Home / Madaniyat / Homila jinsini aniqlash — taqvim

Homila jinsini aniqlash — taqvim

homila jinsini aniklash — takvim, instrumental usullar, tashki belgilar buyicha

Har bir inson hayotda ota-ona bo’lishni, muayyan jinsdagi farzandlarni niyat qiladi. Biroq tabiat o’z rejalari, o’z hisob-kitoblariga ega. Insoniyat mavjudki, ular oilada kelgusida qiz yoki o’g’il tug’ilishini bilishga intiladi. Buning uchun odamzot qanday usullar o’ylab topgan va homila jinsini aniqlash uchun nima qilish kerak, quyida batafsil.

 

Homila jinsini aniqlash

Bugungi kunda homila jinsini aniqlashning eng aniq usullaridan biri ultratovushli tekshiruv hisoblanadi. Ammo, bazida UTT ham yanglish malumotlar berishi mumkin. Hech bir usul yo’qki, 100% kafolat bersa.

Maktabda biologiya darslaridan olingan bilimlar orqali malumki, farzand jinsi ikki juft xromosomaga bog’liq. Ona tuxum hujayrasida XX, ota spermatozoidlarida esa bitta X va bitta Y (KhY) xromosomalar mavjud.

Agar onaning XX xromosomali tuxum hujayrasi otaning Y xromosomali spermatozoidlari bilan urug’lantirilsa, homila o’g’il bo’ladi, agar Y xromosoma bilan urug’lantirilsa, demak, qiz. Bundan ko’rinib turibdiki, bo’lajak farzandning jinsi faqatgina otaga bog’liq. Yani o’g’il yoki qiz bo’lishi ehtimoli ellikka ellik.

Biroq uni oldindan aniqlashning bazi usullari mavjud. Birlari bizga qadim zamonlardan etib kelgan va homilador ayollarni uzoq muddatli kuzatishlar natijasida olingan, boshqalari esa zamonaviy olimlarning kashfiyotlariga asoslangan. Biroq, yuqorida aytilganidek, ularning hech biriga 100% tayanish tavsiya etilmaydi.

Ayolning ovqatlanishi

Ko’pgina qariyalar homilador ayolning qanday mahsulotlarni hush ko’rishini bilib bo’lajak bolaning jinsini aniqlash mumkinligini aytishadi:

  • Agar ona to’satdan shirinliklar, tortlar va shokoladga ko’ngli ketsa, demak oilada qiz farzand kutish kerak.
  • Turli xil tuzlamalar, qovurilgan kartoshka kabi taomlarga, yani qovurilgan va achchiq taomlarga ko’ngil ketsa, u holda o’g’il tug’ilishi ehtimoli yuqori bo’ladi.

Homiladorlikdan oldingi taomnoma

  • Ko’pgina ayollar urug’lantirishdan oldin hush ko’rilgan taomnoma uning yaqin kelajakdagi homilasi qay jinsda bo’lishiga tasir qilishi mumkinligini takidlashadi:
  • Ko’proq sut mahsulotlari, bodring, baqlajonlar, sabzi, lavlagi, no’xat, qalampir, shirinliklar va yong’oqlarga afzallik berganlar, ekzotik mevalar, kartoshka, qovun va olxo’rilarni hush ko’rmadingizmi? Unda tabriklaymiz, sizda 80% ehtimollik bilan qiz farzand bo’ladi;
  • Kartoshka, qo’ziqorin, go’sht, gilos, o’rik, apelsin, banan, shaftoli, xurmo va sho’r ovqatlarni sevuvchilardan odatda o’g’il bolalar tug’iladi.

Qon yangilanishi nazariyasi

Qon yangilanish nazariyasiga ko’ra, erkaklarda har 4 yilda, ayollarda esa har uch yilda bir marta qon «yangilanadi». O’g’il farzand tug’ilishi ehtimoli oxirgi bo’lib otasining qoni yangilagan juftliklarda yuqoriroq bo’ladi. Shu sababli, urug’lantirish sodir bo’lgan vaqtdagi ota-onaning yoshiga qarab, homilaning jinsini taxmin qilish mumkin. Quyidagi onlayn test bunda sizga yaqindan yordam beradi.

UTT yordamida

Zamonaviy tibbiyot organizm ichini unga shikast etkazmagan holda o’rganish imkonini beradi. Bunday usullar ichida etarlicha keng tarqalganlaridan biri ultratovushli tekshiruv yoxud UTT hisoblanadi. Homila jinsini homiladorlikning 20 haftasiga kelib aniq bilib olish mumkin. Bunda homila kerakli ravishda — o’g’il-qizligi aniqlanadigan tomoni joylashgan bo’lishi talab etiladi.

Ko’pincha ona qornida u aylanadi, yopilib oladi va jinsiy azolarini o’rganishga to’sqinlik qiladi. Shu sababli xatolik ehtimoli oz bo’lsada mavjud.

Erta muddatlarda, masalan homiladorlikning 11-haftasida jinsni 30% hollarda to’g’ri aniqlash mumkin. Rivojlanishning bu bosqichida o’g’il embrionlarda kindik do’ngchasi qizlarnikiga nisbatan biroz yuqoriroq joylashgan bo’ladi. Keyingi muddatlarda farq sezilarliroq bo’la boshlaydi va oldindan bashorat qilish ehtimoli ortadi: 12 haftada — 46%, 13-haftada — 80%.

Onaning tashqi ko’rinishi bo’yicha

Qadim zamonlarda, hatto hozirda ham ko’pchilik bo’lajak onaning tashqi ko’rinishiga qarab homila jinsini aniqlashga harakat qilishmoqda.

  • Agar chiroyli ko’rinsangiz, ko’zlaringiz porloq, sochlaringiz jilvakor, yuzingiz terisi o’zidan nur taratsa, demak, farzand o’g’il bo’ladi.
  • Ko’zgudagi ko’rinishingiz quvonarli bo’lmasa, yuzingizda pigmentli dog’lar paydo bo’lsa, burun o’tkirlashsa, sochlaringiz xiralashib, mo’rt bo’lib qolsa, demak, sizda go’zal qiz farzand bo’ladi.

Xalq orasida «qiz farzand ona husnini tortib oladi» degan gap bor. Qayg’uga o’rin yo’q, farzand tug’ilgandan so’ng tashqi ko’rinishingiz normal holatga qaytadi.

Xitoy taqvimi

Ushbu homila jinsni aniqlash jadvali qadimgi xitoylik shifokorlar tomonidan kelajakdagi monarxlarning jinsini rejalashtirish uchun ishlab chiqilgan. Bu kalendar eng aniqlardan biri hisoblanadi. Buni aniqlash uchun bo’lajak onaning yoshi va urug’lantirish sodir bo’lgan oyni bilish kifoya.

Avvalo onaning yoshini aniqlang, keyin uni chaqaloqqa homilador bo’lgan oy bilan tutashtiring (hozirgi yosh bilan emas!). U «O’» yoki «Q» da tutashadi. Ushbu uslub yordamida siz o’zingizda yoki qarindoshlaringizda kim tug’ilishini tekshirishingiz mumkin.

Jadval etarlicha katta bo’lganligi bois, kesishmani topishni osonlashtirish uchun quyidagi maydonlardan keraklisini tanlang, natija esa avtomatik ravishda tanlab, sizga havola etiladi.

Ovulyatsiya bo’yicha

Agar siz o’z sog’lig’ingizni kuzatib borsangiz, ovulyatsiya kunini bilsangiz va urug’lantirish qachon sodir bo’lganini eslasangiz, bu sizga homila jinsini aniqlashga yordam beradi.

  • Agar jinsiy aloqa ovulyatsiyadan 3-5 kun oldin bo’lgan bo’lsa, 80% ehtimollik bilan sizda qiz homila rivojlanmoqda;
  • Ovulyatsiyadan so’ng bo’lgan bo’lsa — o’g’il bola.

Homila jinsini bilish uchun Xalqona usullar

Uy sharoitida tekshirib ko’rish mumkin bo’lgan quyidagi usullar qadimdan buyon xalq orasida keng tarqalgan.

Qorinning shakliga qarab

Irimlar irimligichayu, lekin ko’pincha ular ilmiy dalillarga qaraganda yaxshiroq malumot bera oladi. Masalan, qadimda doyalar tug’ilmagan bolaning jinsini onaning qorni shakliga qarab aytib bera olishgan.

  • Agar homilador ayolning qorni do’ppaygan va xuddi koptok yashirganday chiqib tursa, unda o’g’il;
  • Qorin shakli tekisroq va do’ppayish teng taqsimlangan holda bo’lsa, qiz ko’rishidan darak

Ota shajarasi usuli

Yaqinda amerikalik olimlar o’zlarining bir tadqiqotlari natijalarini elon qilishdi. Unga ko’ra homiladorlikda bolaning jinsi otaning genetikasiga bog’liq. Ular taxminan 1000 Amerika va Evropalik oila nasabnomasini tahlil qilishdi va ajdodlarida ko’proq erkaklar bo’lgan otalardan o’g’il bola farzandlar tug’ilishi ehtimoli yuqoriroq ekanligini aniqlashdi.

Onaning nasabnomasi homilaning jinsiga tasir qilmaydi.

Yurak urishi usuli

Tajribali akusher-ginekologlar chaqaloqning jinsini uning yurak urish tezligi bilan aniqlanishi mumkinligini takidlashadi.

  • Qiz homilalarda exokardiografiya davomida yurakning urishi daqiqasiga 126 marta;
  • O’g’il homilada esa 140 martaligi qayd etiladi.

Qon bosimiga ko’ra

Kanadalik tadqiqotchilar homila jinsiga ayolning qon bosimi ham tasir qilishiga ishonishadi.

  • Agar homiladorlikdan avval onaning qon bosimi past bo’lgan bo’lsa, oilada qiz tug’ilishini kutish kerak.
  • Qon bosimining yuqoriligida esa — o’g’il.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …