Home / Madaniyat / Tishni oqartirish – uy sharoitida

Tishni oqartirish – uy sharoitida

Tishlarni oqartirish — uy sharoitida vositalar tayyorlash, professional muolajalar

Tishlarni oqartirish usullari talaygina — bazilari uy sharoitida tayyorlanadigan vositalar yordamida bo’lsa, boshqalari tibbiy muolajalarga murojaat qilishni nazarda tutadi. Maqolada eng samarali va xavfsiz usullar haqida batafsil.

 

Har qanday muolaja faqatgina mutaxassis nazorati ostida o’tkazilishi kerak. Ammo ko’pchilik odamlarda tish shifokorga bormaslik uchun doimo ko’plab bahona topiladi: qo’rqinchli, qimmat, vaqt yuq…

Tish sarg’ayishi sabablari

Tish sarg’ayishi sabablari turlicha bo’lishi mumkin. Eng keng tarqalganlaridan biri — ovqat mahsulotlari qoldiqlari tish emalini qoplab olishidir (karash hosil bo’lishi). Emal qavat tishning eng birinchi tashqi qoplami. Ushbu qavatning karash bilan qoplanishi natijasida tishlar sariq rangga kiradi.

Muammoni tishlarni muntazam ravishda tozalab turish yo’li orqali bartaraf etishi mumkin. Bazi hollarda tish emal qavati emirilgan bo’ladi va dentin qavati ko’rinib qoladi. Dentin esa tabiiy sariq rangli, suyak to’qimasidan iborat qavat sanaladi.

Tishni oqartirish usullari

Kundalik og’iz bo’shlig’i gigienasi karash hosil bo’lishini asosiy profilaktikasi hisoblanadi. Tish cho’tkasi va tish iplari uni engishga yordam beradi. Nega pasta emas deb so’rash mumkin. Chunki tish pastasining karashni bartaraf etishga bevosita aloqasi yo’q. Shuning uchun yuqori sifatli cho’tka yoki pasta o’rtasida tanlash lozim bo’lsa, afzallikni birinchisiga berish lozim.

Tishlarni muntazam ravishda tozalab turishda karash shakllanishining intensivligi juda past bo’ladi, shuning uchun emalga ziyon etkazmasdan uy sharoitida tishni oqartirish talabi kishini ancha vaqt davomida tashvishlantirmaydi. Agar tabassum rangi o’zgarganidan shubha qilsangiz, quyidagi sinovni bajaring.

  1. Tilni tishlaring ichki yuzasi bo’ylab yuriting. Dag’alliklar sezilyaptimi? Shunday bo’lsa, karashni yanada intensiv usullar bilan yo’qotish kerak.
  2. Tishlarga oq qog’oz parchasini qo’ying. Tishlar sarg’ish ko’rinmoqdami? Muammoni uyda tishlarni oqartirish bilan hal qilish mumkin, bu holatda zarar va foyda bir-birlarini muvozanatlashtiradi. Ammo tish kulrang tusga kirsa, hech qanday mustaqil amallar bajarish tavsiya etilmaydi. Bu holda faqat tish shifokoriga murojaat qilish darkor.

Zamonaviy vositalar

Og’iz bo’shlig’i parvarishi uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tishni oqartirish uchun yaxshi echimlar taklif qiladi. Ushbu vositalar quyidagilarni o’z ichiga oladi.

Abraziv tish pastalari — ular tarkibida silliqlovchi va fermentativ moddalar mavjud. Birinchisi, emal yuzasidan karashni olib tashlaydi, ikkinchisi esa tish ichiga kiradi. Fermentlarning kirib borishi darajasi past, shuning uchun ular tishlarini ichidan oqartira olmaydi. Ammo sigaret va qora choydan qolgan sariq qoplamni yo’qotish uchun ayni muddao;

Chayish uchun eritmalar — ularning tarkibida past konsentratsiyada vodorod peroksidi mavjud. Tishlarni 1-2 tonga oqroq qiladi;

Oqartiruvchi kukunlar — tish pastasiga nisbatan agressivroq vosita, shuning uchun xavfsiz usullardan biri hisoblanmaydi. «Vaziyatga ko’ra» bir martalik foydalanish uchun mos keladi.

Ushbu vositalarni qo’llashda ularning to’liq xavfsiz emasligini yodda tutish kerak. Bunday vositalar uzoq vaqt davomida qo’llanilsa, emalning sezgirligi oshishi bilan namoyon bo’ladi. Ikki hafta davomida chayish uchun eritmalar bilan tish pastasidan tishlar 1-3 tonga oqargunicha foydalanish kifoya, undan so’ng tarkibida ftor yuqoriroq bo’lgan tish pastalariga o’tish kerak.

Xalqona vositalar

Xalqona vositalar ham doimo bezarar emasligini unutmaslik darkor. Eng mashur vositalar bu istemol sodasi va vodorod peroksidi hisoblanadi. Birinchisi abraziv modda sifatida tasir qilib, tish to’qimalaridan karashni bartaraf etadi. Ikkinchisi esa kimyoviy reaktsiya natijasida kislorod ajratib chiqaradi, u o’z navbatida emalning chuqur qatlamlaridagi pigmentatsiyani yo’qotishga qodir.

Istemol sodasi

Istemol sodasini tish pastasi sifatida qo’llash

  1. Bir osh qoshiq soda oz miqdorda suv bilan tish pastasi kabi quyuqlikka etguncha aralashtiriladi.
  2. Tishlar ushbu aralashma bilan tozalanadi, tozalash davomida uni yutib yubormaslikka harakat qilish kerak.
  3. Aralashma tishlarda 10 daqiqagacha qoldiriladi.
  4. Og’iz iliq suv bilan chayib tashlanadi.
  5. 5 daqiqa o’tgach, tishlar oddiy tish pastasi bilan yuviladi.

Soda va tish pastasi aralashmasi

  1. Oz miqdorda tish pastasi va istemol sodasini aralashtiriladi.
  2. Ushbu aralashma bilan tishlar tozalanadi.
  3. Og’iz iliq suv bilan chayib tashlanadi.

Ushbu usullarning ikkalasi ham juda samarali bo’lib, ular uzoq vaqt davomida ishlatilishi mumkin. Birinchi usul ko’proq vaqt talab qiladi, ammo uning natijalari yaxshiroq, shuni takidlash kerakki, undan haftada bir marta foydalanish mumkin. Tishlarni oqartirishning ikkinchi usulidan haftada bir necha marta foydalanishga rukhsat etiladi, bundan tashqari, u kamroq vaqt talab etadi.

Olma sirkasi

Olma sirkasidan ko’p maqsadlar uchun foydalansa bo’ladi.

Ularning biri — tishni oqartirish. Ushbu usulning tami eng yoqimlilaridan emas, lekin uning samaradorligi inkor etilmaydi.

  1. Olma sirkasidan og’zini chayish uchun vosita tayyorlash
  2. Kichikroq stakanga olma sirkasini solinadi.
  3. Suyuqlikdan yutib yubormagan holda bir qultum olinadi.
  4. Og’iz yaxshilab chayiladi, so’ng sirka tupurib tashlanadi.
  5. Og’iz iliq suv bilan yaxshilab chayib tashlanadi.

Ushbu usuldan haftada bir marta foydalanish tavsiya etiladi. Sirka tami biroz yoqimsiz, lekin natijalar bu kamchilikni oqlaydi.

Olma sirkasi va istemol sodasi

  1. Kichikroq idishda olma sirkasi va soda tish pastasi konsistentsiyasiga kirguncha bo’lgunicha aralashtiriladi.
  2. Olingan massa tishlarga qo’llaniladi va 5-10 daqiqaga qoldiriladi.
  3. Og’iz iliq suv bilan chayib tashlanadi, ketidan oddiy tish pastasi bilan yuviladi.

Qulupnay

Qulupnay tabiiy oqartiruvchi xususiyatiga ega. Uning tarkibida tishdagi dog’larni yo’qotish uchun juda yaxshi bo’lgan olma sirkasi mavjud.

Qulupnayni tishlarga surtish

  1. Bitta qulupnay o’rtasidan kesiladi.
  2. Bir bo’lagi tish yuzasiga surtib chiqiladi.
  3. 5-10 daqiqaga qoldiriladi.
  4. Shundan so’ng, odatdagidek tish pastasi bilan yuviladi.

Bu vaqt va pulni tejab, tishlarini oqroq qilishning ideal usuli. Vaziyatga qarab, haftasiga ikki marta foydalanish mumkin.

Istemol sodasi va qulupnay

  1. Bir yoki ikkita ezilgan qulupnayning sharbati ajratib olinadi.
  2. Sharbat tishlarga surtilib, 5 daqiqaga qoldiriladi.
  3. Bir osh qoshiq istemol sodasiga ozgina miqdorda suv qo’shib, pastaga o’xshash massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.
  4. Sodali pasta bilan tish yuviladi, so’ng og’iz iliq suv bilan chayib tashlanadi.
  5. Muolaja yakunida tishlar odatiy ravishda tish pastasi bilan tozalanadi.

Ushbu usul ko’proq vaqtni talab qiladi, lekin u juda samarali. Qulupnay va soda kombinatsiyasi ajoyib tasir ko’rsatadi. Shu bilan birga, bu ikki komponentni bir vaqtning o’zida aralashtirib ishlatish kerakli natijani bermaydi, shuning uchun ularni navbatma-navbat qo’llash juda muhim.

Apelsin po’sti va dafna barglari

Apelsin po’sti va dafna (lavr) yaprog’i kombinatsiyasi uy sharoitida tishlarni oqartirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Jarayon bir necha daqiqa talab etadi. Bunda apelsin o’rniga limondan foydalanish ham mumkin.

Apelsin va lavr yaproqlaridan tayyorlangan tish oqartirgich

  1. Apelsin po’stidan tozalanadi va po’stining bir nechta bo’lakchalari olinadi.
  2. Ular tish emaliga surtiladi.
  3. Dafna yaprog’i kukunga aylanguncha eziladi va tishlarga qo’llaniladi.
  4. Masalliqlar 5 daqiqaga tishda qoldiriladi.
  5. So’ng og’iz iliq suv bilan chayib tashlanadi.

Ushbu usulni haftada bir marta qo’llash yaxshi. Apelsin po’stlog’idagi kislota emalda dog’lar paydo bo’lishiga olib keladigan bakteriyalarni o’ldiradi. Dafna barglari esa dog’larni o’ziga shimib, ularni rangsizlantiradi.

Banan po’stlog’i

Banan po’stlog’i tish emaliga ziyon etkazmaydi va deyarli bepul sanaladi. Ushbu usulni qo’llash juda oddiy va 5 daqiqadan ortiq vaqt talab etmaydi.

Banan po’stidan oqartirish uchun vosita

  1. Banan po’stidan tozalanadi, po’stining kichik bir qismi bilan tishlar artiladi.
  2. Artish 2-3 daqiqa davom ettiriladi.
  3. Og’iz iliq suv bilan chayib tashlanadi.

Ushbu usulni haftasiga 1-2 marta qo’llash tavsiya etiladi.

Vodorod peroksidi

Vodorod peroksidi (H2O2) tabiiy oqartiruvchi va antibakterial modda. Insonlar yillar davomida undan jarohatlardagi infektsiyalarni o’ldirish maqsadida foydalanib kelishgan. Ko’pchilik oqartiruvchi moddalar o’zida katta konsentratsiyalarda vodorod peroksidi saqlaydi. Afsuski, bu modda bilan og’izni chayqash va yuvish tishlarni oqarishiga olib kelishi isbotlanmagan, lekin ko’pchilik tish pastalarida bu modda mavjudligi aniqlangan.

Ichimlik sodasi va 1 foizli vodorod peroksidi saqlagan tish pastasining samarali tasiri o’rganilgan. Ushbu tish pastasini qo’llagan insonlarning 62 foizi bir kunda 2 mahal tishlarini yuvib, 6 hafta ichida ularning oqarishiga erishgan.

Ushbu vositani qo’llashning bazi bir kamchiliklar bor. O’ta kuchli konsentratsiyali eritma yoki haddan ortiq ko’p ishlatish milklarning qo’zg’alishiga va tishlarning sezuvchan bo’lib qolishiga sabab bo’lishi mumkin.

Tish yuvishdan oldin vodorod peroksid bilan og’izni chayqash kerak. Faqat bunda 1,5 yoki 3 foizli eritmadan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling, shunda nojo’ya tasirlar minimal darajada bo’ladi. Dorixonalarda 3 %li eritma olib uni suv bilan aralashtirib, 1,5 %li eritma hosil qilish tavsiya etiladi.

Bu muhim!

Tishni oqartirish uchun tajribalar o’tkazmaslik. Muayyan vositalarni qo’llab, tish emaliga jiddiy ziyon etkazish mumkin. O’zboshimchalik bilan ish tutish tavsiya etilmaydi;

Albatta shifokorga murojaat qilish. Buni oqartirish muolajalarini boshlashdan oldin bajarish kerak, shunda karies yoki emal shikastlanishlari yo’qligiga ishonch komil bo’ladi. Stomatolog huzuriga hech bo’lmaganda yiliga bir marta borishni kanda qilmang;

Sezuvchanlik yuzaga kelganda barcha muolajalarni darhol to’khtatish. Har qanday og’riq hislari muolajalar tish emaliga salbiy tasir ko’rsatayotganidan darak beradi;

Tish tabiiy ravishda oq-sarg’ish tusga egaligini unutmaslik. Turli filmlardagi qahramonlarning chinnidek oppoq tishlari tinchlik bermayaptimi? Aslida oppoq rang tishlarning tabiiy rangi emas, gollivud yulduzlarining tishlari esa vinir — tishning tashqi qoplami o’rnini bosuvchi yupqa plastinka bilan qoplangan bo’ladi.
Tish sarg’ayishini oldini olish

Sarg’aytiruvchi ovqatlar va ichimliklarni qisqartirish

Kofe, qizil vino, gazli ichimliklar tishda sariq qoplama hosil qiladi. Bu ulardan to’liq voz kechish kerak degani emas, ularni istemol qilishni meyorga keltirish kerak. Iloji bo’lsa, ularni istemol qilayotganda tishlar bilan kontakda bo’lmasligi uchun solomkalardan (naychalar) foydalanish joiz. Eng muhimi, chekish tishlar rangining o’zgarishiga eng kuchli tasir qiladigan omil ekanligini unutmaslik kerak.

Shirinliklar istemolini kamaytirish

Tishlar oq bo’lsin desangiz, shirinliklar istemolini kamaytiring. Shakarli muhit streptokokklar o’sishi uchun ozuqa muhiti sanaladi, ular o’z navbatida gingivit va boshqa yallig’lanishlarni chaqiradi. Shirinliklar istemol qilgandan so’ng tishlarni tozalash tavsiya qilinadi.

Kaltsiy saqlovchi mahsulotlarni ko’proq istemol qilish

Tishlar rangi sarg’ayishiga kalsiy etishmasligi ham sabab bo’ladi. Bunda emal qavati emirilib, dentin qavati (sariq rangli) ko’rinib qoladi. Sut, pishloq, tvorog va brokkoli o’zida ko’p miqdorda kaltsiy saqlaydi.

Shunindek, bazi mahsulotlarni rad etish yoki ularni cheklash zarur. «Qora ro’yxat» ning ayrim vakillari:

  • To’q rangli gazlangan va alkogolsiz ichimliklar;
  • Qora choy;
  • Chaynash uchun tamaki;
  • To’q rangli likyorlar;
  • Qahva;
  • Sitrus mevalar;
  • Dorilarni suistemol qilish;
  • Bazi dorilarni qabul qilish;
  • Tomatli sous;
  • Sigaret chekish.

Eslab qoling! Tishlaringizni chiroyli va sog’lom saqlashning eng yaxshi usuli — muntazam ravishda cho’tka va tish uchun ipdan foydalanishdir. Bu emaldagi dog’lar paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi, shuningdek karashni tezda yo’qotadi.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …