Home / Madaniyat / Yalpiz foydasi

Yalpiz foydasi

myata-perechnaya-pri-kashle-300x195Yalpiz (myata)li malham. Beldagi og’riq, yallig’lanish, shishni yo’qotishga, mushaklarni rag’batlantirishga va tinchlantirishga yordam beradi.

Kuchli og’riqni yo’qotish uchun 2 choy qoshiq yalpizning ustidan 1 stakan qaynoq suv quyib, 15-20 daqiqa dam ediring. Damlamaga ip gazlamani namlab, og’riyotgan joyga qo’ying. Ustiga klyonka yopib, 25-30 daqiqaga issiq belbog’ bilan o’rab qo’ying.

Yalpiz tarkibi efir moylari, organik kislotalar, flavonoidlar, karotin, glyukoza, rutin, S darmondorisi va yana bir qator foydali moddalarga boy.
Uning er ustki qismidan tayyorlangan qaynatmasi tish og’rig’i, og’iz karashi, milk yallig’lanishini davolash uchun tavsiya qilinadi. Yalpiz qaynatmasiga qand qo’shib tayyorlangan qiyomi quyonchiq xastaligiga, o’simlik shirasi esa shaqiqa va sariq kasaliga qarshi juda foydali. Yalpiz ko’krakni yumshatib, balg’amni ko’chiradi. Nafas yo’li kasalliklarini oldini olishda keng qo’llanadi.
Yalpizdan qaynatma tayyorlash uchun 5-20 gramm yalpiz yaprog’i 200 gramm suvda 15 daqiqa qaynatiladi. So’ng doka orqali sizdirib, sharbati kuniga 2 mahal ovqatdan oldin ichiladi.
Yalpizli surtma malham shish va og’riqdan holi qiluvchi vositadir. Buning uchun 200 gramm miqdorida yalpiz gulidan olib, shisha idishga solinadi va unga 400 gramm zaytun yog’i qo’shiladi. Idish og’zi oq mum bilan zichlab berkitiladi. So’ng uni 40 kun quyosh kuri tushib turadigan joyga qo’yiladi.
Yalpiz choy bir qancha kasalliklarni davolashda qo’llanadi. Gipertoniya, ateroskleroz, stenokardiya, nevroz, uyqusizlik, oshqozon va ichak kasalliklarida yalpiz choy foydalidir. Shuningdek, asablarni tinchlantirib, bosh og’rig’ini qoldiradi.

Ertalab ichilgan bir piyola yalpiz choy kun davomida insonga tetiklik bag’ishlaydi. Uyqudan oldin ichilsa charchoqlarni yozib, yaxshi dam olishni taminlaydi. Yalpiz tarkibidagi mentol moddasi arterial qon bosimini tushirishda yordam beradi. Turli ichak kasalliklarida, shamollash va grippni davolashda ham yalpiz choyning foydasi ko’p. Tibbiyotda yalpiz barglaridan asab tizimini tinchlantirishda bir qator dori vositalari tayyorlanadi.

Ibn Sino yalpiz bilan ichak og’riqlarini davolagan. U yalpizni ovqat hazm bo’lishini yaxshilovchi, gijja haydovchi, qon to’xtatuvchi, qayt qilishni qoldiruvchi vosita sifatida tavsiya etgan. Xalq tabobati amaliyotida yalpizli qaynatma istisqo, qo’tir, bod, sariq, shirincha, shamollash, yo’tal va boshqa kasalliklarni davolashda yaxshi foyda berishi aniqlangan. Yalpizdan bahorda ko’katli somsa, manti, chuchvara va boshqa taomlar tayyorlanishi inson salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …