Home / Madaniyat / Muhammad payg’ambar (s.a.v) tarixi o’zbek tilida

Muhammad payg’ambar (s.a.v) tarixi o’zbek tilida

maxresdefault-660x330

Haqiqati Muhammadiyaga yaqinlasha olish aqldan ziyoda payg’ambarimizning davosi va shaxsiga ko’ngil qo’yish bilan amalga oshadi. U zot (s.a.v)ning nuroniylligi sevganlarining nazarida butun dunyolarni chetga surgan, uning eng kichik orzusiga ham ko’ngillar:
“Otam va onamga fido bo’lsin, yo rasululloh”, deya javvob berar edi.
Alloh Rasuli (s.a.v) o’zlariga ko’ngil qo’yadiganlarning qiyomatga qadar davom etishini quyidagi hadislarida bildirganlar:
“Mendan keyin ummatimdan meni bir marta ko’rish uchun uy ahlini va molu mulkini fido qilishga hozir turadigan necha insonlar tug’ilajakdir”.
Parvardigorimiz biz ojiz bandalarini ham bu ha-disda ifodalangan kishilar safiga qo’shsin, omin!
Nasroniy oilada tug’ilgan keyinchalik Islom dinigga kirib, Yamon Dada ismini olgan yaqin o’tmishning mungli shoirining ushbu sherlarini o’qib ko’raylik:

“Suvsiz qolib, yongan cho’llarda jon bersam alam qilmas,
Yonartog’lar yonar bag’rimda ummonlar ham nam qilmas,
Olovlar yog’ib ko’klardan erga tushsa sezmayman,
Jamolingla faroh-haq etki, yondim, yo Rasululloh!

Ne davlatdir, ko’z yumib, ishqingda jon berish,
Nasib bo’lmasmi sultonim dargohingda jon berish,
So’narkan ko’zlarim oson bo’lur ohingda jon berish,
Jamolingla faroh-haq etki, yondim, yo Rasululloh!

Bo’yin egdim, parishonim, dardimning davosi sen o’zing
Labim qovuruldi olovda chorasi sen o’zing,
Ko’nglim ne murod istarsa oshnosi sen o’zing,
Jamolingla faroh-haq etki, yondim, yo Rasululloh!

Payg’ambar (s.a.v)ni u kishining sahobalari shu qadar sevar edilarki, bu sevgini izoh qilishning imkoni yo’qdir. Bunday sevgi faqat ilohiy muhabbat va fayz bilangina amalga oshishi mumkindir.
Dinor o’g’illari qabilasidan erini, otasi va ukasinni Uhud janggida shahid bergan ayolning payg’ambarimiz (s.a.v)ga bo’lgan muhabbati bunga bir o’rnakdir. Sahobalar yaqinlarining o’lim khabarini aytish va unga tasalli berish uchun kelganlarida ayol ilk o’laroq:
“Rasululloh sog’-salomatmilar?”, deb so’radi. Keyin:
“Menga u kishini ko’rsatinglar”, deb nido qildi.
Rasululloh (s.a.v)ni ko’rgandan keyin esa:
“O’zingga shukr, ey Allohim! Agar men payg’ambar (s.a.v)ni sog’-salomat ko’rmaganimda edi bu hayotda hech bir narsa menga tasalli bera olmasdi”, dedi.
Bunday jo’shqin muhabbatni hadisi shariflarni rivvoyat qilish jarayonida ham ko’rishimiz mumkin. Sahobai kirom hazrati payg’ambar (s.a.v)dan bir hadis rivoyat qilar ekanlar bilmasdan xato qilib qo’yishlaridan va yanglishni payg’ambar (s.a.v)ga nisbat berishdan qo’rqib yuzlari sarg’ayar va oyoqlari titrar edilar. Massalan, Abdulloh ibn Masud: “Qaala Rasulluoh”, degganda mudhish titroq ichida qolardi. Shuning uchun ham sahobalar ko’pgina rivoyatlarida “Shunday yoki shu kabi, shunga yaqin, shu shaklda” ifodalarini qo’llanar edillar.
Chunki u zot (s.a.v) shunday payg’ambar edilarkki, kesilgan khurmo daraxtining ustiga chiqib xutba o’qiganlarida daraxt tanasidan “yoshlar” oqdi. Ummati suvsiz qolganida barmoqlaridan mo’jizaviy shaklda suv oqdi. Tahorat olgan suv meshidan suv ichgan xastalar shifo topdilar. Dasturxonida o’tirganlar luqmaning tasbehlarini eshitdilar.
Qiyomatda mahshar imomi u zot payg’ambar (s.a.v)dir. Gunohkorlar uchun shafoat egasi bo’lgan ham payg’ambar (s.a.v)dir.
Ruhiy taraqqiyot muhabbat bilan amalga oshadi. Faqat buyuk tog’ kabi bo’lgan bu ishq asosining ayni buyuyuklikda chohi ham bordir. Bu nafrat… bu ikkisi bir orada… biz nafrat qilgan narsamizning muqobiliga muhabbat qo’yishga emas, asl muhabbat qo’ygan narsamiznning ziddidan nafrat qilishga mukallafmiz. Chunki muhabbat avvaldir va o’ng qanotdir. Nafrat keyindadir va chap qanotdir. Musulmon kishining shaxsi esa mana shu ikki qanot bilan uchgan qush kabidir.
Borliq Nuriga muhabbatimiz va uning ziddiga naffratimiz buning timsolidir.
Eskidan muhrlarga bayt yozdirish odati bor edi. Bazmmi olam Volida Sulton Janobi Haqning bu olamni Muhammad nuri uchun yaratganini ifodalash maqsadida o’z muhriga quyidagi satrlarni yozdirgandi:
Muhabbatdan Muhammad bo’ldi hosil,
Muhammadsiz muhabbatdan ne hosil?
So’nggi davrning buyuk mashoyikhlaridan Manamana shahid tushgan Asad Arbiliyning ushbu misralari ham qalbida payg’ambar (s.a.v)ga bo’lgan buyuk muhabbatini ifodalaydi:
Tajallai jamolingdan habibim navbahor otash,
Gul otash, bulbul otash, sunbul otash, haq va khor otash
(Habibim, sizning go’zalligingizning namoyon bo’lishshi tufayli sizga oshiq bo’lgan bahor, gul, bulbul, sumbbul, tuproq va tikanlar ishq otashida yondilar)
Shuoi oftobingdir yoqqan bil jumla ushoqni,
Dil otash, siyna otash, hamdu chashmi ashqbor otash
(Butun oshiqlarni yondirgan u muborak yuzing qu-yoshining nuridir. U tufayli ko’ngil, yurak, ikki ko’z ishqing bilan yondilar)
Na mumkin buncha otash bilan shahidi ishqni yuvmoq,
Jasad otash, kafan otash, ham obi xushguvor otash.
(Bu qadar olov bilan ishq shahidlarini yuvish mumkkinmi? Jasad, kafan, shahidlar yuviladigan gul suvi ham bu olovda yondilar)
Shoir Fuzuliy ham mashhur Suv Qasidasida bu ishq olovida yonishni shunday tariflagandi:
Sochma ey ko’z ashkdan ko’nglimdagi o’tlarga suv,
Ki bu dengli tutashgan o’tlarga qilmas chora suv.
(Ey ko’zlar, Allohning Rasuliga bo’lgan muhabbat tuffayli ko’nglimda tutashgan olovlarga suv to’kmang. Chunkki bu ishqning olovini suv bilan o’chira olmassiz)
Ob gundir gunbadi davvor rangi bilmazam,
Yo muhit o’lmish ko’zimdan gunbadi duvvaro suv.
(Ko’zlarim bu ishqdan shu qadar yosh to’kmoqdaki, tepamdda aylangan moviy kubba suv rangida ko’rinmoqda. Yoki ko’zlarimdan to’kilgan yoshlar samoga rang bermoqdami?)
Suvga ursin bog’bon suvzarni zahmat chekmasin,
Bir gul ochilmas yuzing dek versa ming gulzora suv.
(Bog’bon bog’ni suvlash uchun bekorga urinmasin. Zero, ming bog’ni suvlaganda ham yuzingiz kabi bir gulning ochilishi imkonsizdir)
Dast basu orzusi bilan o’lirsam do’stlar,
Ko’za aylang tuprog’im bering onunla yora suv.
(Ey do’stlar, u zot (s.a.v) qo’lini o’pish orzusi bilan o’lsam, tuprog’imdan bir ko’za yasangki, u oliy zot bu ko’zzadan suv ichganda uning shafoati menga nasib bo’lsin)
Haq payiga etamdir umrlardir mutassil,
Boshini toshdan toshga urib kezar ovora suv.
(U zotning oyoqlari tekkan muborak erlarga etay deb, suvlar umr bo’yi toshlar orasida ovoradirlar).

Islom tarixining sahobalar davridan keyin eng muhtasham qismini tashkil qilgan Usmonli davlatidda podshohdan cho’ponga qadar payg’ambar (s.a.v) sevgisi bilan yonar edilar. Bu davlat podshohlari rasulullohga sonsiz salovat keltirish bilan birga u zot (s.a.v)ning nomlari o’qilganda qo’llarini yuraklari ustiga qo’yish, muborak mavlud kunlari esga olinganda o’rinlaridan turib, tazim qilish kabi amallarni bir odat holiga keltirgandilar. Usmonli podshohlari Madinai Munnavvaradan maktub kelganda o’rinlaridan turib tahorat qilishar, keyin maktubni qo’llariga olishardi.
Shuningdek, Usmonlilarning Masjidi Nabaviynni tamir qilish asnosida avval tahorat olib, keyin rasulullohning ruhlarini bezovta qilmaslik uchun bolg’alariga latta o’rab ishga boshlashlari misli ko’rilmmagan odob va axloq namunasidir.
Usmonlilar davrida Madinai Munavvaraga yaqinlashgan karvondagi insonlar shaharga kirishdan oldin to’xtab, o’zlarini muborak shaharning havosidan olishga shaylashar, keyin shaharga kirib rasulloh (s.a.v)ni ziyorat qilishardi. Qaytishda esa shifo va tabburruk o’laroq muqaddas shaharning tuprog’idan olib qaytar edilar.
Shuningdek, Madinai Munavvarni qo’rishga o’zlarini mukallaf deb bilgan Usmonli podshohlari aravalari Madinai Munavvaraga yaqinlashganda otlaridan tushib, shaharga piyoda kirar edilar.
Usmonli podshohlari boshlariga o’ragan sallalarrining uchi supurgi shaklida ekanligining mohiyatini bilganlar topiladimi, ajabo? Bu bilan Haramayni Sharrifunning supuruvchisi ekanliklarini ifoda qilishar va Haramaynni supurib tozalagan kishilarning maoshllarini o’z boyliklaridan berar edilar.
Jahon Imperatori Yovuz Sulton Xon o’zini payg’ambar (s.a.v) shaxsiyatlarining haqiqatiga etishishiga vasila bo’ladigan bir valini dunyodagi butun darajalardan yuqori qo’yib:
Podishohi olam bo’lish bir quruq g’avg’o emish,
Bir valiga do’st bo’lish jumladan alo emish,
deya Alloh va rusulining do’stlariga yaqinlashishning ahamiyatini takidlagan edilar.
Hazrati Oyisha (r.a) payg’ambar (s.a.v)ning nurli siymolarini quyidagicha tariflar edi:
“Zulayhoni ayblab Yusufni ko’rgandan keyin uning ishqida qo’llarini kesganlar, Uning muborak yuzlarini ko’rganlarida yuraklarini parchalagan bo’lurlardi”.
Hadis olimi, mujtahid Imom Navaviy hazratlari Rusullohga ruhan shu qadar yaqinlashgan edilarki, payg’ambar (s.a.v) tarvuzni pichoq bilan kesib eganlarmmi yoki erga urib yorib eganlarimi, buni bilmagani uchun umr bo’yi tarvuz emay o’tgandilar.
O’rta Osiyodan Balqonlarga qadar Islom dinining nurini va fayzini ko’ngillarda yashnatgan buyuk valiy Sayyid Ahmad Yassaviy 63 yoshga kirganlaridan keyin o’zlariga tamsiliy qabr qazdirib:
“Menga bu yoshdan keyin tuproq ustida yashashning kerragi yo’q”, deya hayotini payg’ambar (s.a.v)ning hayotiga o’khshshatish uchun qolgan umrini tuproq ostiga o’tkazgandi.
Imom Molik (r.a) payg’ambar (s.a.v)ga hurmat yuzas
sidan Madinai Munavvarada ulov minmay, yalangoyoq holda piyoda yurar edilar. O’zidan hadisi sharif haqida savol so’ragani mehmonlar kelganlarida avval tahorat qilib, sallalarini o’rar, qo’l-yuzlariga muattar hidli narsalar surib, baland joyga chiqib o’tirar va shu tarzdda mehmonlarni qabul qilar edilar. O’zini Alloh Rasullining ruhoniyatga hozirlar va U zotning muborak so’zllarini aytish uchun so’ng darajada odobga rioya qilardi. Ravzoda imomlik qilganlarida past ovoz bilan gapirar, o’sha davr xalifasi Abu Jafar Mansur baland ovozda gapirganida:
“Ey xalifa, bu makonda baland ovoz bilan gapirmmang! Allohning payg’ambar huzurida baland ovoz bilan gapirmaslik haqidagi ogohlantirishi sizdan fazilatliroq bo’lgan sahobalar uchun nozil bo’lgandi”
Shuningdek, Imom Molik hazratlari o’zlariga zulm qilgan Madina voliysining haqqini halol qilib:
“Rusullohning nevaralari bo’lgan bu zotdan Mahsharda davochi bo’lishdan uyalaman”, degan edilar.
Shoir Nabiy haj yo’lchiligida karvon Madinai Munnavvaraga yaqinlashganda bir qo’mondonning g’aflat billan oyog’ini Madinai Munavvaraga qaratib uxlayotganini ko’rib, juda xafa bo’ladi. Buyuk afsus bilan ushbu satrrlarni yozish orqali o’zining rusullohga muhabbatini bayon qiladi:
Sokin tarki odobdan quyi mahbubi Xudodir bu,
Nazargohi ilohiydir, maqomi Mustafodir bu.
(Janobi Haqning nazargohi va payg’ambar Muhammad Mustafo (s.a.v)ning maqomi va yurti bo’lgan bu joyda
odobsizlik qilmang)
Murodi odob sharti bilan kir Nabiy bu dargohga,
Mefati Qudsiyondir, buzargohi anbiyodir bu.
(Ey Nabiy, bu joyga odob bilan kiring. Bu er atroffida farishtalar parvona bo’lgan va payg’ambarlarning ostonasini o’pgan muborak bir makondir)
Shoirning yuragidan to’kilgan bu samimiy satrlargga javoban rasullohning mo’jizaviy ishorati bilan Ravzo muazzinlari bomdod namozi azonidan keyin bu satrlarni minoralardan o’qiydilar. Rasullohning bu iltifoti shoir Nabiyga shu qadar tasir qiladiki, ko’zllarida yosh bilan muborak shaharga qadam bosadi…
Jamodat (jonsiz borliqlar) ham payg’ambar (s.a.v)ga hurmat va izzat ko’rsatar edilar. Hazrati Ali (r.a)dan shunday rivoyat qilinadi:
“Makkada payg’ambar (s.a.v) bilan aylanib yurar edik. Bir kun birga Makkadan tashqariga chiqdik. Yonlaridan o’tar ekanmiz har tosh va daraxt payg’ambar (s.a.v)ga:
“Assalotu vassalomu alayka yo Rasululloh”, deya sallom berar edilar”.
Sulaymon Chalobiy ham:
“Bir ajab nurki, quyosh parvonasi…” misrasi orqali quyoshning ham u zot atrofida parvona ekanligini ifoddalaydi.
Rasullohning merojga ko’tarilishi tufayli samovviy olamdagilarning shavq va hayajonini shoir Kamol Adib Qurqchi o’g’li shunday ifodalaydi:
Shami merojda siymosini sayratdi deya,
Qopanir erlarga ko’k sajdai shukron o’laroq…
(Merojda rasullohning siymosini tamosha qilib olgan fayzi tufayli u zotning shonini ulug’lash maqsadida ko’k yuzi uning qadamlari tekkan erga sajda qiladi)
Jon otar har kecha Ruhul-Quddus ihromga kirib,
Harasmi muhtaramning ko’yina mehmon o’laroq…
(Hazrati Jabroil payg’ambar (s.a.v)ning huzurlariga kirish uchun har kecha hayajon bilan ihromga kiradi)
Bir ko’rgan yana bir marta ko’rsam deya Alloh, Alloh,
Shoshirir aqlini ruhsorini hayron o’laroq…
(Hazrati payg’ambarni bir ko’rganlar u zotning gul yuziga hayron qolib aqlini yo’qotadilar. “Alloh, Alloh”, deya yana bir marta ko’rishni hayajon bilan kuttadilar)
Payg’ambar (s.a.v) yaratilishdagi mejoziy muhabbatlarni taraqqiy qildirish orqali ilohiy muhabbat namoyon bo’ladigan bir oliy cho’qqidir. Muhaqqaqqi, musulmonlar payg’ambar (s.a.v) qarshisida ilohiy tuyg’ularga g’arq bo’lar ekanlar, ruhlari u zotning ruhoniyati bilan qo’shilish, u zotning muhabbatidan hissa olish yo’liga kiradilar.
Hazrati Mavlono:
“Ikki dunyo bir ko’ngil uchun yaratilgandir. “Sen bo’lmaganingda, sen bo’lmaganingda bu dunyoni yaratmas edim”, ifodasining manosini tushuning, ey insonllar, degan edi.

Haqqimizda

Яна маълумот

scale_1200-1

Ko’ngil aynishi sabablari

KO’NGIL AYNISh VA ICh KETISh SABABLARI   Ovqat hazm qilish tizimingiz bezovta bo’lganda yoki sog’lig’ingizga zarar …