Home / Madaniyat / Somsa tayyorlash Turkcha somsa

Somsa tayyorlash Turkcha somsa

Turkcha somsa tayyorlash

Uy sharoitida tayyorlangan turkcha somsa nafaqat tamaddi uchun mukammal variant, balki mehmonlarni siylash uchun ham ajoyib taom bo’ladi. Ishtaha ochar obdor nachinka, qarsildoq khamir juda mazali!

maxresdefault

Kerakli masalliqlar:
Margarin yoki sariyog’ 250 g;
Smetana 250 g;
Un 750-850 g;
Istemol sodasi 1 chimdim;
Qiyma go’sht 500 g;
Kartoshka 2-3 dona;
Piyoz 2-3 dona;
Tuz, murch, ziravorlar tabga ko’ra;
Tukhum 1 dona;
Kunjut 1 osh qoshiq.
Tayyorlanishi:

Chuqurroq idishga istemol sodasi qo’shgan holda un elab solinadi.
Un
 va sariyog’ aralashmasiMuzlatilgan sariyog’ (sifatli margarindan ham foydalanish mumkin) pichoq yoki qirg’ichdan chiqarish orqali maydalanadi. So’ng unga qo’shib, qo’llar yordamida bir khil massadagi ushoq khosil bo’lguncha aralashtiriladi.
Keyin aralashmaga sekin-asta smetana
 qo’shgan holda (u biroz ko’proq yoki kamroq kerak bo’lishi mumkin) khamir qoriladi. Khamirdan zuvala yasalib, bir muddat sovutgichga qo’yiladi.
Ayni paytda somsa uchun nachinka tayyorlanadi. Piyoz mayda kubik shaklida, kartoshka esa ingichka somonchalar shaklida to’g’rab olinadi yoki qirg’ichning yirik tishi orqali o’tkaziladi. Masalliqlar qiymaga qo’shiladi.
Qiymaga shakl berishQiymaga tabga ko’ra tuz va murch solinadi. Khush ko’ruvchilar boshqa ziravorlar yoki quritilgan ko’katlar qo’shishlari ham mumkin. Barchasi yakhshilab aralashtiriladi va tayyor bo’lgan aralashmadan kichik ovalchalar shakllantiriladi.
Khamir un sepilgan yuzaga
 qo’yiladi va yupqa qilib yoyiladi. So’ng o’rtacha kenglikdagi uzunchoq kesimlarga ajratib olinadi. Turkcha somsa yanada chiroyli ko’rinishi uchun khamirni shakldor pichoq yordamida kesish mumkin.
Somsani o’rashSo’ngra barchasi juda oddiy: har bir khamir bo’lagiga nachinka qo’yib o’rash va chetlarini mahkam qilib yopishtirib chiqish lozim.
Somsaning yuza
 qismiga tukhum surtib, biroz kunjut sepiladi. Yog’langan yoki pergament yoyilgan protivenga bir tekis qilib terib chiqib, 180 °K gacha qizdirilgan pechda 35-40 daqiqa davomida pishiriladi.
Turk somsasi
 tayyor. Biroz sovigach, dasturkhonga tomatli sous yoki sirka eritmasi va issiq choy bilan tortiq qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!

Haqqimizda

Яна маълумот

scale_1200-1

Ko’ngil aynishi sabablari

KO’NGIL AYNISh VA ICh KETISh SABABLARI   Ovqat hazm qilish tizimingiz bezovta bo’lganda yoki sog’lig’ingizga zarar …