Home / Madaniyat / Sarimsok piez foydasi

Sarimsok piez foydasi

Sarimsok piez

Sarimsoq foydasi — tanlash qoidalari, khalqona tabobatdagi o’rni, zararlari
Sarimsoq piyoz tarkibida ko’plab foydali moddalar mavjud: kaliy, kalsiy, fosfor, K va B guruh vitaminlari, selen, marganes, yod va efir moylari. SHu bilan birga, sarimsoq juda yuqori kaloriyali mahsulot sanaladi — 100 g mahsulotda 149 kkal mavjud. Ammo odatda ushbu achchiq sabzavot oz miqdorda istemol qilinadi va shu tufayli qomatga zarar yetkazmaydi. Biroq, sarimsoq ishtahaning kuchayishiga hissa qo’shishi mumkinligini etibordan chetda qoldirmaslik kerak.

sarimsoq-foydasi

Sarimsoq foydasi

Sarimsoq tarkibida o’simlikni parazit va bakteriyalardan himoya qiluvchi uchuvchi moddalar — fitonsidlar mavjud. Uni oziq-ovqat sifatida istemol qilganda bakterisid, antiparazitar va zamburug’larga qarshi tasir kuzatiladi. O’tkazilgan tadqiqot natijalari muntazam ravishda sarimsoq istemol qiladigan shakhslar guruhi sarimsoqni umuman istemol qilmaydiganlarga qaraganda shamollashdan uch baravar kam aziyat chekishlari malum bo’lgan.

Sarimsoq yurak-qon tomir tizimi faoliyatiga ijobiy tasir ko’rsatadi. Ushbu sabzavotni muntazam istemol qilish qon hosil bo’lishini rag’batlantiradi, shuningdek qon bosimi va kholesterin darajasini pasaytiradi. Tromboz khavfi va qonning yopishqoqligi kamayadi. Kislorodni qabul qilish qobiliyati, chidamlilik va azolarga qon kelishi tezligi qon tomirlarining holatiga ham bog’liq, shuning uchun sarimsoq erkaklar jinsiy funksiyalariga tasir qiladi. Bundan tashqari, u erkaklar jinsiy gormoni — testosteron ishlab chiqarilishiga yordam beradi.

Sarimsoq saraton kasalliklari ehtimolini kamaytirishi malum bo’lgan. Uning sitoplazmasida alliin nomli birikma mavjud. Sarimsoq tishchasini kesganda hujayralar yakhlitligi buziladi va alliin hujayra fermenti allisinaza bilan reaksiyaga kirishadi. Buning natijasida allisin moddasi hosil bo’ladi, u sarimsoqqa o’ziga khos hid beradi. Bu modda organizm tomonidan o’zlashtirilmaydi va ter, siydik, nafas orqali chiqariladi. Allisin antioksidant bo’lib, khitoylik olimlar aniqlaganidek, o’pka saratoni rivojlanishining oldini olishga yordam beradi. Ushbu modda saraton hujayralarini o’ldiradi va nafas olish tizimidagi infeksion jarayonlar ehtimolini kamaytiradi.

100 g uchun kaloriya miqdori         149 kkal
Oqsillar                                             6,5 gr
Yog’lar                                                     0,5 gr
Uglevodlar                                          29,9 gr

Zararlari

Sarimsoq tarkibida kuchli tasir qiluvchi moddalar mavjud bo’lib, ularning ortiqcha miqdori salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Organizmda ko’p miqdorda fitonsidlar to’planganda zaharlanish sodir bo’lishi ehtimoli mavjud. SHuningdek u och qoringa yoki oshqozon-ichak trakti kasalliklari mavjud bo’lgan shakhslarga tavsiya etilmaydi.

Bu sabzavot ishtahani rag’batlantiradi, shuning uchun parhez davomida uning istemolini cheklash lozim. Epilepsiyali bemorlarga sarimsoqni istemol qilmaslik ko’rsatiladi, chunki bu mahsulot khurujlar yuzaga kelishini rag’batlantiruvchi khususiyatga ega. Yosh bolalar va allergik bemorlarga uni berishda ehtiyot bo’lish talab etiladi, ayniqsa yangi uzilgan holatda.

Tibbiyotda qo’llanilishi

Farmasevtika dorivor preparatlarni sarimsoq asosida tayyorlangan kapsulaga o’ralgan kukun va tindirmalar shaklida taklif etadi. Ular shamollash, yallig’lanish jarayonlari, yurak-qon tomir tizimining kasalliklari va saraton kasalligini davolashning bir qismi sifatida qo’llaniladi. Tindirma tashqi tomondan qadoq va terining yiringli yallig’lanishiga qarshi kurashda ishlatiladi.

Preparat tarkibi tabiiy bo’lishiga qaramay, uni mustaqil davolanish uchun qo’llash tavsiya etilmaydi, ishlatishdan oldin doza va foydalanish usulini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Khalqona tabobatda sarimqsoq butun dunyo bo’ylab qo’llaniladi. Hindlar uni astmani, fransuzlar grippni, nemislar sil kasalligi, oshqozon-ichak trakti kasalliklari va hatto kallikni davolash uchun ishlatadilar. Ananaviy sharq tabobatida sarimsoq modda almashinuvini yakhshilaydigan va ovqat hazm qilish jarayonini rag’batlantiradigan mahsulot sifatida tasniflanadi.

Sarimsoq piyozni yurak-qon tomir tizimiga foydali tasiri 2007-yilda o’tkazilgan bir tadqiqotda qayd etilgan. Uning tarkibiy qismlari qizil qon hujayralari bilan o’zaro tasirlashib, qon tomirlarining kengayishiga olib keladi va qon bosimini pasaytiradi. Amerikalik olimlar sarimsoq ekstrakti arteriyalardagi blyashkalarni yo’q qilishi va yurak khurujining oldini olishga yordam berishini aniqladilar.

Diallil-sulfid sarimsoqni oziq-ovqatdan zaharlanishga olib keladigan bakteriyalarga qarshi kurashda samarali vosita qiladi. Uning asosida olimlar antibakterial preparat ishlab chiqishni rejalashtirmoqdalar.

Sarimsoqdagi allisinning saratonga qarshi khususiyatlari Kaliforniya universiteti tomonidan tasdiqlangan. Leykositlarni gamma-nurlantirish bo’yicha tajribalar davomida, sarimsoq ekstrakti sharoitida o’stirilgan hujayralar odatiy sharoitda yashaydigan hujayralardan farqli o’laroq, hayotiyligini saqlab qolganligi malum bo’ldi. SHu sababli sarimsoq preparatlari ionlashtiruvchi nurlanish bilan aloqada bo’ladigan shakhslar uchun yakhshi profilaktika hisoblanadi.

Sarimsoq kosmetologiyada ham qo’llaniladi. U soch to’kilishi, so’gal va zamburug’li kasalliklarga qarshi, yallig’langan terini parvarish qilish uchun vositalar tarkibida uchraydi. Khalq tabobatida sarimsoq asosida niqoblar tayyorlash uchun ko’plab reseptlar mavjud, ammo kuyish va allergik reaksiyalar kelib chiqmasligi uchun ularni faqat dermatolog bilan maslahatlashganidan keyin qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi.

Pazandalikda ishlatilishi

Sarimsoq dunyoning barcha oshkhonalarida sharafli o’rin egallaydi. Yangi uzilgan sarimsoq salat, dimlamalar, go’shtlarga qo’shiladi, aromatizasiya uchun uning yog’i tindiriladi. AQSHda sarimsoq piyozdan g’ayrioddiy taomlar — murabbo va muzqaymoq tayyorlanadi. Issiqlik bilan ishlov berish uning achchiqligi va hidini kamaytiradi, shu bilan birga ko’plab ozuqaviy moddalarning faolligini ham pasaytiradi.

SHuni yodda tutish kerakki, yangi sarimsoqni istemol qilgandan keyin bir muddat uning hidi saqlanib qoladi, uni tishlarni yuvish yoki saqich chaynash orqali yo’q qilib bo’lmaydi, chunki mahsulot hazm bo’la boshlagach uchuvchan moddalar ter, so’lak va yog’ orqali tashqi muhitga ajralib turadi.

Sarimsoqni tarkibida ko’p miqdorda rukh va temir bo’lgan donlar bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi, chunki bu sabzavot yuqoridagi mikroelementlarning yakhshiroq o’zlashtirilishiga yordam beradi.

Pishirilgan sarimsoq

Pishirilgan sarimsoq pyure qilib eziladi va krekerlarga, tostlarga, nonga surtib istemol qilinadi. Uni yog’ bilan aralashtirish, turli taom va souslarga qo’shish mumkin.

  • Sarimsoq — o’qsiz bir necha butun bosh
  • Zaytun yog’i

Bir bosh sarimsoq piyoz tashqi qavatlaridan tozalanib, faqat bir qavati qoldiriladi. Uning ustidan zaytun yog’i quyib, folgaga o’raladi va protivenga qo’yib, 180 daraja issiqlikda 40 daqiqa davomida pishiriladi.

Smetanali sous

Mayonez o’rnini bosuvchi foydali va kaloriyaligi past bo’lgan sous. Salat, shuningdek go’sht, baliq, sabzavot va boshqa pishiriqlar uchun ajoyib qo’shimcha.

  • Sarimsoq — 5 ta o’rtacha kattalikdagi tishcha
  • Smetana (10%) — 1 stakan
  • Ko’katlar: petrushka, ukrop, kinza
  • Tuz, qalampir — tabga ko’ra.

Ko’katlar yuvilib, mayda qilib to’g’raladi. Tozalangan sarimsoq tishchalari ezish moslamasidan o’tkaziladi. Barcha masalliqlar smetanaga solinadi, tuz va qalampir qo’shib, aralashtiriladi.

Sarimsoqni tanlash va saqlash qoidalari

Sarimsoqni tanlashda uning chirimaganligi va mog’orlamaganligiga etibor berish zarur. Sarimsoqning boshi quruq qobiqda bo’shliqlarsiz va zararlanmagan bo’lishi kerak. O’sib chiqqan novdalar asta-sekin sabzavotning foydalilik darajasini pasaytiradi, shuning uchun uning nish chiqarmagan khilini sotib olish yakhshiroq.

Sovutgichda sarimsoq bir oydan ko’proq vaqt davomida saqlanadi, undan keyin ortiqcha namlik tufayli u yomonlasha boshlaydi. Yanada uzoqroq saqlash uchun quruq, qorong’i va salqin joylar, masalan, yerto’la mos keladi.

Tozalangan tishchalar sovutgichda bir necha kun saqlanishi mumkin, bunda ular yopiq idishda bo’lishi maqsadga muvofiq, aks holda uning hidi sovutgichda uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Radaktirovat

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …