Home / Jamiyat / Peshin namozi necha rakat? qanday o’qiladi?

Peshin namozi necha rakat? qanday o’qiladi?

Peshin namozi to’rt rakat sunnat, to’rt rakat farz va ikki rakat sunnatdir. Peshin namozining vaqti quyosh og’ganidan boshlab har bir narsaning soyasi (quyosh tik kelgandagi uzunligidan tashqari), ikki barobar bo’lgungachadir.

 

To’rt rakat sunnat quyidagicha o’qiladi:

Niyat qilinadi, iftitoh takbiri aytiladi, sano o’qiladi, so’ng “Auzu” va “Bismillah” aytilib, Fotiha surasi va yana bir sura o’qiladi. So’ng ruku va ikki marta sajda qilinadi va ikkinchi rakatga turib, “Bismillah” aytilib, Fotiha surasi va yana bir sura o’qiladi. So’ng ruku va ikki marta sajda qilinadi, so’ng cho’kka o’tirib Tashahhud o’qiladi. So’ng uchinchi rakatga turib, “Bismillah” aytib, Fotiha surasi va yana bir sura o’qiladi,  so’ng ruku va ikki marta sajda qilinadi va to’rtinchi rakatga turiladi. Va “Bismillah” aytilib, Fotiha surasi va yana bir sura o’qiladi va ruku hamda ikki marta sajda qilinadi. So’ng cho’kka o’tirib tashahhud, salavot va duo o’qiladi. Va ikki elkaga qarab salom berilib, namoz tugatiladi.

Peshin namozining farzi ham ayni shu tartibda o’qiladi. Unga bunday niyat qilinadi: «Yuzimni Kabaning bir tarafiga qilib shu vaqt peshin namozining farzini kholis Alloh taolo uchun o’qishni niyat qildim». Peshinning farz namozi uchinchi va to’rtinchi rakatlarida Fotiha surasidan keyin bosh­qa sura o’qilmaydi.

Peshin namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining sunnati kabi o’qiladi va duo qilinadi.

ASR NAMOZI

Asr namozi to’rt rakat farzdan iborat. Asr namozining farzi ӽam peshin namozining farzi kabi o’qiladi. Niyatda «…shu vaqt asr namozining farzini…» deyiladi.

ShOM NAMOZI

Shom namozi uch rakat farz va ikki rakat sunnatdir. Shomning uch rakat farzi bunday o’qiladi:

Niyat. Niyatda «…shu vaqt shom namozining farzini…» deyiladi.

Iftitoh takbiri.

Sano.

Fotiha, yana bir sura o’qiladi, so’ng

Ruku, ikki marta sajda qilinadi, so’ng turib, Fotiha va yana bir sura o’qiladi va ruku, ikki marta sajda qilinadi va cho’kka o’tirib, tashahhud o’qiladi va turib, faqat Fotiha o’qiladi va ruku, ikki marta sajda qilinadi va cho’kka o’tirib tashahhud, salavot va duo o’qiladi. Va ikki elkaga qarab salom beriladi va duo qilinadi.

Shom namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining ikki rakat sunnati kabi o’qiladi.

XUFTON NAMOZI

Xufton namozi to’rt rakat farz, ikki rakat sunnatdir.

Xufton namozining to’rt rakat farzi peshin namozining to’rt rakat farzi kabi o’qilib, faqat niyat farqli bo’ladi. …Shu vaqt xufton namozining farzini… deyiladi. Xuftonning ikki rakat sunnati ham bomdod va shom namozlarining ikki rakat sunnatlari kabi o’qiladi.

VITR NAMOZI

Vitr namozi  uch rakat vojibdir. Vitr vojib biror sabab bilan vaqtida o’qilmasa, qazosi o’qiladi. Vitr namozi xufton namozidan keyin o’qiladi.

Vitr namozi bu tartibda ado etiladi:

Niyat. Niyatda … shu vaqt vitr vojib namozini … deyiladi.

Iftitoh takbiri.

Sano o’qilib “Auzu” va “Bismillah” aytilgach

Fotiha va yana bir sura o’qiladi.

Ruku.

Va ikki marta sajda qilinadi va

Ikkinchi rakatga turib, “Bismillah” aytilib, Fotiha va yana bir sura o’qiladi.

Ruku.

Va ikki marta sajda qilinadi.

So’ng cho’kka o’tirib, tashahhud o’qiladi.

Uchinchi rakatga turib “Bismillah” aytilib, Fotiha va yana bir sura o’qiladi va

«Allohu akbar», deb qo’llar quloq to’g’risigacha ko’tariladi. So’ng

Qo’l yana qovushtirilib, kindik ostida tutiladi va Qunut duosi o’qiladi.

QUNUT DUOSI

Allohumma inna nastainuka va nastag’firuk. Vanuminu bika va natavakkalu alayka va nusniy alaykal khoyr. Nashkuruka va laa nakfuruk. Va naxlau va natruku may-yafjuruk. Allohumma iyyaka nabudu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nasa va nahfidu narju rohmatak(a). Va naxsha azabaka inna azabaka bil kuffari mulhiq.

Manosi: “Yo Alloh! Biz Sendan yordam so’raymiz, gunohlarimizni afv etishingni tilaymiz. Senga imon keltiramiz  va Senga tavakkul qilamiz. Va Senga hamd aytamiz. Bizlarga bergan nematlaringga shukr qilamiz va noshukrlik qilmaymiz. Senga itoat qilmaydiganlardan ajralamiz, ulardan uzoqlashamiz.

Yo Alloh! Biz faqat Senga qullik qilamiz, Sen uchun namoz o’qiymiz. Senga sajda qilamiz. Sening roziligingga intilamiz va talpinamiz. Rahmatingdan umid qilamiz, azobingdan qo’rqamiz. Hech shubha yo’qki, Sening azobing kofirlarga bo’ladi.”

  1. So’ng ruku
  2. Va ikki marta sajda qilinadi va cho’kka o’tirib, tashahhud, salavot, duo o’qiladi va ikki elkaga qarab salom beriladi. Shu bilan namoz tugaydi va duo qilinadi.

Haqqimizda

Яна маълумот

O’z vaqtida to’shagni almashtirmaganlarga OGOHLANTIRISh: Siz bu kasalliklarni yuqtirishingiz mumkin

To’shaklar chang, kir bo’lsa, o’lik teri hujayralari, ter, soch va boshqa mayda zarralarni to’playdi. To’shagingizni har …