Home / Madaniyat / BURUN QONAShI SABABLARI, davosi

BURUN QONAShI SABABLARI, davosi

BURUN QONAShI SABABLARI: Burun qonashi— burun bo’shlig’idan qon kelishi. Burunning lat eyishi yoki shilliq pardasining zararlanishi (tirnalishi, shilinishi, burunni kovlash), organizmning umumiy, asosan, yuqumli kasalliklari (masalan, gripp) Burun qonashiga sabab bo’ladi. Yurak, buyrak, jigar, qon yaratuvchi azolar kasallanganda, qon bosimi oshganda ham burun qonaydi. Bazan atmosfera bosimi, havo harorati va namligi o’zgarganda, shilliq pardaga muntazam kimyoviy moddalar tasir etganda, shuningdek jazirama issiq kunlarda ham Burun qonashi kuzatiladi. Burun qonaganda qon tashkariga chiqmay, bazan halqumga qarab oqishi va burni qonayotgan kishi uni bilmay yutib yuborishi ham mumkin.

fauzx

Bunda birdan qon qusish burun qonayotganining aniq belgisi hisoblanadi. Bazan qizilo’ngach yoki medadan kelayotgan qon ham burundan qon ketishiga sabab bo’ladi. Burun qonaganda boshni baland qilib yotqizish, burun katagiga vodorod peroksid shimdirilgan paxta yoki doka tiqin qo’yish, iloji boricha qonni to’xtatish chorasini ko’rish lozim. Muzdek suvga latta ho’llab qansharga bosish, to’xtayvermasa ensaga muz solingan xalta qo’yish, bular yordam bermasa vrach chaqirish kerak. Botbot Burun qonashi biror kasallik alomati bo’lishi mumkin, bunday hollarda, albatta tibbiy tekshiruvdan o’tish zarur.

Burun qonaganda birinchi yordam: Burun-nafas olish sistemasini boshlanishi bo’lib,u jarohat, bosh miyada haroratni ortishi, qon bosimini ortishi, oftob ötishi va boshqa bir qancha sabablarga ko’ra qonashi mumkin. Burundan qon ketgan hech qachon boshni yuqoriga ko’tarmang, bu qon ichga: nafas olish yoki ovqat hazm qilish azolariga oqishi va qon ichki azolarda qotib qolib, yalliglanishga, emirilishga olib kelishi mumkin. Shu uchun, burun qonaganda, bosh pastga qaratib qon biron narsaga yoki kaftga tomishini taminlang. Shu tarzda sovuq suv oldiga darhol boring va burunni chaying, bu hol qon to’xtaguncha yoki oqishi kamayguncha davom etsin. Iloji bo’lsa burunni tashqi tomoniga muz qo’yib, ushlab turing. Agar burundan qon oqishi surunkali tus olsa, doktorga murojat eting.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …