Home / Madaniyat / Soch to’kilishi – sabablari, va oldini olish

Soch to’kilishi – sabablari, va oldini olish

zabolevaniya-jpg-pagespeed-ce_-d1xml2shbm

Soch turli sabablar tufayli to’kilishi mumkin. Birinchi navbatda sochlarni parvarish qilishda noto’g’ri usullardan foydalanish: misol uchun sochni yuvishda, bo’yashda va turmaklashda yo’l qo’yilgan xatolar soch to’kilishini keltirib chiqarishi mumkin. Bulardan tashqari, organizmdagi o’zgarishlar ham soch to’kilishiga olib keladi.

Har kuni o’rtacha miqdorda 50tadan 100tagacha soch tolasi to’kilishi normal holat hisoblanadi. Bundan xavotir olmasa ham bo’ladi, chunki to’kilgan tolalarning o’rniga yana yangisi o’sib chiqadi. Aytilgan miqdordan ko’p to’kilgan holatda, kasallik deb qarash kerak.
Soch tanamizdagi eng tez tasirchan azodir. Shuning uchun ham unga doimiy parvarish lozim. Oddiygina hayot tashvishlari, odamni qayg’uga soladigan holatlarning sodir bo’lishi, hattoki fasllarning almashishi ham birinchi navbatda soch­larimizga tasir etadi. Ayollarda soch to’kilishi gormonal o’zgarishlar va turli hissiyotlarga berilish natijasida sodir bo’ladi. Soch to’kilishining uch asosiy sababi mavjud.
Birinchisi: soch to’kilishi nasl suradi. Bunda ayol kishining buvisi, onasining sochlari erta to’kilgan bo’lsa, unda bu jarayon takrorlanadi. Ular 20 yoshga to’lganlaridan so’ng sochlari odatdagidan ko’p­roq to’kilishni boshlaydi. Nasl­ga o’tadigan soch to’kilishining oldini olib bo’lmaydi.
Ikkinchisi, turli yuqumli kasalliklar, gormonal o’zgarishlar (masalan homiladorlik va tug’ish jarayonidan so’ng soch to’kiladi), dori vositalari, ruhiy siqilishlar ham soch to’kilishiga sabab bo’ladi. Bunda soch to’kilishining oldini olish choralarini ko’rish mumkin. Maxsus tibbiy vositalar, uy sharoitida tayyorlangan niqoblar samarali yordam beradi.
Uchinchi sababi, soch turmaklashda va boshqa holatlarda sochga turli kimyoviy vositalarni ishlatish uning to’kilishiga va jilosini yo’qotishiga olib keladi.

Zamonaviy kosmetika mahsulotlari soch to’kilishiga sabab bo’ladimi?

Zamonaviy kosmetika vositalari tarkibida soch uchun zarur bo’lgan moddalar mavjud bo’lishiga qaramasdan, ulardan foydalanishda tarkibiga etibor qaratish talab etiladi. Masalan, soch uchun ishlab chiqarilgan niqoblar bazi hollarda bosh terisi faoliyatiga sezilarli tasir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bunday niqoblardan haftada 1 martadan ko’p foydalanish tavsiya etilmaydi. Zamonaviy vositalar bilan tabiiy vositalarni aralashtirib qo’llash soch erta to’kilishining oldini oladi.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan shampun va shunga o’xshash yuvish vositalarining hammasi ham birdek zararli emas. Tarkibi faol moddalar bilan boyitilgan yuvish vositalari soch to’kilishiga sabab bo’lmaydi. Bunday vositalarning narxi, albatta qimmat bo’ladi.

Soch to’kilishining oldini olish uchun niqoblar

1. Barcha turdagi sochlar uchun niqob. Bu niqobni tayyorlash uchun o’simlik moyi va kanakunjut moyi 1:9 nisbatda aralashtiriladi va soch ildizlariga surtiladi. So’ng boshga sellofan qalpoq kiyib, 1 soatdan keyin yuvib tashlanadi. Sochni yuvishda quruq sochlarga mo’ljallangan shampundan foydalanish kerak. Ushbu davo usuli haftada 2 marta, jami bo’lib 10 marta takrorlanishi lozim.
2. Quruq sochlar uchun niqob. 1 dona tuxum, 1 choy qoshiq gliserin, 1 choy qoshiq sirka, 2 osh qoshiq kanakunjut moyi aralashtirilib, soch ildizlaridan to uchigacha surtiladi. Boshga issiq qilingan sochiq o’rab qo’yiladi. Sochiqni ikki-uch marta almashtirish lozim. Soch keragicha namlangandan so’ng tuxum sarig’i ekstrakti qo’shilgan shampun yordamida yuviladi. Ushbu davolash usuli haftada ikki marta bajariladi.
3. Quruq va normal sochlar uchun namlantiruvchi niqob. Bu niqob soch tolalari va ildizlarini namlantirib, to’kilishini oldini oladi. Niqobni tayyorlash juda oson. Buning uchun 37 darajagacha qizdirilgan qatiq soch tolalari va bosh terisiga surtiladi. Ustidan pergament qog’oz bilan o’rab, iliq sochiq yopiladi.20-30 daqiqadan so’ng sochga yana qatiq surtilib, bosh terisi barmoq uchida engil massaj qilinadi. So’ngra soch iliq suvda, shampunsiz yaxshilab yuvib tashlanadi.
4. Yog’li sochlar uchun niqob. 1 choy qoshiq asal, 1 choy qoshiq limon sharbati, 1 bo’lak ezilgan sarimsoq, 1 choy qoshiq stoletnik sharbati aralashtirilib, nam sochga surtiladi. Boshga polietilen qalpoq ki­yib, sochiq bilan yaxshilab o’raladi. 30-40 daqiqa o’tgandan so’ng sochni iliq suvda sovunsiz yuvish kerak. Sarimsoq hidini ketkazish uchun esa xantal qo’shilgan suvda yuvib, toza suv bilan chayib tashlash kerak.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …