Home / Iqtisodiyot / Daromadi 10 mlrd so’mdan kam bo’lmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi

Daromadi 10 mlrd so’mdan kam bo’lmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi

Prezidentning “Tadbirkorlik subektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq mamuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2023 yil 1 apreldan boshlab:

Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi hisobidan bir yilda bir marotaba o’rta tadbirkorlik subektlariga mol-mulkni sug’urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi;

jami daromadi 10 mlrd so’mdan kam bo’lmagan tadbirkorlik subektlari uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida byudjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan to’lovni amalga oshirish nazarda tutiladi.

  • Bunda, soliq organlari tomonidan jami daromadi 10 mlrd so’mdan oshgan tadbirkorlik subektlari to’g’risidagi malumotlar shakllantiriladi va maxsus axborot portali bilan malumot almashinuvi taminlanadi;
  • davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi;
  • yuqori qo’shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bog’liq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.

Haqqimizda

Яна маълумот

Biznes reja – namunasi, tayorlash

Malumki, tadbirkorlik faoliyati yuritishning muhim omillaridan biri biznes ishini rejalashtirishdir. Puxta va pishiq tuzilgan biznes-reja …