Home / Madaniyat / To’lg’oq tutish belgilari

To’lg’oq tutish belgilari

3ad17_0a05

Odatda, tug’ishga oz qolganda ayolda homiladorlik nihoyasiga etganligini bildiradigan belgilar paydo bo’ladi.

Tug’ruqxonaga vaqtida borish uchun ayol bu belgilarni bilishi lozim. Tug’ishga 2—3 hafta qolganda bachadon tez qo’zg’aladigan bo’lib arzimagan sabab bilan ham qisqarishga tayyor turadi, uning tubi keskin oldinga egiladi, qorin pastga tushadi va ayol engil nafas ola boshlaydi, organizmdan ajralgan suyuqlik hisobiga tana vazni bir qadar engillashadi.

Bu paytda ko’pincha ayollar salga tasirlanadigan, tezda toliqadigan bo’lib qoladi, kayfiyatlari tez-tez o’zgarib turadi, ko’pchilik ayollar beli va qorinning pastki qismi tortib og’rib to’lg’oqqa o’xshash dardni his qiladilar. Ammo bu suet og’riq bo’lib uncha ham sezilmaydi. Elda uni «ushoq dard» deyishadi. Bazan og’riq kuchayib keyin to’xtab qoladi, bazan esa kuchayib borib haqiqiy to’lg’oqqa aylanadi. Tug’ruq yaqin qolganligining muhim belgilaridan biri qindan quyuq, cho’ziluv-chan (ko’pincha qon aralash) shilliq ajralishidir (homilador­lik davomida bachadon bo’yni kanalini to’ldirib turgan shilliq tiqin ajraladi). Qorin pasti, dumg’aza, bel sohasida tarqoq og’riq kuzatiladi.

Tug’ruq nishonasidan ayol cho’chimasligi, aksincha sergaklanishi lozim. Shunday belgilar paydo bo’lganda ayolning biror yoqqa bormay uyda bo’lib turgani maqul, chunki to’lg’oq kuchayib zudlik bilan uni tug’ruqxonaga eltish zarur bo’lib qoladi. Ikkinchi va undan keyingi tutishda tez tug’ib qo’yish hollari ham uchraydi. Shuning uchun homilador ayol tug’ruqxonaga tug’ruqning birinchi belgilari (bachadon muntazam qisqarishi) paydo bo’lishi bilan ozgina bo’lsada qonli belgi yoki suv kelsa, dard tutmasa ham, hatto tutish vaqti hali etmagan bo’lsada zudlik bilan tug’ruqxonaga borgani maqul.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …