Home / Jamiyat / Maqollar o’zbek tilida

Maqollar o’zbek tilida

suv haqida maqollar

maxresdefault

Er — xazina, suv — gavhar.
Erni buzadigan ham suv, tuzadigan ham suv.
Oldingdan oqqan suvni qadri yo’q.
Suv — zar, suvchi — zargar.
Suvning ko’rinishi muloyim, bag’ri esa tosh.
Suvning ozi ham bir balo, ko’pi ham bir balo.
Do’st do’stga boqar, suv soyga oqar.
Oshning tami tuz bilan, suvning tami muz bilan.
Suv — hayot manbai.
Suvni bersang elga, yasharsan ming yilga.
Har toycha o’zi suv ichgan bulog’ini maqtar.
Oqar suvning haromi yo’q.
Bir kishi ariq qazar, ming kishi suv ichar.
Ko’lmak suvga — sassiq alaf.
Ko’r ko’rni topar, suv — chuqurni.
Oy suluvi — nur, Soy suluvi — suv.
Birov suv topolmaydi ichgani, birov suv topolmaydi kechgani.
Suvni ming qaynasa ham quyulmas.
Suv ichadigan qudug’ingga tupurma.
Suv ichganda, ariq qaziganni unutma.
Suvni ich, chashmani bulg’ama.
Yiroqdagi suv bilan chanqoqlik qonmas.
Suv ham qattiq yerda to’xtab turar.
Toshni siqqan bilan suv chiqmas.
Pismiq, telba farq qilar, tinch oqqan suv g’arq qilar.
Suvga suyanma, yovga sig’inma.

Kitob haqida maqollar

Kitob — aql qayrog’i.
Kitob ko’rmagan kalla — giyoh unmagan dala.
Kitobsiz aql — qanosiz qush.
Kitoblar — aql farzandlaridir.
Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’stlardir.
Kitob bilim bulog’i — o’quvchining o’rtog’i
Kitob khazina, bilim boylik
Kitobdan yakhshi do’st yo’q)
Kitob-beminnat dost

Ustoz haqida maqollar

Ustoz otangdek ulug’

Ustozsiz shogirt- jonsiz kesak

Ustoz bilimli — shogird ilmli.

Ustoz ko’rmagan shogird Har maqomga yo’rg’alar

Ustadan shogirt o’zar

 til haqida maqollar

Aytar so’zni ayt,
Aytmas so’zdan qayt.

Anjom – uy ziynati,
So’z – inson ziynati.

Ariqni suv bezar,
Odamni – so’z.

Achchiq til – zahri ilon,
Chuchuk tilga – jon qurbon.

Bemorga shirin so’z kerak,
Aqlsizga – ko’z.

Bir tavakkal buzadi,
Ming qayg’uning qalasin.
Bir shirin so’z bitkazar,
Ming ko’ngilning yarasin.

Bug’doy noning bo’lma ham,
Bug’doy so’zing bo’lsin.

Gapning yomoni pichir.

Gapning qisqasi – yaxshi,
Qisqasidan hissasi – yaxshi.

Duo bilan el ko’karar,
Yomg’ir bilan er ko’karar.

Do’st orttiraman desang,
Shirin suhbat qil.
Dushman orttiraman desang,
Chaqirtikan bo’l.

Yomon til yo jonga urar,
Yo – imonga.

Yomonning tili bor,
Yakhshining – dili.

Yomonning yuzi qursin,
Gapirgan so’zi qursin.

Iliq so’z – shakar,
Sovuq so’z – zahar.

Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so’z jonni ilitar.

Yo’l quvgan khazinaga yo’liqar,
So’z quvgan – baloga.

Kishining o’zi etmagan erga so’zi etar.

Mazali so’zga quloq charchamas.

Muzdan suv tomar,
So’zamoldan – bol.

Aytar so’zni ayt,
Aytmas so’zdan qayt.

Anjom – uy ziynati,
So’z – inson ziynati.

Ariqni suv bezar,
Odamni – so’z.

Achchiq til – zahri ilon,
Chuchuk tilga – jon qurbon.

Bemorga shirin so’z kerak,
Aqlsizga – ko’z.

Bir tavakkal buzadi,
Ming qayg’uning qalasin.
Bir shirin so’z bitkazar,
Ming ko’ngilning yarasin.

Bug’doy noning bo’lma ham,
Bug’doy so’zing bo’lsin.

Gapning yomoni pichir.

Gapning qisqasi – yakhshi,
Qisqasidan hissasi – yakhshi.

Duo bilan el ko’karar,
Yomg’ir bilan er ko’karar.

Do’st orttiraman desang,
Shirin suhbat qil.
Dushman orttiraman desang,
Chaqirtikan bo’l.

Yomon til yo jonga urar,
Yo – imonga.

Yomonning tili bor,
Yakhshining – dili.

Yomonning yuzi qursin,
Gapirgan so’zi qursin.

Iliq so’z – shakar,
Sovuq so’z – zahar.

Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so’z jonni ilitar.

Yo’l quvgan khazinaga yo’liqar,
So’z quvgan – baloga.

Kishining o’zi etmagan erga so’zi etar.

Mazali so’zga quloq charchamas.

Muzdan suv tomar,
So’zamoldan – bol.

 do’stlik haqida maqollar

Aybsiz do’st izlagan do’ssiz qolar.

Asli dushman el bo’lmas,

Etakni kessang, eng bo’lmas.

***

Asli qora oqarmas.
***

Aqli ko’pni dov olmas,

Do’sti ko’pni yov olmas.

***

Baliq suvsiz yashamas,

Inson – do’ssiz.

***

Bilagi alp birni yiqar,

Do’sti ko’p – mingni.

***

Bir ko’rgan – tanish,

Ikki ko’rgan – bilish.

***

Burgut kuchi – oyog’ida,

Odamniki – do’stlikda.

***

Daraxt – ildizi bilan,

Odam – do’stlari bilan.

***

Dushman bazan kuldirar,

O’ng’ay topsa, o’ldirar.

***

Dushman do’st orasidan chiqar.

***

Dushman siringni o’g’irlar,

Do’st khatongni to’g’rilar.

***

Dushman chaqirsa borma,

Do’st chaqirsa, qolma.

***

Dushman o’lar, do’st qolar,

O’sma ketar, qosh qolar.

***

Dushmanga joningni bersang ham,

Siringni berma.

***

Dushmanga choh qaziguncha,

Do’stingga uy solib ber.

***

Dushmanimning do’sti – mening dushmanim,

Dushmanimning dushmani – mening do’stim.

***

Dushmaningdan qo’rqma, munofiqdan qo’rq.

***

Dushmaningni qarg’ama, do’stingga tegar.

***

Dushmaningning o’limini tilaguncha,

Joningning sog’ligini tila.

***

Dushmaning sovg’asidan qo’rq.

***

Do’st achitib gapirar,

Dushman – kuldirib.

***

Do’st boshga boqar,

Dushman – oyoqqa.

***

Do’st bo’lsang, do’stingning aybini tuzat.

***

Do’st ming bo’lsa ham – oz,

Dushman bir bo’lsa ham – ko’p.

***

Do’st oldingda gapirar,

Dushman – orqangdan.

***

Do’st – oltining,

Dushman – qotiling.

***

Do’st og’ir kunda bilinar.

***

Do’st suyganning tusiga boqma.

***

Do’st so’zini tashlama,

Tashlab boshing qashlama.

***

Do’st uzoqda bo’lsa ham, ko’ngli yaqin.

***

Do’st egiz,

Dushman – sakkiz.

***

Do’st yuzingga boqar,

Dushman – izingga.

***

Do’st hisobi – dilda.

***

Do’stga dushman bo’lish oson,

Dushmanga do’st bo’lish qiyin.

***

Do’stga yolg’on, dushmanga chin gapirma.

***

Do’stga khiyonat qilma,

Dushmanga – shafqat.

***

Do’sti nodondan dushmani dono yaxshi.

***

Do’sting uchun zahar yut.

***

Do’stingga rost gapir,

Dushmaningga – maqtanib.

***

Do’stingning oshini qasdingdan ich.

***

Do’stlarimdan o’zing saqla,

Dushmanlarimni o’zim bilaman.

***

Do’stlik – barcha boylikdan afzal.

***

Do’ssiz boshim – tuzsiz oshim.

***

El omonlik tilar,

Yov – yomonlik.

***

Eshak eti go’sht bo’lmas,

Savdogar hech do’st bo’lmas.

***

Ginali do’st – adovatli dushman.

***

Ikki haramza do’st bo’lmas.

***

Ishkambadan go’sht bo’lmas,

Dushman aslo do’st bo’lmas.

***

Jonga kuygan jonday do’st,

Jonga kuymas qanday do’st.

***

Kiyimning yangisi – yakhshi,

Do’stning – eskisi.

***

Ming so’ming bo’lguncha, bitta do’sting bo’lsin.

***

Nomarni jang sinaydi,

Do’stni – muhtojlik.

***

Odam ichini bilish qiyin,

Do’st ustidan kulish qiyin.

***

Onangni otangga yomonlama,

Do’stingni – dushmanga.

***

Tirik bo’lsak – bir yerda,

O’lik bo’lsak – bir go’rda.

***

Vafoli do’st yo’lga solar,

Ig’vogar do’st paydan olar.

***

Xalq do’stligi – yurt boyligi.

***

Yangining nodonligi bor,

Eskining – qadrdonligi.

***

Yakhshi do’st yuz qarindoshdan yakhshi.

***

Yaxshi ko’rgan do’stingga

Yaxshi ko’rgan molingni ber.

***

Yot oshingga qaraydi,

Do’st – boshingga.

***

O’pka, yurak go’sht emas,

Hisoblashgan do’st emas.

***

O’rtada burun bo’lmasa,

Ko’z ko’zni o’yar.

***

O’tni kavlasang, o’char,

Do’stni kavlasang, kechar.

***

Qadim do’stlik zanglamas.

***

Qarz bersang, do’st ko’payar,

Talab qilsang – dushman.

***

Qovunni dushmaningga kestir,

Go’shtni – do’stingga.

***

Quyosh havoni isitar,

Do’st – qalbni.

***

G’amingni do’stingga aytma, kuyunadi,

Dushmaningga aytma, suyunadi.

***

Har kimni do’stim dema,

Tandagi po’stim dema.

***

Hisobdan adashsang ham, do’stdan adashma.

***

Hisobli do’st ayrilmas.

***

Choyning so’ngini do’stingga ber.

 vatan haqida maqollar

Aylanasi ovuli,
To’garagi to’rkuni.

Ayrilmagin elingdan,
Quvvat ketar belingdan.

Badqavm bo’lsang bo’l,
Beqavm bo’lma.

Baliq suv bilan tirik,
Odam — el bilan.

Begona tuproq — devona tuproq.

Betkay ketar, bel qolar,
Beklar ketar, el qolar.

Birovning yurtida bek bo’lguncha,
O’zingning yurtingda it bo’l.

Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.

Bulbulga bog’ yakhshi,
Kaklikka — tog’.

Vatan gadosi — kafan gadosi.

Vatan uchun o’lmoq ham sharaf.

Vatan qadrini bilmagan o’z qadrini bilmas.

Vatanga kelgan — imonga kelar.

Vatanga falokat — o’zingga halokat.

Vatangado bo’lguncha,
Kafangado bo’l.

Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o’lar.

Vatani borning bakhti bor,
Mehnati borning — takhti.

Vataning tinch — sen tinch.

Vatanni sotgan er bo’lmas.

Vatanning vayronasi — Umrning g’amxonasi.

Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.

Vatansiz inson — kuysiz bulbul.

Dindan chiqsang ham, eldan chiqma.

Dushmanga nafrati bo’lmaganning
Vatanga muhabbati bo’lmas.

Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.

Yoridan ayrilgan etti yil yig’lar,
Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.

Yoringni gul orasidan izla,
Erkingni — el orasidan.

Yigit g’ami elida,
Elning g’ami dilida.

Kiymoqqa katan yaxshi,
Turmoqqa vatan yaxshi.

Kishi erida sulton bo’lguncha,
O’z elingda cho’pon bo’l.

Kishi yurtida sulton bo’lguncha,
O’z yurtingda ulton bo’l.

Kishi yurtida shoh bo’lguncha,
O’z yurtingda gado bo’l.

Ko’lning otini balig’i chiqarar.

Ko’rpang qaerda bo’lsa, Ko’ngling shu erda.

Non gadosi bo’lsang ham, Yurt gadosi bo’lma.

Ona erning tuprog’i — ona sutidan aziz.

Ona yurting — oltin beshiging.

Ona yurting omon bo’lsa,
Rangi ro’ying somon bo’lmas.

Sigirning suti — tilida,
Erning quti — elida.

Sovuq urgandan qolar,
Tuproq surgandan qolmas.

Suvni bersang elga,
Yasharsan ming yilga.

Tovushqonga tug’ilgan tepasi aziz.

Tuqqan erda tug’ing tik.

Tuqqan elga jon tortmasa ham, qon tortar.

Tug’ilgan erdan ko’ngil uzilmas,
Yurt qo’riganning yurti buzilmas.

Tug’ilgan ering — Vataning,
Vataning — nomusing.

To’ygan erdan tuqqan er yaxshi.

Ursa ham, el yaxshi,
So’ksa ham, el yaxshi.

Fil tushida Hindistonni ko’rar.

Changal ham o’z joyida gurillar.

Ekin erida ko’karar,
Er — elida.

El bor bo’lsa, er xor bo’lmas,
Er bor bo’lsa, el xor bo’lmas.

El boshiga kun tushsa,
El yaratgan er kelar.

El boshiga tushgani —
Er boshiga tushgani.

El ishini er qilur,
Er qadrini el bilur.

El-kunim bo’lmasa,
Oy-kunim tug’masin.

El kuyunganda kuyungan — botir,
El suyunganda suyungan — botir.

El tilagin tilagin,
Siniq ko’nglin siylagin.

El egasiz bo’lmas,
To’n — yoqasiz.

El qudrati — chin qudrat,
Vatan tuprog’i — qimmat.

El qurimasa, er qurimas.

El — qo’ngan erda,
Ot — to’ygan erda.

El qo’ngan erni bilar,
Ot to’ygan erda tinar.

El g’amini bilgan elda doston.

Elga manzur — erga manzur.

Elga xizmat — oliy himmat.

Elga qo’shilgan moy yutar,
Eldan ayrilgan qon yutar.

Elga qo’shilganning ko’ngli to’q,
Eldan ajralganning beti yo’q.

Elga qo’shilsang, er bo’lasan,
Eldan ajralsang, er bo’lasan.

Elda bori — senda bori.

Eldan ayrilguncha, jondan ayril.

Eliga vafo qilgan
Yoviga jafo qilar.

Elidan bezgan er o’ngmas,
Ko’lidan bezgan g’oz o’ngmas.

Elim boshqa degan, el bo’lmas.

Eling senga cho’zsa qo’l,
Unga doim sodiq bo’l.

Eling-yurting bo’lmasa,
Oying-kuning bo’lmasin.

Elli er — bozor,
Elsiz er — mozor.

Ellik yilda el yangi.

Elning baxti — erning bakhti.

Elning ichi — oltin beshik.

Elning yirtig’iga yamoq bo’l,
Uzuniga uloq bo’l.

Elning egasi bo’l,
Tobutning chegasi bo’l.

Elning g’ami — erning g’ami.

Er bolasi — el bolasi.

Er davlati — elida.

Er yigit elga tortar.

Er yigit o’zi uchun tug’ilar,
Eli uchun o’lar.

Eringdan bezsang ham,
Elingdan bezma.

Erning ishi — elning bo’ynida,
Elning ishi — erning bo’ynida.

Erning moli — elning moli.

Yurt boshiga ish tushsa,
Er yigit hozir.

Yurt egasi yo’lbarsdir,
Oldirgani qo’ymasdir.

Yurt qo’ri, eling o’sar,
Qo’rimasang, uying to’zar.

Yurt qo’risang, o’sarsan,
Qo’rimasang, to’zarsan.

Yurtda odam bo’lmasa,
To’ng’iz tepaga chiqar.

Yurtdan ayrilganni yov chopar.

Yurtdan ketgan, yurtmonda.

O’tar hasrat, armonda.

Yurti boyning o’zi boy.

Yurtim — ko’ksim,
Elim — iligim.

Yurting omon — o’zing omon.

Yurtni dedim, yuzga kirdim.

Yaxshi yigit yurt tuzar,
Yomon yigit yurt buzar.

O’z uyim — o’lan to’shagim.

O’z yurtingning qadri
O’zga yurtda bilinar.

O’z yurting — o’lan to’shaging,
O’zga yurt bo’lmas beshiging.

O’zbek iskab bo’lsa ham, elini topar.

O’zga yurtning qozisi bo’lgandan,
O’z elingning tozisi bo’l.

O’zga yurtning boshi bo’lgancha,
O’z yurtingning toshi bo’l.

O’zga yurtning gulidan,
O’z yurtingning cho’li yakhshi.

O’lsang o’l,
Vataningda bo’l.

O’pkadan urgan el yomon,
Elidan ayrilgan er yomon.

Qorong’i qolgan yurtda
Qorashaqshaq podsho bo’lur.

Qurigan yurtga qul oqsoqol.

Qush butaga sig’inar,
Odam — Vatanga.

Qush ham ketsa keladi,
O’z elini sevadi.

Har gul o’z butasida aziz.

Har gulning o’z isi bor,
Har elning o’z tusi bor.

Har kim — eliga,
O’rdak — ko’liga.

Har kimning o’z eli — o’ziga shirin.

Har ko’katning o’z suygan tuprog’i bor.

Har toycha o’zi suv ichgan bulog’ini maqtar.

Har elning — o’z irimi.

Har shaharning havosi boshqa.

Har qush o’z uyasiga qarab uchar.

Himmatli er,
O’z elini der.

 mehnat haqida maqollar

Kishi bersa — ko’rimli,

Mehnat bersa — to’yimli.

Ish ishtaha ochar,

Dangasa ishdan qochar.

Ish kuchini elga berma, erga ber,

Jamg’armani selga berma, elga ber.

Ish qolsa — mehnat,

Osh qolsa — davlat.

Ish quroling soz bo’lsa,

Mashaqqating oz bo’lar.

Mashaqqatsiz baxt kelmas,

Mehnatsiz taxt kelmas.

Mehnat bakht keltirar.

Mehnat bilan er ko’karar,

Duo bilan — el.

Mehnat va o’qish — og’a-ini.

Mehnat erda qolmas,

Oltin — yo’lda.

 Odob haqida maqollar

Avval salom, badaz kalom.

Amri padar — arshdan alo.

Bir kattani bil,
Bir kichikni bil.

Bola — aziz, odobi undan aziz.

Bolaning erkasi — bitning sirkasi.

Bosh bo’lmagan uyda,
Otasi turib o’g’li so’zlar.

Yolg’iz bolaga indamasang, ko’payar.

Inson — odobi bilan,
Osmon — oftobi bilan.

Kattaga katta bo’l,
Kichikka — kichik.

Kattaga salom ber,
Kichikka — kalom.

Kattada izzat yo’q,
Kichikda xizmat yo’q.

Katta izzatda —
Kichik khizmatda.

Kattani katta desang, o’zidan ketar,
Kichikni katta desang, kattaga etar.

Kattaning uyalgisi kelsa, kichikka tegar.

Kattaning hurmati — qarz,
Kichikka salom — farz.

Ko’p o’ynagan bola,
El ko’zida ola.

Odob bozorda sotilmas.

Odob — Irishining zeb-u ziynati.

Odob — oltindan qimmat.

Odob — peshada,
Gunoh — teshada.

Odobli bola elga manzur.

Odobli kelinning supurgisi xashak ostida turar.

Odobli o’g’il — ko’kdagi yulduz,
Odobli qiz — yoqadagi qunduz.

Odoblilik belgisi —
Eshilib salom bergani.

Yaqinlikning belgisi —
Kelib-ketib turgani.

Odobni beodobdan o’rgan.

Odobning — boshi til.

Odobsiz betga chopar.

Oltin olmay, odob ol,
Odob oltin emasmi.

Onangga boshingni kham qil,
Otangga gapingni kam qil.

Onasi maqtagan qizni olma,
Yangasi maqtagan qizdan qolma.

Ota bo’hsh oson, odob berish qiyin.

Ota oldida kek urma,
Odobingga chek urma.

Ota oldidan o’tma,
Odob oldidan ketma.

Otang bolasi bo’lma,
Odam bolasi bo’l.

Otang tazirini olmay desang,
Odam tasirini ol.

Otasi tentakning biri — tentak,
Onasi tentakning bari — tentak.

Osh kattadan, suv kichikdan.

Osh kelsa, egin,
So’z kelsa, degin.

Og’ani ko’rib ini o’sar,
Opani ko’rib — singil.

Payg’ambar qizi bo’lma,
Otang qizi bo’l.

Rahm ema etimga,
Etim urar betingga.

Sadaqasiga qarab — savobi,
So’ziga qarab — javobi.

Salom — kattadan,
Alif — nuqtadan.

Salom ham — farz,
Alik ham — farz.

Suvga tupurgan — koski,
Quduqqa tupurgan — kofir.

So’z kishining — o’zagi,
Odob kishining — bezagi.

Tegirmonni suv buzar,
Odamni odam buzar.

Tek turganga shayton tayoq tutqazar.

Turqi buzuqdan xulqi buzuq yomon.

Urug’ingga so’z aytsang,
Orasini uzib ayt.

Otang ishga buyursa,
Namozingni buzib ayt.

Usta borida qo’lingni tiy,
Ustod borida — tllingni.

Usta bo’lsang, ustozingni unutma.

Ustozingga tik qarasang, to’zasan,
Hurmat qilsang, asta-asta o’zasan.

Chakki yursang, dakki ersan.

Cho’ponni tayog’idan bil,
Kelinni — oyog’idan.

Shalp yursang, shapaki ersan.

Shamolimni so’kma,
Tuzimni erga to’kma.

Shapaloq bilan yuz qizarar.

Eshik ochiq bo’lsa ham, so’rab kir.

Yaxshi bola yog’ keltirar.
Yomon bola dog’ keltirar.

Yaxshi bola nom keltirar,
Yomon bola g’am keltirar.

Yaxshi bola — otaga quvvat,
Yomon bola — uqubat.

Yaxshi bola — suyuk,
Yomon bola — kuyuk.

Yaxshi bola — to’rga tortar,
Yomon bola — go’rga.

Yaxshi bola shon keltirar,
Yomon bola qon keltirar.

Yaxshi boladan rahmat,
Yomon boladan — lanat.

Yaxshi xulq — kishining husni.

Yaxshi yaroqsiz bo’lar,
Yomon — quloqsiz.

Yaxshi qiz erta turib, soch tarar,
Yomon qiz erta turib, non so’rar.

O’ynoqi qo’zi oyna sindirar.

O’ynoqi buzoq o’t bosar.

O’rinsiz qiliqdan o’rinli yumruq yaxshi.

O’g’ilga o’g’il bo’lmasang,
Uviq tegar boshingga.

Kelinga kelin bo’lmasang.

Kelisop tegar boshingga.

O’g’irlik osh badanga yuqmas,
Yomon bola ota-onaga boqmas.

Qaynanalik kelin — qarqara kelin,
Qaynanasiz kelin — maskhara kelin.

Qiz bola uyda yakhshi,
Er bola elda yakhshi.

Qizim uyda, qilig’i tuzda.

Qizni erkalatsang, erningga tepar,
O’g’ilni erkalatsang, burningga tepar.

Qizning erkasi — echkining serkasi.

Qizining qilig’i ko’chada bilinar.

Qobil farzand — jonga payvand.

Qobil o’g’il otga mindirar,
Noqobil — otdan tushirar.

Qobil o’g’il rohat keltirar,
Noqobil o’g’il — mehnat.

Qovun qovundan rang olar.

Qo’yni — serka,
O’yinni erka boshlar.

Hay-hay sening yurishing,
Bordir sening bir ishing.

Husn xulqi bilan chiroyli.

Husn husn emas, odob husn.

Ho’l yog’ochni egmagin,
Tegmaganga tegmagin.

Haqqimizda

Яна маълумот

O’z vaqtida to’shagni almashtirmaganlarga OGOHLANTIRISh: Siz bu kasalliklarni yuqtirishingiz mumkin

To’shaklar chang, kir bo’lsa, o’lik teri hujayralari, ter, soch va boshqa mayda zarralarni to’playdi. To’shagingizni har …