Home / Madaniyat / Qozonning tagini yalama!

Qozonning tagini yalama!

b772c249630f5163387b0792c8c079b9

Yangi uylangan bir yigit kelinning har gal ovqatni olib kelgach, hammani muntazir qilib o’choq boshida qozonni yalab qolib ketishidan norozi bo’ladi. Har kuni takror bo’ladigan bu odat qayna-qaynotani ham ranjitadi. Axir, shu ishni keyinroq ham qilish mumkin-ku!

Bir kuni taom payti yigit ota-onasining kayfiyatini ko’rib, ayolini bu ishdan qaytarish maqsadida: “Agar yana bir marta qozonni yalasang, taloqsan!” deb yuboradi. Shundan keyin taloq bo’lishidan qo’rqqan ayol o’zini ehtiyotlab yuradi. Oradan bir qancha vaqt o’tgach, bir kuni unutib yana qozonni tagini yalab qo’yadi. Erining gapi yodiga tushib qo’rqib ketadi va bu haqda unga aytadi. Yigit ham qattiq afsuslanadi va nima qilishini bilmay Xojajon qozi (Xo’jajon Rojiy 1834-1918) huzurlariga keladi va voqeani bayon qiladi.

Uning so’zlarini tinglagan qozi domla: “Shundaymi, bo’lmasa bizni uyingga olib bor, kelin osh qilsin va qozonni yalasin, ko’raylik, shunga qarab hukm chiqaramiz”, – deydilar.

Yigit xursand bo’lib kelishilgan fursatda qozi domlani uyiga olib boradi. Taomdan keyin qozi domla kelinga: “Qizim, odatingiz bo’yicha qozonni yalangchi?” deydilar. Kelin qozonni yalay boshlaydi. Uni ko’rib turgan qozi domla:

– Shumi? – deydilar.

– Ha, shu!

– Bu kishi qozonni yalagani yo’qku!

– Yo’g’-e?!

– Qozonni emas, qo’lini yalayaptiku! Hech qanday taloq tushgani yo’q, bemalol yashayveringlar.

Bu gapdan ular o’zlarida yo’q xursand bo’lib ketadilar.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …