Home / Jahon / Abu Ali ibn Sino haqida malumot

Abu Ali ibn Sino haqida malumot

93f06ce76c73325478fa69cc773a1145

Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o’rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri — Abu Ali ibn Sino bo’lib, u Ovro’poda Avisenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog’ida, hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaddor oilasida tug’ildi. 986 yilda ibn Sino oilasi Buxoroga ko’chib keladi va shu vaktdan boshlab yosh Husayn boshlang’ich malumot olishga, ilm-fanni o’rganishga kirishadi. Uning yoshligi, yigitlik chog’lari Somoniylar hukmronligining so’nggi yillariga, xususan, Nuh II ibn Mansur Somoniy xukmronligi davri (976-997) ga to’g’ri keladi.
Ibn Sino istedodli, xotirasi kuchli, zehri o’tkir bo’lganligidan o’z davrida malum bo’lgan ilmlarni tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayoq quroni karimni boshdan-oyoq yod o’qir edi, 13 yoshlaridan boshlang’ich matematika, mantiq, fix, falsafa ilmlari bilan shug’ullana boshlaydi. Ibn Sino yosh bo’lishiga qaramay, Abu Abdulloh Notiliy rahbarligida falsafani, Hasan ibn Nuh al-qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o’rganadi, asta-sekin tabiblik bilan ham shug’ullanadi.

U o’zidan avval o’tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o’rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel, Evklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham qunt bilan o’rgandi. 16-17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib — hakim bo’lib tanildi. 999 yilda Buxoro qoraxoniylar tomonidan zabt etilgach, Somoniylar hokimiyati inqirozga uchradi. 1000 yilda ibn Sino Buxorodan chiqib ketdi va madaniyat markazlaridan biri hisoblangan Xorazmga bordi, u erda Xorazm hokimi Ali ibn Mamun saroyidagi olimlarni birlashtirgan o’z zamonasining akademiyasiga qabul qilindi.

Ibn Sino Beruniy, ibn Miskavayh, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr Hammor, Abu Nasr ibn Iroq kabi etuk olimlar bilan yaqindan tanishdi. Lekin bu davrda kuchayib borayotgan Mahmud G’aznaviyning taqibidan qochib, Xorazmni tashlab ketishga va Xuroson, Eronning turli shaharlarida sarson-sargardonliqda yurishga majbur bo’ldi. Abivard, Tue, Nishopur shaharlari orqali Jurjon shahriga kelgan ibn Sino hokim qobus ibn Vashmgir saroyida mashhur tabib sifatida yashadi, bo’lajak shogirdi Juzjoniy bilan tanishdi.

1019-21 yillarda Hamadonda vazir lavozimida xizmat qilarkan, hokim bilan kelisha olmay, 4 oy qamoqda yotib chiqdi. 1023 yilda Isfahonga qochdi va butun umrini ilmiy asarlar yozishga bag’ishladi. Ibn Sinoning «Kitob al-qonun fit-tibb», «Kitob un-najot», «Kitob ul-insof» kabi mashhur asarlari, geometriya, astronomiya, o’simlik, hayvonot olami, mantiqqa oid risolalari, «Hayy ibn Yaqzon» falsafiy qissasi so’nggi yillarda yozilgan. U Isfahonda rasadxona qurish bilan mashg’ul bo’ldi. Umrining so’nggi yillarida feodal urushlar kuchayib ketganligi, ijtimoiy-siyosiy hayotda o’zi ham faol qatnashganligi tufayli u Isfahon, Ray, Hamadon shaharlari orasida sarson-sargardonliqda yurib, 1037 yil 18 iyunda Isfahon shahrida 57 yoshida qulunj kasalligidan vafot etdi.
Ibn Sinoning hayot yo’li o’zi yozgan tarjimai holi va shogirdi Juzjoniy tomonidan qoldirilgan manbalardan malum. Ibn Sinoning ilmiy qiziqishlari, dunyoqarashining shakllanishida qadimgi Sharq madaniyati, yunon ilmi, falsafasi, Markaziy Osiyo xalqlarining mustaqillik uchun olib borgan kurashlari muhim rol o’ynadi. Ibn Sino tarjimai holida Forobiyning «Metafizika maqsadlari», «Fusus ul-hikam» kabi muhim risolalarini qunt bilan o’rganganligi, ulardan keng foydalanganligini takidlab o’tadi.
Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari etib kelgan, xolos. Ko’p risolalari shaharma-shahar ko’chib yurish, feodal urushlari, saroy to’polonlari, turli falokatlar tufayli yo’qolib ketgan. Ko’p manbalarda ibn Sino avvalo tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biridir.

Ibn Sino asarlarining asosiy qismi Yaqin va O’rta Sharqning o’sha davr ilmiy tili hisoblangan arab tilida, bazilari fors tilida yozilgan. Uning bizga malum bo’lgan katta asari «Kitob ush-shifo» («Shifo kitobi») 22 jidpdan iborat bo’lib, 4 ta katta bo’limini mantiq, fizika, matematika, metafizikaga doyr masalalar egallagan. Uning ayrim qismlari lotin tiliga, Ovro’podagi boshqa tillarga, sharq tillariga, shuningdek, rus, o’zbek tillariga tarjima qilingan. 20 jilddan iborat bo’lgan «Kitob ul-insof» («Insof kitobi») bizgacha etib kelmagan, chunki Isfahondagi yong’inda yo’qolgan. «Kitob un-najot» («Najot kitobi») 4 katta qismdan — mantiq, fizika, matematika, metafizikadan iborat, «Kitob lison ul-arab» («Arab tili kitobi») 10 jildni tashil etadi. «Donishnoma» fors tilida yozilgan bo’lib, 4 qismni — mantiq, fizika, matematika, metafizikani o’z ichiga oladi (Rus tiliga tarjima etilgan, bir qismi o’zbek tilida bosilgan).
Ibn Sino asarlari O’rta asrlarda Ovro’poda ilmiy til hisoblangan lotin tiliga, u orqali Ovro’poning boshqa tillariga tarjima etilgan. Ibn Sino ilmiy risolalardan tashqari, chuqur falsafiy mazmunli badiiy obrazlar va malum voqealar orqali ifoda etuvchi «Tayr qissasi», «Salomon va Ibsol», «Hayy ibn Yaqzon» kabi falsafiy qissalar yaratgan.
Ibn Sino zamonasining etuk shoiri ham bo’lgan. U Sharq, xususan, fors poeziyasida ruboiy janrining asoschilaridan biri bo’lib, ruboiylari o’zida chuqur falsafiy xulosalarni ifodalaydi. Ibn Sino arabcha qitalar ham yozgan (Uning sheriy merosi qisman rus va uzbek tillarida nashr etilgan). Ibn Sino tabobat masalalarini ommabop holda nazm bilan izohlovchi «Urjuza» nomli tibbiy asar yaratdi. Uning Aristotel (Arastu) talimoti xususida Abu Rayhon Beruniy bilan va o’zining shogirdi — ozarbayjonlik mutafakkir Baxmanyor bilan yozishmalari fan olamida mashhur. Ayniqsa, tabo¬bat, u bilan bog’liq holda anatomiya, psixologiya, farmakologiya, terapiya, xirurgiya, diagnostika, gigiena kabi ilmlar ibn Sino ijodida bir qancha yangi ixtirolar bilan boyidi va yangi bosqichga ko’tarildi. Bulardan tashqari, kimyo, mineralogiya, astronomiya, ma-tematika, o’simlik dunyosi, geologik jarayonlarni o’rganish sohasida ham u yangi-yangi fikrlarni olg’a sura oldi.

Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asarlaridan «Kitob al-qonun fit-tibb» («Tib qonunlari»), «Kitob ul-qulanj» («Ichak sanchiqlari»), «Kitob un-nabz» («Tomir ko’rish haqida kitob»), «Fuj ul-tibbiya joria fi majlisih» («Tib haqida hikmatli so’zlar»), «Tadbir ul-manzil» («Turar joyning tuzilishi»), «Fil-hindubo» («Sachratqi o’simligi haqida»), «Risola fi-dastur it-tibbiy» («Tibbiy ko’rsatmalar haqida») kabi asarlari mavjud. Uning tibbiyotga oid qomusiy asari «Kitob al-qonun fit-tibb» 5 mustaqil katta asardan tarkib topgan: ularning har biri malum sohani izchil, har tomonlama yoritib beradi.
Birinchi kitobda tibbiyotning nazariy asoslari, uning predmeta, vazifalari, bo’lim va metodlari, kasallikning kelib chiqish sabablari, belgilari, sog’liqni saqlash yo’llari, kishi anatomiyasi haqida mazmundor, aniqligi bilan kishini taajjubda qoldiruvchi qisqacha ocherk, sog’liqni qanday saqlash kerakligi haqidagi talimot (keyinchalik gigiena deb nomlangan) bayon etiladi.

«Qonun»ning bu kitobini hozirgi zamon ichki kasalliklar propedevtikasi darsligiga tenglashtirish mumkin.
«Qonun»ning oddiy dorilarga bag’ishlangan ikkinchi kitobida 800 ga yaqin dorining xususiyatlari, ularni tayyorlash va istemol qilish usullari bayon etilgan. Ibn Sino simob, uning birikmalarini dori qilib ishlatishni birinchi bo’lib tavsiya etadi, sharobni quvvatga kirituvchi, jarohatlarni tozalovchi dori sifatida ishlatadi.
Uchinchi kitobda ayrim organlar (hatto soch, tirnoqlar)ning kasalliklari, ularni davolash usullari bayon etiladi, uni maxsus patologiya darsligi deb atasa ham bo’ladi. Bu kitobda bosh miya, nerv, ko’z, quloq, burun, tomoq, qorin, tish, yurak, jigar, buyrak kasalliklari batafsil tahlil qilinadi.
«Qonun»ning to’rtinchi kitobi organizmning umumiy kasalliklariga bag’ishlangan. Unda isitmalar, o’smalar, ularning sababi, xirurgik kasalliklar (suyak sinishi, chiqishi, jarohatlanish) va ularni davolash usullari, har khil dorilardan zaharlanish va bunda ko’riladigan choralar to’g’risida malumot beriladi. Chechak, kizamiq, moxov, toun, vabo va boshqa yuqumli kasalliklar tafsir etiladi.
«Qonun»ning beshinchi kitobida murakkab dorilarning organizmga tasiri, ularni tayyorlash, istemol qilish usullari bayon qilingan. Bu kitob dorishunoslik ilmiga — farmakologiyaga bag’ishlangan.
Tibbiyotning asosiy vazifasi, uning tabiricha, «inson sog’lig’ini saqlash, agar kasallik paydo bo’lgan bo’lsa, bu kasallikni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash va ularni yo’qotish orqali sog’liqni tiklashdan iborat». Ibn Sino fikricha, tib ilmida nazariy bilimlar va amaliyot o’zaro bog’liq bo’lishi, bir-biriga asoslanmog’i zarur, aks holda u rivoj tomaydi, o’z maqsadiga erisha olmaydi. «Tib ilmi avvalo ikki qismga — nazariy va amaliy qismlarga bo’linadi…

Nazariya deb ataluvchi qismi tabiblarning fikrlarini ifoda qilib, maxsus amaliya deb ataladigan qismi tadbir va amalning qanday bo’lishi kerakligini o’rgatadi. Tibning amaliy qismi ikkiga bo’linadi. Birinchi qismi sog’lom tanlarning tadbirini bilish bu sog’liqni saqlashga taalluqli bo’lgani uchun sog’liqni saqlash ilmi deb ataladi. Ikkinchi qismi — kasal tanning tadbirini bilish bo’lib, sog’lom holatga qaytarish yo’llarini ko’rsatadi, bu davolash ilmi deb ataladi». Ibn Sino kasallikni o’rganishda obektiv sharoitni har tomonlama bilishga katta ahamiyat berdi, muhitdagi turli tabiiy narsalar, suv, havo orqali kasallik tarqatuvchi ko’zga ko’rinmaydigan «mayda hayvonotlar» haqidagi fikrni olg’a surdi.
«Qonun» 800 yil davomida hakimlar uchun asosiy qo’llanma bo’lib keldi. O’rta asrlarda «qonun» Sharqdagina emas, balki g’arb-mamlakatlarining universitetlarida ham talabalar uchun tibbiyotdan yagona qo’llanma edi.
Ibn Sinoning «Kitob ush-shifo» asarida turli tibbiyot ilmlariga: botanika, geologiya, mineralogiya, astronomiya, matematika, kimyoga oid ko’p malumotlar keltiriladi. Uning tog’larning vujudga kelishi, er yuzasining davrlar o’tishi bilan o’zgarib borishi, zilzilaning sabablari kabi turli jarayonlar haqidagi fikrlari keyinchalik geologiya ilmining mustaqil ravishda rivoj topishiga katta tasir ko’rsatdi. Ayrim joylarning bir vaqtlar dengiz bo’lganligi, shu sababli qattiq qatlamlarda turli dengiz hayvonlarining izlari saqlanib qolganligi haqida ham turli misollar asosida fikr yuritiladi; meteoritlar, vulkanlar haqida malumotlar keltiriladi. Mineralogiya ilmining rivojida ham ibn Sinoning xizmati katta. U minerallarni 4 guruhga ajratadi:

1) toshlar;
2) eriydigan jism (metal)lar;
3) oltingugurtli yonuvchi jismlar;
4) tuzlar.

Kimyoda ham ibn Sino zamonasining bilimlarini umumlashtirishga harakat qilib, turli asarlar yozdi, tajribalar o’tkazdi. Xususan, uning organik kimyo sohasidagi fikrlari keyingi davr mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi. U oddiy metallni qimmatli metallga aylantirish ustida fikr yurituvchi alximiklarni tanqid qildi. Ibn Sino astronomiya sohasida Ptolemeyning geosentrik nazariyasidan tashqariga chiqmagan bo’lsa-da, tabiiy hodisalar-ning ichki sababiy bog’lanishini aniqlashga harakat qildi, inson hayoti va ijtimoiy hodisalarni osmon jismlari harakati, holatiga bog’lovchi astrologiyaga shubha bilan qaradi, turli tajribalar o’tkazish uchun yangi astronomik asbob yaratish, botanikada turli o’simliklarning tabiiy khususiyatlarini o’rganish, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ish olib bordi.
Ibn Sino dunyoqarashi Forobiy asarlari tasirida shakllandi, u ijtimoiy-falsafiy masalalarda Forobiy qarashlarini davom ettirdi, ilg’or falsafiy oqimni yangi tabiiy-ilmiy fikrlar bilan boyitib sistemalashtirdi va yangi bosqichga ko’tardi. Ibn Sino fikricha, falsafaning vazifasiga mavjudotni — barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, o’zaro munosabati, biridan ikkinchisiga o’tishini har tomonlama tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat prinsiplarini asos qilib oldi. Olam — barcha mavjud narsalar ikkiga bo’linadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin).

Zaruriy vujud hech narsaga bog’liq bo’lmagan bir butunlikni tashkil etib, u eng irodali, qudratli, dono Tangridyr. qolgan hamma narsalar imkoniy tarzda mavjud bo’lib, zaruriy vujud — Tangridan kelib chiqadi. Vujudi vojib va vujudi mumkin — sabab va oqibat munosabatidadir. Bu jarayon emanasiya tarzida, yani quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklidagi mavjud bo’lgan aql, jon (nafs) va jism, ular bilan bog’liq holda osmon sferalari kelib chiqadi, mavjud narsalarga aylanadi. Bular hammasi substansiya (javhar)dir. Bundan tashqari borliqda aksidensiya (obraz) — narsalarning belgilari, rang, hajmi, hidi va boshqa hislari mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati bo’lmish materiya ham abadiydir. Uning o’zi boshqa konkret jismlarning asosidir. Narsalarning konkret ko’rinishlari, shakllari o’zgaradi, lekin ularning moddiy asosi yo’qolmaydi. Materiya doim vujudga kelishi mumkin bo’lgan narsalardan avval mavjud bo’lib, bu narsalar ularni tashkil etuvchi materiyaga muhtojdir. Materiyaning eng sodda, bo’laklarga bo’linmaydigan shakli to’rt unsur: havo, olov, suv, tuprokdan iborat. Ularning turlicha o’zaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar o’zgarib, turli shakllarga ega bo’lishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi bo’lgan to’rt unsur yo’qolmaydi, abadiy saqlanadi. Uning fikricha, avval tog’-toshlar, so’ng o’simlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida inson vujudga kelgan. Ig’son boshqa barcha hayvonot olamidan so’zi, tili va aqli, tafakkur qilishi bilan farq qiladi.
Real hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shug’ullanish insongagina xosdir. Ibn Sino «Risolatun fi taqsim al-mavjudot» asaida butun borliqni tarkibiy qismlarga bo’lib, birma-bir sanaydi va ularga tarif berib o’tadi. Vujudi vojib, vujudi mumkin, substansiya, aksidensiya, materiya, shakl, aql, unsur, jism, quvvat, sezish, mineral, hayvon, nutq, lison kabi kategoriyalar bu risolada qisqacha tariflanadi.
Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. «Sezish,— deb yozgan u,— bu shunday tasirki, u tashqi nar¬salarning o’zi bo’lmay, balki bizning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazning oynasi bo’lib, moddiy shakllarning bo’yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli, ularni inson moddiy asossiz inikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi».
Inson aqli turli fanlarni o’rganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. Bunda, xususan, u mantiq ilmiga katta etibor beradi. Aql har qanday bilishning va amaliy faoliyatning mezoni sifatida talqin etiladi. «(Aql) tarozisida o’lchanmagan har qanday bilim,— deb yozadi ibn Sino,— chin bo’lolmaydi, demak, u haqiqiy bilim emas». O’rta asrda Yaqin va O’rta Sharq, jumladan, Markaziy Osiyo falsafasida aql nazariyasi juda muhim o’rin egallaydi.

Ibn Sino ijodida fanning strukturasini tekshirish, ilmlarning tartibini aniqlash, ularni tasnif qilishga etibor alohida o’rin egallaydi. Bu masalada ham olim Forobiy boshlab bergan fanar tasnifi haqidagi masalani yanada taraqqiy ettirishga harakat qiladi. Ibn Sinoning falsafiy sistemasini ifodalovchi asarlarida («Kitob ush-shifo»,

«Kitob un-najot», «Donishnoma») falsafiy bilimlar: mantiq, fizika, matematika, metafizika tartibida beriladi. Bulardan mantiq — bilishning metodi, mavjudotni o’rganish, u haqda fikr yuritishning ilmiy usuli sifatida talqin etiladi. «Mantiq,— deb yozadi ibn Sino,— insonga shunday bir qoida beradiki, bu qoida yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi». Mantiq yordamida inson haqiqiy bilimni yolg’ondan ajratadi va nomalum narsalarni o’rganadi. U mantiq ilmini tadqiq etishga katta etibor beradi, unga maxsus risolalar bag’ishlaydi. Xususan, u mantiqiy usullar, tariflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini o’rganishga katta hissa qo’shdi, mantiq fanini Forobiydan so’ng bilishning to’g’ri metodi sifatida rivojlantirdi. Mantiqdan tashqari barcha qolgan ilmlarni ibn Sino tabiat va ijtimoiy hodisalar haqidagi ilmlar sifatida o’zining «Aqsom ul-ulum ul-aqliya» («Aqliy bilimlar tasnifi») asarida alohida-alohida sanab, tarif berib o’tadi. Ibn Sino falsafiy ilmlarni avvalo ikkiga bo’ladi: nazariy va amaliy ilmlar.
Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Falsafaning nazariy qismi uchga bo’linadi:

1) quyi darajadagi ilm, yani tabiatshunoslik;
2) o’rta darajadagi ilm — matematika;
3) oliy darajadagi ilm — metafizika. Falsafaning amaliy qismi ham uchga bo’linadi:
a) shaxs haqidagi ilm;
b) insonning o’zaro munosabatlari haqidagi ilm;
v) davlatni, mamlakatni boshqarish haqidagi ilm.

Nazariy-falsafiy ilmlarga kiruvchi har uch turdagi ilmlar asosiy va yordamchi bo’laklarga ajraladi; tabiatshunoslik ilmlari astrologiya, medisina, alkimyo kabi etti khil tarmoqni o’z ichiga oladi. Matematika esa arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa nomi bilan 4 tarmoqqa bo’linadi. Asarda 29 ilm tarmog’i tilga olinadi.
Ibn Sino o’z dunyoqarashida panteistik prinsipga asoslanadi: Tangri va borliq bir-biriga zid, bir-birini inkor etuvchi narsalar emas, aksincha, ular bir butun holda mavjudotni tashkil etadi. Abadiylik Tangriga xos. Tangri va tabiat malum pog’onalar yordamida bog’lanadi. Uzun va yaxlit zanjirning bir tomonida yaratuvchi Tangri — zaruriy vujud, ikkinchi chekkasida tabiat yotadi.
Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar o’zaro yordam asosida yashashlari kerak deb takidlaydi. Jamiyat kishilarning o’zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini takidlaydi. Jamiyat azolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi, basharti podshoning o’zi adolatsizlikka yo’l qo’ysa, xalqning unga qarshi qo’zg’oloni to’g’ri va jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanmog’i lozim.
Ibn Sino o’zining ko’p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol o’ynadi. O’z ijodi, ilmiy faoliyatida ibn Sino Markaziy Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlaridagi yuqori madaniy ko’tarinkilik, madaniy «uyg’onish»ning manaviy yutuqlarini mujassamlashtira oldi, bu bilan butun Sharq va Ovro’podagi marifat, madaniyat taraqqiyotiga katta tasir ko’rsatdi. U o’z davrida Sharq va Ovro’poda «Shayx ur-rais», «Olimlar boshlig’i», «Tabiblar podshohi» kabi eng buyuk nomlarga sazovor bo’ldi. Ibn Sino mashhur murabbiy sifatida Abu Ubayd Jurjoniy, Umar Isfahoniy, Muhammad Sheroziy, Ahmad Masuriy, mashhur Ozarbayjon mutafakkiri Baxmanyor ibn Marzbon, Yusuf Iyloqiy, ajoyib olim va shoir Umar Hayyom kabi shogirdlarini tarbiyaladi. Uyg’onish davri miniatyura va suratlarida ibn Sino mashhur qadimgi yunon olimlari Aristotel, Galen, Gippokrat, Ptolemey, Evklid bilan bir qatorda tasvirlangan. O’simliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan tabiatshunos Karl Lin¬ney doimo yashil bo’lib turuvchi bir o’simlikni ibn Sino sharafiga «Aviseniya» deb atadi.
Ibn Sino asarlari Ovro’poda XII asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilina boshladi. «Tib qonunlari» asarining o’zi lotinchada 30 martadan ortiq nashr qilindi. «Kitob ush-shifo»ning ko’p bo’limlari, mantiq, musiqa, erning tuzilishi, geologik jarayonlar, metafizikaga oid qismlari ham lotinchada nashr etildi. So’ngti ilmiy tadqiqotlar ibn Sinoning Sharq adabiyotiga ham tasir ko’rsatganligini, chuqur falsafiy mazmunni ifodalovchi ruboiy va falsafiy qissalar janrining taraqqiyotiga turtki berganligini ko’rsatadi. Ibn Sino xalq orasida shu darajada hurmatga sazovor bo’ldiki, u folklor qahramoniga aylanib ketdi. Sharq xalqlarida uning to’g’risida turli hikoya, rivoyatu afsonalar vujudga keldi. Jahon olimlari ibn Sino asarlari, uning faoliyati to’g’risida ko’pdan beri ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradilar. Hozirda jahondagi deyarli barcha tillarda ibn Sino haqida asarlar yaratilgan.

Haqqimizda

Яна маълумот

resize

Dunyodagi eng katta aeroport

Istanbulning yangi aeroporti – dunyodagi eng katta aeroport 2018-yil dekabr oyida Turkiyaning Otaturk aeroportidan barcha …