Home / Madaniyat / Norin tayyorlash resepti

Norin tayyorlash resepti

Norin bu somoncha qilib kesilgan go’sht va makhsus khamir, piyoz, murch aralashmasi va khushbo’y

bulyon bilan tortiladigan juda mazali taomdir. Uni tayyorlash uchun ananaviy tarzda qo’y

yoki ot go’shtidan tayyorlangan bulyon va ishlatilishi shart bo’lgan masalliq  qazidan foydalaniladi. Kho’sh, norin qanday tayyorlanadi?

norin-4758

NORIN TAYYoRLASH UChUN KERAKLI MASALLIQLAR.

1 kg suyakli qo’y go’shti, son yoki belidan
1 kolbasa qazi (qaynatilgan)
3 ta o’rtacha kattalikdagi piyoz
5-7 shokhchadan ukrop va kinza
Tuz, yanchilgan murch

Norin khamiri tayyorlash uchun:

3,5 stakan un
1 ta tukhum
1 choy qoshiqni to’la qilib tuz
Yog’lash uchun o’simlik moyi

Suyaklarni idishga soling va ustidan 3-4 litr sovuq suv quying. Qaynashgacha olib boring, so’ng olovni minimal darajagacha pasaytiring va kuchli bulyon olish uchun 3-4 soat davomida qaynating. Bulyonga tuz va murchni eng okhirida qo’shing, so’ng uni suzib oling. Go’shtni suyaklardan ajratib oling.

Norin khamiri uchun idishga unni elab soling, 200 ml sovuq ichimlik suvida tuzni eriting. Suvga bitta tukhum chaqib solib, bir khil bo’lgunga qadar aralashtiring. Aralashmani un solingan idishga quying va khamir qoring. Khamirni zuvala qiling, ustini yopib, 1-2 soat tindirishga qo’ying.

Khamirni yupqa qilib yoying va 4-5 sm enlikdagi kesmalarga kesing.

Oldindan tayyorlangan bulyonni khamirni qaynatib pishirish uchun idishga soling. Qaynaguncha olib boring, tuzlang. Khamirli kesmalarni bulyonda 3-4 daqiqa qaynating, so’ng bulyondan chiqarib oling, biroz o’simlik moyi qo’shib, aralashtiring.
Pishgan khamirning 4-5 tasini ustma-ust qo’ib, ingichka somoncha qilib kesing. Bulyonga ketgan go’shtni ham shunday somoncha qilib to’g’rang. Qazi ham shu tarzda to’g’raladi, biroq 3-4 ta doiracha qazini bezatish uchun olib qo’ying.

Go’sht va kolbasali somonchalarning bir qismini khamirli somonchalar va murch bilan aralashtiring. To’g’ralgan qazining bir qismini tayyor norinni bezatish uchun oilib qo’ying.

Piyozni yupqa yarimhalqa shaklida to’g’rang, unga to’g’ralgan ko’katlar va murch qo’shib, aralashtiring.

Khamir, go’sht va qazili aralashmani yassi tarelkaga do’ngcha qilib qo’ying. Ustidan olib qo’yilgan qazi va piyoz-ko’kat aralashmasini qo’ying. Kosaga yarim qilib to’ldirib bulyon soling va portisya bilan dasturkhonga torting. Norinni alohida, bulyonni alohida tanovul qilish ham, tarelkadagi norinni bulyonga solib, aralashtirib, birgalikda tanovul qilish ham mumkin.

Bekajonlar uchun eslatma

Agar khom qazi sotib olgan bo’lsangiz, uni idishga solib, ustidan sovuq suv quying va shundan so’ng olovga qaynatishga qo’ying. Qaynab chiqganida qazini bir nechta joyida igna bilan teshib chiqing, aks holda u yorilib ketishi mumkin.

Haqqimizda

Яна маълумот

scale_1200-1

Ko’ngil aynishi sabablari

KO’NGIL AYNISh VA ICh KETISh SABABLARI   Ovqat hazm qilish tizimingiz bezovta bo’lganda yoki sog’lig’ingizga zarar …