Home / Madaniyat / Qaltirash sabablari qo’l qaltirashi davolash

Qaltirash sabablari qo’l qaltirashi davolash

Odam keksaygani sari ko’rishi, eshitishi zaiflashib boradi. Ayniqsa, qo’llarning titrashi eng ko’p uchraydigan holat. Bazan kuchli titroqdan yumushlarni bajarish qiyinlashadi. Nega?

— Titroq bazi muskul guruhlarining ixtiyorsiz ritmik tebranishidir, — deydi oliy toifali nevropatolog Nozima NURMATOVA. — Bu tebranish tananing qo’l, bosh, til singari turli qismlarida kuzatiladi. Qo’llardagi titroq tibbiyotda u qadar xavfli hisoblanmaydi. Biroq u tananing boshqa qismlarida kechadigan bo’lsa, insonda jiddiy kasallik mavjud bo’lishi mumkinligini anglatadi.

Qo’l qaltirashining sabablari.

Bu holatning sababi ikki xil. Biri nasliy tusga ega. Agar ota-onada biror kasallik mavjud bo’lsa, bolada undan aziyat chekish ehtimoli oshadi. Nasliy titroq bolaning istalgan yoshida yuzaga kelishi mumkin. Ikkinchi sabab — bosh miya strukturasi bilan bog’liq. Bunday titroq bosh miya, miyacha hamda qizil yadro o’zaro moslashuvining noto’g’ri kechishi tufayli kelib chiqadi.

Bundan tashqari, titroqqa ayrim kasalliklar ham sabab bo’ladi. Masalan, parkinson (markaziy asab tizimi faoliyatining buzilishi), buyrak va jigar etishmovchiligi, insult va hokazolar. Shu bilan birga, bosh miyadan jarohat olganda va zaharlanish oqibatida ham titroq paydo bo’ladi.

Hayajonda kuchayadi.

Oddiy titroq nasliy hisoblanadi. U odatda qo’l, bosh va tovush bog’lamlarining titrashi bilan kechadi. Bu kasallik oilaviy xarakterga ega bo’lgani bois ota-onadan farzandga o’tadi. Titroqning mazkur ko’rinishi ko’p hollarda organizmda 50 yoshdan so’ng paydo bo’ladi. Biroq ancha erta ham kuzatiladi. Bazan bemor charchaganda yoki kuchli emosional holatni boshdan kechirganda, titroq malum miqdorda kuchliroq chastotada sodir bo’ladi.

Inson emosional zo’riqqanda, sovuqdan yoki och qolganda titroq kuchayadi. Bunday bemorlarga ruchkada yozish qiyinchilik tug’diradi. Titroqning kuchayishi aql va xotiraga salbiy tasir o’tkazmaydi. Tinch holatda nisbatan kam bo’ladi, hayajonlanganda esa kuchayadi. Qolaversa, boshning «ha-ha» yoki «yo’q-yo’q» shaklidagi tebranma harakati, tilning og’iz bo’shlig’idan chiqarilgandagi titrashi, suhbat davomida tovushning titrashi ham kasallikning belgisidir. Biroq uyqu vaqtida bemorda hech qanday titroq kuzatilmaydi.

Asablarni asrang

Titroq bosganda eng avvalo, mutaxassis ko’rigidan o’tish lozim. Davolash muolajalarini shifokor nazoratisiz amalga oshirib bo’lmaydi. U kompleks ravishda amalga oshiriladi. Titroq chastotasini pasaytirish, kuchayishining oldini olish maqsadida dori vositalari yordamida va nomedikamentoz terapiya, lozim bo’lsa, xirurgik davo muolajalari qo’llaniladi.

Titroqni davolashda insonning ruhiy holatini yaxshilash ham muhim ahamiyatga ega. Hamma narsaning faqat yaxshi tarafini ko’rish, arzimagan narsaga jahl qilmaslik kerak. Psixologik mashqlar ham bunda katta yordam beradi. Ayniqsa, insonni o’zini o’zi boshqarish va nazorat qilishga o’rgatuvchi mashg’ulotlar xotirjamlikni saqlashda foyda qiladi. Bu o’rinda fizoodavo va bemorni sanator-kurort davolash ham tavsiya etiladi.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …