Home / Jahon / Fakebook birinchisi emas: nomini o’zgartirgan gigant kompaniyalar

Fakebook birinchisi emas: nomini o’zgartirgan gigant kompaniyalar

Eng yirik mediatarmoqlar – Fakebook, Instagram va WhatsApp platformalariga egalik qiluvchi kompaniya o’z nomini Fakebook’dan Metaga o’zgartirdi. Ha, dunyoda nafaqat kichik va o’rta, balki gigant kompaniyalar ham turli sabablarga ko’ra o’z nomlarini o’zgartirib turishadi.

LG har doim ham LG bo’lmagan

Maishiy tekhnikalar sohasida yirik kompaniyalardan biri LG har doim ham shunday atalmagan. Bundan oldin LG’ning asosi GoldStar kompaniyasi bo’lgan va 2003 yilga kelib Lukky va Goldstar kompaniyalari qo’shiluvidan hozirgi gigant paydo bo’ldi. Hanuz ko’p uylarda Goldstar maishiy tekhnikasi uchrab turadi.

Yangi nom kompaniyaga katta muvaffaqiyat keltirdi va bugungi kunda LG 200 ming ortiq khodimlar, dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida 200 dan ortiq vakolatkhonalarga ega.

Googlemi yo Alphabet?

Sergey Brin va Larri Peyj 1996 yilda garajda asos solgan qidiruv tizimi 1998 yilga kelib rasman Google nomi bilan qayd etildi va shiddat bilan rivojlana boshladi. 2004 yilda aksiyalari birjaga chiqarilgan Google qiymati muttasil orta boshladi va ancha vaqt dunyoning eng qimmat kompaniyasi/brendi bo’lib turdi.

2016 yilda esa kompaniya nomi Alphabetga o’zgartirildi. Google nomi esa qidiruv tizimi sifatida saqlanib qolaverdi.

PepsiKola – Bred ichimligi

1893 yilda amerikalik dorishunos Kaleb Devis Bred tomonidan o’ylab topilgan bu ichimlik dastlab juda oddiy “Bred ichimligi” (Brad’s Drink) nomi bilan sotuvga chiqarilgan.

Biz bilgan “PepsiKola” nomini ichimlik tarkibidagi pepsin tufayli 1898 yilda olgan va hanuz shu nom bilan sotib kelinyapti.

Nike ham Nike emasdi

1964 yilda talaba Fil Nayt tomonidan asos solingan kompaniya dastlab Blue Ribbon Sports nomi bilan atalgan. Butun dunyoga tanilgan va eng qimmat sport brendlaridan biriga aylangan Nike nomiga esa 1978 yilda o’tilgan.

Darvoqe, biz “nayk” deb talaffuz qiladigan bu brend aslida “nayki” deb o’qiladi.

Datsundan Nissanga

Datsun kompaniyasi 1981 yilda barcha yangi markalarni yagona nom ostida birlashtirish uchun yangi nom topishga qaror qildi. Lekin o’sha paytda Datsun nomidan voz kechilishi millionlab dollar zarar keltirgan va keskin tanqidlarga sabab bo’lgan. Ammo vaqt o’tib Nissan nomi ham kuchli brendlardan biriga aylandi, kompaniya avtomobil sanoatining etakchilaridan biri hisoblanadi.

Meta – yangi nom va yangi bosh og’riqlar

Fakebook kompaniyasi o’z nomini Meta deya o’zgartirgani sabablari endi ko’pchilikka malum. Garchi Sukerberg Meta endilikda butunlay yangi bosqichga chiqishi va qator tekhnologik ishlanmalarni taqdim qilishini bildirgan bo’lsa-da, ko’pchilik mutakhassislar aslida Fakebook mojarolardan zerikkanini takhmin qilmoqdalar.

Lekin nom o’zgarishi ham o’ziga khos muammolarni keltirib chiqardi. Dastlab Arizonadagi noutbuklar va aksessuarlar sotish bilan shug’ullanuvchi Meta PKs firmasi Meta savdo belgisiga huquqni avgust oyidayoq qo’lga kiritgani malum bo’ldi va endi kompaniya o’z nomidan foydalanish huquqini Mark Sukerbergga 20 mln dollarga sotmoqchiligini bildirdi.

Bundan tashqari, Ohayo shtati prokuraturasi Mark Sukerbergning Meta (avvalgi Fakebook) kompaniyasini sudga berdi. Davo kompaniyaning sobiq khodimasi Frensis Khaugen ko’rsatmalariga asoslangan. Davo arizasi shtatning pensiya kompaniyasi OPERS va Metaning boshqa investorlari tomonidan berilgan. Ular o’zlari ko’rgan zararni 100 mlrd dollarga baholashmoqda.

Davo arizasida kompaniya o’z algoritmlari borasida yolg’on khabar bergani va o’z dasturlari foydalanuvchilarga etkazishi mumkin bo’lgan zararni yashirgani aytilgan. Davogarlarning takidlashicha, kompaniya rahbariyati aksiyalar narkhini oshirish maqsadida o’z dasturlarining “khavfsizligi, himoyalangani va malumotlar makhfiyligini taminlashini” aytib, qimmatbaho qog’ozlar haqidagi qonunni buzgan.

O’zbekistonda

Yurtimizda ham turli sabablarga ko’ra nomlari o’zgargan gigantlar bor. Ularning eng mashhurlari uyali aloqa kompaniyalaridir. Hozirgi UMS qachondir MTS va undan ham oldin “O’zdunrobita” edi. Bilayn foydalanuvchilari orasida hanuz Unitel atamasi uchrab turadi. UKELL esa bir vaqtlar KOSKOM nomi bilan mashhur bo’lgandi.

Abror Zohidov tayyorladi.

Haqqimizda

Яна маълумот

resize

Dunyodagi eng katta aeroport

Istanbulning yangi aeroporti – dunyodagi eng katta aeroport 2018-yil dekabr oyida Turkiyaning Otaturk aeroportidan barcha …