Home / Madaniyat / Dasturkhon duosi o’zbekcha

Dasturkhon duosi o’zbekcha

Dasturkhon duosi ovqatdan keyin hamda oltin qoidalar 🔸

Har kuni kamida uch marta ovqatlanishni hisobga olib, dasturkhon duosi deb turli bo’lmagur narsalarni aytaverish beodoblik va noshukurlikdan boshqa ish emas.

hqdefault

“Topganimiz to’ylarga buyursin”, “ko’p bersin ketmas davlat bersin”, “yigit piri qo’llasin”, “davlatimiz ko’p bo’lsin”, degan duolarni qilish umuman yakhshi emas.

Ovqatlanishdan asosiy maqsad, harakat uchun energiya olish. Duo qilishdan maqsad esa berilgan nematlar uchun hamd aytish. Bundan boshqasi bo’lishi mumkin emas. Boshqa yakhshi duolar boshqa paytda aytiladi. Bundan tashqari yarim qator duoni yod olish esa ko’p ham vaqtni olmaydi.

SHuning uchun sizga o’tirib olib ozgina vaqtlar ichida yodlab olishingiz va buning evaziga umringiz okhirigacha ushbu duodan foydalanishingizni maslahat beramiz. Va yana rizqingizga baraka. Ushbu duoni paygambarimiz s.a.v aytganlar.

Duo quyidagicha: Alhamdulillahillaziy atomana va saqona vajaalana minal muslimiyn!

Manosi: Allohim, bizlarni edirganing va seroblantirganing uchun O’zingga hamd bo’lsin!

O’zbekcha lafzlarni tushungan holatda aytsa ham bo’ladi. SHu o’rinda dasturkhon qoidalarini ham eslatib o’tmoqchimiz:

1. Ovqatlanishdan oldin qo’llarni yuvish kerak. Emakni boshlashdan avval “bismillah” to’liq aytiladi.

2. Mabodo, “bismillah” esdan chiqib qolsa, kech bo’lsada “Bismillahi avvalahi va akhirahi”ni aytish kerak.

3. Ovqatlanayotganda dasturkhon atrofida chap oyoqni qoringa tirab, o’ng oyoqni chap oyoq barmoqlar ustiga qo’yib otirish kerak. Bu sunnati sharifada tavsiya etilgan.

4. Oshqozonning sigimi 2.5 litrni tashkil etadi. Uni 3 ga bo’lib, birini taomga, birini suvga va yana birini havoga taqsimlashni tashkil etish kerak. Bu ham sunnatda takidlangan.

5. To’ygandan ortiqcha istemol qilingan taom haromligini tushunish. Bu ham sunnatda aytilgan.

6. Kishi to’yganligini yarim soat atroflarida bilishini hisobga olib, tez va pala-partish ovqatlanishdan tiyilish kerak.

7. Taomlanayotgan paytda bir oz gaplashib davom etaverish ovqatlanishning yakhshi ko’rilgan odoblaridan.

8. Dasturkhon duosini (takidlangan duolarni) albatta aytish kerak. Dasturkhon egasini yoki khizmatchilarni ham duo qilib qo’ysa yakhshi bo’ladi.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …