’zbekiston sharoitiga, mentalitetimizga, zamonaviylikga asosan juda qulay va shinam tarzda qilinmoqda. Ammo o’zbekning orzu-havasi bor bo’sin. O’zlarining yashab turgan uylarini huddi ana shunaqangi ko’rinish va ranglarini olgan holda yanada , chiroyli  qilib qurishga harakat qilishmoqda. Orzu-havasga nima etsin. Imkon bo’lsa bir marta yashaydigan bu dunyoda o’zi hohlagandek uyda yashashga hamma haqli. Odam bu dunyoda nimanidir maqsad qilib, nimagadir intilib yashash kerak. Bir psixolog yutubdagi blogida aytgan edi. Bir odam uysiz ijarama ijara ko’chib yashab yurar ekan. Ishlab topgan puli ham ijara, oylik to’lovlardan oshmas ekan. Shunday yashash joniga tegib, kundalik muammolardan og’ir depressiya holatiga tushganda psixolog qabuliga boribdi va psixolog maslahatiga ko’ra o’zi orzusidagi uyni rasmini chizibdi. Rasmni har kuni ko’zi tushadigan joyga ilib qo’yibdi. Ertalab turganda o’sha rasmga qarab qachondir o’sha kun kelishiga ishonib kayfiyati ko’tarilar ekan, ishga ketayotganda ana shu uyga pul to’plash uchun degan mazmun bilan ishga borarkan, ishdan charchab kelganda esa shu mehnatlarimning ham bir kuni mana shunday natijasi bo’ladi deya charchoqdan nolimas ekan. Bir necha yildan keyin u shu orzusiga etibdi. O’sha rasm insonga umid, hayotga, yashashga intilish, g’ayrat, kuch quvvat baxshida etibdi. Psixolog ana shunday qilib u odamni davolabdi.

Ushbu postimda o’zbekona, sharqona tipda qurilishi mumkin bo’lgan zamonaviy dizaynlarni ko’rishingiz mumkin. Nafaqat uy balki uning honalari, tarkibi (darvoza, ayvon, zinapoya, shift…), ichki jihozlarini ham ko’rishingiz mumkin. Siz ham o’zingiz hohlagan uyni mo’ljallab qo’ying. Balki uy yoqmasada ichidagi qaysidir elementi yoqib qolar. Yaxshi, chiroyli narsalarni ko’rish kayfiyatni ko’taradi, kundalik tashvishlardan, miyangizning ichida aylanayotgan hayollaringizdan bir oz bo’lsada sizni chalg’itadi. Bu esa sizni stressdan xalos qiladi. Marhamat ko’ring. Fikrlaringiz bo’lsa tortinmay kommentariyaga yozishingiz mumkin.

Zamonaviy uylar dizayni

Yangi zamonaviy uylar

Uy kurilishni rejalashtirish 3d planlari

Dunyodagi eng qimmatbaho top 5 ta uylar


Zamonaviy va chiroyli besetkalar (ayvon)


Zamonaviy temir darvozalar

Patalok dizaynlaridan namunalar

arkalar


Peregorotkalar

zinapoyalar dizaynlari

Oshxona dizaynlari

Mehmonxona dizaynlari

Zamonaviy va shoxona vanaxonalar dizayni

Bolalar khonasi dizaynlari

Zamonaviy va shohona yotokhona dizaynlari


suyuk(jidkiy) aboy dizaynlari

3d aboy dizaynlari

Chiroyli pardalar dizayni


Haqqimizda

Яна маълумот

Biznes reja – namunasi, tayorlash

Malumki, tadbirkorlik faoliyati yuritishning muhim omillaridan biri biznes ishini rejalashtirishdir. Puxta va pishiq tuzilgan biznes-reja …