Home / Jamiyat / Balg’am ko’chirish – xalq tabobati

Balg’am ko’chirish – xalq tabobati

Shu kunlarda shamollash va gripp bilan og’riganlar ko’p. Tumov, ayniqsa, iztirobli yo’tal ko’pchilikni tashvishga qo’yadi. Axir kezi kelganida eng qimmat dori vositasi ham dardni engillashtira olmasligi mumkin. Xo’sh, bunday paytda maqul chora nima? Quyida sizni balg’am ajralishini engillashtiruvchi usullar bilan tanishtiramiz.

vydelenie-mokroty-v-gorle-s-chem-svyazano-i-chto-delat-fa1506973552

Mutaxassis – Sanobar XOLMIRZAEVA shifokor – terapevt.

Shirinmiya damlamasi:

Bu o’simlik halq tabobatida quruq yutal, yutinganda tomoqda og’riq bo’lishi, o’tkir va surunkali tonzillitga davo hisoblanadi. Shirinmiya o’simligining balg’am ko’chiruvchi xususiyati ham bor.

10 g. shirinmiya o’simligining ildiz tomirini 200 ml. qaynoq suvda damlab, 20 daqiqa bug’li vannada ushlab turasiz. So’ng 1-2 soat davomida damlama tindiriladi. Dokadan o’tkazilgan damlama 1 osh qoshiqdan, kuniga 4-5 mahal qabul qilinsa, balg’am ajralishi engillashadi.

Rayhonli choy:

Yarim litrli choynakka 1 osh qoshiq miqdorida qora yoki ko’k choy, 7-10 dona rayhon (quritilgani bo’lsa yarim choy qoshiqda) bargi solinib, ustidan qaynoq suv quyiladi. 5 daqiqa tindirilgach, choyni ichish mumkin. Rayhonli choy balg’am ajralishini osonlashtirishi bilan birga, og’iz bo’shlig’i bakteriyalari bilan ham kurashadi.

Arpabodiyon moyi:

Arpabodiyon nafas yo’llari kasalliklarini davolashda keng qo’llaniladi. Uning mevasi tarkibidagi anetol moddasi, bronxlar shilliq qavatini rag’batlantiradi va nafas azolari funksiyasini kuchaytiradi. Arpabodiyon moyi loringit, traxeitda buyuriladi. U balg’am ko’chishini osonlashtiradi. Bronxitda 1 osh qoshiq iliq suvga 2-3 tomchi arpabodiyon moyini tomizilib, har 4-5 soatda ichib turilishi lozim.

Tuyatovon haqida eshitganmisiz?

Mazkur o’simlik bargida glikozid (organik birikma) mavjud. U nafas yo’llariga ijobiy tasir ko’rsatadi. Xalq tabobatida tuyatovon yallig’lanishga qarshi balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Damlamani tayyorlash uchun 5 g. quritilgan tuyatovon bargi olinadi va ustidan bir stakan qaynoq suv quyiladi. 15 daqiqa tindirilgach, dokadan o’tkazib olish mumkin. Damlama kuniga 4 mahal, bir osh qoshiq ichib turiladi.

Behi urug’i:

Behi urug’i, shirasi bilan birga yarim stakan suvga solinadi va o’rta olovda qaynatiladi. Qaynatma elimdek yopishqoq ko’rinishga kelguniga qadar olovda ushlanadi. Tayyor qaynatmani 1 choy qoshiqdan, kun davomida 4-5 mahal qabul qilish, balg’am ajralishini engillashtiradi, nafas yo’llari spazmdan khalos qiladi.

Bargizub shifo!

1 osh qoshiq miqdoridagi bargizub o’simligni 1 stakan qaynoq suvda damlab, 15 daqiqa tindirib qo’yasiz. So’ng dokadan o’tkazib olib, kuniga 2-3 mahal 2 osh qoshiqdan qabul qilish mumkin.

Anjir qoqi eysizmi?

Abu Ali ibn Sino balg’am ko’chishini osonlashtirish uchun anjir mevasini eyishni, yo’talni qoldirishda esa uni sutda qaynatib ichishni aytib o’tgan. Qish kunlarida anjir qoqsidan foydalanib, yo’talni engillashtiruvchi qaynatma tayyorlash mumkin. Buning uchun 100 g. anjir qoqsiga 2 stakan sutni quyib, past olovda 15 daqiqa qaynatasiz. Qaynatma 40 daqiqa tindiriladi. Qoqli qaynatmayarim stakandan, kuniga 2-3 mahal, ovqatlanishdan oldin ichiladi.

Aloe sharbati:

Limon va aloe sharbatiga asalni aralashtirib ichish, kuchli shamollashga davodir. Shifobakhsh aralashmani tayyorlashda teng miqdorda asal, brusnika mevasi, limon va aloe sharbati kerak bo’ladi. Masalliqlar sirli idishga solinib, 6-8 soat davomida tindirib qo’yiladi. Aralashma tayyor bo’lgach, kuniga 3-4 mahal, 1 osh qoshiqdan qabul qilinadi.

Marmarak – shamollashdan xalos etadi!

Eng yaxshi balg’am ko’chiruvchi vosita bu – marmarakdir. Tomoq og’rishi endi – endi boshlanayotganida marmarak o’simligidan damlama tayyorlanib ichilsa, infeksiyalar hujumi kamayadi. Bezovtalik paytida muntazam qabul qilinsa, balg’am «pishadi» va oson ajraladi.

Haqqimizda

Яна маълумот

O’z vaqtida to’shagni almashtirmaganlarga OGOHLANTIRISh: Siz bu kasalliklarni yuqtirishingiz mumkin

To’shaklar chang, kir bo’lsa, o’lik teri hujayralari, ter, soch va boshqa mayda zarralarni to’playdi. To’shagingizni har …