Home / Madaniyat / Chimildiq-kelin kuyov uchun birinchi kecha

Chimildiq-kelin kuyov uchun birinchi kecha

To’y tugab, mehmonlar tarqalib ketganda so’ng odatda kuyovning o’zlari uchun tayyorlangan xonalarida kutib o’tirgan kelin huzuriga dastlab kirishiga alohida etibor berilishi turgan gap. Albatta, bir umrlik savdo bo’lmish nikohli hayotni amaliy boshlash hodisasi alohida his-hayajon, orzu-istaklar bilan to’lib-toshgan bo’lishi bor. Bunday paytda qilinadigan har bir ish, bosiladigan har bir qadam va aytiladigan har bir so’z umr bo’yi esda qoladigan bo’lishi ham tabiiy.

21525579

Shuning uchun bo’lsa kerak, odamlarda bu hodisaga alohida ahamiyat berish odati bor. Ushbu munosabat ila kelajak hayotning baxtli bo’lishiga oid, deb o’ylangan irim-sirimlar ham ko’paygan. Ayniqsa ayollar ichidagi gap-so’zlar, kelin-kuyovga beriladigan maslahatlar ham ko’payib ketgan.
Bazi joylarda avvallari kelinning rizqi o’zi bilan kirsin, deb, yangi uyga kirib kelayotgan kelinning boshiga non bog’lab qo’yishar, kelin bilan kuyov o’z xonalarida dastlab ko’rishganda kim ikkinchisining oyog’ini oldin bosib olsa, oilada o’shaning gapi o’tadigan bo’ladi, deyishardi. Yana kelin-kuyovga oynani ko’rsatib, qandaydir savollar berishar va o’sha savollarga mos javob berishni talab ham qilishar edi. Hatto bazi kitoblarda kuyov uyning burchagida oyog’ini yuvishi va yana nimalardir qilishi kerakligi haqida yozilgan ham ekan. Odamlar o’sha yozilgan narsalarga amal qilish yoki qilmaslik borasida savollar ham berishgandi.
Ehtimol, bundan boshqa gap-so’zlar, bidat- xurofotlar ham bordir. Ehtimol, ko’plari yo’qolib ham ketgandir. Lekin shariy tushunchalarda bu haqda qanday ko’rsatmalar borligi bilan har bir musulmon shaxs qiziqishi turgan gap. Ulamolar kuyov kelinning oldiga birinchi bor kirganida nimalar qilishi kerakligi haqida uncha ko’p gaplarni aytmaganlar va rivoyatlarni keltirmaganlar. Bu to’g’risida ushbu satrlarni yozishdan oldin hozirgi vositalar orqali ham qidirib ko’rib, juda ko’p narsa yo’qligiga ishonch hosil bo’ldi. Yani malumot ko’pligidan qay birini olish qiyinlashadigan darajada emasligi ayon bo’ldi. O’zimiz avval yozgan bazi narsalarga keyin topgan malumotlarni qo’shib, taqdim etishga ijozat bergaysiz.
Dastlabki malumot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kuyovlari hazrati Ali roziyallohu anhuning qizlari Fotimai Zahro roziyallohu anhaning oldilariga to’ydan keyin birinchi kirishlaridan oldin qilgan ishlari va duolari haqidadir.
«To’y kechasi bo’lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kuyov bo’lmish Ali ibn Abu Tolibga:
«Ey Ali, kelinga bir to’y ham qilmoq kerak», dedilar.
Shunda Sad ibn Muoz roziyallohu anhu:
«Menda bir qo’chqor bor!» dedi.
Ansoriylardan bir guruhi bir necha so’ jo’xori jamlab kelishdi. Ana o’sha narsalardan to’y ziyofati uyushtirildi. Ziyofatdan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ali ibn Abu Tolibga:
«Menga uchramaguncha bir narsa qilmay tur», dedilar.
Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fotima roziyallohu anha turgan joyga bordilar-da, u kishiga:
«Menga suv keltir», dedilar.
Kelinlikka tayyorlanib olgan Fotima roziyallohu anha bir idishda suv keltirdilar. Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam u suvdan Fotima roziyallohu anhaning ko’ksilariga va boshlariga sepdilar-da:
«Allohim, men Sendan bunga va buning zurriyotlariga shaytoni rojiymning yomonligidan panoh tilayman», dedilar.
So’ngra U zot yana suv keltirishni talab qildilar. Bu safar Ali ibn Abu Tolib borib, haligi idishda suv keltirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishiga ham xuddi Fotima roziyallohu anhaga qilgan ishlarni va duolarni qildilar va:
«Allohim, ikkovlariga baraka bergin, ikkovlarining ustilaridan baraka nozil qilgin va ikkovlarining zurriyotlarini barakali qilgin», dedilar.
So’ngra Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki muavvizataynni tilovat qildilar va:
«O’z ahling oldiga Allohning ismi va barakasi ila kiraver», dedilar».
Ushbu iqtibosdan kuyovning kelin oldiga birinchi bor kirishidan oldin qavmning kattalari qiladigan ishlar va duolar haqida malumot olishimiz mumkin.
– Kuyov kelinning oldiga birinchi bor kirishida xursandlik, ochiq chehra va muloyimlik bilan kirishi kerakligi kitob¬larimizda tavsiya qilingan. Chunki kelin his-hayajonda, xavfda, xijolat va o’zgacha holatda turadi. Kuyov bismillahni aytib, o’ng oyoq bilan salom berib kiradi. So’ngra kelinning peshonasiga qo’lini k’o’yib turib, quyidagi rivoyatda kelgan duoni o’qiydi.

Amr ibn Shuaybdan, u otasidan, u bobosidan rivoyat qilishadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Qachon biringiz biror ayolga uylansa yoki xodim sotib olsa, «Allohumma! Innii asaluka xoyrahaa va xoyra maa jabaltahaaalayhi. Va auzu bika min sharrohaa va min sharro maa jabaltahaaalayhi», desin».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Duoning manosi: «Allohim! Sendan uning yaxshiligini va Sen unga bergan jibilliyat – axloqning yaxshisini so’rayman. Hamda sendan uning sharridan va Sen unga bergan jibilliyat – axloqning yomonidan panoh so’rayman».
Kelin-kuyovga boshqalar duo qilishlari bilan birga, ularning o’zlari o’zlariga va bir-birlariga duo qilishlari ham juda yaxshidir. Albatta, o’shanday baxtli soatlarda Alloh taolodan o’ziga va umr yo’ldoshiga baxt-saodat tilab, duo qilmoq muhimdir.
So’ngra ikkovlari birgalikda, kuyov imom bo’lib, kelin orqada iqtido qilib, ikki raqat namoz o’qisalar, juda ham yaxshi bo’ladi. Har kim o’zi o’qisa ham bo’laveradi.

Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Qachon biringiz biror ayolga uylansa, k’o’shilish kechasida ikki raqat namoz o’qisin, u(kelin)ga ham ortida ikki raqat namoz o’qishini aytsin. Albatta, Alloh uyda yaxshilikni (paydo) qiluvchidir».
Bazzor rivoyat qilgan.
Albatta, bu kabi namozlar xayrga, barakaga, yaxshilikka sabab bo’lishi turgan gap. Musulmon inson uchun namoz uning hayotidagi eng aziz narsadir.
Yuqorida keltirilgan narsalar kuyov va kelinlar uchun ularning birinchi kechalarida istasa, qiladigan ishlar va duolardan iboratdir. Yaxshi umid ila qilsa, go’zal ish bo’ladi. Ammo qilmasa, shariy jihatdan hechqisi yo’q. Bularni qilmaganlar, bu ishlarni qilmagan edik, endi nima bo’ladi, kabi xayollarga bormasliklari lozim.

Haqqimizda Barno Mir

Яна маълумот

ona-haqida-sherlar-5

Ona haqida shirin so’zlar, tilaklar, tabriklar

Ona haqida shirin so’zlar. Assɑlomu ɑleykum onajon! Mening jonkuyɑr mehribonim, o’zidɑn ko’rɑ fɑrzɑndlɑrini o’ylɑydigɑn mehribonim. …