Home / Jamiyat / Bomdod namozi qanday o’qiladi?

Bomdod namozi qanday o’qiladi?

BOMDOD NAMOZI

Bomdod namozi tong otgandan to quyosh chiqqunicha o’qiladi. Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farz, jami to’rt rakatdir. Farz amalni (namozni) ado etgan kishi oxiratda savobga erishadi, uni ado etmagan kishi azoblanadi. Sunnat amalini ado etgan kishi ulkan savobga erishadi.

 

Bomdod namozining ikki rakat sunnati bunday o’qiladi:

  1. «Kabaning bir tarafiga yuzlanib shu vaqt bomdod namozining ikki rakat sunnatini xolis Alloh taolo uchun o’qishni niyat qildim», deb ko’ngildan o’tkaziladi (1–2-rasmlar).
  1. «Allohu akbar», deb erkaklar qo’llar kaftini qiblaga qaratib, bosh barmoqlarining uchini quloqlarining yumshoq joyiga tekkizishadi (3-rasm), ayollar qo’llarini elka barobarida ko’taradilar (4-rasm).
  1. Erkaklar qo’llarini bog’lab, o’ng qo’l kaftini chap qo’l kafti ustiga qo’yib, o’ng qo’lning bosh va kichik barmoqlari bilan chap qo’l bilagini ushlab kindik ostida tutishadi (5-rasm). Ayollar o’ng qo’lni chap qo’l ustida tutib, qo’llarini ko’krakda tutishadi (6-rasm). Bu hol «qiyom» deyiladi. (Qiyomda (tik turgan holda) sajda qilinadigan joyga qarab turiladi).

Qo’llar bog’langach, ichda o’zi eshitadigan darajada sano o’qiladi: Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va taala jadduka va la ilaha g’oyruk.

Manosi: «Yo Alloh! Senga hamd aytib barcha ayblardan pokligingni yod etaman. Isming ulug’dir. Ulug’liging hamma ulug’lardan ulug’dir. Sendan o’zga iloh yo’qdir».

Sanodan so’ng ichida «Auzu billahi minash shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym», deyiladi va Fotiha surasi o’qiladi.

FOTIHA SURASI

Alhamdu lillahi robbil alamiyn. Ar-rohmanir rohiym. Maliki yavmiddiyn. Iyyaka nabudu va iyyaka nastaiyn. Ihdinas sirotol mustaqiym. Sirotollaziyna an­amta alayhim. G’oyril mag’zubi alayhim valaz-zolliyn. (Fotiha surasidan keyin ovoz chiqarilmasdan “Amiyn” deyilishi kerak.

Manosi: «Hamd olamlarning Rabbi – Allohgakim, (U) Mehribon, Rahmli va jazo (va mukofot) kunining (qiyomat kunining) egasidir. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so’raymiz. Bizni shunday to’g’ri yo’lga yo’llaginki, u Sen inom etgan zotlarning yo’li (hidoyat yo’li) bo’lsin, g’azabga uchragan va adashganlarning emas!»

Fotiha surasidan so’ng bir (zam) sura o’qiladi. (Zam – qo’shimcha).

KAVSAR SURASI

Inna atoynakal-kavsar. Fasolli lirobbika vanhar. Inna shaani aka huval abtar.

Manosi: «(Ey Muhammad!) Albatta, Biz Sizga Kavsarni ato etdik. Bas, Rabbingiz uchun (besh vaqt yoki Qurbon hayiti uchun) namoz o’qing va (tuya) so’yib qurbonlik qiling! Albatta, g’animingizning o’zi (barcha yaxshi­liklardan) mahrumdir».

(Kavsar – jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomiUning suvi asaldan totliqor va suvdan oqUndan ichgan kishi abadiy chanqamaydi.)

 

  1. Zam sura tugagach, «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Yani erkaklar egilib tirsak­lari va tizzalarini bukmasdan, barmoqlarini ochgan holda, tizzalarini mahkam changallab orqalarini tekis qilib turadilar (7-rasm). Ayollar salgina egiladilar. Tizzalarini biroz bukadilar. Barmoqlarini jamlab tizzalarini tutadilar (8-rasm).

Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym» (Ulug’ Rabbim barcha nuqsonlardan pokdir), deyiladi.

  1. Rukudan «Samiallohu liman hamidah» (Alloh hamd aytganlarning hamdini eshitadi), deb qad rostlanadi, bu holat «qavma» deyiladi.

Qavma holida: «Robbana lakal hamd» (Ey Rabbimiz, barcha hamd Sengadir), deyiladi (9 –10-rasmlar).

  1. So’ng sajdaga borishda «Allohu akbar» degan holda qadni bukmay, tizzalar erga tekkiziladi va qo’llar, so’ng peshona va burun erga tekkiziladi, sajda qilinadi. Qo’llar barmog’i jipslashtirilib quloqqa yaqin qo’­yiladi. Sajda qilinayotganda oyoq panjalari erdan ko’tarilmaydi, qiblaga qaratiladi, erkaklar tirsaklarini erga, qorinlarini soniga tekkizmaydi. Sajdada burun yumshoqlariga qaraladi (11-rasm). Ayollar tirsaklarini erga tekkizadi (12-rasm). Sajdada uch marta tasbeh: «Subhana robbiyal ala» (Ulug’ Rab­bim barcha nuqsonlardan pokdir), deyiladi.
  1. Uch marta tasbeh aytilgach, «Allohu akbar» deb sajdadan boshni ko’tarib cho’kka: chap oyoqni to’shab o’ng oyoq panjasini qiblaga qaratib o’tiriladi, bu holat «jalsa» deyiladi (13–14-rasmlar). Jalsada qo’llar, barmoqlar uchi tizzada bo’lib, jipslashtirilmay songa qo’yiladi.

Erkaklar chap oyoqlari ustiga o’tirib, o’ng oyoq panjalarini qiblaga qaratadi (15-rasm). Ayollar oyoqlarini o’ng tarafdan chiqarib o’tiradilar (16-rasm).

  1. Biroz o’tirilgach, yana «Allohu akbar», deb ikkinchi marta sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhona robbiyal ala», deyiladi (17–18-rasmlar).
  2. Uch marta tasbeh aytgach, ikkinchi rakatga «Allohu akbar», deb turiladi (19–20-rasmlar). Turishda avval peshona, so’ng ikki qo’l va okhiri ikki tizza erdan ko’tariladi.
  3. Ikkinchi rakatga turganda, ichida «Bismillahir rohmanir rohiym» aytiladi va Fotiha surasi o’qiladi. Fotiha surasidan so’ng yana bir (zam) sura o’qiladi.
  4. So’ng«Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym», deyiladi (21–22-rasmlar).
  1. Uch marta tasbeh aytilgach, «Samiallohu liman hamidah», deb qad rostlanadi va «Robbana lakal hamd», deyiladi (23–24-rasmlar).
  2. So’ng «Allohu akbar», deya sajdaga boriladi. Sajdada uch marta «Subhana robbiyal ala», deyiladi (25–26-rasmlar).
  1. So’ng «Allohu akbar», deya sajdadan bosh ko’tariladi va cho’kka o’tiriladi (27–28-rasmlar).
  1. Biroz o’tirgach, yana «Allohu akbar», deya ikkinchi sajdaga boriladi. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal ala», deyiladi (29–30-rasmlar).
  1. So’ng «Allohu akbar», deya sajdadan bosh ko’tarilib (31–32-rasmlar) cho’kka o’tiriladi. Bu o’tirish qada deyiladi. Qadada ko’krakka qarab o’tiriladi. Bu qadada tashahhud, salavot va duo o’qiladi:

Haqqimizda

Яна маълумот

O’z vaqtida to’shagni almashtirmaganlarga OGOHLANTIRISh: Siz bu kasalliklarni yuqtirishingiz mumkin

To’shaklar chang, kir bo’lsa, o’lik teri hujayralari, ter, soch va boshqa mayda zarralarni to’playdi. To’shagingizni har …