Home / Jamiyat / G’usl qilish duosi

G’usl qilish duosi

G’USL  deb butun tanani yuvishga aytiladi.

G’uslning farzlari 3 ta  1) Mazmaza: Ogizni yaxshilab yuvish; 2) Istinshak: Burunga achishtirguncha suv tortib yuvish; 3) Butun vujudni biror kuruk joy koldirmay yuvish. Mazmazadan sung bir kultum suv ichib yuborish ma- kuldir.

G’uslning sunnatlari: 1. Kaftlarni uch marotaba yuvmok. 2. Jinsiy azolarni yuvmok. 3. Tanada biror bir ifloslik bulsa, yuvib tashlamok. 4. Tahorat qilmoq. 5. Badanga uch marotaba suv quymok. 6. Bosh ustidan uch hovuch suv kuymok, oldin o’ng elka, keyin chap elka ustidan suv quymok. . “Gusl yordamida poklanishga qasd kildim” suzlarini aytib niyat qilmoq. 8. Kaftlarni yuvganda azu billahi minash-shaytonir- rojim, bismillahir-rohmanir-rohim demoq. 9. Suvni isrof qilmaslik. 10. Umumiy hammomda g’usl kilganda avrat joyini berkitmoq. 11. Badanni kaftlar bilan ishqalab yuvmoq. 12. Boshqa odamlar nazari tushmaydigan joyda bo’lmoq.

Gaplashmaslik. 14. Qibla tomonga yuzlanmok. Barcha farz, sunnat va tartiblarga rioya qilgan holda g’usl qilmok. G’usl kilishni niyat kilgan odam avval azu billahi mi- nash-shaytonir-rojim, bismillahir-rohmanir-rohim deb niyat kiladi. Keyin ikki qo’lini yuvadi. Keyin orqa va oldi farjini yuvadi. Badanida najosat bulsa, o’shani yuvadi. Keyin xuddi namozga qilgandek tahorat qiladi. Albatta, og’iz burunni mubolaga bilan chayqash bor gap. Agar turgan joyida suv jamlanadigan bulsa, oyoklarini yuvishni keyinga suradi. So’ngra boshiga suv quyib ishqab yuvadi. Badaniga uch marta suv quyadi. Avval o’ng elkasidan, keyin chap elkasiga suv quyadi. Qo’li bilan badanini ishqaydi. Ikki qulogi, kindigi, qo’ltiq osti kabi suv etishi kiyin joylariga alohida eti- bor beradi.

G’uslning oxirida boshka tarafga o’tib oyoklarini yuvadi. Suv to’planmasa, oyoklarini ham o’sha erda yuvib olaveradi. Sochlar uzun bulsa, suvni olib, panjalarni sochlar ostiga kiritiladi. Agar tanada boglangan yara bulsa, usha erga nam qul bilan mahs tortiladi. G’uslning afzalliklari: G’usl butun badanni tozalash bulib, poklik, ozodalik va soglik uchun uta muhim omildir. Qolaversa, g’usl kilgan odamda qon yurish, yurak faoliyati yaxshilanadi va tetiklik tiklanadi. Shuningdek inson terisi kasallik kuzgatuvchi turli mikroblardan tozalanadi.

G’uslni vojib qiluvchi narsalar: Erkak va ayollar jinsiy yakinlikdan sung, ayollar esa hayz va nifosning tuxtashidan sung g’usl kilishlari shart. Har bir tuk tola ostini yuvmoq shartdir. Agar ayollar boshini yuvganida suv soch ostiga etib borsa, sochlarni yoyish shart emas. Uzuk va ziraklarni harakatlantirish vojibdir. Maydoni 45-50 kvadrat metrni tashkil etuvchi oqmas va pokiza hovuzda og’iz va burunni chayish hamda uch marotaba suvga shungish g’usl hisoblanadi. Kishining oqar suvda cho’milishi ham g’usl o’rniga o’tadi. Tanada suv o’tkazmaydigan moddalarning mavjudligi (tirnoq bo’yogi, xamir va hokazo) g’uslning mukammal bo’lmasligiga sabab bo’ladi.

G’usl shart bo’lgan holatda mumkin bo’lmagan narsalar: 1. Masjidga kirish. 2. Quroni Karimni o’qish. 3. Quroni Karimni ushlash. 4. Baytullohni tavof qilish. 5. Namoz o’qish. 6. Hayz va nifos paytida ayollar namoz o’qimas va ro’za ham tutmas (ruzani poklangandan so’ng tutiladi).

Ayollarga xos holatlar: 1. Hayz (oy ko’rish). 2. Nifos (tug’ruqdan keyin qon ketishi). 3. Uzur- biror bir xastalik tufayli qon ketishi. Ushbu holatlar hakida bilimga ega bo’lish har bir ayol uchun farzdir. Bilim berish esa er va valiylar zimmasidadir.

G’usl duosi.

Navaytu an agtasila g’uslan minal janobati rafan lil hadasi ishtibohatan lissaloti va tahoratan lil badan iva takarruban minallohi taolo Allohu akbar.

Haqqimizda

Яна маълумот

O’z vaqtida to’shagni almashtirmaganlarga OGOHLANTIRISh: Siz bu kasalliklarni yuqtirishingiz mumkin

To’shaklar chang, kir bo’lsa, o’lik teri hujayralari, ter, soch va boshqa mayda zarralarni to’playdi. To’shagingizni har …