Home / Madaniyat / Bosh og’rig’i sabablari davosi

Bosh og’rig’i sabablari davosi

Har birimiz bosh og’rig’i nima ekanligini yaxshi bilamiz. U ertalab o’zingizni o’nglab olishga xalaqit beradi, kunduzi diqqatingizni jamlashni qiyinlashtiradi, kechqurun esa uxlay olmaysiz, chunki shaqiqa (migren)dan aziyat chekasiz. Dont Panik shu haqida maqola taqdim etdi.

Qishda bosh og’rig’i nisbatan ko’proq kuzatiladi: doimiy charchoq his qilasiz, stress yig’iladi, shuningdek noto’g’ri rasion ham tasir ko’rsatadi. Dorixonalarda ortiqcha pul sarflamang. Dorilar muammolarni hal qilmaydi, shunchaki sindromlarni to’xtatadi. Parhezshunoslarning malum qilishicha, vitaminlarning doimiy etishmovchiligi bosh og’rig’ining asosiy sababidir – quyidagi mahsulotlarni kundalik rasionga kiriting va shaqiqa haqida unuting.

B12 vitamini va foliy kislotasi

Avitaminoz stress va parishonxotirlikka olib keladi. Rasionda ayniqsa V12 vitamini va foliy kislotasi bo’lishi muhim: busiz doimiy shaqiqa kafolatlangan. Ismaloq , qovoq va lavlagi foliy kislota bilan bog’liq muammolarni bartaraf etadi, tovuq tuxumi esa V12 vitamini bilan taminlaydi.

B6 vitamini

Qishki rasionimizda og’ir va hazm bo’lishi qiyin bo’lgan eguliklar ko’p. Ichaklarga og’irlik tushishi ham bosh og’rig’ini keltirib chiqaradi. Kundalik parhezga sarhil sabzavotlar, loviya va don mahsulotlarini ham kiriting – shunda siz oshqozoningizni V6 vitamini bilan qo’llab-quvvatlaysiz.

D vitamini

Yaqinda shifokorlar D vitaminining etishmovchiligi organizmga qanday tasir ko’rsatishiga oid xulosaga kelishdi. Malum bo’lishicha, bu vitaminning etishmovchiligi ishchanlik faoliyatining pasayishi va ertalabki bosh og’riqlariga olib kelar ekan. Dengiz mahsulotlari, tuxumlar, dukkaklilar va toza havoda sayr qilish bu muammoni bartaraf qiladi.

Temir va mis

Rasionga loviya, yong’oqlar, dengiz karami, kunjut va jigar qo’shish kerak – shunda siz organizmdagi temir va mis etishmovchiligi o’rnini to’ldirasiz. Bu elementlarning etishmasligi qon bosimining tushishi va shaqiqaga olib keladi.

Xulosa

Bosh og’riqlaridan charchadingizmi? Ochiq havoda sayr qilish, sport bilan shug’ullanish va keraklicha dam olish bosh og’rig’ini eng qimmat dorilardan-da tezroq va samaraliroq davolaydi.

Haqqimizda

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …