Home / Madaniyat / O’rikning foydasi

O’rikning foydasi

O’riklar g’arq pishgan paytda bizlar ulardan to’yib istemol qilishga shoshiling, chunki o’rikning organizm uchun foydali khususiyatlari juda serob bo’lib, hozir batafsil gapirib beramiz.

image

O’rikning foydali khususiyatlari.
SHirin va khushbo’y o’riklar O’zbekistondagi eng sevimli mevalardan biri sanaladi. Uning foydali khususiyatlari juda ham ko’p bo’lib, o’zida ko’pgina mikroelementlar, minerallar va vitaminlarni saqlaydi. O’rik quyidagilarda bizlarga yordam beradi:

mikroblar va bakteriyalarga qarshi kurashadi;
ovqat hazm qilishni yakhshilaydi;
qon bosimini tushiradi;
organizmda suv yig’ilishini kamaytiradi;
ko’rish qobilyati va khotirani yakhshilaydi;
miya faoliyatini yakhshilaydi;
yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi;
teri, soch va tirnoq sifatini yakhshilaydi.

O’rikning zararli tomonlari.

Qandli diabetga chalingan bemorlar shifokor bilan maslahatlashib, so’ng esa uni istemol qilish kerak.

Pankreatit kasalligida 2 tadan ortiq o’riklarni istemol qilish tavsiya qilinmaydi. Bundan tashqari o’rik allergiyani ham chaqirishi mumkin, shu sababli, ayniqsa yosh onalar uni ehtiyotkorlik bilan istemol qilishlari kerak.

Ozishda o’rikning o’rni.
Parhez tutayotgan vaqtda o’riklardan istemol qilinsa, ular ochlik hissini bartaraf etishlari mumkin. O’rik shirin, to’yimli va kam kaloriyali mahsulot sanaladi. U o’zida saqlaydigan uglevodlar tez parchalanadi va ortiqcha vazn to’plashga yo’l qo’ymaydi.

Sog’lom odamga bir kunda 1 kilogacha o’rik istemol qilishi mumkin. Ammo, uning o’t haydashi sabab ham uni ko’p istemol qilishga berilib ketmaslik maqsadga muvofiq bo’ladi.

O’rikning 100 grammi 44 kkalni tashkil qilib, undan 0.9 grammini oqsillar, 0.1 grammini yog’lar, 9 grammini uglevodlar tashkil qiladi.

Mazali o’rikni to’g’ri tanlash.
Hech qanday kimyoviy moddalar qo’shilmagan, shirin o’rikni tanlashda uni hidlab ko’rishning o’zi kifoya, bunda u juda khushbo’y is taratishi kerak. Ushlab ko’rganda u yumshoq, lekin tarang bo’lisin. Agar ular juda pishib ketgan bo’lsa, unda bunday o’rikdan jem yoki povidlo tayyorlash mumkin.

O’riklar tezda aynishi sabab, ularni uzoq vaqt saqlab bo’lmaydi. Ularni sovutgichda bir necha kungacha saqlash mumkin.

Pazandachilikda o’rikning o’rni.
O’rik va turshakdan nafaqat shirinliklar, balki taomlar ham tayyorlashadi. Agarda siz turshak qo’shib tayyorlaniladigan tovuqli taomdan hali tatib ko’rmagan bo’lsangiz, endilikda buning iloji bor! O’rik bilan tayyorlaniladigan bizlarning eng sevimli reseptlarimizni quyida ko’rishingiz mumkin:

O’rik qo’shib tayyorlanilgan tvorogli pirog haqiqiy yozbop shirinlik hisoblanadi;
Marta Styuartning o’rikli keksidan esa hali tatib ko’rmabsiz, bu dunyoga kelmabsiz, haqiqatdan ham juda mazali;
Bulgur, turshak va tovuq go’shtidan tayyorladigan noodatiy taom ajoyib tamda chiqadi.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …