Home / Jamiyat / O’zbekcha sherlar do’stlik haqida sms

O’zbekcha sherlar do’stlik haqida sms

So’ylagil haq so’zni, ko’ngling ro’shno bo’lsin desang,
Kimsaga hech berma ozor, oshno bo’lsin desang.
Mehnating, ilming va odobing, didingni doimo
Hamnafas qil qunt ila, aqling raso bo’lsin desang.

Sen otang birla onang odamligidan ibrat ol,
Volidang birla padar sendan rizo bo’lsin desang.
Doimo bo’lgin fido, sergak eling ikbolinga
Har munofiqing o’zi doim qaro bo’lsin desang.

To hayotsan, etmagil hargiz xiyonat yorga,
Ko’zlari shahlo nigoring qoshi yo bo’lsin desang.
Er mehrin asra ko’zlar mardumi ichra mudom,
Dilbaringni bir umrga dilrabo bo’lsin desang.

Har ishning, Yahyo, elinga baxsh etib ijod qil,
Xalqqa xizmat qilki, umring bebaho bo’lsin desang.

Haqqimizda

Яна маълумот

O’z vaqtida to’shagni almashtirmaganlarga OGOHLANTIRISh: Siz bu kasalliklarni yuqtirishingiz mumkin

To’shaklar chang, kir bo’lsa, o’lik teri hujayralari, ter, soch va boshqa mayda zarralarni to’playdi. To’shagingizni har …