Home / Madaniyat / Odob axloq haqida maqollar

Odob axloq haqida maqollar

Ustozingga tik qarasang, to’zasan,
Hurmat qilsang, asta-sekin o’zasan.
 Avval salom, badaz kalom.
Bir kattani bil,
Bir kichikni bil.
Bola – aziz, odobi undan aziz.
Bosh bo’lmagan uyda,
Otasi turib o’g’li so’zlar.
Inson – odobi bilan,
Osmon – oftobi bilan.
Kattaga salom ber.
Kichikka – kalom.
Odob bozorda sotilmas.
Odob – kishining zebu ziynati.
Odob – oltindan qimmat.
Odobli bola elga manzur.
Odobni beodobdan o’rgan.
Odobsiz betga chopar.
Onangga boshingni ham qil,
Otangga gapingni kam qil.
Ota bo’lish oson, odob berish qiyin.
Usta borida qo’lingni tiy,
Ustod borida – tilingni.
Usta bo’lsang, ustozingni unutma.
Ustozingga tik qarasang, to’zasan,
Hurmat qilsang, asta-sekin o’zasan.
Eshik ochiq bo’lsa ham, so’rab kir.
Yaxshi bola nom keltirar,
Yomon bola g’am keltirar.
Yaxshi bola – otaga quvvat,
Yomon bola – uqubat.
Yaxshi boladan rahmat,
Yomon boladan lanat.
Yaxshi xulq kishining husni.
Qiz bola uyda yaxshi,
Er bola elda yaxshi.
Qobil farzand – jonga payvand.
Husn xulqi bilan chiroyli.
Husn husn emas, odob husn.
Ho’l yog’ochni egmagin,
Tegmaganga tegmagin.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …