Home / Jamiyat / Tabrik so’zlar to’ylar uchun

Tabrik so’zlar to’ylar uchun

To’yda aytiladigan tilaklar.

Zar to’n kiyib belin mahkam bog’lagan,
Kuyovbola tuying muborak bo’lsin.
Qalam qosh-u, o’z yoringga yarashgan,
Qaddi – qomat bo’ying muborak bo’lsin.

Tulin oydek tulgan yoring yuziga,
Bu kecha oqshom tuyib – tuyib boqasan.
Sevgimizdan nishona deb qo’liga,
Yoqut ko’zli tillo uzuk taqasan.

Mahkam quchib yorginangning belidan,
Chimildiqni to’ldirib turlarga boshlaysan.
Bo’sa olib olmadayin yuzidan,
Bor mehringni unga to’kib tashlaysan.

Men ham senga xayrli tunlar tilayman,
Kuyov bola kechang xayrli bo’lsin.
Oydin bo’lsin bosgan qadam joylaring,
Kuyov bola uying nurlarga to’lsin.

3

Assalom suluv kelin salomidan.
Assalom elning shirin kalomidan.
Assalom ulug’ zot ona nomidan.
Assalom o’zbekning issiq nonidan.

Assalom yulduzli yurtim osmoni.
Va sevgi bog’ining ikki niholi.
Assalom karnayning ajib sadosi.
Va ushbu davraning barcha azosi.

Assalom baxtiyor kuyov va kelin.
Sizga hadya etgum porloq baxt yo’lin.
Assalom honanda sozandalarga.
Assalom qo’li gul pazandalarga.

Sizga ham assalom mehribon mezbon.
Mehmonga muntazir bugun dasturxon.

*****

Baxt qasrini qurmoq bo’lsangiz
Omad yo’lga yo’llasin
O’tib ketgan bobolarning
Pok ruxlari qo’llasin

Sizni ko’rib do’stlariyz
Doim havas bilann qarasin
Har qadamda ollox sizni
Yomon ko’zdan asrasin
To’ylariyz muborak bo’lsin.

******

Kelinchak iqboling porlabdi bugun
Ilk bor qadam bosding hayot yo’liga
Muhabbat qo’shig’i aylabdi maftun
Jo’r bo’lgin vafoning kuy ohangiga

Istagim bilmagin xazon faslini
Muhabbat nurlari yorisin yo’ling
Sadoqat durlarin tergin aslini
Saodat sozini yangrasin qo’ling

*****

Ilohim kelin kuyov yashasin inok.
Sevgilari doim bor bulsin.
Ming yil chekib sevgi gashtini.
Biri kampir biri chol bulsin.

Avval boshda kiyn yoshda ham.
Muhabbatda yonsin kuzlari.
Ugillari 4 ta bulsin u.
4 ta bulsin yana kizlari.

*****

Sozanda chal sozingni.
Hofiz jushib kuylasin,
Davrani kengroq oling,
Onajonlar, xolajollar,
xullas hamma uynasin.

*****

Sizga tilagim bitta
farzandiz bo’lsin 11ta
biri yurist biri turist
qolganlari fudbolist
o’rtanchasi injiner mandan ket
sa ketibdi kenjatoyiz millioner.

*****

Assalomu aleykum yaxshilar
qutlug’ qadam kishilar
shodlik tola kongilar
opalaru singilar
uzun qisqa og’alar

amakiyu tog’alar
ammajonlar xolajonlar
ham shumtaka bolajonlar
eson xoja domlar

xursand bolgan bojalar
yigitlaru sho’x qiz
oriqlaru semizlar
menga qarab kulganlar

ham qovog’in solganlarga
tanilarga  oddiylarga
jiddiylar oshnalarga
boshqalarga dugonlar

begonalarga xullaskalom
kimda kim tinglab turgan bo’lsam
o’zbekona lutf ila
assalomu aleykum.

*****

Assalom alekum xonimlar va janoblar aziz mehmonlar. Dobriy  vecher daragi dami i gaspadi. Helo ledizi end jentilmen. Bonju missi bonju madam armislarda kadirminda ayn piritmi insonlar. Assalom alekum duxtoryi aziz nuri dida toji sar Assalomu alekum shodlik to’la ko’ngillar apalaru singillar amakiyu tog’alar katta kichik og’alar xolajonlar amajonlar ham shumtaka bolajonlar eshonxo’ja domlalar mo’ylov qo’ygan bojalar manga qarab kulganlarga ham qovog’in solganlarga tanishlarga, bilishlarga. Oshnalarga qo’shnilarga dugonalarga begonalarga oddiylarga jiddiylarga oxiri hammaga salom

Tabrik suzlar nikoh to’yi uchun.

To’y kuni aytilgan tilakla yaxshi.

Munavvar kalbingiz kuvonchga to’lsin.

Bo’lgaysiz muazzam hayotning naqshi.

Nikoh to’yingiz muborak bo’lsin.

******

Turmishingiz to’yingizdan chiroyli bo’lsin baxtli bo’ling baxtizga ko’z tegmasin.

******

Xudo xoxlasa 9-oyu, 9-kun,  9-soatu,  9-daqiqadan so’ng,  9-raddomni,  9-palatasida, 4.5 kilodan,  9kilo hasan husan farzandlar ko’rishsin.

******

Bu dunyoning oila deb atalmish qasir sari intilgan bugun esa uning ostonasida turgan ikki yoshga baxt saodat quvonch doimo hamroh bo’lsin qalbingizda gina qutratlarga nisbatan muhabbat sevgi ishonch bo’lsin.

******

O’g’lingiz o’xshasin ibn sinoga,
Qizingiz o’xshasin zebinisoga,
O’zingiz o’xshang Tohir Zuhroga,
Tangrim etkazsin sizlarni ham Makka tilloga.

To’yga tabrik so’zlar.

Bugun ikki yoshning baxt oqshomida yor yor sadolari yangrasin doim go’zal katta hayot ostonasida hayotingiz nurga to’lsin ilohim pok niyat oq ko’ngil oq libos kiygan qadamlari qutlug’ kelin muborak albqomat bir so’zli yorini sevgan beliga belbog’li kuyov muborak duoga qo’l oching buvijonlarim ikki yoshning hovlisi bolaga to’lsin fotima zuhralar hasan husanlar ikki yosh bag’rini to’ldirib tursin karnay surnaylarning yor yor sadosi ona allasiga ulanib kesin farzandlar ulg’ayib kamolin ko’rib iqboli porlasin murodga etsin.

******

Do’stim baxtli bo’ling sizga tilagim,

Doim tayyorman bo’lsa keragim,

Sizni bahtliligiz qalbim shodligi,

Baxtim mening sizdey do’stim borligi!

******

Tog’ni tolqon qilar sizdek o’g’lonlari toshdan bo’lsin

Yangi qurgan qo’rg’onlari bugun to’y deb keldi

Ko’plab mehmonlari kuyov degan nomi bo’lsin

Doyim ulug’ akajonim to’ylaringiz bo’lsin qutlug’

Saharlarda ko’chalarga suvlar sepib

Yangi 0dat 0na ko’nglin xushnud etib

Olloh sizga baxtlar ato etib kelin degan nomi bo’lsin

Doyim ulug’ akajonim to’ylaringiz bo’lsin qutlug’.

Kechalarda ko’chalarda yurishlar yo’q,

Do’stlar bilan tunlarda turishlar yo’q.

Bo’ydoqman deb qizlarga gap 0tishlar yo’q,

Akajonim to’ylaringiz bo’lsin qutlug’.

Rossiyaga ukangiz bor eslab qo’ying,

Ham sirdosh dilkashingizni yo’qlab qo’ying.

……..ni tabrigini qabul qiling

Kuyob degan nomi bo’lsin doim ……

Akajonim to’ylaringiz bo’lsin qutlug’.

*****

Boshingizni baxt egibdi g’am egmasin.

Biringiz kelin biringiz kuyov ko’z tegmasin.

Yarashibdi bo’yingizga bo’ylaringiz.

Qutlug’ bo’lsin bugingi baxt to’ylaringiz.

*****

( Davra yopish)

Hurmatli mehmonlarimiz barcha narsani nihoyasi bo’lgani kabi bugungi fayzli kechamzga ajratilgan vaqtimiz ham nihoyalab bormoqda ekan. Albatda davramiz so’ngida barchangizni xonodonizga tinchlik xotirjamlik fayzu baraka arimasligini tilab qolamiz, asosiysi yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo’lsin. Mana shunday ozod va obod mustaqil jannatmakon yurtimizga aslo ko’z tegmasn. Albatta tinchligmzni taminlab turgan oqil va dono shijoatli yurtboshimiz omon bo’lsin. Yurt tinch vatan obod bo’lsa to’yu tomoshalar ham yarashadi. Iloxim o’zbek xalqining xar bitta xonadonlarida mana shunday to’ylar bayramlar sadosi yangrab tursin deymiz. Yana birbora to’yboshlarimizga to’ylar muborak ikki yosh doimo baxtli soadatli bo’lsin.

& & &

Ko’nglingizga qishning sokinligiyu bahorning nafosati yozning taftiyu kuzning ziynati hamda olamning butun go’zaligini naqsh etgan. Muhabbat mangu hamrohingiz bo’lsin sevib sevilib shirin farzandlar baxtini ko’ring. Nomingiz Farhod Shirin Layli Majnun Tohir Zuhro Vir va Zara kabi Afsonaviy simolar qatorida mushtarak bo’lib qolishiga

tilakdoshmiz. Ilohim vaqti etib hamma ham to’ylar qilsin oila qursin farzandlar ko’rsin va oila atalmish muqaddas dargohda bir umr bahtli sodatli hayot kechirsinlar. Ikki yosh bir oila bo’larkan ikki avlod birlasharkan ikki tomonning qardoshchilik iplari bugundan bog’lanarkan bu ip bir umrlik zanglamas oltin zanjir kabi bo’lib qolishiga tilakdoshmiz.

& & &

Bu ulug’ kun bilan avvalam bor to’y sohibu sohibalarimizni (…)jon akamiz va (…)hon opamizmizni chin dildan qutlab muborakbod etamaiz.  Ilohim farzandlar bahtini ko’rib mana shundayin to’yu tomoshalarimizda bosh va qosh bo’lib yurishlariga tilakdoshmiz. Kechamizning esa eng asosiy sababchilari davramiz to’rida Shohona sahnalardan joy olgan yoshlarimiz kuyovimiz (…) jon va kelinimiz (…) honlarning bugun visol oqshomlari. Biz mana shu erda yig’ilgan barcha qardosh do’stu birodarlar nomidan kelin va kuyovlarimizga uzoq umr baxt ila sodatlar tilab qolamiz. Hayot yo’llari doimo yorug’ va porlog’ bo’lsin yoshlik go’zallik muhabbat va sadoqat ularning ko’ngillarini hech qachon tark etmasin ILOHIM KUYOV KELINDAN AYLANSIN KELIN KUYOVDAN AYLANSIN ShU KELIN KUYOVLAR SAKSONLARGA KIRGANLARIDAYAM  NABIRALARI BILAN BIRGA O’YNASIN ChOLU KAMPIR BIR BIRLARIGA TERMULIShIB TO’YMASIN ShU HONADONGA TUShGAN ShU KELIN HIZMAT QILIB ELIB YuGURIB ChOPSIN ODAMLAR HAVAS BILAN BOQSIN KELIN EMAS QIZ BO’LIB QOLSIN NIMA BO’LGANDAYAM BAXTLI BO’LIB KETSIN DOVRUG’I BUTUN OLAMGA ETSIN.

& & &

O’ng qo’lingda o’ynoqlagan o’g’ling bo’lsin kelinchak,

chap qo’linda qizil guldek qizin bo’lsin kelinchak.

Uy to’rida pahlavondek yorin bo’lsin kelinchak,

yorin bilan bir umrga baxtli bo’lgin kelinchak.

& & &

To’y erur yor do’stlar uchrashgan ayam

Ikki dil payvandi tutashgan ayom

Eng oliy niyatlar ushalgan ayom

Yor bo’lding yoring jamoliga

To’y qarang do’stlar bugun to’y.

Oila degan yangi davlatga

Kelin ila kuyov chiqishgan taxtga

Bo’lib shoh malika erishgan baxtga

Tarixiy voqeya berganday

To’y qarang do’stlar bugun to’y.

& & &

Mana bugun baxtli yoshlarimiz oila degan muqaddas dargohga ilk qadamlarini qo’yish munosabati bilan yig’ilib turibmiz ekan. Avalo bu yoshlarimizga uzoq umr sihat salomatlik baht ila saodat tilaymiz. Ilohim baxtlari baxt qirg’odi qolib armon to’lqinidan yirog’ bo’lsin. Baxt degan bir tushuncha hayotlarini har bir kemtik joylarini to’ldirib tursin deymiz yana bir bora to’yboshilarimizga to’ylar muborak ikki yosh doimo baxtli soadatli bo’lsin.

******

Bir oqshomki zavqi o’zgacha,
Uning latif shavqi o’zgacha,
Baxt kechasi deydilar buni,
Ahd kechasi deydilar buni!

Bu oqshomda jo’shar tuyg’ular,
Qalbga quvonch qo’shar tuyg’ular,
Ikki yurak ikki ajib yosh,
Bag’ri bo’lib go’yo bir quyosh,
Obod etib sevgi bog’ini,
Yoqar ular baht chirog’ini!

*****

Ushbu yaqin zamonda
Shu Andijon tomonda
Bir go’zal qiz yashardi
Mani ham bilishardi.

Uni har bir so’zlari,
Kulib turar ko’zlari.
U savdogar qiz endi
Rostdan ham go’zal edi.

Yuzlari qirmiz misli
Ismi ham Nafis asli.
Mani ham o’tkir dilim
Poylardim uning yo’lin.

Uch ko’kada turardim
Qaytishini bilardim.
Shamol ham sal elardi
U man tomon kelardi.

Yo’lini to’sib asta
Gap boshladim bir pastda.
Rostdan seni sevaman
Yigitiz yo’q bilaman.

Sevaman jondan ortiq
Bor budim sizga tortiq.
o’shal go’zal yuz bilan
Shiringina so’z bilan

Hozir vaqtim yo’q dedi
Ertaga keling dedi.

& & &

Umringiz bahordek bo’lsinu,
Hech yomg’iri bo’lmasin.
Yozdek issiq bo’lsinu,
Saratoni bo’lmasin.

Kuzdek to’kin bo’lsinu,
Hech hazoni bo’lmasin.
Qishdek oppoq bo’lsinu
Qahratoni bo’lmasin.

******

Bahorday beg’ubor bo’lsin umringiz,
Ajoyib va yorug’ bo’lsin yo’lingiz.
Hayotda tortmang sira og’ir dard,
Olloh inom etsin sizga shunday baxt.

Hayotingiz buloq suvidek tiniq,
Havodek musaffo, asaldek shirin,
Asrdek uzun, asardek sermazmun bo’lsin!
Kimdir uchun yashashingiz shart,

Kimdir uchun ezgu tilaksiz.
Sezilmaydi siz uchun ammo,
Kimdir uchun juda keraksiz.
Orzularing armon bo’lmasin.

Qalbing armonlarga makon bo’lmasin.
Shunday yashaginki yorug’ dunyoda,
Sendanda baxtliroq inson bo’lmasin.

******

Boqqa kirsam maylimi,
Gullar tersam maylimi,
Kelin bilan kuyovni,
Tabriklasam maylimi?

******

Avvalambor ushbu to’yxonamizga kelgan mehmonlar hush kelibsizlar! Biz avvalambor kelinimiz va kurovimizga uzoq umr, baht-saodat, faslning 4 go’zalliklari kabi, kuz fasli kabi osuda va tinch, qish fasli kabi musaffoo, bahorda ochilgan gullar singari go’zal, va yoz issiqliklari sizlarni qalbingizga jooo bo’lib har bir insonning qalblariga taratib yurishingizni, kelajakda solih va soliha, mumun va mumina farzandlarning go’zal mehribon ota onalari bo’lib yurishingizni Allohdan tilab, SO’RAB va albatta duo qilib qolamiza, yana bir bor to’yingiz muborak bo’lsin, marhamat endi dasturhonimizga eb ichib bemalol rohatlanib o’tirilaaaarr……

*******

Assalomu alaykum mehmonlar va mezbonlar, hola va ammalar, tog’a va amakilar hammangiz hush kelibsiz. Avvalam bor mana shu to’rda o’tirgan kelin-kuyovlarni chin qalbimdan tabriklayman. Ularga o’zlariga o’xshagan chiroyli mo’min va mo’mimna qizlardan ALLOHning o’zi ato esin deb davramizga taklif qilamiz. Qani marhamat…..

& & &

Istagim so’nmasin yongan chirog’ing
Porlasin mangu chashming qarog’ing
Magar chinor bo’lsang chinordek yasha
Bevaqt uzilmasin hech bir yaprog’ing

Robbim ikki dunyo bahtu- saodatini bersin

****

Avallambor Assalomu Alaykum! Shu erga yig’ilgan aziz mehmonlar. Kuyov bolani ishlariga omad, cho’ntagiga evro daromad tilayman. Ikki yosh ellikka erishib oltmishdan oshib, etmishga etib, saksondan sakrab,  to’qsonga to’qnashib, yuz yoshga yuzlashib, hoji dada, hoji ona bo’lib yurishni Olloh nasib aylashini tilayman.

******

Olloh ikkala yoshni taqdirina bir qilgan ekan, ikkalangiz ham baxtli bo’lishga loyiqsizlar! Siz shunday baxtli bo’lingki, o’zgalarni ham quvonchdan boshi osmonga etsin, shunday baxtli bulsinki, uzgalar sizga havas bilan boqsin. Olloh sizlarga bitmas-tuganmas shirin hayot inom etibdimi, biz ham shu qatori sizni chin yurakdan muborakbod etamiz!

*****

Muborak ayyomining tiniq tongiday

Musaffo ranglarga to’lganda borliq

Xushboy tabiatning etti rangiday

Osmon gardishida qolganda yorliq

Porloq tuyg’ular tilayman sizga

Eng shirin orzular tilayman sizga

Nikoh to’yingiz bo’lsin muborak.

*****

Sizdan ko’rkam yigit yo’q bu kun.
Doim mag’rur, g’ururi butun.
Qo’shilib barcha ezgu tilakka.
Nikoh to’yingiz bilan aka.

Nurlarga ko’milgan bu maskan bu kun,
Sizlarga baht tilar pok niyat ila.
Oppoq libosdagi ko’ngli oq kelin,
Baxtli bo’ling bu kun yoringiz birla.

Men sizga tilayman muhabbat va baxt
Alloh o’zi nurdan ato etsin taxt

Hamrohingiz bo’lsin kulgu tabasum
Yorqin hayotingizga shudir dil so’zim

Karnay surnaylarni sadosi bilan,
Shu uyning muhabbat vafosi bilan,
Qadam qo’yding, izing gullarga to’lsin.
Kelinchak oq libos, muborak bo’lsin

Munis qaynonangni qilgancha mushtoq,
Garchi sog’intirding, sog’indik biroq,
Bugun ayri bo’ldi, ayriliq firoq,
Fazli kamoling bir darak bo’lsin.
Kelinchak kiyov senga muborak bo’lsin.

Quvonchdan baxt tomon shoshadi yurak
To’yu tomoshalar tinchlikdan darak
Do’stu yor birlashib bo’lsa bir bilak
Har mehmon azizsiz o’rningiz bo’lak
Dunyoda eng shirin shirinlik nima
Bitta shirin so’zu bir shirin tilak

Umid bilan yozib dasturxon.

To’yga deya chorladi mehmon.
Yangrasin kuy yangrasin navo.
Keling do’stlar to’yga marhabo.

Oq qush kabi parvozga shaylangan
Ertagdagi malikaga aylangan
(yigit ismi) akaga kelin bulib saylangan
(qiz ismi) qutlug’ bo’lsin to’yingiz,
Ostonasi tillo bo’lsin uyingiz!!!

Haqqimizda

Яна маълумот

O’z vaqtida to’shagni almashtirmaganlarga OGOHLANTIRISh: Siz bu kasalliklarni yuqtirishingiz mumkin

To’shaklar chang, kir bo’lsa, o’lik teri hujayralari, ter, soch va boshqa mayda zarralarni to’playdi. To’shagingizni har …