Home / Jahon / Latifalar – 18 yoshdan kattalar uchun

Latifalar – 18 yoshdan kattalar uchun

Bir restoranga Shotlandiyadan mehmonlar kelishibdi. Barmen qarasa hamma erkakla yubka kiygan, faqat bittasi shimda ekan. Shunda barmen ulardan birini chaqirib so’rabdi.
-Nega sizlar hammangiz yubka kiyganu anavi kiymagan?
-A etibor qilmang u Gey…

c96beef0578951154d95971bcf2f5560

-Bilasanmi o’rtoq? Tepangdagi professor qo’shning borku. O’sha Gey ekan…
-Yo’g’e??? Voy pismiq, nechi yildan beri sikaman, lekin professor ekanligini bilmaskanman…

-Qo’pol ekan deb o’ylamanku, lekin men sizni jon deb sikkan bo’lardim.
-Foxisha ekan deb o’ylamanku, lekin men roziman…

O’rta asrlarda bir qirol urushga ketishdan oldin. Xotinini amiga temirdan qilingan ,,ishonch kamari” ni taqib ketibdi.
Yo’lda xizmatkori so’rabdi.
-Nimaga bunaqa qilding. Xotining xunuk ayol bo’lsa, uni kim ham sikardi.
-Bilaman! Qaytganda urushda kalitni yo’qotib qo’ydim deyman…

Kechasi ko’p ichib ertalab ishga uxlap qolgan askarni telefoni jiringlayabdi. Go’shakni ko’tarsa bir qiz yoqimli ovozda:
-O’rtoq serjant telefonda seks hohlaysizmi?-
-Jonim bilan-
-Unaqada kutib turing, hozir sizni rota boshlig’i bilan ulayman…

 

Erkak do’stiga maqtandi.
— Men, juda mehmondo’stman.
— Buni qanday tushunsa bo’ladi?
— Masalan, uyga mehmon kelsa, choyni piyolaning tepasidagi chizig’igacha to’ldirib qo’yaman.
— Nega?
— Shakarni kamroq solishsin, – deyman-da!

 

Er xotin janjallashib qolishibdi. Bir soat o’tgach, axiyri xotini eriga qarab:
— Dadasi bilmaysizmi eshak qancha umr ko’rib, keyin o’ladi, – desa
Eri:
— Nima mazang qochyaptimi, – dermish
Bir qiz uyiga dugonasini mehmonga olib kelibdi. Dugonasi hammomga kirishga ijozat so’rabdi va hammomga kiribdi.
Hammomdan chiqib:
— Hammomda ikki xil sochiq bor ekan. Birida “K”, ikkinchisida “B” belgilari bor ekan. Men “K” belgisi boriga artindim. Axir “K” — Kattalar uchun, “B” — Bolalar uchun, to’g’rimi?, — debdi.
Shunda qiz:
— «B» — Betniki edi, — debdi.

— Allo, bu 2000909mi?
— Yo’q adashdiz!
— Unda nega go’shakni ko’tarding ahmoq.

Yaxshi elektrik, tirik elektrik.

Oliygoh hojatxonasining birinchi va uchinchi kabinalariga kirib ketgan talabalar suhbati:
1-kabinadan: — Anavi sholg’om oliy matematkadan bahoyingni qo’yib berdimi?
3-kabinadan: — Yo’q, ablah odam-de, qancha tushuntirsam ham, baribir qo’yib bermadi, Eh, o’sha sholg’omni…
2-kabinadan: — Qo’yib bermayman ham!!!

Bir alkash uyida akvariumni urib sindirmoqchi bo’lsa, ichidagi baliq tilga kirib:
— Ey, to’xta sindirma, men o’lib qolaman o’ldirmasang uchta tilagingni bajo keltiraman debdi.
Alkash o’zi kayfda, bu yoqda baliq gapiryapti, qotib qolib, nima so’rashni o’ylayotgan paytda, xotini kelib:
— Dadasi men bitta tilak aytay, siz ikkitasini aytasiz, – debdi.
Alkash:
— Mayli ayt.
Xotini:
— Erim doim mani o’ylasin, fikru hayoli doim manda bo’lsin, faqat va faqat men haqimda o’ylasin desa.
Alkashni xotini bir butilka aroqga aylanib qolibdi.

Bir kishi televizor ustasiga televizorini olib kelib:
— Mix bilan qulog’ni kovlab ko’rayotuvdim, birdan negadir tovushi chiqmay qoldi, – dermish.

Ikki chukcha ketayosa, biri ikkinchisiga:
— Qara, men 10 dollar topib oldim!
— Malades, iye nimaga tashlab yubording?
— Qalbaki ekan.
— Qayerdan bilding?
— 10 da ikkita nol borligini ko’rganmisan?

— Yaxshi qiz, siz raqs tushayapsizmi!?
— Ha-a-a!
— Xudoga shukur-ey. Men tok urayapti-mi, deb o’ylapman.

Poshshoning hovliqma vaziri bor edi. Bir kuni u maqtana boshladi:
— Dunyoda men o’qib o’rganmagan ilm-hunar, men  echolmaydigan masala yo’q!
Bu gaplardan achchig’langan Afandi so’radi:
— Shunday donishmand ekansiz, bir savol beray, javob bering?
— Marhamat.
Afandi cho’zib hushtak chaldi-da:
— Shunga to’rtta tugma qadab bering,—dedi.

 

Bir mast odam milisiyaga qo’nqirok qilib:

— Allo, milisiya. Bu yerda 1000 kishi o’lib yotibdi.
Milisiya:
— Allo, allo, siz hozir qayerdasiz?
— Qabristonda.

Er-xotin yo’lda ketayosa, 2ta eshak turganmish, xotin eriga qarab:
— Dadasi qarindoshlariz, desa
— Ha, qaynonam va qaynotam, dermish.

Bugungi ob-havo malumoti: Kunduzi pivo yomg’iri yog’ib kechga borib aroq yomg’iriga aylanishi kutilmoqda. Sigareta tutuni tezligi sharqdan sekundiga 1/2 kmni tashkil qiladi. Tog’li hududlarda vino yoki konyak sel kelishi kutilmoqda. Shu sababli cho’ntagingizga qurt yoki sho’r bodiring solib yurishni unutmang!

— Eh, agarda podshoh bo’lganimdamidi, uncha-muncha podshohdan zo’r yashardim! O’zimga xon, o’zimga bek bo’lardim, kechqurunlari kiraga ham chiqib turardim.

— Dadasi bugun tushimga kiribsiz.
— Xo’sh, tushingda nima qilayotgan ekanman?
— Menga yam-yashil olmani bir tishlab, beribsiz
— Boshimni qotirma xotin, ayfonga pul yo’q.

2 ta tentak yo’lda ketayotib, charchab daraht tagida dam olayosa, tentaklardan biri:
— Men suvsadim, suv ichgani ketayapman, – debdi.
2-tentak:
— Meni o’rnimga ham ichib kel, – debdi.
Shunda 1-tentak ho’p deb ketibdi. Bir ozdan so’ng qaytib kelibdida, 2-tentakka qarab kulaveribdi.
2-tentak hayron bo’lib:
— Ey, tentakmisan, nimaga o’zingdan-o’zing kulayapsan, – desa,
1-tentak:
— O’zimni o’rnimga toza suv, sening o’rningga esa, iflos suv ichdim, – dermish

Jinnixonada bir jinni hammani qo’rqitmoqda:
— Hozir barchangni integrallab, differensiallab tashlayman! Hamma jinnilar vahimaga tushgancha qochib ketishibdi. Faqat bittasi jim turganmish. Undan so’rashibdi:
— Sen qo’rqmaysanmi?
— Yo’k, men “ye” darajasi “iks”man!
Ovga boruvdim. 15-16ta o’qdan keyin, kulaverib o’rdak o’lib qoldi.
Ingliz ayollari «I love you», – deb — 1-2ta tug’ishadi.
Rus ayollari: «Ya tebya lyublyu», – deb — 2-3ta tug’ishyapti.
O’zbek ayollari esa: «Nariroq yoting, boring», – deb — 4-5-6ta tug’ishyapti.

latifalar uyatsiz

Bir shofyor mashinasida har kuni kira qilarkan.Uyiga yarim kechasi kelib, erta tongda chiqib ketarkan. Tabiiyki bu xotiniga yoqmasdi.
Bir kuni xotini:
— Hoy adasi har kuni kelasiz, uhlaysiz saharda yana ketasiz. Sizga tekkanimdan beri rohat nimaligini bilmayman, men axir ayolmanku, menga bir og’iz shirin gapiz ham yo’q, – debdi.
Eri:
— Mayli xotin gazga suv quy, isiganda meni uyg’otarsan, – debdi.
Xotini xursand bo’lib:
— Ho’p bo’ladi arslonim, – debdi.
Suv isitib kelib:
— Turing polvonim, suv isidi kelaqoling o’zimga, – desa
Eri esnab, ko’zini ishqalab:
— Ha yaxshi, suvni mashina radiatoriga quyib quy.

Sud raisi ayblanuvchidan so’rayapti:
— Ayting-chi, voqea qanday sodir bo’ldi?
— Xizmat safaridan belgilangan vaqtdan bir kun ilgari keldim, ertalab uyga kirishim bilan ayolimning rangi g’alatiroq ko’rindi. Kutilmaganda oshxona eshigi ochilib yopilganday bo’ldi. Shoshib oshxonaga o’tdim, deraza pardasi shamolda xilpirab turardi, pastga qarasam, mana bu odam bitta ichki ko’ylakda turibdi. Alam ustida unga muzlatgichni olib otdim, ammo mo’ljalni yaxshi ololmabman. Aslida uni o’ldirmoqchi edim. Sud raisi qo’ltiqtayoqdagi jabrlanuvchiga o’girildi:
— Ho’sh, siz bu masalada nima deya olasiz?
— Har kuni tongda turib, mashq qilaman, ko’p qavatli uyimiz atrofida ikki marta yugurib aylanaman. Bir payt qarasam, uchinchi qavatdan muzlatgich uchib tushyapti, zo’rg’a qochib ulgurdim, oyog’imga tushdi. Sal bo’lmasa boshimga tushib o’lardim. Sud raisi butun tanasi shikastlangan guvohga yuzlandi:
— Guvoh, siz nima deya olasiz?
— Nima ham derdim, o’sha erda bo’lsam-da, aslida men bu voqeani ko’rganim yo’q. Chunki men muzlatgich ichida edim.

Yigit bilan qiz uchrashuvga chiqibdi.
Yigit juda uyatchan ekan, qiz esa uni quchoqlab o’pishini xohlab turibdi.
Sal turib qiz:
— Voy, ko’zim og’riyapti.
Yigit qizni ko’zidan o’pib:
— Endi og’rimayaptimi, – debdi
— Yo’q…Voy, bo’ynim og’riyapti…
Yigit bo’ynidan o’pib:
— Endi og’rimayaptimi?
— Yo’q.
Sal narida kuzatib turgan bir chol kelib yigitga:
— O’g’lim gemoroyni ham davolaysanmi?, – dermish

Temir yo’l kesishmasida avariya sodir bo’libdi. Poyezd Kaptivani turtib ketibdi.
GAI xodimi kelib Kaptiva egasiga avariya qanday sodir bo’ldi, – desa
Kaptiva egasi:
— Poyezd qizilga to’xtamadi!, – dermish.

Ikki do’st suhbati:
— Men xotinimdan tashqari biror bir ayolga qiyo boqmaganman. Sen ham shunday deb ayta olasanmi?
— Ayta olaman. Faqat bu gapni gapirganda bunchalik jiddiy turolmayman, xalos.
Bir kampir magazinga kirib, sotuvchi qizdan so’rabdi:
— Qizim, sizlarda muzlatilgan tovuq bormi?
Qiz muzlatgichga karasa, bitta tovuq bor ekan:
— Ha, bor. Sizga nechta kerak?
— Bittasini tortginchi?
— Mana, 1.5 kilo…
— Og’irrog’idan bormi?, – debdi kampir.
Qiz boyagi tovuqni bildirmay aylantiribdi-yu, yana tortibdi:
— Bunisi 2 kilo. Bo’ladimi?
— Bo’ladi qizim. Ikkalasiniyam o’rab ber. Nevaralarimga bir tabaka qib beray!

Bir ruschani yaxshi bilmaydigan bola sigaret chekib o’tirsa, yoniga bir rus qiz kelib o’tiribdi. U ham sigaret chekishni boshlabdi.
Shunda bola chekayotgan qizga hayron bo’lib:
— Vi chto, kurisa?, – desa
Rus qizning jahli chiqib:
— A chto, ti petux?, – debdi
Bola qo’lidagi sigaretni ko’rsatib:
— Net, ya toje kurisa!!!, – dermish

latifalar 18

Xalqning oldiga bir jarchi kelib:
— Hozir nima demoqchiligimni bilasizlarmi?
— Yo’q bilmaymiz.
Jarchi:
— Bilmaydigan odamlarga gapirishning foydasi yo’q, – deb ketib qolibdi.
Ertasiga kelib:
— Men nima deyishimni bilasizlarmi —debdi.
Xalq:
—Yo’q.
Jarchi:
— Bilmaydigan odamlarga gapirishning foydasi yo’q.
Ertasiga xalq kelishib olibdi. “Yarmimiz bilamiz, yarmimiz bilmaymiz deymiz”.
Jarchi yana eski gapini takrorlabdi. Xalq kelishganidek javob beribdi.
Jarchi:
— Unday bo’lsa, biladiganlaringiz bilmaydiganlarga aytib qo’ya qolsin, – deb ketvorgan ekan.

— Allo, o’rtoq, ketingdan ketvommiza, bir orqaga qarab qo’ygin, Gelenvagenni ko’rdingmi?
— Yo’g’e?
— Ko’rdingmi? Biza orqasidagi marshrutkadamiza.
— Nega “zaparoj”ning orqa oynasi isitiladi?
— Itarganda qo’llar sovuq qotmasligi uchun!

— Meni sevasizmi, azizim?
Yigit:
— Albatta, azizam!
Qiz:
— Men uchun qurbon bo’lishgayam rozimisiz?
Yigit:
— Yo’g’eye! Mening sevgim abadiy!

— Doktor, iltimos, hoziroq keling. Xotinimning appendisiti qattiq bezovta qilyapti!
— Xavotirlanmang, 2 yil oldin xotiningiz appendisitini kesib olib tashlaganman. Bir odamda appendisit ikkinchi marotaba o’sib chiqmaydi!
— To’g’ri, doktor. Lekin odamda ikkinchi xotin paydo bo’lishi mumkin.

Ikkinchi sinf o’quvchisi o’rtog’iga:
— Shu o’qituvchimizga ishongim kelmayapti-da. Kecha 5+5=10 deyayotgan edi, bugun esa 7+3=10, deyapti.
— Xotin, yigit-qiz, chol-kampir, ota-ona bu qo’shma so’zlarda erkaklar birinchi aytiladiku, nimaga “KELIN KUYoV” degan so’zda ayollar birinchi aytiladi???

Kunlardan birida bir qiz sehrgarni uchratib qolibdi. Sehrgar qizga qarab:
— Tila tilagingni, – deb aytibdi.
Qiz:
— Hamma bolla, mani orqamdan yugurib yurishsin, – deb tilak bildiribdi.
Sehrgar qizni koptokka aylantirib qo’yibdi.
Kamolyot avariyaga uchrab cho’lga qulabdi shundan Afandi va Gruzin qolibdi, Afandini sumkasi eguliklarga to’la ekan, Gruzinda bir chemodan puli bor ekan, cho’lda yura-yura sillasi qurigan gruzin Afandidan suv non so’rabdi,
— Afandi yo’q debdi,
Shunda gruzin:
— Kel bozor o’ynaymiz debdi,
— Bo’ldi debdi, Afandi
Savdoni boshlabdi, gruzin kelib endi savdolashay deganda qorni og’rib qolibdi
— Afandi chemodanga qarab tur debdi-yu
Bir payt qaytib kelib
— qani chemodan – desa
Afandi:
— Bu er bozor bo’lsa man qattan bilaman dermish

 

Birinchi sinfda o’qiydigan Xolmat, onasiga debdi:

— Oyi, bugun direktorimiz mendan: Sen oilada bitta farzandmisan?, – deb so’radi
— Ha sen bittasan. U nima dedi?
— Xudoga shukur, – dedi.

— Onajonisi tug’ilgan kuninga nima sovg’a qilay?
— Voy dadajonisi, o’zingiz bilasizku nozikkina barmoqlarimga, uzun kelishgan bo’ynimga va chiroyli bejirim quloklarimga mos biror narsa olaqoling.
— Bo’ldi, tushundim, – debdi er.
Kechqurun ishdan qaytishida xotiniga sovg’a qilib “Fabienne” sovunini ko’tarib kelibdi…

o’zbekona latifalar

Bir afandi mendaka boshqa afandi yo’q bo’lsa kerak deb o’ylab turganida, yonidan bir avtobus afandilar o’tib ketibdi.

Er osti o’tish yo’lida: folbin lo’li va gitara chaluvchi musiqachi turishibdi. Odam kam, ikkisi ham zerikishmoqda.
Lo’li:
— Menga qara, yigit, kel fol ochib qo’yaman!
— Menda senga beradigan pul ham yo’q…
— Men sen uchun tekinga fol ochaman!
— Unda mayli… deb gitarachi qo’lini uzatibdi.
— Qo’lingdagi chiziqlar taqdiringdagi ikki narsa — yaxshi va yomon holatdan xabar bermoqda. Xo’sh, qaysinisidan boshlay?
— Yaxshisidan!
— O’lganingdan keyin narigi dunyoda barcha davr va zamonlarning eng yaxshi mashshoqlaridan iborat eng katta simfonik orkestrida dirijyorlik qilasan.
— Bunaqasini hayolimga ham keltirmagan ekanman… Yomon yangilinging qanaqa?
— Ilk repetisiya — ertaga belgilangan!

Bir kuni Afandi somsa eb o’tirib so’ka boshlabdi. Somsachi kelib unga nega so’kyapsiz desa
— Yo’q, men sizni emas, xotinimni so’kyapman debdi. U har kun aytardi — menga go’sht olib keling, men somsa qilaman — deb, mana, piyozdanam shirin somsa bo’larkanu.

Boshqa davlatlar tug’ruxonalarida: “Xush kelibsiz” – deb yozib qo’yilar ekan.
Xitoy davlatida esa: “Bo’ldi bas, etar endi” – deb yozilar ekan.

Sevgan qizim rashqimni keltirish uchun yangi yigiti bilan tushgan rasmini manga yuboribdi. Man esa rasmni qizni adasiga yubordim. Adasiyam bir rashq qilsin…

Dala shiyponida gurunglashib o’tirgan rais Afandidan so’radi:
— Nasriddin, qani, menga ayting-chi, yolg’iz o’zingizga bir shisha aroq bersak, kayfingiz oshadimi?
— Yo’q, oshmaydi, – deb javob berdi Afandi.
— Ikki shisha aroq ichganingizdan keyin ham dalaga chiqaverasizmi?
— Ha, albatta.
— Uch shisha aroqdan keyin-chi?
— Uchinchi shishadan so’ng borib ishlay olmayman-u, ammo sizga o’xshab rahbarlik qila olaman, – dedi Afandi.

— Oyijon men 16 yoshga to’lganimga 1 yil bo’ldi, Nega menga labimni bo’yashga hali ham qattiq qarshilik ko’rsatyapsiz?
— Diilshooooooood o’chir ovozingni!

Allo doktor erim menimcha jinni bo’p qoldi!
— Nima sababdan? Qani tushuntiring?!
— Erim vannaga suv to’ldirvolib qarmoqda baliq ovlayabdi!
— Shartta qo’lidan qarmoqni olib qo’ying!
— Hooo, meni ham baliq egim kelyabdida!

— Tug’ilgan kuninga nima sovg’a qilishdi?
— Darvozamiz oldida turgan oppoq «Lasetti»ni ko’rdingmi?
— Ha.
— Huddi shunaqa rang futbolka!

Afandi: — Kechirasiz mehmon sizga qulupnay solsam eysizmi.
Mehmon: — Yo’q, men faqat qulupnayni erdan terishni yaxshi ko’raman.
Afandi: — Unda hamma qulupnayni erga sochib beraman.

— Oyijon, siz farishtalar uchib ketadi degan edingiz-a?
— Ha, qizim.
— Dadam xizmatkor opani “farishtam” — dedi. Xizmatkor opa endi qachon uchadi?
— Ie, rostan-a? Unda bugunoq uchadi.

— Qahraton qish kuni podsho Afandini chaqirtirib buyurdi:
— Yalang’och, qasrning tomiga chiqib, tong otguncha tursangiz ikki yuz tanga mukofot beraman!
Afandi shartga rozi bo’lib, shom vaqtida kiyimlarini echdi-da qasr tomiga chiqib ketdi. Sovuqda qotib qolmaslik uchun u o’zi bilan katta bir toshni olib chiqib, tong otguncha toshni u yoqdan-bu yoqqa yumalatib chiqdi.
Podsho va ayonlar Afandini sovuqda qotib o’lgan deb o’ylagan edilar, Afandi esa, ertalab tomdan sog’-salomat tushib podshoga tazim qildi hamda vada qilingan tangalarning berilishini talab qildi. podsho so’radi:
— Mulla Nasriddin, kechasi ko’zingizga o’t ko’rinmadimi?
— Tog’ning tepasida yiltillagan o’t ko’rindi,— dedi Afandi.
— Shartni buzibsiz, o’sha o’tga isingansiz, shuning uchun sizga tanga berilmaydi!—dedi-da, podsho Afandini haydab chiqardi. Yozda podsho vaziri bilan ovdan qaytishda nihoyatda chanqab, choy ichish uchun Afandining xovlisiga kelishdi. Afandi ular oldiga talqon qo’ydi va dasturxonga qistay boshladi.
— Tashnalikdan o’lar holatga keldik, choy qaynatib chiqing,— buyurdi podsho. Afandi «xo’p bo’ladi» dedi-da, uyiga kirib ketib, qaytib chiqmadi.
Podsho Afandining orqasidan kirib qarasa, u qumg’onni uzun yog’ochga ilib qo’yib tagidan o’t yoqmoqda. podsho hayron bo’lib so’radi:
— Yog’och uchida turgan qumg’on ham erdan o’t yoqqanda qaynaydimi?
Afandi beparvo javob berdi:
— Qasr tomida turib, tog’dagi olovga isinsa bo’lar ekan-ku, erdan yoqilgan o’tga yog’och uchidagi qumg’on qaynamas ekanmi?!

Yigit Kutubxonaga kelib kutubxonachi ayoldan so’rabdi:
— Menga ayolni qadrlash degan kitob kerak edi, shuni topib bersez..
— Fantastika kitoblari chap tarafda…

Telefon jiringladi. 5 yoshli bola trubkani oldi.
— Allo dadang qani?
— Dadam hammomda!
— Oying qani?
— Oyim ham hammomda!
— Oyingmi, dadangmi hammomdan chiqsa menga telefon qilishsin!
— Ular hali beri chiqishmaydi, chunki mendan vazelin so’rashganda, men bilmay “superkley” berib yuboribman.

Parashyutdan sakrash mashqi.
— Askarlar! Sakragandan so’ng 10 gacha sanab, ipni tortasizlar. Qani olg’a!
Bir askar erga tushib, parashyutni yig’ishtirayosa, botqoqda bir askar duduqlanib — s-s-sa-sak-kiz-z-z — deb sanab yotgan emish.

Bir bola dengiz bo’yida yursa qirg’oqqa oltin baliq chiqib qolibdi. Yigit shoshilib baliqni qo’liga olib tilagini aytaman deb tursa baliq tilga kiribdi.
— Ha, tilak so’ramoqchimisan – desa
Yigit:
— Ha desa,
Baliq:
— Befoyda man oltin baliqmasman, sariq kasal bo’lib qoganman – debdi.

Uchta yigit motosiklda ketishyapti. O’rtadagisi duduq ekan. Duduq:
— T-t-t-t-t…
Ruldagi:
— Tezroqmi?
— T-t-t-t-t…
— Yanayam tezroqmi?
— T-t-t-t-t…
— Bundan ham tezroqmi?
— T-t-t-t-t…
— Bundan tez yurolmayman!
— T-t-t-t-t-yeshavoy tushib qoldi!!!

latifalar kattalar uchun

Qizim ichvoganmisan?
Qiz: — yo’q oyi nimalar deyapsiz?
— Birinchidan devorga suyanib kelyapsan, ikkinchidan og’zingdan hidi kelyapti, uchinchidan men oyingmas dadangman!

Bir odam taksi to’xtatib shoferga:
— Pax, Pax, Pax – debti.
Shofer:
— Obbo, kap-katta man tengi odam uyalmay yoshlikdagi o’yinni o’ynab yuribsizmi?!
Kliyentni ozgina xafa bo’lganini ko’rib:
— Bo’pti mayli ko’ngliz qomasin, A- A- A ana o’ldim bo’ldimi? Qayeqqa boramiz?
— Pax, Paaax, PPaxtakor Mmim-Metroga.

Yigit:
— Yaxshi qiz tanishsak bo’ladimi?
Qiz:
— Qatta ko’rgansan oq qushning mol bilan tanishganini?!
Yigit:
— Unda men uchib ketaveraymi?

Bir kuni soldat sahroda adashib, eshakni uchratib qolibdi. Eshak undan:
— Sen kimsan deb so’rasa, soldat yon atrofga nazar solib:
— Men general mayorman, debdi.
Soldat eshakdan sen kimsan, deb so’rasa, eshak ham yon atrofga qarab:
— Men otman dermish

Bir yigit armiyaga boribdi, sevgan qizi unga xat yozibdi:
— Jonim mendan xafa bo’lmang, meni unuting. Biza birga bo’lolmasakanmiz, yana meni deb o’zizni u-bu narsa qilib qo’ymang. Sizda meni 1-ta rasmim boriydi, o’shani yirtib tashlang, xayr…
1 haftadan keyin qizga konvert kelibdi, konvertni ochib qarasa, 1 ta xat bilan 50 tacha har hil qizlarni rasmi kelibdi, xatda shu so’zlar yozilgandi:
— Uzr, jonim seni eslolmadim, shu rasmlarni orasida rasming bo’lsa o’zing yirtib tashla

 

Kollej bitiruvchisi diplom oldi. Diplomni arqonga bog’lab, asfaltni o’rtasida sudrab ketyapti.
Hamma hayratda. Bir shofyor:
— Ha, ukam nimaga diplomni ergashtirib yuribsan? – dedi.
— Men buni orqasidan 3 yil yurdim, bu ham meni orqamdan yursin-da endi, – deya javob berdi.

 

Afandining buzog’i bo’shalib ketib, yoyig’liq turgan g’o’zani eya boshladi. Afandi buzoqni quvlagan edi, u tutqich bermay shataloq otib ketdi. Afandi borib, bog’liq turgan sigirni kaltaklay boshladi. Afandining xotini uning qo’lidan kaltakni tortib olib:
— G’o’zani egan buzog’u, sigir bechorani nega urasiz?— dedi.
— Suv boshidan loyqa, bolasiga tarbiya bera olmagan, arqonini uzib, g’o’za eyishni bolasiga onasi o’rgatgan, ayb sigirda, — dedi Afandi.

Xaridor: — Mana bu sut kimniki?
Sotuvchi ayol: — Meniki
Xaridor: — Sigirniki yo’qmidi?
— Erim yo’qolib qoldi. O’rtoq milisioner erimni shu bugunoq topib beringlar. Men erimni sevaman, erimsiz dunyo ko’zimga qorongu. Topinglar, qidiringlar erimni
— Xonim, sal o’zizni bosib oling. Bir boshidan ayting, eriz qachon yo’qoldi?
— Bir haftacha bo’ldi yo’qolganiga, shu bugunoq topasizlarmi?
— Nimaga aynan bugun topishimiz kerak?
— Bugun erimni oylik oladigan kunida – debdi.

Bir kuni shifokor ruhiy kasallarni tekshirgani kelibdi. Bir bemor poyafzalni qo’liga olib, “Tuzik qara, bizni tekshirgani shifokor kelibdi”, – deb turgan ekan, shifokor shu bemorning yoniga kelib:
— Sen nega it bilan gaplashib o’tiribsan, – deganda
— Doktor bu it emas poyafzal-ku, – deb javob beribdi.
Shifokor xursand bo’lib:
— Nega bu insonni bu erda olib o’tiribsizlar? Axir u soppa-sog’-ku.
Bemor poyafzaliga qarab:
— Tuzik ko’rdingmi bizning gapimizga shifokor ishondi – deb xursand bo’libdi.

Buvi:
— Bolajonim, yo’talganingda, og’zingga qo’lingni tutib tur, ho’pmi?
Nabira:
— Qo’rqmang, buvijon, mening tishlarim siznikiga o’xshab chiqib ketmaydi.

Baliq daryoga cho’milishga borib, cho’kib o’lib qolibdi.
Afandi bilan Vali bir boynikiga ziyofatga borgan ekan. Ziyofat chog’ida Afandi ko’z qiri bilan Vali tomon qarasa, Vali sekin tilla qoshiqni kostyumining ichki cho’ntagiga solayotgan ekan.
Afandi biroz fursat o’tkazib, o’rtoqlar “men fokus ko’rsatmoqchiman”, deb hammani o’ziga qaratib, davom etibdi:
“Hozir mana bu qoshiqni shundoq cho’ntagimga solib, Valini cho’ntagidan chiqarib beraman”, – degan ekan.
Afandi kasal bo’lib tabibga borgan edi, g’oz sho’rva ichishni buyurdi. G’oz sotib olishga qurbi etmaganidan Afandi elkasiga kamalakni osib, beliga ikkita nonni tugib, ko’lga g’oz ovlagani bordi. Qarasa, ko’lda g’oz ko’p, biroq u kechgacha urinsa ham, bironta g’oz ovlayolmadi. Nihoyat charchab, och qolib ko’lning suviga non botirib yeya berdi. Shu vaqt bir ovchi kelib:
— Ha, Afandi nima qilib o’tiribsiz!—so’radi.
— G’oz sho’rva ichayotibman,— javob berdi Afandi.
— Go’shti qani, yo’q-ku?
— Go’shtini tuzlab patiga o’rab qo’ydim, huv, ana!— deb uchib ketayotgan g’ozlarni ko’rsatdi Afandi.
Qiz onasi bilan doktorga boribdi. Doktor qizga:
— Echining, tekshiramiz, – desa
Qiz:
— Men emas, oyim kasal, – desa
Doktor:
— Qani opajon og’zingizni ochib: “A-A-A” – dengchi dermish.

Afandining bir savdogar oshnasi uning tilla uzugiga suqlanib yurar edi.
— Afandi,— dedi u bir kuni — men sizni tez-tez ko’rib turmasam sog’inib qolaman. Uzoq safarga ketyapman, qo’lingizdagi uzugingizni bersangiz, taqib olsam, qachon uzukni ko’rsam, sizni ko’rgandek bo’lib yuraman.
Afandi uzukni berishga ko’zi qiymay, javob berdi:
— Jon birodar, men ham sizni tez-tez ko’rmasam turolmayman, qo’ying, uzuk menda tursin, qachon uzukka ko’zim tushsa: «Do’stim tilaganda bermagan edim» deb sizni eslab yuraman.

Maktabga yangi o’qituvchi kelibdi. O’quvchilar uning atrofini o’rab olib, o’z maktablari, sinflari haqida beto’khtov gapira ketishibdi. Sinfdoshlar orqa partada o’tirgan o’quvchini ko’rsatib, o’qituvchiga tanishtirishibdi:
— Manavi Boltavoy-tentak bo’ladi.
Mana unga 500 so’mlik va 1000 so’mlik pulni bersangiz u doim rangi qizil bo’lgani uchun 500 so’mlikni oladi.
Bolalar Boltavoyni chaqirib, o’qituvchiga namoyish qilish uchun 500 so’mlik va 1000 so’mlik pul uzatishibdi. Boltavoy haqiqatdan ham 500 so’mlikni tanlabdi. Darslar tugagach, o’qituvchi Boltavoyni kabinetiga chaqiribdi va debdi
— Boltavoy, qarasam — matematikani unchalik yaxshi bilmaydiganga o’xshaysan. 1000 so’m 500 so’mdan ikki barobar ko’pligini nahotki bilmasang?!
— Albatta bilaman!
— Unda nega 500 so’mlikni tanlaysan?
— Muallim, agar men 1000 so’mlikni tanlasam, bolalar menga pul bermay qo’yishadi-da!

Bir odam uyiga yolg’on gapirsa uradigan robot olib kelibdi. O’sha kuni o’g’li kech kepti, otasi qayerda yuribsan, – desa.
— O’rtog’im bilan dars qildik, – degan ekan
Shu gapdan keyin robot bolani urib ketibdi.
Buni ko’rgan onasi otasiga qarab:
— Bo’ldi to’xtating dadasi, o’zizni o’g’lingiz-ku, – desa
Robot to’xtab, onasini urib ketibdi.

Ona besh yashar o’g’liga tanbeh berdi:
— Hadeb sakrayvermagin, qorning qatta bo’lib qoladi!
Bola ko’chaga chiqsa homilador ayol turibdi. Sekin yoniga kelib dedi:
— Ana shunday bo’ladi, kamroq sakrash kerak edi.

Internet orqali yozma suhbat:
— Isming nima?
— Tumanoy.
— Boshing bilan klaviaturaga urilib ketdingmi, yoki rostdan ham shunaqa ism bormi?
— Bor, ishonmasang ana ism.uz dan ko’r.

“Odno”da sevishib qolganlarni telefondagi suhbati:
— Salom, siz “odno”dagi “Jajjigina qizaloq adasini erkasi” misiz???
— Ha, menman(past ovozda pichirlab)
— Men, Farhod akangizman tanidingizmi? Telefon nomeringizni bergandiz.
— Tanidim(pichirlab)
— Nega pichirlab past ovozda gapirayapsiz???
— Voy, yonimda nevaram uxlayotgandi, uyg’onib ketmasin, – dermish

Bir odam kechki ziyofatdan mast bo’lib kelib uxlab qolibdi. Ertalab derazasi taqqillarmish. O’rnidan turib mastlikda deraza deb ko’zguni oldiga borib:
— Senga nima bor? Bor yo’qol alkash, – dermish.

Bir bangi tolni salqinida pista chaqib o’tirgan ekan, qo’lidan bir dona pista erga tushib ketibdi. Shunda haligi bangi pistaga qarab:
— Ey, yonimga kel, – debdi.
Lekin pista joyidan qimirlamabdi.
Shunda bangi:
— Ey, yonimga kel deyabman, – debdi.
Lekin pista joyida turoveribdi.
Shundan keyin haligi bangi 5-6 ta pistani erga sochib:
— Hoy, menga anavi pistani ushlab kellaring, – debdi.

Uch botirni otasi, bolalarini uylamoqchi bo’lib:
— Boringlar, o’zlaringa qayliq topinglar, – debdi
Uch o’g’lon yo’lga chiqibdi va kattasi bir qizni ko’rib:
— Sizlar ketaveringlar, men shu erdan qaytaman, – debdi
Ikkinchi o’g’lon yo’lga tushibdi. Ikkinchi o’g’il ham bir qizni ko’rib, u ham:
— Sen ketaver men ham, shu bilan qaytaman, – debdi
Kichik botir yo’lida davom etibdi, juda ko’p qizlarni ko’ribdi. Har qiz chiqqanda:
— Sendan zo’ri chiqadi, – dermish.
Toqati toq bo’lgan oti, bir qizni ko’rib:
— Sen ketaver, men ham shu erdan qaytaman, – deb gapirib yuboribdi.

Bir yigit og’aynisini uyida ujas kino ko’rib turib, soatiga qarasa 23:55mish.
— Kech bo’lib ketibdi-ku, og’ayni meni katta yo’lgacha kuzatib qo’ysangchi, – debdi.
Yarim yo’lga etmaslaridan mehmon tomda turgan sharpani ko’rib qolibdi. Sharpa huddi qiz bolaga
o’xsharmishu, yuziga qanaqadir nur tegib turganmish. Mehmon:
— Og’ayni orqaga qaytamiz, qara tomni tepasida vampir bor ekan, – desa
Og’aynisi tomga qarab:
— Bu vampir emas, qo’shnimizni qiziku. Telegramga kiraman deb antenna qidiryapti, – dermish

uzbekona latifalar 18

Mashhur o’g’riga jurnalist savol berdi:
— Eng buyuk orzuyingiz nima?
— Shveysariya bankini tunab, bankda qaynonamni barmoq izlarini qoldirish, – dermish

Poshsho bir o’lkaga yurish qilish oldidan Afandiga buyurdi:
— Eb-ichib yotish etar endi, sen ham yurishga tayyorlan, Davrimiz — qilich, kamon, o’qlar asri, gap-so’zniki emas. Bu yurishda men bilan birga bo’lasan!
Afandi yurishdan qoldirishini so’rab qancha yalinmasin natija chiqmadi. Oxiri u nochor bir kamonni elkasiga ilib, eshagiga minib poshshoning huzuriga etib keldi. Bu ahvoldan ajablangan poshsho kulib undan so’radi:
— Afandi, bu nima qiliq? Nahotki, ot topolmay eshak minib kelgan bo’lsang?
— Iloji bo’lmadi, shohim, eshagim yalinib: «Poshshoning sendan ajralgusi kelmasa, men ham sendan ajrala olmayman, sen qayerda bo’lsang, birga borishim kerak», – deb turib oldi.
Afandining tixirligini ko’rgan poshsho atrofdagilarga ham tasir qilish maqsadida:
— Yaxshi kamon olibsanu o’qing ko’rinmaydi.
— Uq menda yo’q.
— Dushmanni nima bilan otasan?
— Bizga otgan o’qlarini terib olib, o’zlariga otaman,
— Ahmoq ekansan, agar dushman bizga qarshi sira ham otmasachi?
— Agar dushman bizga qarshi otmasa, juda yaxshi, unda urush bo’lmaydi! Menga o’qning nima keragi bor,— javob berdi Afandi.

Bir bolakay homilador ayolni oldiga kelib:
— Xola, xola siz rostan ham bolezni yaxshi ko’rasizmi?
Ayol:
— Ha, albatta
Bola:
— Unda uni nega yutib yubordiz, – debdi

Ilgari «Ax, kakaya jenshina» edi, hozir aksi kuylanayapti: «O boje kakoy mujchina».

— Doktor, tishlarim sarg’ayib ketdi, maslahat bering.
— Jigarrang bo’yinbog’ taqib yuring, rangi mos keladi.
Bir yigit qizga gap otibdi.

— Yaxshi qiz figureyzni qatdan oldiz, – desa
Qiz ham bo’sh kemiy:
— Magazindan, – desa
Yigit:
— Basharezga pul etmadimi, – debdi

Alisher 5 yosh
Onaki: — Nok eykanmi, shokoladmi?
Alisher: — Nokolad
— Amaki, uyalmaysizmi yosh bolani oldida so’kinishga?
— Kechirasiz, aslini olganda men, sizni yosh bolangiz mashinamga chizgan so’zlarni o’qiyapman.

Xo’ja Nasriddin bo’yoqchi edi. Bir mahmadona gazlama ko’tarib kelib:
— Mana shu matoni dunyoda yo’q rangga bo’yab bering, – debdi.
Xo’ja Nasriddin hayron bo’lib:
— Qaysi rangga? – deb so’rabdi.
— Qizil, qora, yashil, ko’k, sariq ranglardan boshqasiga, xullas dunyoda yo’q rangga bo’yab bering. Xo’ja Nasriddin gap nimadaligini darrov tushunib:
— Mayli, bajaramiz, – dedi.
Yigit:
— Qachon kelay? – deb so’radi.
— Dunyoda yo’q kuni keling: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanbadan boshqa – hafshanba kuni kelavering, – deb javob qildi.
Statistik malumotlarga qaraganda, bu savol bugun O’zbekiston aholisining 99%ni qiynayotgan ekan.
Bundan oldin ham necha necha dono kishilar bu savolning javobini topisha olmabdi.
O’ylab ko’ring, balki bu savolning javobini siz toparsiz.
Savol esa bunday:
— Kango, qani kango???
2 ta sevishganlar suhbati.
— Jon sigaret chekasiz-a?
— Ha, kent 8.
— 1 kunda qancha chekasiz?
— 1 kunda 1 pachka. Nima edi?
— Necha yoshingizda boshlagansiz?
— 15 yoshimdan, nimaga so’ravossan o’zi?
— Agar sigaret chekmaganizda hozir Malibu da yurgan bo’lardiz.
— San o’zing chekasanmi?
— Yo’g’e, joooon nimala divos?!!!
— Unda qani Malibu?
— Allo, bu tez yordammi?
— Ha, bu tez yordam.
— Xotinim napitka deb o’ylab baklashkadagi benzinni ichib yuboribdi, hozir ichi qizib hovlida yugurib yuribdi.
— Xavotir olmang 10 kmdan keyin benzin tugasa o’zi to’xtaydi.

Mini yubka kiyib olgan bir qiz avtobus zinasiga chiqa olmayapti, oyog’ini ko’tarsa, yubka torlik qilayotgan ekan. Keyin yubkasini orqa tugmasidan birini echibdi-da, chiqmoqchi bo’lgan ekan, uddalay olmabdi, keyin yana bittasini echibdi. Baribir chiqa olmabdi.
Keyin uchinchisini ham echgan ekan, orqada turgan bir yigit uni belidan ko’tarib, avtobusga otib yuboribdi.
Shunda qiz:
— Hov shilqim, hammani oldida meni belimdan ushlashga uyalmaysanmi, — desa
Yigit:
— O’zing meni shimimni tugmalarini echishga uyalmaysanmi, — dermish

Afandining bir o’rtog’i kasal bo’lib qoldi, uni ko’rgani borish oldidan xotinidan maslahat so’radi:
— Kasal ko’rgani borganda nima deyiladi?
— Borib «ahvolingiz qalay?» deb so’raysiz, u «shukur, yaxshiman» deydi, siz «xayriyat» deysiz, «ishtahangiz qalay, nima egingiz keladi?» deb so’raysiz, u ko’ngli tortgan ovqatni aytadi, siz «undan ko’proq eb turing, men ham yanagi kelishimda olib kelaman» deysiz, qaytar vaqtingizda yaqin o’rtoqlaringiz kelyapdimi» deysiz, u «ha, kelyapti» deydi, siz «xayriyat, kelib turishgan bo’lsa yaxshi, men ham ko’rinib qolishsa aytib yuboraman» deb kelaverasiz, — dedi xotini.
Afandi o’rtog’inikiga bordi, u og’ir ahvolda yotar edi, Afandi undan so’radi:
— Ahvolingiz qalay?
— Ko’rib turibsizku, o’ladigan bo’lib qoldim.
— Xayriyat, — degan edi, kasal ijirg’ilandi, Afandi so’roqni davom ettirdi:
— Ishtahangiz qalay, nima egingiz keladi?
— Ajalning urug’ini!
— Ushandan ko’p-ko’p eb turing, — taskin berdi Afandi, — men ham yanagi kelishimda undan olib kelaman.
Afandining bu gapidan asabi buzilgan kasal teskari qarab oldi. Nihoyat, Afandi yana so’radi:
— Mendan boshqa o’rtoqlaringiz ham ko’rgani kelishyaptimi?
— Ha, Azroil kelyapti! — dedi achchig’lanib kasal.
— Xayriyat, kelgani yaxshi, men ham ko’cha-kuyda ko’rinib qolsa, aytib yuboraman,— deb Afandi jo’nab ketdi.

Er xotin ovqatlanib o’tirishibdi. Birdan eri xotinining boshiga shart etib urib qoldi. Shunda xotini:
— Ha, Nima bo’ldi???
Er:
— Chappillatmasdan e, – dermish.
Oradan 10 daqiqa vaqt o’tgach eri yana xotiniga shart etib qo’yib qoldi.
Shunda xotini:
— Ha, yana nima bo’ldi, – desa
Eri:
— Boya chappillatganing esimga tushib ketti, – dermish

Do’konda.
— Manavi shampuningiz qanaqa sochlar uchun?
— Kir sochlar uchun!

Daraxt tepasida rektor, dekan va kafedra mudiri o’tirishgan ekan. Bir payt daraxt tagidan talaba o’tib qoldi.
Rektor:
— Kelinglar, uning oyog’i ostiga 10000 so’m tashlaymiz. Uni olib, hursandchilik uchun ichadi. Biz uni qo’lga tushurib, stipendiyasidan mahrum qilamiza.
Dekan:
— Yo’q, yaxshisi 50000 so’m tashlasak, butun gruppa ichadi. Hammasini stipendiyasini bekor qilamiza.
Kafedra mudiri dekan qulog’iga:
— Yaxshisi, rektorni daraxtdan itarib yuborsak, yarim soatdan so’ng butun institut hursandchiligidan ichadi.

Afandi savatday sallani o’rab ko’chada borar edi, yo’lda bir kishi uning yo’lini to’sib, iltimos qildi:
— Taqsir, shu xatni o’qib bersangiz?
— Men o’qishni bilmayman,— dedi Afandi. U odam hayron bo’lib so’radi:
— Boshingizda shunday katta salla bilan xat o’qishni bilmaysizmi?
Afandi boshidan sallasini olib, uning boshiga kiydirar ekan, aytdi:
— Gap sallada bo’lsa ol, o’zing o’qi!
Oshpaz shifoxona oshxonasiga ishga kirayotgandi. Kadrlar bo’limida undan so’rashdi:
— Sudlanganmisiz?
— Yo’q, hozircha qo’lga tushmaganman!
Bir universititet rektori, talabadan so’rabdi:
— Nimaga aynan bizni universitetni tanladingiz, – deb
Talaba javob beribdi:
— Qo’ysangizchi dada bunday savollarni…

seks latifalar

Afandi hokimning mahkamasida o’tirgan edi, bir o’g’rini tutib kelishdi. Hokim o’g’rini tanib baqirdi:
— Ablah, qanday benomus o’g’risan? Shu bilan mahkamamga sakkizinchi marta kelishing!
Buni eshitib Afandi kulib yubordi. Hokim Afandiga zahrini sochdi.
— Nega kulasiz? Afandi javob berdi:
— Mahkamangizga bu o’g’ri sakkiz marta kelgan bo’lsa nima qipti, har kuni keladigan o’g’rilar ham bor-ku!

Bokschini sud qilishmoqda. Sudya:
— Ayblanuvchi, nega rafiqangizning jag’ini sindirdingiz?
— Bilasizmi, janob sudya, musobaqadan charchab uyga keldim, xotinim oldimga ovqat keltirib qo’ydi-da, o’zi ro’paramga o’tirib olib, qo’llarini silkitgancha gapiraverdi-gapiraverdi, qo’llarini u yoqdan-bu yoqqa silkitib, gapiraverdi-gapiraverdi… So’ng to’satdan ochilib qoldi!

2ta GAI xodimi radar bilan yo’l chekkasida turibdi.
Bir mashina katta tezlikda uchirib kelayotgan ekan.
— Tezligi necha ekan? – deka
Sherigi:
— 50 000 so’m.
Talaba imtihonda yiqitgan domlasini ko’rib qoldi:
— Assalomu alaykum, domla!
— Men ahmoqlar bilan salomlashmayman.
— Men esa salomlashaman.

Bir kuni tushlik dasturxoni atrofida ingliz diplomati rus siyosatchisiga shunday debdi:
— Agar mushukka ozgina bo’lsa ham gorchisa edira olsang, bitta ziyofat mendan.
Rus siyosatchisi shu zahoti o’ylab o’tirmasdan shartta mushukni bo’ynidan ushlabdi. Uning og’zining oldiga qoshiq to’la gorchisani olib bergan ekan, mushuk achchiq hididan rusning qo’liga chang solib, qo’lini qonatibdi-da, tezda pastga sakrab tushibdi.
Ingliz diplomati rus do’stiga manoli qarabdi mushuk tomon yuribdi. Mushukning oldiga bir parcha go’sht tashlabdi-da, mushuk eya boshlaganda, asta-sekin dumini ko’tarib, orqa teshigiga ozgina gorchisa surib qo’yibdi.
Mushuk orqasi qizib, achishib ketayotganini sezib, joyidan sapchib turib qochibdi. Restorandagi stollardan biri tagiga kirib olib, bir oyog’ini ko’taribdi va jon xolatda shoshib orqasini yalay boshlabdi.
Ingliz diplomati rus siyosatchisiga mushukni ko’rsatarkan, shunday debdi:
— Bazilarga ayrim narsalarni qanday edirish kerakligini o’rganib oldingmi?

Bir mast avtobusga chiqib o’tirdi. Birozdan so’ng yonidagi ayolning yelkasiga qiyshayib boshini qo’yib oldi. Ayolning jahli chiqib kesatdi:
— Balki, ustimga ham chiqib olarsiz?!
— U-ho’, – dedi mast g’o’ldirab, – ko’ngillari yana nimani tusaydi?
Besh yoshlardagi bola onasiga:
— Oyijon, siz singlimni farishta qiz derdiz. U hech ham farishta emas ekan. Chunki, hozir uni balkondan tashlab yuboruvdim, u osmonga uchishni o’rniga, yerga qulab tushdi…
Afandi Samarqandda o’tgan azizlarni yaxshi biladigan mullaning hujrasiga mehmon bo’lgan edi, mezbon kechgacha azizlarni gapirib, mehmonga dasturxon ham yozmadi. Qorni nihoyatda ochgan Afandi mullaga luqma tashladi:
— Taqsir, o’sha azizlar ovqat eyisharmidi?
Bir kuni sherni o’rmonda sud qilib 3 yilga qamashibdi sherni sochini olib qamoqxonaga qo’yib yuborishsa, uni hech kim sherligiga ishonmay mushuk deb kalaka qilaverishibdi bundan zerikib bir chekkada tursa, kalamush turgan ekan, unga:
— Kalamush iltimos ularga tushuntir men mushuk emas sherman, desa
Kalamush:
— Menga baribir mushukmisan shermisan, men ham qamoxonaga tushishimdan oldim tipratikan edim

Yigit tarixshunos, adabiyoshunos ekan. Uylansam, tarixni biladigan, adabiyotga qiziqadigan qizga uylanaman, – debdi.
Uchrashuvga chiqqanida yigit qizga:
— Beruniy kim? – debdi
Qiz indamabdi.
— Farobiy kim?
Qiz yana jim.
— Qodiriy kim?
Yana jim.
— Alisher Navoi kim?
Qiz:
— Bo’ldi etar, hech birini tanimayman. Anavi Alisher, o’zicha gap chiqargan, hech ham u bilan yurmaganman, – dermish

Ikkita zubochistka o’rmonda ketayosa, yo’lidan tipratikan chiqib qolibdi. Shunda haligi zubochistka sherigiga:
— Qara bu erda ham avtobus qatnar ekan, – debdi.

Ayblanuvchi siz qabriston oldidagi velosipedni o’g’irlaganingizni tan olasizmi?
— Ha, men uni egasi o’lgan deb o’ylabman.
Futbol matchida tomoshabinlardan biri, yonida o’tirgan yosh boladan so’rabdi:
— Sen bunday qimmat bilet uchun pulni qayerdan olding?
— Dadam olib berdi.
— Dadang qani o’zi?
— Uyda… biletni qidiryaptilar.

Bitta bola mast holatda, tungi klubga kirib barmenga:
— Ukam menga 1 metr aroq ber, – debdi.

Barmen hayron bo’lib:
— Okam bizda aroqlar metrlab emas, litrlab sotiladi, – desa
— Menga 1 metr berasan, – deb turib olibdi.

Barmenni kallasi ishlab stolning ustiga bir metr uzunlikda aroq to’kib:
— Mana oka, o’lchab oling, – debdi
Mast bola, o’lchab bo’lib:
— Endi gazetaga o’rab ber, – dermish…
Bazi bir semiz qizlar ozish uchun diyeta tutib, turli hil o’tlar va ko’katlarni eyishadi.
Agar o’t eb ozish mumkin bo’lganda edi, sigirlar model bo’lardi…
— Pul bormi?
— Yo’q.ᅠᅠᅠ
— Topsamchi?
— Sizdan o’ta minnatdor bo’lardim.

O’g’il:
— Dada menga 5000 so’m bersangiz, kechasi oyim kim bilan uxlaganlarini aytaman.
Otaning jahli chiqib
— Mana 5000 so’m. Oying kim bilan uxlaganini tez ayt!!!
O’g’il:
— Men bilan uxladilar…

Afandi dalada tushlik vaqtida ikki qo’shnisi bilan ovqat egani o’tirdi. Bitta tog’orachaga go’jani qo’yib, Afandi sherigi bilan unga non to’g’ray boshladi, ikkinchi sherigi esa, tog’orachaga to’g’ralgan nonni indamasdan eyaverdi. Afandi qo’liga mis cho’michni olib, uning kallasiga urgan edi, sherigi yumalab jon bera qoldi.
Afandi bo’lsa nima qilishini bilmay aytar edi:
— Non to’g’ra desang, to’g’ramaydi, qoshiqni qo’lidan qo’ymaydi, tog’orachadan ko’zini uzmaydi, sal narsaga o’lib yotib oladi, shu ham sherikmi!

To’ydan 3 kun o’tib kuyov kelinga:
— Azizam sizga “SAN” deb muomala qilsam qarshimasmisiz?
Kelin:
— O’zing bilasan!

Xotin kitob o’qib o’tirib javrayapti:
— Voy, sharmanda, voy dahshat!
— Ha, xotin, tinchlikmi?
— Dadasi, to’yimizdan oldin siz menga atab yozgan sherlaringizni qandaydir Ahad Qayum kitob qilib chiqaribdi.

 

Eski yog’ochdan yasalgan uyning oldiga, qimmat mashina kelib to’xtabdi-da ichidan bashang kiyingan erkak tushib, uyga kiribdi. Uyda qari chol derazadan ko’chani tomosha qilib o’tirgan ekan.
Erkak uning ro’parasiga o’tirib gap boshlabdi:
— Assalom alaykum, mani tanimadiz-a? Man sizni o’g’lingizman. Esingizdami, 10 yil oldin mani sigaret olib kel, deb bozorga yuborgandiz? Man shu ketgancha shaharga ketdim, yaxshi odamlarni uchratdim, ishlab pul topdim, o’zimni biznesimni boshladim, uy, mashina oldim, mana bugun millionerga aylandim, – desa
Dadasi jim qarab turganmish.
O’g’li:
— Dada biror nima desangizchi?, – desa
Dadasi:
— Sigaret qani?!, – dermish

Xo’roz sigirga hazillashib:
— Ertaga ko’p sut bermasang, egamiz seni so’yib yuborarkan, – desa.
Sigir qo’rqanidan ertasiga ikki paqir sut beribdi.
Buni ko’rib egasi xursand bo’lib: “Ko’z tegmasin bir qon chiqarvoray”, – deb xo’rozni so’yvoribdi.

Tushlikdan so’ng er xotiniga dedi:
— Xotin, qara, mehmonlar yana likoplaringni o’g’irlab ketishibdi…
— Qaysilarini?
— Haligi «Ettinchi osmon» restorani, deb yozilganlari bor edi-ku…

Afandi xotini bilan koreys serialini ko’rib o’tirib:
— Xotin seni bugundan boshlab koreyscha ism bilan chaqiraman, – debdi.
Shunda afandining xotini:
— Boy, dadasi menga qanaqa koreyscha ism qo’ydingiz?
Afandi:
— Kenga Num-Yam degan ism qo’ydim xotin, – debdi.
Xotini:
— Dadasi chiroyli ism tanlabsiz menga. Manosi nima? – desa.
— Teskari o’qib ko’r, – dermish.

Er uyiga xursand kelib qichqiribdi:
— Xotin, narsalaringni yig’ishtir, men bir million dollar yutib oldim!
Xotini ham xursand bo’lib shoshib qolibdi:
— Qayerga boramiz? Yozgi kiyimlarimni olaymi yoki qishkilarinimi?
— Hamma narsalaringni yig’ishtir, – dedim senga. Yig’ishtir va ko’zimdan yo’qol.

Bir odam barda qo’lidagi qadahni aylantirib ichsammi ichmasammi, – deb o’ylanib o’tiraveribdi. Buni kuzatib o’tirgan bir krutoy yigit kelib:
— Sen o’zi ichasanmi ichmaysanmi? – deb, qadahni bir ko’tarishda ichib qo’yibdi-da, haligi odamni masxara qilib tirjayibdi.
O’ylanib o’tirgan boyagi kishi unga qaragancha, o’zicha pichirlabdi: “Ishdan haydaldim, mashinam pachoq bo’ldi, bankdan yuz million kreditim bor, xotinim tashlab ketdi, endi esa zaharimni ham mana bu ahmoq ichib qo’ydi”, – dermish

Eri jahl bilan ZAGS qog’ozini o’qib o’tirsa,
Xotini:
— Voy, jonim nima qivossiz? ZAGS qog’oziga buncha termulib qoldiz, – desa.
Eri xotiniga qarab:
— Amal qilish muddatini qidirayaman, – dermish.

Bir kuni Krishtianu Ronaldu burchakdan to’p tepayotganda to’p o’rniga qattiq toshni tepib hushidan ketib qolibdi. Turib qarasa, shifoxonada. Hamma qora kiyimda. Shunda hayron bo’lib, qora kiyimdagi qora Marseloga qarab:
— Ha, meni o’ldi deb o’yladinglarmi? – desa
— Yo’q, sen tepgan to’pga kalla qo’ygan Ramos o’ldi, – dermish.
Hozirgi qizlar eshak mingan yigitlarni nazar-pisand qilishmaydi, lekin Mersedes minib yurgan eshaklarni juda ham sevishadi!

Uchta jinni motosiklda qochib ketayotgan ekan, yo’lda GAI xodimi tayoqchasini ko’rsatib, “to’xtaaa”, – desa
Jinnilar:
— EE, qayerga o’tirasan, joy yo’qku, – deb o’tib ketishibdi.

Meni yaxshi deb biladiganlarga – katta raxmat!
Asli qanaqaligimni bilganlarga esa, iltimos – birov bilmasin-a?!

Bir kishi metroda ketayotganida bir yigit kelib:
— 200 so’m sadaqa qiling, – debdi.
Kishi esa:
— Pulim yo’q edi, – desa.
Boyagi yigit:
— Ishlash kerakda og’ayni, – dermish.

Qizlar sevgan yigitingiz Boy bo’lsin, Chiroyli bo’lsin, Aqlli bo’lsin e  ng muhimi shu 3-chalasi bir-birni tanimasin.

Yigit bo’lajak kelinining otasi bilan suhbati:
— Qizingiz, meni xotinim bo’lishga rozilik bildirdi!
— Hmm, o’zing aybdorsan, har kun qatnab yurish natijasi shu-da…

Bitta qiz Sirdaryoga borib siri ochilibdi, yaxshiyam Amudaryoga bormabdi.
Qotillikda ayblangan odamni sud qilishyapti. Sudya:
— Siz xotiningizni bolta bilan o’ldirgansiz!
Sud zalidan ovoz keldi:
— «ABLAH!!!».
Sudya:
— Siz yana qaynonangizni ham bolta bilan o’ldirgansiz.
Sud zalidan yana ovoz keldi:
— «IFLOS!!».
Sudya baqirgan odamga:
— Janob, bu kishining qabih jinoyatlari jahlingizni chiqarayotganini bilaman, lekin yana bir marta baqirsangiz, zaldan chiqazib yuboraman.
— Uzr, janob sudya, man bu kishining 22 yillik qo’shnisiman. Bu ablahdan har doim bolta so’rasam, boltam yo’q derdi.

Poshsho Afandini masxaralash maqsadida saroy ahlini yig’ib, farmoni oliy o’qidi:
— Biz bugundan boshlab Nasriddin Afandini eshak boshilik martabasiga muvofiq ko’rdik…
Afandi o’rnidan turib poshshoga tazim qildi va borib taxtdan ham yuqoriroq bir joyga borib o’tirdi.
— Ha, Afandi, — dedi poshsho,— nima uchun mendan ham yuqoriroqqa o’tirdingiz?
Afandi qo’lini ko’tarib dedi:
— Taqdirga tan bering, shohim! Men o’z vazifamni bajarishga kirishdim!

Bir o’zbek bilan tatar kafega kirishibdi. Tatar 3ta bulochkani hech kimga bildirmay cho’ntagiga solib, o’zbekka maqtanayatganmish:
— Qara, shipirish degani shunaqa bo’ladi. O’rgan, student! — desa
O’zbek aytarmish:
— Shipirishni hozir senga o’rgataman, — debdi.
O’zbek sotuvchini oldiga borib:
— Xohlaysizmi, sizga fokus ko’rsataman?
— Qani, ko’riluchi?
— 3 ta bulochka bering!
— Mana!
O’zbek 3 ta bulochkani sotuvchini oldida paqqos tushirib, og’zini artayosa, sotuvchi g’azablanib:
— Bulochkani yo’q qildingku, nomard! Shumi fokusing? — desa
— Bulochkangiz joyida, ana anu tatarni cho’ntagini qarang, — dermish

Bir ayol taksi to’xtatdi. Taksichi bir oz yurgandan keyin mashinani jo’xorizorga buribdi. O’rtasiga borgandan so’ng, jo’xorilarni tepib tekislabdi va choyshab yozibdi.
Ayol qo’rqib:
— Iltimos, unday qilmang boshimda 1ta erim, 4ta bolam bor, – desa.
Taksichi:
— 1ta eriz, 4ta bolangiz bo’lsa, meni 20ta tovug’im bor. Undan ko’ra tushib yordam bering, – dermish.

Afandi bir kuni to’yga bordi. Uning yonida o’tirgan bir savdogar ochofatlik qilib eganiga qanoatlanmay, dasturxondagi qand-qurslardan olib, cho’ntaklarini to’lg’azdi. Afandi buni ko’rib yonida turgan choynakni oldi-da, sekin uning cho’ntaklariga quya boshladi. Savdogar payqab qolib, jahl aralash Afandidan so’radi:
— Nega cho’ntagimga choy quyyapsiz?
— Cho’ntagingiz qand-qursni ko’p yeb chanqab qolgandir,— dedi Afandi.

dizayn latifalar

Tarakanlar teatrdan janjal ko’tarib mitinga “Tomoshaga to’ydik, non beringlar” shiori bilan chiqishibdi.
Talaba restoranga kirib ofisiantga:
— Bitta bulka non va bir stakan suv, – debdi.
Ofisiant kulib:
— Shunchalik pastga urasanmi o’zingni. Hayotga bir marta kelasan, mazza qilib, to’yib maishat qimaysanmi, – desa
Talaba:
— Ha, to’g’ri aytasiz. Maishat bo’lsa maishatda. Unda manga uchta bulka non va bir chelak suv olib keling, – dermish
— Siz mani dilimda yashaysiz.
— Siz mani qalbimda yashaysiz.
— Siz mani yuragimda yashaysiz.
Ijara haqini qachon to’laysiz?!

Erkak dinozavr xotiniga:
— Kel yonimga.
— Yo’q.
— Kel endi bir marta, yo’q demagin.
— Yo’q dedimmi yo’q!!!
Shunday qilib er yuzidan dinozavrlar butkul yo’q bo’lib ketishdi…

Bir kuni podshoh farmon chiqaribdi.
— Kimdan kim meni filimni qichqirtira olsa unga yarim molimni beraman, — debdi.
Odamlar kelib ketibdi, ammo hech kim qichqirtira olmadi. Kunlardan bir kun Afandi filni yoniga borib uni hamma yonini aylanib uyoq buyoqini qarab chiqibdi qarasa fil erkak ekan.
Afandi uni nozik eridan qisgan ekan, fil darhol qichqirib yuboribdi va podshohning yarim molini olibdi.
Keyin podshoh g’azablanib yana farmon beribdi:
— Kimdan-kim meni filimni so’zga kirita olsa, unga qizimni beraman, – debdi.
Yana hechkim uddalay olmabdi. Yana Afandi qolibdi, keyin u filni oldiga borib uning qulog’iga:
— Yana qisaymi? – debdi.
Fil darhol tilga kirib:
— Yo’q-yo’q, – debdi.

Xotin eriga:
— Sizga tekkanimda ko’zim ko’r, qulog’im kar bo’lgan ekan..
Er:
— Ana ko’rdingmi qanday kasalliklardan ozod qildim seni..
— Dada-dada! Archamiz yonib ketyapti!
— Yonmayapti o’g’lim, nur sochib jilolanyapti.
— Ha-a… Dada-dada, pardalarimiz ham nur sochib jilolanyapti!
Donishmandlarning gapiga qaraganda ertalab tongda asfalt perforatorni ko’rsa yumshab ketar ekan.
Bir taksiga kiyimsiz ayol shoshib kelib o’tirib olibdi.

Haydovchiga qarab:
— Nega moshinani haydamayapsan, nima meni engiltak deb o’ylayapsanmi?
Haydovchi:
— Yo’l kirani qanday to’lar ekan deb o’ylayapman, – debdi.
Er bilan xotin kechasi uxlab yotishsa eshik taqillab qolibdi.
Xotin:
— Voy sho’rim erim keldi, – desa.
Eri:
— Qani, qani – deb derazadan qochib ketganmish.

— Agar dekan aytgan gapini qaytib olmasa, — bir talaba ikkinchisiga arz qilyapti, — men universitetdan ketaman.
— Qiziq, u senga nima dedi?
— “Yo’qol universitetdan!”

afandi latifalar o’zbekcha

Podsho Afandini bir kuni ovga olib chiqdi. Bir manzilda Afandini masxaralash uchun otining pastki labini kesib qo’ydi. Afandi buni fahmlab qoldi-yu, borib podshoning otining dumini kesib qo’ydi.
Ovdan qaytishda podsho orkasiga qarab Afandiga dedi:
— Afandi, otingiz nega kulayotibdi?
Afandi darhol javob qaytardi:
— Taqsir, otingizning keti ochilib qolibdi, shunga kulyapti.

Darvozaga yozilgan ogohlantirish:
— Uyimda qutirgan vahshiy it bor!
G’alamis qo’shni yozuvni davom ettirib:
— Bu it juda qarigan hatto tishlari ham yo’q!
Uy egasi:
— Tishi yo’q bo’lsa ham ehtiyot bo’linglar, etvosa so’rib o’ldiradi!

Podsho Afandiga buyurdi:
— Mana bu otga minib, egardan tushmasdan hokimni aytib keling! Afandi otga minib, hokimning uyiga bordi, devordan qarasa, hokim mehmonlari bilan palov eb o’tiribdi. Afandi darhol otdan tushdi-yu, egarni otdan oldi, egarni minganicha hokimning hovlisiga kirdi. Hokim buni ko’rib: Bu qanaqasi?—deb so’radi.
— Podshoning amri shu,— dedi Afandi.
Afandi egardan tushmasdan turib, palovdan to’yib egach podshoning amrini hokimga aytdi. Hokim Afandidan koyidi:
— Shu gapingizni avval aysangiz bo’lmasmidi, bu aqlni sizga kim o’rgatdi?
Afandi javob berdi:
— Osh o’rgatdi, begim, osh!

— Toshmat, o’lishingga bir baxya qolibdi deb eshitdim?
— Ha, tasavvur qilgin-a, Eshmat, butun hayotim ko’z o’ngimdan birma-bir o’tdi… Shuning uchun qarzlarimni yigib chiqayapman, yana unutib yubormaslik uchun. O’n besh yil ilgari olgan 10 ming so’mni cho’zib qo’y-chi do’st!

Restorandan chiqayotganda nega ofisiant ayolning belidan quchoqlab oldingiz? Kap-katta, oilali odamga uyat emasmi?
— Qiziqmisan, xotin? Axir men uning ko’ylagiga qo’limni artdim halos.

Kech tushyapti. Ona balkondan o’g’lini baqirib chaqiryapti:
— Teshavoy, sen uyga kirish haqida o’ylayapsanmi?
— O’ylayapman, oyijon.
— Xo’sh?
— Oyi, yana ozgina o’ylab olay…

Bir odam sehrli chiroq topib olibdi ichidan jin chiqib tila tilagingni, – desa.
— Er bo’lish jonga tegdi ertalabdan kechgacha eshakday ishlaysan xotinim uyda mazza qilib o’tiradi mani ishlaganimni ko’rmiydi qadrimga etmiydi. Kel meni xotinimni o’rniga, xotinimni mani o’rnimga almashtirib qo’y bir qadrimga etsin, – debdi.
Jin:
— Xo’p, bo’ladi, – debdi.
Ertalab turib qarasa xotini bilan joyi almashib qolibdi. Xotini ishga ketibdi.
Akamiz esa ertalabdan hovli supuribdi, kir yuvibdi, bollarni bog’chaga oborib olib kelibdi. Ovqat qilibdi, uni ustiga xotini ishdan kelib akamizdan ayb topib urishibdi. Shu tarzda bir oy o’tibdi. Oxiri joniga tegib Jinga aytibdi:
— Jin, meni o’z holimga qaytar. Xotinlarga ham oson emas ekan, – desa.
— Jin bu hali holva, buni iloji yo’q endi, kech debdi,
Akamiz:
— Iyeye, nega iloji yo’q? Nega kech? – desa.
Jin akamizga qarab:
— Siz homiladorsiz, – dermish.

— Oyijon, bugun maktabimizda bitirish kechasi bo’lib o’tadi. Brilliant uzugimni taqsam maylimi?
— Yo’q! Mumkin emas!
— Nega endi mumkin emas?! Yangi yilga sovg’a qilingan tilla zanjirni taqish mumkin emas, 8 martda sovg’a qilingan “Matiz”ni minish mumkin emas — buvimnikida chang bosib yotibdi. Sakkizta lama paltoim bor, birortasini kiyib ko’chaga chiqqanim yo’q! Qachon mumkin bo’ladi, qachon?!
— Ona qizim, adang nafaqaga chiqqandan so’ng! Hozircha u oddiygina DAN xodimi, shuning uchun mumkin emas!

Podsho bir kuni Afandidan so’radi:
— Afandi, mening qadr-qimmatim qancha bo’lar ekan?
Afandi o’ylanib turib javob berdi:
— Qadr-qimmatingiz yuz tilladan oshmaydi. Podshoning achchig’i kelib, g’azab bilan qichqirdi:
— Nega mening qadr-qimmatimni bunchalik pastga urasan, belimdagi kamarimning o’zi yuz tilla-ku!
— O’zingizni bosing, Podsho,— dedi Afandi,— shuning uchun yuz tilla dedim-da. Agar belingizdagi kamar bo’lmasa, o’zingiz bir chaqaga ham arzimaysiz.

Afandi «parrandalarning tilini bilaman» deb maqtanib yurar edi. podsho buni eshitib uni ovga olib chiqdi.
Yo’lda ketishayotgan edi, podsho vayronada sayrab turgan bir boyqushni ko’rib Afandidan so’radi:
— Boyqush nima deb sayrayapti?
— Boyqush aytdiki,— dedi Afandi,— Agar podshoning zulmi shu xilda keta bersa tez kunda shahar ham mening makonimga aylanadi.
— DAN xodimi bilan Xitoylikni nima birlashtiradi?
— Ikkisini ham tayyoqcha boqadi.
Mallasoch qizdan so’rashibdi:
— Alifboda nechta harf bor?
— Oltita.
— Qanday qilib?
— A, L, I, F, B, O. Hammasi bo’lib oltita!

Kunlardan birida hokim yo’lda ketayotgan ekan, ko’chada eshak etaklab ketayotgan Afandini ko’rib, shofyorga:
— Otaxonni yonida to’xtat, bir bopli – debdi.
Hokim Afandiga qarab:
— Ha, Afandi, eshakni o’qishga olib ketvosizmi? – deb shofyor bilan qotib kulishibdi.
Gapga javoban Afandi:
— Ha, o’qishga olib ketvoman. O’qisa hokim bo’ladi, o’qimasa shofyor – debdi

— Eshitdingmi, Abduraim oshnamiz kaltak eb kasalxonada yotgan emish.
— Yo’g’e, o’zim ko’rdim, kecha kechgi payt Abduraim bitta ketvorgan qiz bilan podrushka qilib yurgandiyu, – debdi
— Ularni podrushka qilib yurganini Abduraimning khotini ham ko’ribdi-da oshna.
— Men sizday ziqna va tanachiga turmushga chiqmayman! Ushlang sovg’a qilgan uzugingizni!
— Qutisi qani?

Kunlardan birida karam cho’milishga boribdi, kun issig’idan echinib, echinib tugab qolibdi.
— Ayolni qora mushuk kesib o’tgan yo’ldan yurishga ko’ndirish mumkinmi?
— Mushukni iziga qaytarish osonroq.
Harbiy komissariyatda tibbiy ko’rik. Ikki egizakdan biri tekshiruvdan chiqibdi.
— Nima bo’ldi? so’rabdi Husan.
— Armiyaga yaroqsiz ekanman, olishmadi, – debdi Hasan.
— Unda mening o’rnimga ham kirib chiq, armiyaga borgim kelmayapti. Hasan xo’p deya, yana ko’rikdan o’tish uchun kirib ketibdi. Birozdan so’ng chiqib dermish:
— Husan, seni armiyaga olishdi!

Sirk direktorining telefoni jiringlabdi.
— Allo, sizlarga gapiradigan ot kerakmi?
Direktor jahli chiqib telefonni qo’yibdi. Telefon yana jringlarmish:
— Allo, sizlarga gapiradigan ot kerakmi?
Direktor yana trubkani qo’yib qo’yibdi. Yana qo’ng’iroq:
— Menga qara noinsof! Menga tuyoqlarim bilan raqam terish oson deb o’ylayapsanmi?

Bir kishi xotini yaxshi eshitmay qolayotganidan tashvishga tushibdi. U xotiniga eshitish uskunasi olib berishga qaror qilibdi. Xotiniga bu haqda qanday aytishni bilmabdi va dastlab buni muhokama qilish uchun shifokorga boribdi.
Shifokor unga uy sharoitida oddiy sinov o’tkazishni, keyin tashxis qo’yishi mumkinligini aytibdi. Va sinovni qanday o’tkazishni tushuntiribdi.
— Xotiningizga 12 metr masofadan biror savol berib ko’ring. Agar savolingizga javob bermasa, yaqinroq borib savolingizni takrorlang, masofa 9 metr bo’lsin. Agar yana javob qaytarmasa, 6 metr masofadan savolingizni takrorlang, keyin 3 metrdan. Xullas, u savolingizga javob bermaguncha yaqinlashavering. Shunda uning qulog’i qanchalik og’ir ekanligini aniqlab olamiz.
O’sha oqshom xotin oshxonada ovqat tayyorlayotgan, er esa o’z xonasida ishlayotgan ekan. Er ichida o’ylabdi: “Hozir undan taxminan 12 metr uzoqdaman. Shifokor maslahatini bajarishning ayni vaqti”.
— Azizam, nima ovqat qilyapsan?
Hech qanday javob bo’lmabdi. Er yo’lakka chiqibdi va savolini takrorlabdi.
— Go’zalim, nima ovqat? Yana jimlik. U yanada yaqinroq boribdi. Ular orasidagi masofa olti metr ekan.
— Shirinim, nima ovqat qilyapsan? Lekin hech qanday javob bo’lmabdi. Er oshxonaga kiribdi.
— Nima ovqat eymiz? Afsuski, bu safar ham xotini indamabdi. Er xotining yoniga yaqinlashibdi.
— Sevgilim, nima ovqat qilyapsan?
Xotini unga o’girilib qarabdi.
— Azizim, eshitmayapsizmi, beshinchi marta aytyapman, tovuq!

Haqqimizda

Яна маълумот

resize

Dunyodagi eng katta aeroport

Istanbulning yangi aeroporti – dunyodagi eng katta aeroport 2018-yil dekabr oyida Turkiyaning Otaturk aeroportidan barcha …