Home / Madaniyat / Parhezli taomlar ozish uchun retseplari

Parhezli taomlar ozish uchun retseplari

Parhezli taomlar

61d769f0c68b38dd2324acb0181f6080

Mutakhassis: Mariya KOROLYoVA, dietolog

Quyida eng samarali va tezkor dietalar TOP 10 taligini taqdim etamiz:

1.Gollivud tanlovi.

Bu dieta jahon yulduzlari orasida juda ommabop bo’lib, davomiyligi ikki haftani tashkil etadi. Unga, ko’ra siz tuz, shakar va yog’ni minimal miqdorda istemol qilishingiz, non va khamirli taomlardan butunlay voz kechishingiz talab etiladi. Natijada 7 kg ortiqcha vazndan khalos bo’lasiz.

2.Karam khaloskor.

Karam yog’larni eritishi tufayli uni eng samarali parhezlar qatoriga qo’shish mumkin. Taomnomani karam va karamdan tayyorlangan yog’siz taomlar, salatlar tashkil qiladi. Natija sizni quvontirishi aniq: 1 hafta ichida 5 kg!

3.Uch kun va natija.

Bu dieta 9 kundan iborat bo’lsa-da, har biri 3 kunlik 3 bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqichda faqat guruch, ikkinchisida faqat kartoshka, uchinchisida esa sabzavotlar istemol qilinadi. Bundan tashqari, parhez davomida tuz va yog’ miqdorini qatiy nazorat qilish, faqat toza suv ichish zarur. Natijada 7-9 kg vazn yoqotish mumkin.

4.Grechikhali dieta.

Grechikha yormasi organizmni shlaklardan tozalab, ortiqcha yog’lardan khalos etadi. Yormani pishirmasdan 3-4 soat qaynagan suvda yumshaguncha ivitish talab etiladi. Hech qanday qo’shimchalarsiz bir hafta davomida ushbu “taom” eyilsa, 5 kg.gacha vazn yoqotish mumkin.

5.SHo’rvali dieta.

Bu parhez menyusiga o’zingizga yoqqan turli sho’rvalarni kiritishingiz mumkin. Ammo sho’rvaga kam miqdorda tuz solish, kartoshka, dukkakli mahsulotlar va yog’ qo’shmaslik hamda nonsiz tanovul qilish talab etiladi. Natijada 4-5 kg ortiqcha vazn bilan khayrlashasiz.

6.Modellar uchun!

Bu dieta 3 kundan iborat bo’lib, kun davomida faqat 1 ta tukhum va 300 gr tvorog eyish mumkin. Dieta shartlari og’ir bo’lsa-da, natija sizni quvontirishi aniq: 3 kunda 5 kg!

7.SHarbatli parhez

Agar uni tanlashga qaror qilsangiz, sizdan ulkan sabr va matonat talab qilinadi. Chunki kun davomida uch mahal apelsin, greypfrut va limon sharbatlari ichiladi, kholos. Qolgan paytda faqat toza suv ichishga rukhsat etiladi. 3 kunda 5 kg!

8.Ekspress dieta

Bu dieta istemol mahsulotlari miqdorini keskin kamaytirish va kechki ovqatdan butunlay voz kechishga asoslangan. Kun davomida o’zingizga yoqqan mahsulotlarni oz miqdorda tanovul qilishingiz mumkin. Takhminan quyidagicha taomnoma ayni muddao:

nonushta: bitta tukhum, shakarsiz choy.

Ikkinchi nonushta: tvorog yoki yog’siz qatiq.

Tushlik: bug’da pishgan 150 gr tovuq go’shti yoki baliq, sabzavotli salat, meva.

Kechki ovqat: shakarsiz choy.

Dieta 5 kun davom etib, 6 kg.gacha ortiqcha vazndan khalos etadi.

9.Ochlik kunlari

Eng tezkor va samarali dieta turlaridan biri, shubhasiz, ochlik kunlaridir. Bu dieta 3 kundan iborat bo’lib, 5 kg ortiqcha vazn yo’qotiladi. Uning birinchi va uchinchi kunlari dietaga kirish va chiqish kunlaridir. Ular organizmni asta-sekin ochlikka tayyorlab, yana meyorida ovqatlanish rejimiga qaytishga yordam beradi. Bu kunlarda meva-sabzavotlar, engil sho’rvalar tanovul qilish mumkin. Non, dukkakli mahsulotlar, yog’li va khamirli taomlardan voz kechiladi. Dietaning ikkinchi kuni asosiy ochlik kuni bo’lib, kun davomida faqat suv ichish mumkin. Dietadan so’ng oqsilli va yog’li mahsulotlarni rasionga oz miqdordan asta-sekinlik bilan kiritish tavsiya qilinadi.

10. Qatiqli dieta

U tezkor va samarali bo’libgina qolmay, salomatlik uchun g’oyat foydali hamdir. Qatiq tarkibiga kiruvchi qator vitamin va mikroelementlar organizmni tozalab, ichaklar faoliyatini va moddalar almashinuvini yakhshilaydi. Dieta bir hafta davom etadi. Іar kuni takhminan 1,5 l qatiq ichish talab qilinadi. Natijada 4-5 kg ortiqcha vazn bilan khayrlashasiz.

Bundan tashqari, dieta davomida dorikhonalarda sotilayotgan ozdiruvchi fito-choylardan ham ichishni unutmang. Ular dieta samaradorligini oshirish bilan birga organizmni tetiklashtirib, moddalar almashinuvini yakhshilaydi.

Parhez kunlari sog’ligingizga nihoyatda etiborli bo’ling. Noto’g’ri tanlangan yoki meyoridan oshgan dieta salomatligingizga putur etkazishi mumkin. Istalgan natijaga erishgach, meyoriy vazningizni saqlab qolish uchun yarimtayyor mahsulotlar, fast-fud va gazlangan ichimliklardan butunlay voz kechishingiz kerak. Yodda tuting: ortiqcha vaznni butunlay yoqotishda hech qanday dieta doimiy sog’lom turmush tarzi va to’g’ri ovqatlanish kabi yordam berolmaydi.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …