Home / Madaniyat / Alisher Navoiy g’azallari va sherlari

Alisher Navoiy g’azallari va sherlari

temur

Kecha kelgumdur debon, ul sarvu gulro’ kelmadi.
Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtimu, chektim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’ayu, ul sho’xi badxo’ kelmadi

Ul parivash hajridinkim yig’ladim devonavor.
Kimsa bormukim, oni ko’rganda kulgu kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo’qsa kim qo’ydi qadam
Yo’lg’akim, avval qadam mashuqi o’tru kelmadi.

Ey Navoiy boda birla xurram et ko’nglung o’yin
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.

QARO KO’ZUM

Qaro ko’zum, kelu mardumlug’ emdi fan qilg’il,

Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.

Yuzung guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan,

Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’il.

Takovaringg’a bag’ir qonidin hino bog’la,

Itingg’a g’amzada jon rishtasin rasan qilg’il.

Firoq tog’ida topilsa tufrog’im, ey charx,

Xamir etib yana ul tog’da ko’hkan qilg’il.

Yuzung visolig’a etsun desang ko’ngullarni,

Sochingni boshdin-ayog’ chin ila shikan qilg’il.

Xazon sipohiga, ey bog’bon, emas mone

Bu bog’ tomida gar ignadin tikan qilg’il.

Yuzida terni ko’rub o’lsam, ey rafiq, meni

Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg’il.

Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,

Aning boshog’lig’ o’qin shami anjuman qilg’il.

ORAZIN YoPQACh KO’ZIMDIN…

Orazin yopqach ko’zumdin sochilur har lahza yosh,

O’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’ach quyosh.

Qut bir bodomu erim go’shan mehrob edi,

G’orati din etti nogah bir baloliq ko’zu qosh.

Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,

Subhnung bot-bot dami andog’ki aylar mehr fosh.

Bo’sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,

Desam og’zi ichra aytur lal ham bor nav tosh.

Novaking ko’nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,

Kim qilur paykonini ko’nglum bila jonim talosh.

Umri jovid istasang fard o’lki, bo’ston Xizridur,

Sarvkim dab ayladi ozodaliq birla maosh.

Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,

Gar budur mehrob, bir-bir qo’ygusidir barcha bosh.

O’N SAKKIZ YoSh HAYRATLARI

O’n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,

Ne ajab, chun sarvinozim o’n sakkiz yoshindadur.

Desa bo’lg’aykim, yana ham o’n sakkiz yil husni bor,

O’n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.

O’n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o’lsa, uldurur,

Husn shohi, ul balolarkim, ko’zu qoshinadur.

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,

Barchasi ezid taolo suni naqqoshinadur.

Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko’nglidin,

Aqlg’a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.

May ketur, ey mug’ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,

Bul ajablarkim, bu eski dayr khuffoshindadur.

To Navoiy to’kti ul oy furqatidin bahri ashk,

Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

MUBTALO BO’LDIM SANGA

Ko’rgali husnungni zoru mubtalo bo’ldum sanga,

Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldum sanga.

Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko’ngul,

Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo’ldum sanga.

Men qachon dedim: «Vafo qilg’il manga» zulm aylading,

Sen qachon deding: «Fido bo’lg’il manga» bo’ldim sanga.

Qay pari paykarga dersen telba bo’ldung bu sifat,

Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo’ldum sanga.

Ey ko’ngul, tarki nasihat aylading ovora bo’l,

Yuz balo etmaski, men ham bir balo bo’ldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,

Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga.

G’ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,

To Navoiydek asiru benavo bo’ldum sanga.

LABLARINGKIM HAYF ERUR…

Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,

Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.

Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko’ngul,

Telba yanglig’kim, qochar el g’ofil o’lg’ach band ila.

Odam ul soatki jannat ichra avlodin ko’rar,

Ne quvong’ay dam-badam sen nozanin farzand ila.

Qo’y nasihat, zohido, o’tlug’ damimdin vahm qil,

Telba it imkoni yo’qturkim, sog’alg’ay pand ila.

Hojatingni elga arz etmakka hojat bo’lmasun,

Xush chiqishsang lahzani bu zori hojatmand ila.

Lablaring hajrinda yur parkandkim bo’lmish ko’ngul,

Lal erur mahlul qon o’rnig’a har parkand ila.

Chun Navoiy ko’ngli sindi, emdi lutfing ne asig’?

Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila.

OShIQ O’LDUM

Oshiq o’ldum, bilmadim yor o’zgalarga yor emish,

Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.

Qaddig’a el mayli bo’lg’ondin ko’ngul ozurdadur,

Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.

Elga novak urdi, men o’ldim erur bu turfakim,

Jonim etgan resh el bag’rig’a kirgan khor emish.

Rishtakim, muhlik yaram og’zig’a tiktim angladim,

Kim kafan jinsi qirog’idin suvurgan tor emish.

Ko’yi devoridin og’riq tang’a tushgan soyadek,

Sel g’amidin emdi soya o’rnig’a dildor emish.

Jong’a taxvif ayladim tig’i halokidin aning,

Bilmadim bu ishdin ul o’lguncha minnatdor emish.

Ey Navoiy, xo’blarni ko’rma osonlig’ bilan,

Kim biravkim soldi ko’z, uzmak ko’ngul dushvor emish.

ISTADIM

Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,

Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

Kimga kim jonim fido aylab sog’indim dam-badam,

Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim.

Bilmadim olam elida yo’qturur mutlaq vafo,

Vahki, umri ulcha yo’qtur sog’inib yor istadim.

Ulki, topilmas bashar jinsida vah g’aflat ko’rung,

Kim pari xaylida men devonai zor istadim.

Sirri ishqimni ko’ngul ko’z birla fosh etmak ne tong,

Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.

Shayx birla xonaqahdin chun yorug’luq topmadim,

Dayr piri xizmatig’a ko’yi xammor istadim.

Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g’ussadin,

O’zni bekaslik balosig’a giriftor istadim.

MENI MEN ISTAGAN KIShI…

Meni men istagan o’z suhbatiga arjumand etmas,

Meni istar kishining suhbatin ko’nglum pisand etmas.

Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,

Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg’a,

Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no’shkhand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,

Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.

Kerak o’z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,

Buzug’ ko’nglumdin o’zga erga javloni samand etmas.

Ko’ngul uz charkh zolidin, firibin emakim, oxir

Ajal sarrishtasidin o’zga bo’ynungg’a kamand etmas.

Ul oy o’tlug’ yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko’z,

Muhabbat tuxmidin o’zga ul o’t uzra sipand etmas.

JONG’A ChUN DERMEN

Jong’a chun dermen: «Ne erdi o’lmakim kayfiyati?»

Derki: «Bois bo’ldi jism ichra marazning shiddati».

Jismdin so’rsamki: «Bu zafingg’a ne erdi sabab?»

Der: «Anga bo’ldi sabab o’tluq bag’irning hirqati».

Chun bag’irdin so’rdum, aytur: «Andin o’t tushti manga

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …