Home / Madaniyat / Uy sharoitida tayyorlanadigan xot-dog

Uy sharoitida tayyorlanadigan xot-dog

Sizga eng sevimli amerikancha fast fudni uyda tayyorlashni taklif etamiz. Uyda mazali xot-dogni nonushta yoki kechki ovqat uchun tayyorlash mumkin.

Siz o’zingizning takrorlanmas xot-dog reseptlaringizni yaratib, doimo turli xil masalliqlar bilan tajriba qilishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

 

7  porsiya.

Masalliqlar;

120 millilitr iliq sut
120 millilitr iliq suv
1 osh qoshiq quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
1 ta tuxum
470 gramm un
1 choy qoshiq tuz
40 gramm sariyog’
ustiga suritish uchun tukhum.

Xamir tayyorlaymiz:
Idishga iliq suv, iliq sut, khamirturush va shakar solamiz. Aralashtirib, ustini sochiq bilan yopamiz va issiq joyga 15 daqiqaga olib qo’yamiz.
Tuxum, sariyog’ va tuz solib, aralashtiramiz. Un solib, xamir qoramiz.
Yaxshilab xamir qorib, issiq joyga 1 soatga olib qo’yamiz.
Oshgan xamirni 7 ga bo’lamiz.
Xamirni pergament qog’ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga uzunchoq bulochka shaklida joylashtiramiz. Ustini sochiqcha bilan yopib, 20 daqiqa tindirib qo’yamiz. Ustiga tuxum surtamiz.
180 K darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.
Tayyor bulochkalarni o’rtasidan bo’lamiz (oxirgacha emas) va tovada 30 soniya qovurib olamiz.

Sosiskalarni ham qizartirib qovurib olamiz.
Hot-doglar hosil qilamiz:

O’rtasi ochiq bulochkalarning ichiga salat bargi, sosiska va pishloq qo’yamiz.
Tabga ko’ra ketchup, mayonez va piyoz solamiz.

Yoqimli ishtaha!

Haqqimizda

Яна маълумот

scale_1200-1

Ko’ngil aynishi sabablari

KO’NGIL AYNISh VA ICh KETISh SABABLARI   Ovqat hazm qilish tizimingiz bezovta bo’lganda yoki sog’lig’ingizga zarar …