Home / Jamiyat / O’zbekiston qonunchiligida 1 iyundan nimalar o’zgaradi?

O’zbekiston qonunchiligida 1 iyundan nimalar o’zgaradi?

O’zbekiston qonunchiligida 2021 yil 1 iyundan bir qator o’zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Norma kuchga kiradigan asosiy o’zgarishlar haqida malumot berdi.

Foto: «Daryo» / Madina Nurman

ob-havo-bulutli-2

1. Qurilish ustidan nazorat joriy qilinadi

  • Obektlardagi qurilish-montaj ishlari bo’yicha shartnoma majburiyatlarining buzilganligi uchun buyurtmachi foydasiga sud va sudgacha hal qilish tartibida undirilgan jarima (sanksiya) va penyalar, shuningdek, kharidlar jarayoni talablari buzilganda, garov, kafolat, zakalat tarzida taminlash uchun kiritilgan davlat kharidlari ishtirokchilari mablag’larining 50 foizi davlat byudjetiga hamda qolgan 50 foizi buyurtmachi khizmati hisobraqamiga yo’naltiriladi;
  • buyurtmachi khizmatining shtatlar jadvali va taminot kharajatlari smetasini ro’ykhatdan o’tkazishda tekhnik nazorat mutakhassislari uchun khizmat safari kharajatlari obektlar joylashgan masofadan kelib chiqib, joriy narkhlarda belgilanadi.

2. Pensiya — soddalashtirilgan tartibda

  • 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shakhsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi;
  • uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish hamda ular bo’yicha aniqlangan ortiqcha to’lovni undirish bekor qilinadi;
  • ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o’rtoqlari kelgusida pensiya taminotiga ega bo’lishlari uchun o’z daromadlaridan ikhtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to’lash huquqi beriladi;
  • pensiya va nafaqalar fuqaroning khohishiga ko’ra ro’ykhatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo’yicha tayinlanadi va to’lanadi;
  • pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Pensiya jamg’armasining tegishli bo’limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi;
  • pensiyalarni naqd pulsiz shaklda oluvchi shakhslar tomonidan har 6 oyda Pensiya jamg’armasining bo’limiga kelish hamda masul khodimlar tomonidan joylarga chiqqan holda monitoring o’tkazish majburiyati bekor qilinadi.

3. Byurokratiya kamayadi

Quyidagi tartib o’rnatiladi:

  • fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro’ykhatdan o’tgan joyidan qati nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shakhslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish va khorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi;
  • notarial harakatlarni amalga oshirishda FHDYo bilan bog’liq barcha malumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha malumot talab qilmasdan, «FHDYoning yagona elektron arkhivi» AT orqali olinadi;
  • tadbirkorlik subekti bo’lgan yuridik shakhslarga davlat khizmatlaridan foydalanish uchun belgilangan yig’im va davlat boji to’lovlarini to’lashda ularning vakili tomonidan naqd pul shaklida to’lovni amalga oshirishga rukhsat beriladi;
  • davlat khizmatlari markazlari orqali khizmatlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shakhslar tomonidan ortiqcha to’langan to’lovlar va davlat khizmatini tezlashtirilgan tartibda ko’rsatish uchun qo’shimcha to’langan yig’imlar summasi (tezlashtirilgan tartibda ko’rsatilmagan taqdirda) soddalashtirilgan tartibda Davlat khizmatlari agentligining (keyingi o’rinlarda — agentlik) byudjetdan tashqari jamg’armasi mablag’lari hisobidan bir ish kuni ichida qaytariladi.

Quyidagilar bekor qilinadi:

  • khorijiy tijorat tashkilotlarining O’zbekiston hududidagi vakolatkhona khodimini akkreditasiya qilishda unda OIV kasalligi yo’qligi to’g’risidagi sertifikatni talab qilish amaliyoti;
  • davlat khizmatini ko’rsatish natijasida beriladigan hujjatlar QR-kod (matrik shtrikhli kod) qo’yish orqali berilganda ularning dublikatlarini berish tartibi bekor qilinadi. Ushbu hujjatlar elektron shaklda YaIDKhP orqali cheklanmagan miqdorda bepul olinadi;
  • FHDYo organlari tomonidan davlat statistika organlariga dalolatnoma yozuvlarining nuskhalarini yuborish va hisobotlarni topshirish amaliyoti;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tadbirkorlik subektlari to’g’risidagi malumotlarni agentlik va davlat khizmatlari markazlaridan so’rash amaliyoti;
  • 16 yoshga to’lgan shakhslarga identifikasiya ID-kartalari berish ularni soliq organlarida soliq to’lovchi sifatida hisobga qo’yish hamda fuqaroni jamg’arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo’yish bilan bir vaqtning o’zida amalga oshirish tizimi;
  • davlat organlari, kho’jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan hamda tadbirkorlik subektlaridan quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish:
    • ruhiy kasalliklar bo’yicha dispanser va narkologiya bo’yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
    • sudlanganlik, fuqaroning nomida shakhsiy uy-joy, soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;
    • manzil-malumot akhboroti va boshqalar.

4. Uy-joy masalasi

Quyidagilar joriy etiladi:

  • ipoteka krediti bo’yicha dastlabki badal va foiz to’lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar to’lashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:

a) fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun arizalar yil davomida topshirilishi mumkin;

b) subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin;

v) subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchidan «Ijtimoiy himoya yagona reestri» AT (keyingi o’rinlarda — tizim) orqali olish mumkin bo’lgan hujjatlarni (malumotlarni) talab qilish man etiladi;

g) uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to’g’risidagi khabarnoma ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi;

  • Toshkent shahrida tajriba tariqasida boshpanasiz, og’ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarga oylik pul kompensasiyani to’lash tartibi joriy qilinadi. U tizimda ro’ykhatga olingan fuqarolarga ijara kharajatlarining bir qismini qoplash uchun mahalliy byudjet mablag’laridan 6 oy davomida oylik ijara to’lovining 50 foizi miqdorida, biroq 2,5 BHMdan (612 500 so’m) oshmagan holda to’lanadi.

5. Bolalarga vitaminlar – bepul

Aholining quyidagi toifalari quyidagilar bilan bepul taminlanadi:

  • 6—23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutrient kukuni bilan;
  • 6 oylikdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar A vitamini bilan;
  • 2—10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo’yicha makhsus preparatlar bilan.

6. Davlat organlarining funksiyalarini bajarish khususiy sektorga o’tkaziladi

  • Davlat organlari va tashkilotlarining ichki mamuriy-kho’jalik faoliyatini taminlash va saqlash bo’yicha funksiyalarini bajarish khususiy sektorga o’tkaziladi.

Bunda:

  • Moliya vazirligi olib borilgan tahlillar, samaradorlikni o’rganish natijalari va aniq hisob-kitoblari asosida salbiy khulosa berishi mumkin – bunda ularni o’tkazish amalga oshirilmaydi;
  • davlat organlari va tashkilotlari ko’rsatilgan funksiyalarni o’zi muassis bo’lgan davlat korkhonalariga yuklay olmaydi;
  • Davlat yo’l harakati khavfsizligi khizmatining (DYHKhKh) nazariy va amaliy imtihonlarni o’tkazish bo’yicha faoliyatini to’khtatiladi. Bunda IIVga quyidagilar topshirildi:

— haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o’tkazish huquqiga ega bo’lgan tadbirkorlik subektlari hamda davlat khizmatlari markazlari bilan o’zaro akhborot almashinuvi yo’lga qo’yilishini tashkil etish choralarini ko’rish;

— tadbirkorlik subektlarida haydovchilik guvohnomasini olish uchun o’tkaziladigan nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni ustidan DYHKhKh vakilining bevosita yoki onlayn nazoratini taminlash.

7. «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar qo’llab-quvvatlanadi

  • «Yoshlar daftari»ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara kharajatlarining 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha bo’lgan (6 125 000 so’m) miqdori «yoshlar daftari» jamg’armalari hisobidan kompensasiya qilinadi;
  • professional talim tashkilotlarida tahsil olayotgan «yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki khizmat ko’rsatish korkhonalarida amaliyot o’tagan vaqtida, biroq 6 oydan ko’p bo’lmagan muddatda professional talim tashkilotlari tomonidan Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan BHMning ikki baravari miqdorida (490 000 so’m) har oylik subsidiya ajratiladi;
  • «yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning khorijiy tillar va umumtalim fanlari bo’yicha nodavlat talim tashkilotlarida o’qish kharajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda BHMning 5 baravarigacha bo’lgan miqdori (1 225 000 so’m) hamda ular bo’yicha milliy sertifikatlar olish uchun o’tkaziladigan imtihonlarni topshirish kharajatlari Yoshlar ishlari agentligiga davlat byudjetidan ajratilgan mablag’lar hisobidan kompensasiya qilinadi;
  • «Mehribonlik» uylari tarbiyalanuvchilari hamda «yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o’qish kharajatlari BHMning 4 baravari miqdorigacha (980 000 so’m) va safarbarlik chaqiruvi rezervi khizmati badali davlat byudjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag’lar hisobidan qoplanadi;
  • KhK va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga 6 oydan oshmagan «yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o’qitish bilan bog’liq bo’lgan kharajatlarning BHMning 4 baravarigacha bo’lgan qismi ko’rsatilgan yuridik shakhslarga davlat byudjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag’lar hisobidan kompensasiya qilinadi;
  • yoshlarga khalqaro IT-sertifikatlarini olish kharajatlarining 50 foizgacha bo’lgan qismi qoplab beriladi.

8. Tadbirkorlarga – er, soliqlarni va bojkhona to’lovlarini bo’lib-bo’lib to’lash

  • Infratuzilmaga yaqin joylarda, shu jumladan respublika ahamiyatidagi yo’llarga tutash bo’lgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan ro’ykhat bo’yicha unumdorligi past, foydalanishda bo’lmagan qishloq kho’jaligi erlarini sanoat va khizmat ko’rsatish obektlarini barpo etish uchun loyiha asosida investorlarga «E-ijro auksion» savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali ajratishga rukhsat beriladi;
  • 3 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko’rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to’lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko’ra soliq qarzini to’lash imkoniyatiga ega bo’lmayotgan tadbirkorlik subektlariga soliqlarni bo’lib-bo’lib to’lash huquqi beriladi;
  • 3 yildan ortiq vaqtdan buyon tovarlarni import qilish bilan shug’ullanayotgan, bojkhona to’lovlari bo’yicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko’ra to’lovlarni belgilangan muddatda to’lash imkoniyatiga ega bo’lmayotgan TIFlariga bojkhona to’lovlarini bo’lib-bo’lib to’lash huquqi beriladi.

Haqqimizda

Яна маълумот

O’z vaqtida to’shagni almashtirmaganlarga OGOHLANTIRISh: Siz bu kasalliklarni yuqtirishingiz mumkin

To’shaklar chang, kir bo’lsa, o’lik teri hujayralari, ter, soch va boshqa mayda zarralarni to’playdi. To’shagingizni har …