Home / Madaniyat / Salatlar Yangi yil uchun

Salatlar Yangi yil uchun

Sizning etiboringizga Yangi yil dasturkhoni uchun o’ziga khos va qiziqarli salat reseptini taqdim etamiz. Mahsulotlarning kombinasiyasi sizni quvontiradi, tashqi ko’rinish esa o’zgacha bayram muhitini qo’shadi.

salat-s-granatom-i-kuricej-1

250 gramm qaynatilgan kartoshka
150 gramm qizil sabzi
3 ta qaynatilgan tukhum
150 gramm yong’oq
200 gramm pishloq
1 ta maselkadan Provansal Premium Gold mayonezi
250 gramm qaynatilgan tovuq filesi
1 bog’ shivit
2-3 ta pomidor cherry
bezak uchun anor donachalari

Bunday salatni qavatma-qavat qilish yoki shunchaki barcha mahsulotlarni aralashtirib yuborish mumkin.
Barcha sabzavotlarni oldindan qaynatib, po’stidan artamiz. Tukhum, kartoshka, sabzi va pishloqni qirg’ichning katta tishidan o’tkazamiz.
Qaynatilgan tovuqni ingichka bo’laklarga bo’lamiz. Yong’oqni pichoqda maydalaymiz.
Salatni dumaloq shaklida yig’ish uchun likopcha o’rtasiga stakan qo’yib, atrofiga salatni yig’ish kerak bo’ladi.
Birinchi bo’lib, kartoshkani qo’yib, ustidan mayonez surtamiz.
Ustidan tovuq go’shtini qo’yib, yana mayonez surtamiz. Qoshiq yordamida ozroq ezib chiqamiz.
Tovuq go’shti ustidan yong’oqni bir khil qilib sepib chiqamiz.
Uning ustidan pishloq sepamiz. Dumaloq shakl hosil qilgan holda qo’lda yoki qoshiq yordamida ezib chiqamiz.
Qirg’ichdan chiqarilgan sabzini qo’yib, mayonez surtamiz.
Okhirida tukhumni solib, yakhshilab ezamiz

Salat o’rtasidagi stakanni ehtiyotkorlik bilan olib, salat chetlari va ichiga ingichka qilib mayonez surtamiz. Mayda to’g’ralgan shivit sepib, shivitning katta shokhlari, cherri pomidori, anor donachalari va pishloqdan kesib olingan qor parchalari bilan bezatamiz.

Haqqimizda

Яна маълумот

scale_1200-1

Ko’ngil aynishi sabablari

KO’NGIL AYNISh VA ICh KETISh SABABLARI   Ovqat hazm qilish tizimingiz bezovta bo’lganda yoki sog’lig’ingizga zarar …