Home / Jahon / Turkiyadagi zilzila: nega zamonaviy uylar qartadan qurilgan uylar kabi quladi?

Turkiyadagi zilzila: nega zamonaviy uylar qartadan qurilgan uylar kabi quladi?

Turkiyada qurilish qoidalariga rioya qilinmagani bo’yicha norozilik kuchaymoqda – bu holat zilzila vaqtida ko’plab binolar qulashiga olib kelgan. BBK yaqinda qurilgan binolar tabiiy ofat vaqtida qulab tushgani haqidagi malumotlarni tekshirdi.

Malatyadagi uylardan birining qurilishi o’tgan yili yakunlangan, ijtimoiy tarmoqlarda «bino eng so’nggi zilzila xavfsizligi standartlariga muvofiq tarzda qurilgani» haqida elon berilgan.

Elonda shuningdek ishlatilgan barcha materiallar va bajarilgan ish sifati – «yuqori darajada» ekani qayd etilgan.

Hozirga kelib bu elon o’chirib yuborilgan, ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari undan skrinshotlar olishgan va videoni yuklab olib, uni internetga qayta joylashtirishgan. Skrinshotlardagi kadrlar kompaniya saytida elon qilingan boshqa elonlar uslubiga mos keladi.

6

Port shahar Iskandarunda ham yana bir ko’p kvartirali uy qulagan.

Uning quruvchisi qurilish ishlari 2019 yilda yakunlangani ko’rsatilgan tasvirni elon qilgan. BBK qulagan bino surati kompaniya tomonidan tarqatilgan kvartal reklamasidagi bino joylashuviga mos kelishini tasdiqlagan.

Nashr izoh olish uchun quruvchi kompaniya bilan bog’langan, lekin javob ololmagan.

Boshqa bir kadrda Antakyada 2019 yilda qurilgan yana bir uy vayron bo’lganini ko’rish mumkin.

Nashr ushbu turar joy kompleksining 2019 yil noyabrida o’tkazilgan ochilish marosimi aks etgan videoni topgan, unda qurilish kompaniyasi xo’jayini shunday deydi: «Guklu Bog’cha» loyihasi – joylashuvi va qurilish sifati jihatidan boshqalariga nisbatan o’ziga xosliklarga egadir».

Ekspertlarning so’zlariga ko’ra, zilzila kuchli bo’lganiga qaramay, barcha qurilish qoidalariga muvofiq qurilgan binolar joyida turishi kerak edi.

«Bu zilzila vaqtidagi silkinishlarning maksimal kuchi vayronkor edi, ammo qoidalar bo’yicha to’g’ri qurilgan binolarni vayron qilish uchun etarli deb aniq aytib bo’lmaydi», degan London Universitet kollejining favqulodda vaziyatlarni rejalashtirish va boshqarish bo’yicha mutaxassisi, professor Devid Aleksander.

«Ko’p joylarda silkinish kuchi maksimal darajadagidan kamroq bo’lgan, shuning uchun biz xulosa chiqarishimiz mumkinki, qulagan minglab binolarning deyarli barchasi zilzila ro’y bergan taqdirda dosh berish uchun zarur bo’lgan qurilish meyorlari bo’yicha qurilmagan», deya qo’shimcha qiladi Aleksander.

Qurilish qoidalariga rioya etilmasligi

Turkiyada xavfsizlik bo’yicha qatiy standartlar 1999 yilda Izmitda ro’y bergan va 17 ming kishini hayotdan olib ketgan kuchli zilziladan keyin joriy etilgandi. Keyingi yillarda ro’ bergan tabiiy ofatlar ortida bu qoidalar yanada qatiylashtirib borildi, so’nggi marta 2018 yilda qoidalar kuchaytirilgan.

So’nggi qoidalarga ko’ra, zilzila ro’y berishi xavfi yuqori bo’lgan hududlarda quruvchilar po’lat sterjenlar bilan armaturalangan yuqori sifatli betondan foydalanishi talab etiladi. Ustunlar (kolonna) va to’sinlar (balka) shunday taqsimlanishi kerakki, er silkinishidan keladigan zarbalarni samarali qabul qilsin.

Ammo bu qoidalar amalda juda yomon qo’llangan.

«Muammoning bir qismi shundaki, mavjud binolar deyarli modernizasiya qilinmaydi, shu bilan birga yangi binolar qurilishida qoidalarga rioya etilishi juda yomon holatda», deydi professor Aleksander.

Misol uchun, zilzilalar xavfi yuqori bo’lgan boshqa bir mamlakat Yaponiyada – juda qatiy qurilish normalari amal qiladi. Qurilishdagi xavfsizlik talablari qurilayotgan bino qanday maqsadlarda qo’llanishi hamda zilzila xavfi yuqori bo’lgan hududlarga nechog’liq yaqinligi bilan farqlanadi.

3

Turkiyada qoidalarga nega bu qadar yomon amal qilinadi?

Turkiya hukumati vaqti-vaqti bilan qurilish amnistiyalari berib turadi. Mohiyatan, bu xavfsizlik standartlari sertifikatlari bo’lmagan binolarni qurganlik uchun jarima to’lashdan qonunan ozod etishga tengdir.

Bunday amnistiyalar 1960-yillarda joriy etilgan (so’nggi marta 2018 yilda).

Hukumat tanqidchilari anchadan buyon bunday amnistiyalar kuchli zilzila ro’y bergan taqdirda halokatli oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirib kelardi.

Turkiya Muhandislar palatalari va arxitektor-shaharsozlar palatalari ittifoqining Istanbul bo’limi rahbari Pelin Pinar Giritlio’g’lining malum qilishicha, zilziladan katta talafot ko’rgan Turkiya janubida 75 ming bino qurgan quruvchilar shunday amnistiyalarga ega bo’lishgan.

Oxirgi falokatdan bir necha kun oldin Turkiya nashrlari parlament yangi qurilgan binolarni qurgan quruvchilar uchun yanada ko’proq imtiyozlar taqdim etiladigan yangi qonun loyihasini maqullashga tayyorlanayotgani haqida xabar bergandi.

Bundan avvalroq geolog Jalol Sengor tom manoda tektonik platolar bilan yorilgan mamlakatda bu kabi qurilish amnistiyalari berilishi jinoyatga teng ekanini aytgandi.

2020 yilda mamlakat g’arbidagi Izmir viloyatida yuzdan ortiq kishi o’limiga sabab bo’lgan zilziladan keyin BBK turk xizmati jurnalistlari mazkur hududdagi 672 ming bino uchun qurilish amnistiyalari berilganini aniqlagandi.

O’sha materialda jurnalistlar Turkiya atrof-muhit va urbanizasiya vazirligining munosabatini keltirgan, unga ko’ra, Turkiyadagi binolarning yarmi – qariyb 13 mln bino qoidalarni buzgan holda qurilgani aytilgan.

Nashr so’nggi zilzilalardan keyin ham Turkiyadagi qurilish standartlari bo’yicha ushbu vazirlik bilan bog’langan va shunday javob olgan: «Bizning mamuriyatimiz tomonidan qurilgan birorta bino qulab tushmagan. Joylarda shikastlanish holatlarini aniqlash ishlari tezkor suratlarda olib borilmoqda».

Haqqimizda

Яна маълумот

yablok

Olma haqida qiziqarli faktlar

Olma eng yakhshi teri bilan istemol qilinadi, barcha oziq moddalar darhol uning ostida bo’ladi. Peelda …