Home / Jamiyat / O’t pufagi kasalliklari belgilari uy sharoitida davolash

O’t pufagi kasalliklari belgilari uy sharoitida davolash

Mushtariylar o’t pufak bilan bog’liq kasalliklar haqida batafsil malumot berishimizni so’rashgandi. Aynan ushbu mavzudagi savollarga javob olish maqsadida biz oliy toifali vrach Xolida Ochilovaga murojaat qildik.

—O’t pufagi kasalligining kelib chiqish sabablari nimada?

—O’t pufagi jigar ishlab chiqargan o’t suyuqligi uchun rezervuar hisoblanib, u ovqatlanish vaqtida o’t suyuqligini 12 barmoqli ichakka  haydab berish vazifasini bajaradi. O’t pufagi kasalliklari betartib, pala partish ovqatlanish, yog’li mahsulotlarni ortiq darajada istemol qilish, kam harakatlilik, o’t suyuqligining dimlanishi paydo bo’ladi.  Shuningdek, o’tda o’t yig’ilganidan so’ng, o’t pufagi devorlari taranglashadi va qon aylanishi buziladi, natijada ikkilamchi infeksiya vujudga keladi, organizmda yallig’lanish paydo bo’lishi mumkin.

— O’t pufagi kasalliklarining turlari bormi, ular qaysilar?

—O’t pufagi kasalligi holesistit bo’lib, u o’t pufagining yallig’lanishidir. Uning ikki xil turi bor. O’tkir xollisistit—yallig’lanish jarayoningng boshlanishi va surunkali xollisistit—o’z vaqtida davolanmagan yallig’lanish bora-bora umr davomida surunkali, yani vaqti-vaqti bilan qaytalab turuvchi yallig’lanishga o’tadi, Shuningdek, bu dard toshli va toshsiz xolesistitlarga ajratiladi.

—O’t pufagi kasalliklari asosan necha yoshdagilar orasida uchraydi? Davolash muddati qancha?

—Xolesistit 50 yoshdan oshgan ayollarda ko’proq uchraydi. Bu dard bilan erkaklar ayollarga nisbatan kam kasallanadi. Bolalarda esa kam uchraydi. Kasallikni davolash muddati xolesistit  turiga bog’lik bo’ladi. Masalan: toshsiz xolesistitlar parhezga qatiy  rioya qilish, infeksiyaga qarshi dori vositalari ichish, o’t  suyuqligining dimlanishini bartaraf qilish bilan tez davolanishi mumkin. Toshli xolesistitlar esa ko’p holatlarda jarrohlik yo’li bilan davolanadi.

—O’t pufagi dimlanishining dastlabki belgilari va uni uy sharoitida qanday davolash mumkin.

—O’t pufagi dimlanganligining birinchi belgilari – ovqatlangandan so’ng o’ng qovurg’a ostida og’riq bo’lishi, ko’ngil aynishi, nahorda og’iz bo’shlig’ida taxirlik sezilishi, holsizlik hisoblanadi.

Uy sharoitida parhezga rioya qilish, passiv dyubajni qo’llash, o’t haydovchi dori vositalarini ichish, jo’xori popugi  damlamasini qabul qilish tavsiya etiladi.

Uy sharoitida dyubaj: Buning uchun och qoringa magniy sulfat eritmasi ichiladi.  30 daqiqadan keyin o’ng qovurg’a osti sohasiga issiq qo’yilib, chap yonbosh bilan yotiladi. Yoki mineral suvni ho’plab ho’plab  uyqudan uyg’ongach yotgan joyda  yarim soat davomida ichish lozim bo’ladi. Shuni etiborga olish kerakki, bu davolashda  o’t pufagida toshlar bo’lmasligi kerak, aks holda tosh o’t yo’liga tushib «tana  sariqligi»ni keltirib chiqaradi, og’riq kuchayadi. Bu borada albatta, shifokor mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.

—O’t pufagidagi toshlar ko’proq tuz sababli yig’iladimi yoki yog’danmi?

—O’t toshlari ko’proq yog’li, xolestiringa boy mahsulotlar istemol qilish natijasida hosil bo’ladi.

—O’t pufagi qanday sabablarga ko’ra olib tashlanishi mumkin?

—O’t tosh kasalligi, o’tkir va tez-tez qaytalanuvchi surunkali  toshli xolesistitlarda, o’ng pufagi istisqosida, o’t pufagi flegmona  va o’smasi aniqlangan holatlarda olib tashlanadi.

— O’t pufagi olib tashlangandan so’ng kishi organizmida qanday o’zgarishlar bo’ladi, u nimalarga amal qilishi lozim bo’ladi va jarrohlikdan so’ng o’t pufak faoliyatini qaysi organlar o’z  zimmasiga oladi?

— O’t pufagi olib tashlangach, uning vazifasini jigar bajaradi. O’t pufagi olib tashlangach ovqat hazm qilishda biroz o’zgarishlar kuzatiladi, yani yog’li, hamirli  xolestiringa boy mahsulotlar, quyuq ovqatlarni hazm bo’lishi qiyinlashadi. Shu sababli operasiyadan so’ng 6 oy parhez buyuriladi. Ushbu operasiyani boshidan kechirgan bemorlar tez hazm bo’ladigan taomlar, mevalar, sharbatlarni istemol qilishlari tavsiya etiladi. Shu bilan birga yog’li, hamirli xolestiringa boy, yani qovurilgan hamda  quyuq ovkatlar istemol qilish tavsiya qilinmaydi.

Haqqimizda

Яна маълумот

O’z vaqtida to’shagni almashtirmaganlarga OGOHLANTIRISh: Siz bu kasalliklarni yuqtirishingiz mumkin

To’shaklar chang, kir bo’lsa, o’lik teri hujayralari, ter, soch va boshqa mayda zarralarni to’playdi. To’shagingizni har …