Home / Madaniyat / Quron o’qish-yodlash qoidalari

Quron o’qish-yodlash qoidalari

Quron yodlamoqchi bo’lgan inson birinchi navbatda zehni (yodlash qobiliyati), hifzi (esda saqlab qolishi) va kun tartibi (bir kunda qancha vaqtni Quron yodlashga ajrata olishi)ga qarab, o’ziga qulay reja tuzib olishi kerak bo’ladi. Bunda kunlik vazifa, malum bir kunlarda yodlab o’tilgan darslarning takrori va, albatta, yillik reja bo’lishi shart. Agar talaba o’ziga mos uslublarni tanlab, unga og’ishmay amal qilib borsa, bu unga Kalomullohni yodlashdagi muvaffaqiyatlar kaliti bo’lib xizmat qiladi.

Quron yodlash usullari, asosan, ikki turga: arabiy va ajamiyga bo’linadi. Yani arab tilida so’zlashadiganlar uslubi va boshqa tilda so’zlashadiganlar uslubi.

Etiboringizga Quron yodlashning ajamiy uslubini taqdim etamiz.

Bu uslub, asosan, qatorlab (qatorlarga bo’lib) yodlashdan iborat bo’lsa-da, kundalik vazifa va rejalarning ko’rinishi etiboridan arabiy uslubdan tubdan farq qiladi. Biz o’rganadigan ajamiy uslubda talabaning yodlash qobiliyati (zehni), esda saqlab qolishi, kunlik tartibi va shu bilan birga, albatta, sanoqqa katta ahamaiyat beriladi.

Quron suralarini yodlashga kirishgan talaba avval arabiy uslubda, yani suraning birinchi oyatini yuz marotaba (bu sanoq talabaning yodlash qobiliyatiga qarab ko’p yoki kam bo’lishi mumkin), ikkinchi va uchinchi oyatlarini ham yuz martadan takrorlaydi. Uch oyat yodlangach, ularni qo’shib, yana yuz marta o’qiydi. Shu uslubda surani oxirigacha yodlab chiqadi. Sura yod olingach, yana surani boshidan okhirigacha yuz marotaba takrorlaydi.

Yodlash qobiliyati o’rtacha bo’lgan talabaning sanog’i yuz marta bo’lishi tavsiya qilinadi. Agar yod oluvchi birinchi oyatni o’n besh yoki yigirma marotaba o’qib yodlasa, qolgan oyatlarning ham sanog’ini shunga etkazishi maqsadga muvofiq.

Yod oluvchi katta hajmli suralarni yodlashga kelganda har bir oyatni yuz marotaba emas, balki har bir uch qatorni yuz marta o’qiydi. “Baqara” surasidan boshlab yodlanganda esa besh qatordan belgilanadi. Masalan, bir betni besh qatordan uch qismga bo’lib, ularning har besh qatorini yuz marotabadan takrorlaydi. Agar shunda ham o’zlashtirish qiyin kechib, pukhta yodlanmasa, u holda bir betni ikkiga bo’lib, har ikkisini ham yuz martadan o’qiydi. So’ng o’sha betni boshidan okhirigacha yana yuz marotaba takrorlaydi. Albatta, sanoq yod oluvchining imkoniyati va yodlash qobiliyatiga qarab belgilanadi.

Betni boshidan okhirigacha bo’lmasdan o’qish

Malumki, bazan o’quvchi oyatni yoddan bilsa ham, uni keyingi oyatga qo’shib o’qiyolmasligi mumkin. Shu holatni bartaraf qilish uchun Quronni yod olishga ko’nikma hosil qilgan talaba betni boshidan oxirigacha bo’lmasdan yodlashi maqsadga muvofiq. Chunki oyatlarning yod bo’lishi uchun kerak bo’lgan malum miqdordagi sanoq ularni qo’shib yodlaganda ham lozim bo’ladi.

Porani jamlab borish

Yod oluvchi Quron yodlash barobarida uni takrorlab turishi ham lozim bo’ladi. Bu esa har bir pora tugaganda amalga oshiriladi. Yani bir yoki ikki betdan yodlab porani tamomlagan talaba o’sha porani to’rt qismga bo’lib, besh bet (bir rub)dan takror qiladi. Besh betdan takror qilib bo’lgach, porani jamlab ustozga o’qib beradi. Bu uslubdagi takror har bir pora tugab, Quronni to’liq yod olguncha davom etadi.

Quroni karimni bir marta yod olgach, uni takror qilish va jamlash

Quron to’liq yod olingach, uning takroriga kirishiladi. Takror talabaning zehni va esda saqlab qolish qobiliyatiga qarab belgilanadi. Talabaning zehni qanchalik past bo’lmasin, takror uch betdan kam bo’lmasligi shart. Ko’pi esa bir poradir.

Yod oluvchi kuniga bir poradan o’qib berish quvvatiga ega bo’lganda har kuni bir poraning sanog’ini o’ttiztaga etkazishi talab qilinadi. Bu sanoq (yani har kuni bir porani o’ttiztadan o’qish, bu har kuni Quronni khatm qilish degani) talabaga qiyinchilik tug’dirmasligi tabiiy holdir. Sababi, yuqorida aytib o’tilganidek, yod oluvchi Quronni yodlash jarayonida kunlik sabog’ining sanog’ini o’ttiz poraga etkazish ko’nikmasini hosil qilgan bo’ladi.

Toshkent Islom instituti

“Tahfizul-Quron” kafedrasi mudiri

Jaloliddin Hamroqulov

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …