Home / Madaniyat / Vatan haqida sherlar bolalar uchun

Vatan haqida sherlar bolalar uchun

JONIM IChRA JONIMDURSAN Vatan

Bu dunyoda jannatmonand erlar bisyor,
Bu dunyoda oqu qaro ellar bisyor,
Ammo yo’qdir bu dunyoda sendek diyor,
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.
Tuprog’ingda ajdodlarim izi qolgan,
Bobolarim terlarining tuzi qolgan,
Har gardida momolarim ko’zi qolgan
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.
O’zbek elim, nuri diydam, qarog’imsan,
O’zbek elim, osmonimu tuprog’imsan,
Ham quvonchim, ham baxtimu firog’imsan,
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.
Beshigingda allalading dunyolarni,
Dunyo ochgan necha–necha daholarni,
Bolam deding yuraklari adolarni,
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.
Sohibqiron qo’llarida qalqon bo’lding,
Ulug’bekning nigohida osmon bo’lding,
Mirzo Bobur yuragida armon bo’lding,
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.
Qo’li qadoq dehqon elim, sulton elim,
Ko’ksi yurtga doim balogardon  elim,
O’z yurtiga sohibqiron hoqon elim,
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.

Vatanim.

Men dunyoni nima qildim,
O’zing yorug’ jahonim,
O’zim hoqon, o’zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg’izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O’zing mening ulug’lardan
Ulug’imsan, Vatanim…
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o’zing mehri –
Ilig’imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan, halqda tumor,
Balhda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko’ringan davo qilgan,
Ming bir yog’i ochilmagan
Qo’rig’imsan, Vatanim.
Sen Hojandsan, Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig’i
Olovlarga sachragan,
Yiroqlarni ko’rgan cho’pon
Cho’lig’imsan, Vatanim.Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig’ deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to’qson olti
Urug’imsan, Vatanim…O’g’lim desang osmonlarga
G’irot bo’lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo’lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug’beging quchgayman,
Gichir-gichir tishimdagi
So’ligimsan, Vatanim…O’tgan kuning – o’tgan kundir,
O’z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo’lin boglab, Dilin doglab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug’imsan, Vatanim.

Yoningda qon yiglagan bir
Shoiringga qarab qo’y,
Gar Qo’qonga yo’ling tushsa,
Detdomlarni so’rab qo’y.
Hech bo’lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo’y,
Olislarda qurib qolgan
Qudugimsan, Vatanim…

Sen – shohlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam, O’glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo’ynimdagi iftikhorim,
Bo’ynimdagi tumorim,
O’zing mening uluglardan

Unutmassan vatanim.

O’ZBEKISTON QOMUSI

O’zbekning or-nomusi,

Azaliy erk-orzusi,

Mustaqillik yog’dusi –

O’zbekiston qomusi.

Ozod Vatan ziynati,

Elparvar yurt niyati,

Bashariy qadriyati –

O’zbekiston qomusi.

Bugun tan oldi jahon,

BMT degan qo’rg’on,

Safarga chiqqan karvon –

O’zbekiston qomusi.

Jannatdir dala-tuzi,

Chempion o’g’il-qizi,

Tarixda cho’ng ildizi –

O’zbekiston qomusi.

Madhiyasi, bayrog’i,

Humosi ko’z qarog’i,

Har xonadon charog’i –

O’zbekiston qomusi.

Himmati baland o’zing,

Baxti bahramand o’zing,

Ahli arjumand o’zing –

O’zbekiston qomusi.

Tomirimda rishtamsan,

Vatandek farishtamsan,

Olloh bergan ishqdansan,

O’zbekiston qomusi!

O’ZBEKISTON BAYROG’I

Porlagan yurt charog’i,

El baxti, ko’z qarog’i.

Iftixori, ardog’i –

O’zbekiston bayrog’i!

Ajdodlarning orzusi,

Istiqlolning qomusi.

Hur millat or-nomusi –

O’zbekiston bayrog’i!

Allomalar naslimiz,

Ozod yurtda baxtlimiz.

o’ururimiz, faxrimiz –

O’zbekiston bayrog’i!

Quchog’i bog’-u bo’ston,

Giyohi tanga darmon.

Jumla-jahonga doston

O’zbekiston bayrog’i!

Nurulloh Oston

Ona diyor.

Baxtiyormiz, quvnoqmiz,

Tabiatga o’rtoqmiz.

O’ynab-kulib, yayraymiz,

Bulbul bo’lib sayraymiz.

Quchog’i bog’u bo’ston,

Betakror, jannatmakon,

Seni tan oldi jahon,

Mustaqil O’zbekiston!

Allomalar beshigi,

Bag’ri dunyo eshigi,

Madhiyasi, qo’shig’i

Mustaqil O’zbekiston!

Sportchimiz, bardammiz,

o’oliblarga hamdammiz.

Sohibqiron avlodi –

Har ishda peshqadammiz.

Musaffo osmonimiz,

Hur Vatan posbonimiz.

Doim gullab-yashnasin

Shu aziz bo’stonimiz.

Ogohlik shiorimiz,

Hushyorlik qarorimiz.

Mangu barhayot bo’lsin

Hur ona-diyorimiz!

MADHIYaAM

So’z mulkining ranosi,

Tengsiz mazmun-manosi.

Shod dillarning sadosi –

Iftixorim madhiyam,

Hur diyorim madhiyam.

Tenglar ichra teng bo’lgan,

Baxtu iqboli kulgan.

Jannat bog’ida gulshan –

Iftixorim madhiyam,

Hur diyorim madhiyam.

Yurt dong’ini taratgan,

Tilimizni sayratgan.

Saroylarni yangratgan –

Iftixorim madhiyam,

Hur diyorim madhiyam.

Xalqim asriy orzusi,

Istiqlolim ko’zgusi.

Har bir yurak yog’dusi –

Iftixorim madhiyam,

Hur diyorim madhiyam.

HUMO QUShIM

Nigohlari juratkor,

Parvozlari shiddatkor,

Ozod elga najotkor

Humo qushim – hur qushim,

Samo qushim – nur qushim!

Qanot qoqib uchadi,

Ufqlarni quchadi,

Baxt eshigin ochadi

Humo qushim – hur qushim,

Samo qushim – nur qushim!

Quyosh kabi ziyosi,

Chaqmoq kabi qiyosi,

Xalqim mehrigiyosi

Humo qushim – hur qushim,

Samo qushim – nur qushim!

Ezgu niyat jarchisi,

Orzu umid elchisi,

Istiqlol xabarchisi

Humo qushim – hur qushim,

Samo qushim – nur qushim!

TINCCh  BO’LSIN OSMONIMIZ

Sergakmizu hushyormiz,

Yurt ishiga tayyormiz.

Har ishda madadkormiz –

Tinch bo’lsin osmonimiz,

Biz Vatan posbonimiz.

Bizni kutar baxt-iqbol,

Porloq bo’lar istiqbol.

Mangu bo’lsin istiqlol –

Tinch bo’lsin osmonimiz,

Biz Vatan posbonimiz.

Vatan –ko’z qarog’imiz,

Muqaddas tuprog’imiz.

Yovga shay yarog’imiz –

Tinch bo’lsin osmonimiz,

Biz Vatan posbonimiz.

Avlodlari baxtga yor,

Ajdodlari madadkor.

Kelajagi ulug’vor –

Tinch bo’lsin osmonimiz,

Biz Vatan posbonimiz.

Nurulloh Oston

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …