Home / Jamiyat / har bir harfga sher, bolalar uchun sherlar

har bir harfga sher, bolalar uchun sherlar

Alifbo yakuni uchun atalgan sherlar. Har bir harfga sher

Svetnie Bukvi Svetnie Bukvi[/kaption]

A

A dan boshlab alifbo

Bo’ling der doim alo

Unlidirman unutmang

Bo’lingiz doim dono.

B

Bolalarga bosh bo’lar

Sizlarga sirdosh bo’lar

Bahrom, Barno, Botirni

Yozganda yo’ldosh bo’lar

D

D man davrada doim

Dono bo’ling iloyim

Davron, Dilshod, Dilafruz

Dostdir hamisha hamro’z.

E

E demang meni ko’rib

Ehtiyot bo’ling kulib

Ekranda Erkin akam

Ertak so’zlar chinakam.

F

F harfiman men o’zim

Fahmlang har bir so’zim

Farida, Furqat, Farhod

Mendan bishlanar faqat

G

G ga quloq tutingiz

Gulzorlarga o’tingiz

Gul ushladim qo’limga.

Gilam to’shang yo’limda.

H

H man hayron bo’lmaglar

Yo’lni to’sib turmanglar

Handalak bor qo’limda

Hamrph bo’ling yo’limda.

I

I harfini bilingiz

Ishda ilg’or bo’lingiz

Iroda, Izzat, Ikrom

Istagi o’qish tamom.

J

J harfini bilasiz

Nega jahl qilasiz?

Jamila, Jasur, Javlon

Jo’jani quvdi chunon.

K

K dan koptok yozamiz

Katta bo’lsak o’zamiz

Kattani aylang hurmat

Keladi bakht – saodat.

L

L dan lola yozamiz

Limuzinda o’zamiz

Latif, Laylo, Latofat

Loqaydlikka yo’q toqat.

M

M dan yozilar maktab

Mening do’stimdir kitob

Murod, Maqsud, Mo’tabar

Madina maktub yozar.

N

N harfini bilamiz

N siz nima qilamiz?

Noz – nemat non bo’ldi

Ochil dasturkhon bo’ldi.

O

O oyga o’khshar ekan

Osmonda uchar ekan

Obid, Olim, Ozoda

Ostonang bo’lsin toza

P

P harfiman bilingiz

Kuzda pakhta teringiz

Po’lat, Parfi, Pokiza

Pakhta teringiz toza.

Q

Q dan qayiq yozamiz

Qayerlarga suzamiz

Qishda qarg’a uchadi

Qarang, qorni quchadi.

R

R ga rukhsat beramiz

Rasm so’zin yozamiz

Rano, Rahim, Ruhsora

Dono, aqlli bola.

S

S man soatga boqing

So’zining mag’zin chaqing

Sobir, Said, Surayyo

So’zdan adashmang aslo.

T

T man tanib olursiz

To’maris deb yozursiz

Toshkent ona shahrimdir

T harfidan yozgumdir.

U

U man uchrab ko’p so’zda

Sizga tanish bo’laman

Uzum, ummon, Umida

So’zlarini yozaman.

V

Men V durman bilursiz

Varrak so’zin yozursiz

Vasila, Vohid, Vail

Yozing kelganda gali.

Kh

Qattiq Kh derlar meni

Yozgum takhta, pakhtani

Kho’roz, khona, khola ham

Men bilan bo’ladi jam.

Y

Y man balki bilursiz

Yo tanimay qolursiz

Yo’lchi, Yo’ldosh, Yoqut deb

Mendan boshlab yozursiz.

Z

Z deydilar otimni

Bilasizmi zotimni

Zuhra, Zahro, Zokirjon

Mendan boshlanur chunon

O’

O’ deydilar har zamon

O’tir, o’rtoq bo’laman

O’zbekiston so’zini

Fakhr bilan yozaman.

G’

G’ harfini tanirsiz

G’ayrat bilan o’qirsiz

G’ani, G’ulom, G’afurning

G’amini yo’qotursiz.

SH

SH harfiman bilasiz

SHoshib – shoshib kelasiz

SHokir, SHahzod, SHadmonni

SHogirtlikka olasiz.

Ch

Ch man tanib olingiz

Charchoq bilmay qolingiz

Chollarni chaman qilib

Chaqqon – chaqqon bo’lingiz.

Ng

Ng bordir singilda

Yoki biror ko’ngilda

Tongda dengizda suzdim

Daladan bordring uzdim.

Tutuq qo’yib yozaman

Unlini sal cho’zaman

Rano, mano, alodir

Yakhshi bola donodir.

Haqqimizda

Яна маълумот

O’z vaqtida to’shagni almashtirmaganlarga OGOHLANTIRISh: Siz bu kasalliklarni yuqtirishingiz mumkin

To’shaklar chang, kir bo’lsa, o’lik teri hujayralari, ter, soch va boshqa mayda zarralarni to’playdi. To’shagingizni har …