Home / Madaniyat / Lavash tayyorlash usullari uy sharoitida

Lavash tayyorlash usullari uy sharoitida

Lavash — mazali yassi non bo’lib, dastlab maxsus tandirlarda pishirilgan. Albatta har bir xonadonda tandir bo’lmasa-da, lekin uning mazasini uy sharoitida takrorlash mumkin. Buning uchun tova kerak bo’ladi xolos. Lavash xamiri tez tayyor bo’ladi va uning asosida boshqa ko’plab gazaklar tayyorlash mumkin.

 

Lavash xamirini tayorlash.

Tayyorlash vaqti:  20 daqiqa: 9- kishilik.

Kerakli mahsulotlar:

Suv — 250 ml;
Tuz — ½ choy qoshiq;
Bug’doy uni — 400 gr.

Tayyorlanishi:

250 ml iliq suvga 0,5 choy qoshiq tuz solib, eritib olinadi.

Tuzli suvga asta-sekin elab un qo’shiladi (un miqdori chamalab olinadi, chunki naviga qarab biroz kam yoki ko’proq suv kerak bo’lishi mumkin).

Yaxshilab xamir qoriladi va kolbasa shaklida qilib zuvala olinadi. Xamirning usti oziq-ovqat plyonkasi bilan yopilib, 30 daqiqaga tindirishga qo’yiladi.

Xamir tingach, uzunchoq zuvala mayda bo’laklarga bo’lib olinadi.

Hosil bo’lgan har bir bo’lakdan bo’lajak lavash tayyorlanadi. Xamir juda ingichka qilib yoyilishi kerak (2mm dan ko’p bo’lmagan holda).

Tova o’rta olovga qizdirishga qo’yiladi. Yaxshilab qizigach, birinchi xamir ehtiyotkorlik bilan tovaga yoyiladi.

Lavash qizarib, pufakchalar hosil bo’la boshlagach, teskari qilib ag’dariladi. Har bir tarafidan pishishi uchun o’rtacha 40 soniya vaqt ketadi.

Pishgach, tovadan idishga olinib, yumshoq va egiluvchan bo’lishi uchun ustidan engil qilib suv sepib chiqiladi va biroz muddat usti yopib qo’yiladi. Lavash tayyor!

 

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …