Home / Madaniyat / Olcha kompot tayyorlash resepti

Olcha kompot tayyorlash resepti

Olcha kompot tayyorlash.

Olcha kompotini tayyorlashda bizda quyidagilar kerak bo’ladi.

1 kg – olcha
300 g – shakar
½ ch q – limonni kislota
3 l – suv

Olcha kompotini tayyorlashda avval 3 ikki litrlik bankalarimizni yaxshilab yuvib, to’ntarib qo’yiladi.

Olchalarni yuvib quruq tozza lattani ustiga yoyib qo’yiladi.

Suvni kattaroq kastryulga solib olovga qo’yib qaynatiladi.

Har bir bankamizga  olchalarni solib ustlaridan qaynab turgan suvni solib krishkalarini qo’yib 20 minutga sochiq bilan yopib qo’yiladi.

20 minutdan so’ng bankalardagi suvni kastryulga quyib yana qaynatiladi, suvga shakar va limonni kislotasini solib 1,2 minut qaynatiladi(limonni kislotasini qo’shmasangiz ham bo’ladi).

Olchali bankalarimizga qaynab turgan  shakar suvini to’ldirib krishkasini qo’yib zakrivalka bilan yopiladi.

Yoqimli ishtaha.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …