Home / Jamiyat / Bomdod namozi erkaklar uchun skachat

Bomdod namozi erkaklar uchun skachat

Bir kunda besh vaqt (bomdod, peshin, asr, shom va xufton) namoz o’qish har bir musulmonga farzdir.

BOMDOD NAMOZI

Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farz — jami to’rt rakatdan iborat.
Bomdod namozining ikki rakat sunnati quyidagicha o’qiladi:

1. Alloh rizoligi uchun qibla tomonga yuzlanib, bugungi bom-dod namozining ikki rakat sunnatini o’qish-ni niyat qildim», deb ko’ngildan o’tkaziladi

2. «Alloohu akbar», deb iftitoh takbiri ay-tiladi. Bu takbirda erkaklar qo’llar kaftini qiblaga qaratib, bosh barmoqlarining uchini quloqlarining yumshoq joyiga tekkizishadi (3-rasm). Ayollar qo’llarini elka barobarida ko’tara-dilar

3. Qo’llar bog’lanadi. Erkaklar o’ng qo’l kaf-tini chap qo’l ustiga qo’yishadi. O’ng qo’lning bosh va kichik barmoqlari bilan chap qo’l bilagini ushlashadi
Ayollar o’ng qo’lni chap qo’l ustida tugib, qo’lla-rini ko’krakka ko’yadilar Bu hol «qiyom» deyiladi. Qiyomda (tik turgan halda) sajda qi-linadigan joyga qarab, navbati bilan, quyidagilar (sano duosi, fotixa surasi, keyin bironta zam sura) o’qiladi.

SANO DUOSI

Subhaanakalloouhumma va bihamdika va tabaaro kasmuka va taaalaa jadduka va laa ilaaha g’oyruk

Manosi: «Allohim! Sening noming muborakdir. Shon sharafing ulug’dir. Sendan o’zga iloh yo’qdir».

FOTIHA SURASI

Auuzu billaahi minash-shaytoonir-rojiiym. Bismillaahir-rohmaanir-rohiiym. Alhamdu lillaahi robbil-aalamiiyn. Ar-rohmaanir-rohiiym. Maaliki yavmid-diiyn. Iyyaaka nabudu va iyyaaka nastaiiyn. Ihdinas-siroo-tol-mustaqiiym. Sirootollaziiyna an-amta alayhim g’oyril-mag’dzuubi alayhim valadzzoooolliiyn

Mazmuni: Allohning dargohidan quvilgan shayton yomonligidan Allohning panohiga qochaman. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Hamd olamlar rabbi Allohgakim, (U) mehribon, rahmli va hisob-kitob kuni (Qiyomat)ning egasidir. Sen-gagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so’raymiz! Bizni shunday to’g’ri yo’lga boshlaginki, (U) Sen inom (hidoyat) etganlar-ning (Payg’ambarlar, siddiq va shahidlarning) yo’lidir, g’azabga uchragan (Muso qavmidan itoatsizlarining) va adashgan (Iso qav-mining «Allohning farzandi bor» deydigan)larning emas!
Fotiha surasidan so’ng bir zam (qo’shimcha) sura o’qiladi.
Yangi o’rganuvchilar quyidagi kichik suralardan birini zam qilishsa bo’ladi:

KAVSAR SURASI

Innaaa atoynaakal-kavsar. Fasolli lirobbika vanhar. Inna shaaniaka huval-abtar.

Mazmuni:«(Ey Muhammad,) darhaqiqat, Biz Sizga Kavsarni* berdik. Bas, Rabbingiz uchun namoz o’qing va (tuya) so’yib qurbonlik qiling! Albatta, g’animingizning o’zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir».
(Kavsar – jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, qor va suvdan oq. Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko’rmaydi.)

IXLOS SURASI

Qul huvalloohu ahad. Alloohus-somad. Lam yalid. Va lam yuulad. Va lam yakullahuu kufuuvan ahad..

Mazmuni: (Ey Muhammad,) ayting: «U — Alloh yagonadir. Alloh behojat, (lekin) hojatbarordir. U tug’magan va tug’ilmagan ham. SHuningdek, Unga teng biror zot yo’q-dir».

FALAQ SURASI

Qul auuzu birobbil-falaq. Min shar-ri maa xolaq. Va min sharri g’oosiqin izaa vaqob. Va min sharrin-naffaasaati fil-uqod. Va min sharri haasidin izaa hasad.

Manosi: «(Ey Muhammad,) ayting: “Pa-noh tilab iltijo qilurman tong Parvar-digoriga yaratgan narsasi yovuzlgidan, tugunchaga dam uruvchi ayollar yovuzligidan hamda hasadchining hasadi yovuzligidan”».

AN-NOS SURASI

Qul auuzu birrobin-naasi maalikin-naasi ilaahin-naasi min sharril-vasvaasil-xonnaas. Allaziiy yuvasvisu fiiy suduurin-naasi minal-jinnati van-naas.

Manosi: «(Ey Muhammad,) ayting: “Panoh tilab iltijo qilurman odamlar Parvardi-goriga, odamlar Podshohiga, odamlar Ilohiga yashirin vasvasachi (shayton) yovuzligidanki, (u) odamlarning dillariga vasvasa solur. (Uzi) jinlar va odamlardandir”».

4. Zam sura tugagach, «Alloohu akbar», deb ruku qilinadi. Erkaklar tirsaklari va tizzalarini bukmasdan, barmoqlarini ochgan holda, tizzalarini mahkam changallab egiladilar
Ayollar erkaklarga nis-batan ozroq egiladilar. Tizzalarini biroz bukadilar. Barmoqlarini jam-lab tizzalarini tutadilar.
Rukuda uch marta «Sub-haana robbiyal-aziiym» (Ey buyuk Robbim, Sen barcha nuqsonlardan poksan), deyiladi.

5. Rukudan «Samial-loohu liman hamidah» (Alloh Uni hamd etgan-larni eshitguvchidir), deb qad ko’tariladi, bu holat «qavma» deyiladi. Qavma holida: «Robbanaa lakal- hamd» (Ey Robbimiz, har turli hamd-sanolar yolg’iz Sengadir), deyiladi

6. «Alloohu akbar» deb avvalo tizzalar, keyin qo’llar, so’ng peshona va burun erga tekkizilib, sajda qilinadi. Sajda qilinayotganda oyoq panjalari qiblaga qaratiladi, erkaklarning tirsaklari erga tegmaydi . Ayollar tirsaklarini erga qo’yadilar . Sajdada uch marta: «Subhaana robbiyal-alaa» (Ey ulug’ Robbim, Sen butun nuqson-lardan poksan), deyiladi.
7. «Alloohu akbar» deb sajdadan bosh ko’tariladi va tiz cho’kkan holda biroz o’tiriladi, bu holat «jalsa» deyiladi. Jalsada qo’llar, barmoqlar o’z holicha tutilib, songa qo’yiladi. Barmoq uchlari tizza bilan teng bo’lishi lozim .
Erkaklar chap oyoqlari ustiga o’tiradilar. O’ng oyoq panjalari qiblaga qaratiladi.

Ayollar oyoqlarini o’ng tarafdan chiqarib o’tiradilar.
8.«Alloohu akbar», deb ikkinchi marta sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhaana robbiyal-alaa», deyiladi

9. «Alloohu akbar» deb qiyomga (tikka) turiladi.

10. Qiyomda «Bismillaahir-rohmaanir-rohiiym»-dan boshlab, Fotiha surasi, orqasidan bir zam sura o’qiladi.

11. «Alloohu akbar», deb ruku qilinadi. Rukuda uch marta «Subhaana rob-biyal-aziiym», deyiladi.

12. «Samialloohu li-man hamidah», deb tik turiladi, ketidan «Robbanaa lakal-hamd», deyiladi.

13.«Alloohu akbar», deb sajdaga boriladi. Sajdada uch marta «Subhaana robbiyal-alaa», deyiladi.

14. «Alloohu akbar», deb sajdadan bosh ko’tariladi va bir oz o’tiriladi.

15. «Alloohu akbar», deb ikkinchi bor sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhaana robbiyal-alaa», deyiladi

16. «Alloohu akbar», deb sajdadan bosh ko’tari-lib qa-dada o’tiriladi va quyidagilar o’qiladi:

«ATTAHIYYaT» DUOSI

At-tahiyyaatu lillaahi vas-solaavaatu vat-toyyibaat. As-salaamu alayka ayyuhan-nabiyyyu va rohmatulloohi va barokaatuh. As-salaamu alaynaa va alaa ibaadil-laahis-soolihiiyn. Ashhadu allaa ilaaha illalloohu va ashhadu anna Muhammadan abduhuu va rosuuluh.
Mazmuni: Mol, badan, til bilan ado etila-digan butun ibodatlar Alloh uchundir. Ey Nabiy! Allohning rahmati va barakoti Sizga bo’lsin. Sizga va solih qullarga Allohning salomi bo’lsin. Iqrormanki, Allohdan o’zga iloh yo’q. Va yana iqrormanki, Muhammad, alayhissalom, Allohning quli va elchisidirlar.

SALOVOT

Alloohumma solli alaa Muhammadiv-va alaa aali Muhammad. Kamaa sollayta alaa Ibroohiima va alaa aali Ibrohiim. Innaka hamiidum-majiid.
Alloohumma baarik alaa Muhammadiv-va alaa aali Muhammad. Kamaa baarokta alaa Ibrohiima va alaa aali Ibrohiim. Innaka hamiidum-majiid.
Mazmuni: Allohim, Ibrohim va uning oilasiga rahmat etganing kabi, Muhammad va ul zotning oilasiga rahmat ayla, Sen hamdu maqtovga loyiq va buyuk Zotsan.
Allohim, Ibrohim va uning oilasiga barakotingni ehson etganing kabi Muhammad va ul zotning oilasi ustiga ham barakotingni ehson ayla. Sen hamdu maqtovga loyiq va buyuk Zotsan.

duo

Robbanaa aatinaa fid-dunyaa hasanatav-va fil-aaxiroti hasanatav-va qinaa azaaban-naar.
Mazmuni: «Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do’zax olovi azobidan saqlagin».

17. Avval o’ng, keyin chap elkaga qarab: «Assalaamu alaykum va rohmatul-looh» deb salom berilib namozdan chiqiladi.

Shu bilan bomdod namozining ikki rakat sunnati tugaydi.
Bomdod namozining ikki rakat farzi ham xuddi shu tartibda o’qiladi. Farqi — avvalo, erkaklar niyatdan oldin (boshqa farz namozlari oldidan ham) quyidagi iqomat takbirini aytishadi:

Alloohu akbar, Alloohu akbar,
Alloohu akbar, Alloohu akbar.
Ashhadu allaa ilaaha illallooh,
Ashhadu allaa ilaaha illallooh.
Ashhadu anna Muhammadar-rosuulullooh,
Ashhadu anna Muhammadar-rosuulullooh.
Hayya alas-solaah, hayya alas-solaahsolah,
Hayya alal-falaah, hayya alal-falaah.
Qod qoomatis-solaah, qod qoomatis-solaah
Alloohu akbar, Alloohu akbar,
Laa ilaaha illallooh.

Iqomat takbirining lafzlari azonnikiga o’xshaydi, farqi — bunisi tez aytiladi.
Bomdod namozining farziga quyidagicha niyat qilinadi; «Alloh rizoligi uchun bomdod namozining ikki rakat farzini o’z vaqtida o’qishni niyat qildim».
Qolgan qismi sunnat bilan bir xil davom etaveradi.

Haqqimizda

Яна маълумот

O’z vaqtida to’shagni almashtirmaganlarga OGOHLANTIRISh: Siz bu kasalliklarni yuqtirishingiz mumkin

To’shaklar chang, kir bo’lsa, o’lik teri hujayralari, ter, soch va boshqa mayda zarralarni to’playdi. To’shagingizni har …