Home / Jamiyat / Ismlar manosi- o’g’il va qiz bolalar uchun

Ismlar manosi- o’g’il va qiz bolalar uchun

FARZANDga ism k’o’yish ota-onalar uchun eng masuliyatli ishlardan biri desak mubolag’a bo’lmas. Ota-onaning farzandi oldidagi birinchi burchi ham axir shundan iboratku. Shunday ekan yangi tug’ilgan mo’jazgina chaqaloqchamizga nima deb ism qo’yishda bazan kattalardan maslahat so’rasak, bazan yaqin tanishlarimizning, o’zimiz yoqtirgan insonlarning ismini eslaymiz. Bazi ota-onalar farzandlariga ismni turli xil marosimlar, hodisa-voqealar, sifatlar, va hattoki siyosiy holatlarga ham atab qo’yadilar. Qanday ism qo’yilganda ham bu ism FARZANDingizning kelajakdagi xulq-atvoriga o’z tasirini o’tkazmay qolmaydi. Shu sababli unga chiroyli va munosib nom bering. Biz esa Sizga bu borada ko’maklashamiz. Quyida alifbo tartibida keltirilgan ismlar ro’yxati va ularning manosi bilan tanishib, balki o’zingizga yoqqan ismni toparsiz.
354345465465-8-768x576


Qizlar uchun manoli ismlar Saniya. Manosi «yuksak, ulug’vor». Bu ism ham ilgari arablar orasida ko’p uchragan bo’lsa ham, hozirda mashhur emas.

 

Sara (Sora). Bu ism ham Maryam ismi kabi musulmon, nasroniy va yahudiy xalqlarda tarqalgan. Maryam ismidan farqli ravishda, bu ismni bir qancha nasroniy mamlakatlarida butkul yahudiylarning ismi deb qaraladi, shuning uchun odatda nasroniylar bu ismni k’o’yishmaydi. Bunday deb hisoblanmagan joylarda esa Sara ismi narsoniylar orasida ham ko’p uchraydi. AQShda Sarah ismi hamisha eng mashhur ismlar qatorida bo’lgan.

 

Bu ismning manosi – ivrit tilida «malika», «amira». Arab tilida ham shunga o’xshash ikkita so’z bor, ko’pincha shu ismga aloqador deb keltiriladi: «sarra» – «xursand qiluvchi», «sara» – qoldiq. Bu ism arab mamlakatlarida, xususan, Saudiya Arabistoni va Iordaniyada ham etakchi o’rindagi ismlardan hisoblanadi.

 

Safiya (Sofiya). Manosi «pokiza, yorqin», «dugona». Onalarimizning biri Sofiya bint Huyay roziyallohu anho edilar. Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobiyalari orasida ulardan keyin yashab o’tgan etiborli muslima ayollar orasida ham Sofiya ismi juda ko’p uchraydi.

 

Sultona «hokimiyat», «ustunlik», «hokim» manosini beruvchi «sulton» so’zining muannas shakli. O’g’il bolalar ismi – Sulton ko’p mamlakatlarda mashhur bo’lsa-da, Sultona ismi hozirda kam uchraydi.

 

Sumayya. Bu ismning manosi «samo» – «osmon» so’zining kichraytirilgan shakli yoki «samiya» – «oliyjanob» so’zining kichraytirilgan shakli bo’lishi mumkin. Islomdagi birinchi shahidning ismi Sumayya bint Hayot, Ummu Umar edi. Tasnim. Bu ham Salsabil kabi jannatdagi buloqlardan birining nomi. Mutoffifun surasida shunday deyiladi: «…Albatta, abrorlar jannati naimdadirlar. Pardali baland so’rilar ustida nazar solib turarlar. Ularning chehralaridan jannat ravnaqini bilib olarsan. Ular muhrlangan, nihoyatda pok, sharobdan icharlar. U (sharob)ning xotimasi miskdir. Va shu narsa uchun musobaqa qiluvchilar musobaqa qilsinlar. U (sharob)ning aralashmasi «tasnim»dandir. U (Tasnim) bir buloqdirki, undan muqarrablar icharlar». (22-28 oyatlar)

 

Farah. Manosi «xursandchilik». Bazi musulmon mamlakatlarida bu ism o’g’il bolalar uchun ham ishlatiladi.

 

Farida. Manosi «javohir», «kamyob», «nodir narsa», «durdona». Bu ism boshqa arab mamlakatlaridan ko’ra Misrda ko’proq uchraydi.

 

Habiba. yorqin manoga (sevimli, suyukli) ega bo’lgan qadimiy arab ismlaridan biri. Bu ismda ko’plab sahobiyalar o’tgan. Jumladan, Habiba bint Abu Umoma Asad ibn Zurora, Habiba bint Abu Tijrat al-Abdariyya (hadislar rivoyat qilgan), Habiba bint Jahsh ( Zaynab bint Jahsh onamizning tug’ishgan singillari), Habiba bint Ramla bint Abu Sufyon (Ummu Habiba onamizning qizlari), Habiba bint Xorija ibn Zayd Hazrajiyya (Abu Barkr Siddiqning ayollari), Habiba bint Abu Sufyon, Habiba bint Abu Amir ar-Ra¬g’ib (mashhur sahoba Hanzalaning singlisi) va boshqalar.

 

O’rta asrlarning hurmatli musulmon ayollari orasida ham Habiba ismlilari uchraydi. Jumladan, Habiba bint Ibrohim al- Maqdisiya, 7-hijriy asr muhaddisi, Habiba bint Abu Halaf, Habiba bint al-Izz va boshqalar. Bugungi kunda esa Habiba ismi bazi mamlakatlarda (masalan, Misr) ko’p uchrasa, bazilarida esa (masalan, Saudiya Arabistonida) kam uchraydi. Hojar. Ibrohim alayhissalomning ayollaridan birining, Ismoil alayhissalomning onalarining ismi. U kishi haqidagi rivoyatlar malum va mashhur bo’lib, Makka shahrining paydo bo’lish tarixiga borib taqaladi. Halima. Manosi «beozor, royish», «sabrli», «yumshoq». Bu ajoyib ismni eng mashhur qilgan sohibasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni emizgan banu Sadlik Halima bo’lgan. Bu ayol Muhammad alayhissalomni deyarli 4 yil tarbiyalagan. Shuningdek, Halima bint Urva ibn Masud as-Saqofiy ismli sahobiya yoki tobeiya ham yashagan.

 

Sharifa. Manosi hurmatli, sharafli

 

Shayma (Shaymo). Shayma so’zi «yaxshi sifatlarga ega» va «xoli bor ayol» degan manolarni anglatadi. Bu Rasululloh alayhissalomning emikdosh singlisi, Halimai Sadiyyaning qizining sifati bo’lgan. Yasmin. Fors tilidan kelib chiqqan ism bo’lib, arablarda ham allaqachon o’zlashib ketgan va istemolda keng k’o’llaniladi. Yasmin bint Salim ibn Ali ibn al Baytar XII asrda yashab o’tgan hadis roviylaridan biri. «Yasmin» so’zi gulning nomini bildirsa, «yasmina» uning bir shoxchasi yoki bir gulini bildiradi.

A
ABBOS (a.)- qovog’i soliq, xo’mraygan, jiddiy. Bazi bolalar shu holatda tug’iladi.
ABDULAZIZ (a.) – izzat va kuch-qudrat sohibi bo’lgan g’olib Allohning bandasi.
ABDULAZIM (a.) – buyuk Allohning bandasi.
ABDULVALI (a.) – do’st, madadkor Allohning bandasi.
ABDULVAHHOB (a.)- barcha uchun o’z nematlarini tekin ato etuvchi Allohning bandasi.
ABDULVOHID (a.)- bitta, yagona, tanho bo’lgan Allohning bandasi.
ABDULJABBOR (a.) – bandalarning ishlarini isloh qiluvchi Allohning bandasi.
ABDULJALIL (a.)- barcha jihatdan mukammal va go’zal ulug’ Allohning bandasi.
ABDULLATIF (a.)- lutfu ehson, cheksiz marhamatlar sohibi bo’lgan Allohning bandasi.
ABDULAHAD (a.)- yakka-yagona bo’lgan Allohning bandasi.
ABDULKARIM (a.)- karim qiluvchi, saxovat ko’rsatuvchi va bandalarining gunohlarini kechiruvchi, avf etuvchi Allohning bandasi.
ABDULLOH (a.)- Allohning bandasi.
ABDULMALIK (a.)- podshoh Allohning bandasi.
ABDULFATTOH (a.) – rahmat xazinalarini ochuvchi Allohning bandasi.
ABDULXOLIQ(a.)- yaratuvchi Allohning bandasi.
ABDULK’AHHOR (a.)- barchani bo’yso’ndiruvchi Allohning bandasi.
ABDULK’ODIR (a.)- hamma narsaga qodir bo’lgan, kuch qudrat sohibi Allohning bandasi.
ABDULG’AFUR (a.) – bandalarinnng gunohlarini yashirib, jazo bermay turuvchi Allohning bandasi.
ABDULG’AFFOR (a.) – bandalarining xato va gunohlarini kechiruvchi Allohning bandasi.
ABDULG’ANI (a.)- hech narsaga ehgiyojsiz, boy Allohning bandasi.
ABDULHAY (a.)- abadiy tirik Allohning bandasi.
ABDULHAMID (a.)- hamisha, doimo hamdu sanoga, maqtovga sazovor bo’lgan Allohning bandasi.
ABDULHAKIM (a.) – hikmat va cheksiz bilimlar sohibi bo’lgan Allohning bandasi.
ABDULHAFIZ (a.)- o’z panoxdda saqlovchi Allohning bandasi.
ABDURRAZZOQ (a.) – barcha tirik mavjudodga rizq beruvchi Allohning bandasi.
ABDURRAUF (a.)- o’ta mehribon, rahmati keng Allohning bandasi.
ABDURRAShID (a.)- barcha ishlari to’g’ri chiquvchi Allohning bavdasi.
ABDURRAHIYM (a.) – rahmli Allohning bandasi.
ABDURRAHMON (a.) – o’ta mehribon Allohning bandasi.
ABDUSSAMAD (a.)- hojatbaror Allohning bandasi.
ABROR (a.)- pokiza, yaxshi xulq-atvor egasi.
ADOLAT (a.) – odillik.
AZAMAT (a.)- ulug’, qudratli.
AKBAR (a.)- buyuk, ulur.
AKMAL (a.) – eng etuk, eng mukammal.
AKRAM (a.)- karamli, saxiy
ALI (a.)- oliy, eng yuksak.
ALIShER (a.-f.t.)- sherdek qudratli, jasur, dovyurak bola. Alidek kuch-qudrat va aql-zakovat egasi bo’lsin.
AMIR (a.)- hukm qiluvchi, hukmdor, yo’lboshchi.
ANBAR (a.) – yoqimli, xushbo’y, ajoyib hidli.
ANVAR (a.)- nurli, yorug’, charog’on yoki iqboli porloq bola.
ARSLON (a.)- sher, sherdek qudratli, dovyurak, qo’rqmas bo’lsin.
ASAD (a.) — Sher. Asad oyida tug’ilgan bola yoki Sherdek kudratli, qo’rqmas, dovyurak bo’lsin.
ASADULLOH (a.) – Allohning sheri yoki Allohning sherdek qudratli, dovyurak, jasur bandasi.
ASAL (a.) – asaldek shirin, sevimli qiz.
ASOMIDDIN (a.)- dinning ko’magi, yordami, madadi.
AZAM (a.)- eng buyuk.
AHMAD (a.) – Allohga olqish va hamdu sanolar aytuvchi, olqishga sazovor, maqtovga loyiq.
AHROR (a.)- mehru muruvvatli, marxamatli.
B
BADRIDDIN (a.) – dinning to’lin oyi.
BARNO (f.t.) – kelishgan, chiroyli.
BASANDA (f.t.) – oilada ketma-ket qizlar tug’ilsa, endi etarli bo’ldi, endi kiz bola tugidishi to’xtasin, degan manoda ushbu ism k’o’yilgan.
BAXTIYoR (f.t.) – baxt-saodat, quvonch yor bo’lsin.
BAHODIR (f.t.) – botir, kuch-qudratli.
BAHOR (f.t.) – bahorda tug’ilgan farzand yoki hayotda bahordek go’zal, chiroyli, fayzli bo’lsin.
BAHRIDDIN (a.) – dinning nuri, shulasi.
BAHROM (f.t.) — Mirrix (Mars) sayyorasining nomi bo’lib, u qadimdan baxt va saodat timsoli sifatida tarannum etilgan, shu bilan bir qatorda qadimgi eron shohlaridan biri bo’lgan Bahromga xam nisbat berilib, kuch-qudrat sohibi bo’lsin, degan manoda xam ushbu nom bolaga berilgan.
BEKZOD (o’zb-f.t.) – beklar avlodidan bo’lgan bola yoki bek farzandi, bolasi.
BEKMUROD (o’zb-a.) – beklar avlodidan bo’lgan bola ulgayib, orzu maqsadiga etsin.
BERDIMUROD (o’zb-a,) – Alloh bizga o’g’il ato kilib, orzu maqsadimizga etkazdi eki Alloh bergan bola voyaga etib, murod-maqsadiga erishsin.
BEHZOD (f.t.)- yaxshi saodatli kunda tug’ilgan, yaxshi aslzoda bola.
BEHRUZ (f.t.)- baxt-saodatli kunda tug’ilgan bola.
BIBIXOL (o’zb-f.t.) – xol bilan tug’ilgan, etiborli aslzoda qiz.
BINAFShA (o’zb.)- binafshadek nafosatli, suluv, ko’rkam
BOBUR (o’zb.)- yo’lbars.
BOZOR (f.t.) – bozor kuni tug’ilgan bola.
BOYMUROD(o’zb-a.) – boy-badavlat bola, ulg’ayib orzu murodiga etsin.
BOYK’OBIL (o’zb-a.)- es-hushli, aqlli, mo’min-qobil bola, ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin.
BOLTA (o’zb.)- kindigi bolta bilan kesilgan bola yoki boltadek keskir, o’tkir, mustahkam bo’lsin.
BOTIR(o’zb-mo’g.) – mard, pahlavon, dovyurak, jasur.
BO’RI (o’zb.)- tug’ilganda tishi mavjud bo’lg’an bola.
V
VAFO (a.) – vafoli, sadoqatli, sodiq.
VOSIL (a.) – visolga etishgan.
G
GAVHAR (f.t.) – gavhardek qimmatli, bebaho, asl, zebo qiz.
GAVHARShOD(f.t.) – gavhardek bebaho, qimmatli, qadrli, quvnoq, shodu xurram zebo qiz.
GULANDOM (f.t.) – gulbadan, nozik, go’zal qiz.
GULASAL (f.t-a.) – guldek chiroyli, nafis, asaldek shirin, totli, sevimli qiz.
GULJAMOL (f.t-a.) – husni jamoli guddek zebo qiz.
GULJAHON (f.t.)- jahonning guldek go’zal kizi.
GULNOZ (f.t.) – guldek nozik va nozli go’zal kiz.
GULRUH (f.t.) – yuzi guldek go’zal qiz.
GULChEHRA (f.t.) – gulyuzli, chiroyli k’iz.
GULShAN (f.t.) – hayoti gulzordek fayzu tarovatli bo’lsin.
GULShOD (f.t.) – guldek go’zal, suluv, shodu xurram
GO’ZAL (o’zb.) – zebo, suluv, chiroyli
D
DAVLAT (a.) – davlatmand, boy, saodatli, tolei porloq bo’lsin.
DAVRON (a.) – davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo’lsin.
DILAFRO’Z (f.t.) – ko’ngilni yorituvchi, qalbni quvonchga to’ldiruvchi zebo qiz.
DILBAR (f.t.) – ko’ngilni oluvchi, suyukli, go’zal.
DILMUROD (f.t-a.) – dildagi murodga, orzuga etkazgan bola.
DILNAVOZ (f.t.) – dilni erkalovchi, ko’ngilga zavqu shavq bag’ishlovchi sevimli zebo qiz.
DILNOZ (f.t.) – nozik qalb sohibi.
DILOVAR (f.t.) – jasur, k’o’rqmas, dovyurak, shijoatli.
DILORO (f.t.) – ko’ngilni bezovchi, dilga oro beruvchi qiz.
DILOROM (f.t.) – dilga orom beruvchi, ko’ngilga taskin
va huzur-xalovat baxsh etuvchi.
DILRABO (f.t.) – ko’ngilni jalb qiluvchi, dilni tortuvchi, suyukli, go’zal qiz.
DILShOD (f.t.) – dili shod bo’lib yursin yoki qalblarga sevinch, shodu xurramlik baxsh etgan bola.
DURDONA (a-f.t.) – inju, dur donasidek bebaho, qadrli, chiroyli qiz.
E
ETIM (a.) – yakka, yagona, tanho, yolg’iz.
YO
YODGOR (f.t.) – agar bola dunyoga kelgandan keyin otasi yoki onasi olamdan o’tib qolsa, unga marhumdan esdalik, yodgorlik bo’lsin deb ushbu ism beriladi.
YORQINOY (Uzb.) – kelajagi yorug’, nurli va oydek go’zal qiz.
YOQUB (qad.yah.) – izidan boruvchi, sabr-toqatli, dovyurak, jasur.
YOQUT (k’ad.yah-a.) – rangi qizil bo’lgan qimmatbaho noyob tosh.
J
JAVLON (a.) – chaqqon, chiroyli, shahdam qadam tashlovchi.
JALOL (a.) – ulug’, buyuk, ko’rkam.
JALOLIDDIN (a) – dinning ulug’vorligi yoki dinning yuksak namoyandasi.
JAMOL (a.) – chiroyli, ko’rkam bola.
JAMShID (f.t.) – buyuk, qudratli.
JASUR (a.) – dovyurak, qurqmas, jasoratli.
JAHONGIR (f.t.) – jahonni zabt etuvchi, fotih.
JUMA (a.) – juma kuni tug’ilgan bola.
JUMAGUL (a.f.) -juma kuni tug’ilgan, guldek chiroyli suluv qiz.
JUMAK’UL (a.-o’zb.)- Allohning juma kuni tug’ilgan bandasi JUMANAZAR (a.) – juma kuni beriltan tuhfa.
JO’RA (f.t.) – do’st, o’rtoq, hamdam.
Z
ZAYNAB (a.) – kelishgan, xushqomat, suluv qiz.
ZAYNIDDIN (a.) – dining bezagi, chiroyi, ko’rki.
ZARINA (f.t.) – zarli, chiroyli qiz.
ZARIF (a.) – beg’ubor, pokiza, nozik tab, o’gkir aql sohibi.
ZARIFA (a.) – iffatln, pokiza, nozik tab, fahm-farosatli qiz.
ZAFAR (a.) – tolib, saodatmand.
ZEBINISO (f.t.-a.) – ayollarning zebi, go’zal, zebosi.
ZEBO (f.t.) – go’zal, suluv, chiroyli qiz.
ZIYO (a.) – nurli, tolei porloq bola.
ZIYNAT (a.) – ziynatli, bezangan, orasta, ko’rkam qiz.
ZOYIR (a.) – ziyoratchi.
ZOKIR (a.) – Allohni zikr qiluvchi, yodga oluvchi.
ZUBAYDA (a.) – ayollarning tanlab olingani, eng yaxshisi.
ZULFIYA (f.t.) – jingalak sochli, suluv qiz.
ZULXUMOR (a.) – intiq bo’lib ko’pdan kugiltan qiz.
ZUMRAD (f.t.) – zumraddek qimmatli, chiroyli, zebo qiz.
ZUHRO (a.) – Zuhro yulduzidek nurli, chiroyli, suluv va iqboli porloq qiz.
I
IBODAT (a.) – toat-ibodat qilish, Xudoga sig’inuvchi, Unga bo’ysunuvchi yoki ibodat paytida tug’ilgan qiz.
IBODULLOH (a.) – Allohning bandalari, qullari.
IBROHIM (qad.yah.) – xalqlarning otasi.
IZZATULLOH (a.) – Allohning hurmat-izzatli bandasi bo’lsin.
ILHOM (a.) – ruhiy ko’garinkilik, ruhlanish, avjlanish.
IMOM (a.) – oldinda turuvchi peshvo, diniy rahnamo.
INTIZOR (a.) – intizor bo’lib ko’pdan orziqib kutilgan qiz.
IRODA (a.) – Xudoning irodasi bilan dunyoga keltan qiz.
ISKANDAR (yun.) – qo’rkmas, dovyurak, jasur, mardlarnish sardori, boshlish.
ISLOM (a.) – bo’ysunuvchi, itoatkor, xudojoy.
ISMOIL (qad.yah.) – Xudo eshitdi; Xudodan so’rab olingan bola.
ISROIL (qad.yah.) – Allohga itoat qiluvchi, Alloh yo’lida kurashchi.
IXTIYOR (a.) – ixtiyori, erki o’zida, hur, ozod.
IK’BOL (a.) – baxtu saodat, yorur kelajak, hayot.
Y
YO’LDOSh (o’zb.-f.t.) – hamroh.
K
KAMOL (a.) – etuk.
KAMOLIDDIN (a.) – dinning kamoli, rivoji yoki dinning barkamol, etuk namoyandasi.
KOMIL (a.) – etuk, mukammal.
KAMOLA (a.) – etuk, barkamol qiz.
KOMRON (f.t.) – maqsadga erishuvchi, saodatmand, kudratli, omadli, tolei porloq.
KUMUSh (o’zb.) – kumushdek bebaho, qimmatbaho, qadrli, suluv qiz.
L
LAYLI (a.) – tun qizi, tunda tug’ilgan qiz.
LATIFA (a.) – mehribon, muloyim qiz.
LATOFAT (a.) – latofatli, pokiza, shafqatli, zebo qiz.
LOBAR (a-) – chiroyli, kelishgan, yokzimli, dilkash qiz.
LOLA (f.t.) – loladek nafosatli,chiroyli, ko’rkam, go’zal
LUTFIYA (a.) – muruvvatli, mehrli, suluv qiz.
LUTFULLOH (a.) – Allohning lutfu ehsoni, muruvvati, marhamati.
M
MAVJUDA (a.) – yaratilgan, bor, barhayot.
MAVLUDA (a.) – xosiyatli, muqaddas kunda dunyoga kelgan qiz.
MADINA (a.) – bu ism Arabistondagi muqaddas ziyoratgoh shahar bo’lgan Madina nomidan olingan.
MALIKA (a.) – malika yoki shoh avlodidan bo’lgan ayol.
MALOHAT (a.) – ko’rkam, go’zal, malohatli qiz.
MASTURA (a) – pardali, iffatli, pokiza qiz.
MATLUBA (a.) – iltijo qilib so’rab olingan qiz.
MAFTUNA (a.) – maftun qiluvchi, jozibali, dilkash qiz.
MAHBUBA (a.) – sevilgan, suyukli, dilbar qiz.
MAHLIYO (a.) – o’ziga jalb etuvchi, ko’ngilni rom qiluvchi, sehrlovchi, nazokatli, jozibali, suluv qiz.
MAHMUD (a.) – maqtalgan, maqtovga loyiq.
MEHRINISO – ayollarning quyoshi.
MIRZA (f.t.) – savodli, o’qimishli bilimdon bo’lib o’ssin.
MOHIGUL (f.t.) – oydek suluv, chiroyli va tuldek go’zal qiz.
MOHIDIL (f.t.) – ko’ngilning oyi yoki ko’nglimizni oydek eritgan, nurga to’ldirgan suluv qiz.
MOHINUR (f.t-a.) – oy nuridek pokiza, suluv qiz.
MOHIRA (a.) – mahoratli, pishiq qiz.
MUAZZAM (a.) – azim, ulug’, buyuk.
MUATTAR (a.) – xushbo’y xid taratuvchi.
MUBORAK (a.) – qutlug’, saodatli.
MUZAFFAR (a.) – zafar qozonuvchi, g’alabaga erishuvchi, golib.
MUNAVVAR (a.) – nurli, charoyun, yorug’.
MUNIRA (a.) – nur sochuvchi, yuzidan nur taraluvchi, nurli, zebo qiz. MUNIS (a.) – do’st, hamdam.
MUROD (a.) – ulgayib murod-maqsadiga etsin yoki orzu, murodga erishtirgan bola.
MUSALLAM (a.)- bo’ysunuvchi, itoatkor.
MUSULMON (a.) – Islom diniga etiqod qiluvchi, iymonli, xudojoy.
MUXTOR (a.) – tanlangan, saylangan, erkin, ozod.
MUShARRAF (a.) – sharaflangan, sharafli, hurmat-ehtiromga erishgan.
MUYASSAR (a.) – Alloh etkazgan, muyassar qilg’an farzand.
MUK’ADDAM (a.) – birinchi farzand.
MUK’ADDAS (a.) – qutlug’, tabarruk, muqaddas, aziz.
MUHAMMAD (a.) – maqtaladigan, maqtovga, olqishga loyiq, sazovor.
MUHARRAM (a-) – muxarrram oynda dunyoga kelgan bola.
MUHTARAM (a.) -eng hurmatli, ezozli.
N
NAVRO’Z (ft.) – yangi kun, yangi kunda – Navro’z kuni tug’ilgan bola.
NAJMIDDIN (a.) – dinning yulduzi, dinning iqboln.
NAZAR (a.) – Alloh nazar qilgan, Allohning nazari tushgan bola.
NAZIRA (a.) – avliyolar, eshonlarga nazir qilingan, bag’ishlangan qiz.
NAZIFA (a.) – pokiza.
NAZOKAT (a.) – noziklik, nozik tabiatli, nozanin suluv qiz.
NAZRULLOH (a.) – Allohga nazr qilnngan, bag’ishlangan bola.
NAMOZ (f.t.) – namoz vaqgida tug’ilgan bola.
NARGIZ (a.) – nargisdek nafosatli, nozik, go’zal qiz.
NARIMON (a-f.t.) – jasur, qo’rqmas, kuch-qudratln.
NASIBA (a.) -rizqi bugun, nasibali qiz bo’lsin.
NASIM (a.) – tong payti zsadshan shabadadek yumshoq ko’ngilli, muloyim tabnatli, yoqimli bola.
NASIMA (a.) – tong shamolidek yoqnmli, huzurbaxsh, muloyim tabiatli, yumshoq ko’ngil, pokiza, nafosatlv
NASRIDDIN (a.) – dinning yordami, ko’maga.
NE’MAT (a.) – rizqi butun, nasibasi to’kis bo’lsin.
NE’MATULLOH (a.) – Allohving saxovati, marhamati, Allohshng nemati.
NIGINA (f.t.) – uzuk, qimmatbaho uzuqdek bebaho, aziz, go’zal qiz.
NIGORA (f.t.) – chiroyli yuzli, zebo, tengsiz husn sohibasi.
NIZOM (a.) – tartib-intizomli,odob-axloqli bola bo’lsin.
NIZOMIDDIN (a.) – diniy ilmlarni, tartib-qoidalarni mukammal biluvchi, din rivojiga hissa k’o’shuvchi.
NILUFAR (hind.) – nilufardek nafosatli, nozik va zebo qiz.
NIShON (f.t.) – bola tug’ilganda uning badanida biron xil belgi bo’lsa yoki otasidan nishona bo’lsin degan manoda ushbu ism ko’yiladi.
NODIR (a.) – noyob, qimmatbaho, qadrli bola.
NODIRA (a.) – tengsiz, bebaho, benazir, beqiyos go’zallik sohibasi.
NORBOY (f.t-o’zb.) qizil xolli bola ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin.
NORMUROD (f.t-a.) – qizil xolli bola orzu murodlarimizga erishtirdi yoki qizil xolli bola sog’-omon ulg’ayib istagiga, murodiga etsin.
NORMUHAMMAD (f.t.-a.) – qizil xolli bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
NORMO’MIN (f.t-a.) – qizil xolli bola, aklli, dono, mo’min-qobil bo’lsin.
NOROY (f.t-o’zb.) – qizil xol bilan tug’ilgan, oydek zebo, ko’rkam qiz.
NORTOJI (f.t.) – qizil xolli bola.
NORXOL (f.t.) – badanida qizil xol bilan tug’ilgan qiz.
NORQOBIL (f.t-a.) qizil xol bilan tug’ilgan bola, ulg’ayib qobil bo’lsin.
NOSIR (a.) – yordam beruvchi, g’olib.
NURBBK (a-o’zb.) – beklar avlodiga mansub bo’lgan tolei nurli, iqboli porloq bola.
NO’RJAMOL (a.) -nur yuzli, chiroyli, go’zal qiz.
NURIDDIN (a.) – dinning nuri, ziyosi, mash’ali.
NURULLOH (a.) – Allohning nuri, ziyosi, yog’dusi.
NUSRAT (a.) – yordam beruvchi, ko’mak beruvchi, golib.
NUSRATULLOH (a.) – Allohning ko’magi, muruvvati.
O
OBID (a.) – Alloxga sig’inuvchi, Unga ibodat qiluvchi.
OBIDA (a.) – Alloxga ibodat qiluvchi, taqvodor qiz.
OBOD (f.t.) – hayoti obod, serfayz, nasibasi butun bo’lsin.
ODIL (a.) – adolatli, haqgo’y.
ODINA (f.t.) – xosiyatli bo’lgan, muborak kun hisoblashan juma kunida tug’ilgan bola.
OZOD (f.t.) – ozod, hur, erkin.
OZODA (f.t.) – hur, erkin, pokiza qiz.
OZODBEK (f.t-o’zb.) – beklar avlodiga mansub bo’lgan hur, erkin, saodatmand bola.
OYGUL (o’zb-f.t.) – oydek chiroyli, suluv, guldek chiroyli qiz.
OYDIN (o’zb.) – oydin, yorug’ kechada tug’ilgan qiz yoki xayoti nurli, iqboli porloq, charoyun bo’lsin.
OYJAMOL (o’zb-a.) – oydek go’zal husn sohibasi, oy yuzli zebo qiz.
OYNISA (o’zb-a.) – ayollarning oydek suluvi, zebosi.
OYShA (a.) – barhayot yashovchi.
OLIM (a.) – ilm soxibi.
OLIMA (a.) – ilmli, bilimdon qiz.
OLIYA (a.) – oliy, ulug’, yuksak martabali.
OLLOYOR (a-f.t.) – Alloh yor, madadkor bo’lsin, xamisha hamdam, hamroh bo’lsin, qo’llab o’z panohida asrasin.
OMON (a.) – o’sib, ulg’ayib sog’-omon bo’lsin.
OMONULLOH (a.) -Allohning o’zi xar qanday xavf-xatar va ofatlarddn omon saqlaydigan bola.
ORZIGUL (f.t.) – orzu qilib ertpilgan guldek suluv, dilrabo qiz.
ORZU (f.x.) – ota-onasini orzusiga erishtirgan, maqsadiga etkazg’an yoki orziqib kutilgan bola.
ORIF (a.) – marifatli, bilimli, aqlli, Allohni tanigan xudojo’y, taqvodor.
ORTIQ (o’zb.) – badanida biror ortiqcha azo bilan tug’ilgan bola.
OTABEK (o’zb.) – beklarning boshlig’i, sardori.
OK’IL (a.) – aqlli, dono, zukko.
OK’ILA (a.) – aqlli, zukko, dono qiz.
P
PANJI (f.t.) – odatda oiladagi beshinchi bolaga ushbu nom k’o’yiladi. Panj-besh manosini anglatadi.
PARDA (f.t.) – parda bilan tug’ilgan bola.
PO’LAT (f.t.) – po’latdan kuchli, irodali, mustahkam bo’lib ulg’aysin.
R
RAVShAN (f.t.) – nurli, yorug’, charog’on yoki iqboli porloq bola bo’lsin.
RAJAB (a.) – Rajab oyida, yani hijriy yilning ettinchi oyida tug’ilgan bola.
RAMAZON (a.) – qutlug’, muborak oy hisoblanmish qamariy yilning 9 oyida tug’ilgan bola.
RAMZIDDIN (a.) – dinning ramzi, timsoli.
RASUL (a.) -Allohning elchisi.
RA’NO (a.) – ranoguddek suluv, chiroyli, purlatofat qiz.
RAHMAT (a.) – mehribon, rahmdil, shafqatli.
RAHMATULLOH (a.) – Allohning rahmati, muruvvati, marhamati bilan dunyoga keltan bola.
RIZO (a.) – rozilik.
ROBIYA (a.) – oiladagi to’rtinchi farzand.
ROZIYA (a.) – rozilik, mamnunlik, shukronalik baxsh etgan, suyukli, yoqimtoy, dilkash qiz.
ROHAT (a.) tinch-omon, rohatda, huzur-halovatda yashasin.
RUSLAN (f.t.) – arslon, qo’rqmas, jasur, qudratli, dovyurak.
RUSTAM (pahl.) – kuch-qudratli, botir, engalmas, dovyurak jasur, matonatli.
RUXShONA (f.t.) – chiroyli, go’zal yuzli, ko’rkam, suluv
RO’ZI (f.t.) – rizqi butun, nasibali, baxt-saodatli bo’lsin.
RO’ZIMUROD (f.t-a.) – rizq-nasibali bola ulg’ayib murod-maqsadiga etsin.
RO’ZIMUHAMMAD (f-t-a.) – rizqli, nasibali bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
RUZIXOL (f.t.) – rizqli, nasibali, xol bilan tug’ilgan qiz,
S
SADOQAT (a.) – sodiq, sadoqatli, vafodor.
SADRIDDIN (a.) – dinning baland martabali, yuqori mavqega ega rahnamosi, dinshshg ulug’ namoyandasi.
SAID (a.) – baxt saodatli.
SAIDA (a.) – omadli, baxtli, saodatli.
SAYID (a.) – ega, boshliq, rahnamo, aslzoda, oliynasab.
SAYIDA (a.) – oliynasab sayidlar avlodiga mansub qiz.
SAYIDBEK (a.) – ayolzoda, oliynasab beklar avlodidan bo’lgan bola.
SAYIDMUROD (a.) – oliy nasab, aslzoda, sayidlar avlodiga mansub bola. Ulg’ayib murod-maqsadiga etsin.
SAYFIDDIN (a.) – dinning qilichi.
SAYFULLOH (a.) – Allohning qilichi.
SALIM (a.) – sog’lom, sog’u salomat.
SALOMAT (a.) – omon-esonlik, sog’u salomatlik.
SAMANDAR (a.) – o’t ichida yashovchi, o’tdan paydo bo’ladigan jonzot, o’lmas, mustahkam irodali.
SANAM (a.) – majusiylar ilohi, mabudasi; zebo, suyukli qiz.
SAODAT (a.) – baxtli, saodatli, iqboli porloq qiz.
SARVAR (a.) – yo’lboshchi, rahnamo.
SARVINOZ (f.t.) – qaddi-qomati tikka o’suvchi, sarv daraxtidek kelishgan va nozik qiz.
SARDOR (f.t.) – rahnamo, etakchi, yo’lboshchi, boshliq.
SAFAR (a.) – Safar oyida yoki safar vaqtida dunyoga kelgan bola.
SAFARALI (a.) – Safar oyida yoki safar paytida tug’ilgan bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovat egasi bo’lsin.
SAFARGUL (a-f.t.) – Safar oyida yoki safar paytida dunyoga kelgan guldek ko’rkam, zebo qiz.
SADULLOH (a.) – Alloh ato etgan baxt-saodat yoki Allohning iqboli porloq, baxtu saodatli bavdasi.
SEVAR (o’zb.) – sevimli, yoqimli farzand.
SIROJ (a.).- mashal.
SIROJIDDIN (a.) – dinning nuri, mashali.
SOAT (a.) – xosiyatli, baxtli soatda tug’ilgan bola.
SOBIR (a.) -;chidamli, sabru toqatli, irodasi mustahkam bola.
SOBIT (a.) – mustahkam, chidamli, kelishgan, chiroyli bola.
SODIQ (a.) – sadoqatli, vafodor.
SOJIDA (a.) – sajda qiluvchi, Allohga sig’inuvchi musulmon qiz.
SOLIH (a.) – pokiza, pok, solih amallar qiluvchi.
SOHIB (a.) – xo’jayin, ega, do’st, hamdam.
SULTON (a.) – podshoh, hukmdor, yuksak martaba, obro’-etibor egasi bo’lsin.
SULTONALI (a.) – yuksak obro’-etibor, martaba egasi bo’lsin eki ushbu bola Alidek kuch-qudrat, yuksak aqlu zakovat egasi bo’lsin.
SULTONMUROD (a.) – yuksak mavqeli, martabalar, obro’-etibor sohibi bo’lib etishsin, orzu-murodiga erishsin.
SULTONOY (a-o’zb.) – oliy martaba, mavqeli, obro’, etibor sohibasi bo’lgan oydek go’zal, zebo qiz.
SURAYYO (a.) – yuzi Surayyo yulduzidek nurli, yorug’, go’zal qiz, iqboli Surayyo yulduzidek porloq bo’lsin.
T
TABASSUM (a.) – hayoti shodlikka, quvonchga to’liq bo’lsin yoki kulib, jilmayib turuvchi, chehrasidan tabassum arimaydigan qiz.
TALAT (a.) – yuz ko’rinishi chiroyli, go’zal bola.
TEMIR (o’zb.) – temirdek mustahkam irodali bo’lsin.
TEShA (o’zb.) – teshadek o’tkir, keskir bo’lsin, mustahkam bo’lsin yoki kindish tesha bilan kesilgan bola.
TILOVMUROD (o’zb-a.) – tilab olingan, Xudodan so’rab olingan bola ulg’ayib murod-maqsadiga etsin.
TOJIDDIN (f.t-a.) – dshning toji, dinning yuksak bilimdoni, ulug’ namoyandasi.
TOJIMUROD (f.t-a.) – xol bilan tug’ilgan bola ulg’ayib murod-maqsadiga etsin yoki xolli bola orzu-murodimizga erishtirdi.
TOJINISO (f.t-a.) – ayollarning toji, ulug’i, etiborga sazovori va eng go’zali.
TOLIB (a.) – talab qiluvchi, ilm izlovchi.
TOShMUROD (o’zb-a.) – toshdek mahkam, mustahkam irodali bola ulg’ayib murod-maqsadiga etsin.
TOShPO’LAT (o’zb-f.t) – tosh va po’latdek mustahkam bola, uzoq umr ko’rsin.
TOHIR (a.) – pokiza, begunoh.
TURSUN (o’zb.) – nobud bo’lmasin, sog’u salomat o’ssin, omon qolsin, yashab ketsin.
TURG’UN (o’zb.) – turib qolsin, nobud bo’lmasin, umri uzoq bo’lsin.
TO’LQIN (o’zb.) – yayrab, shodu xurram bo’lib, zavqu shavqqa to’lib yursin.
TO’RA (o’zb.) – yuqori margaba, mavqe egasi, aslzoda.
U
UBAYDULLOH (a.)- Alloxning kichik quli.
ULDONA (o’zb-f.t.) – ushbu dono, zukko, aqlli, fahm-farosatli qizdan keyingi farzand o’g’il bo’lsin.
ULURBEK (o’zb.) – ulug’, kuch-qudratln, hukmdor yoki beklarning ulug’, buyuk sardori, boshlig’i.
UMAR (a.) – mangu barhayot yashovchi.
UMID (f.t.) – umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan bola.
UMIDA (f.t.) – orzu-umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz
UMIDULLOH (f.t.-a.) – Alloh etkazgan orzu-umid.
USMON (a.) – siniqchi, davolovchi, tabib.
UChQUN (Uzb.) – hayoti yorug’, nurli, tolei porloq bo’yasin.
F
FAZILAT (a.) – yaxshi xislatli.
FAZLIDDIN (a.) – dinning fazli, kamoli.
FAYZULLOH (a.) – Allohning marhamati yoki Alloxning rizqu nasibali, omadli bandasi.
FARANGIZ (f.t) – nur taratuvchi, shula sochuvchi go’zal qiz.
FARID (a.) – yakka, yagona.
FARIDA (a.) – yakka, yagona, tengsiz qiz.
FARMON (f.t.) – buyruq, Allohning farmoni, amri bilan dunyoga kelgan bola.
FARORAT (a.) – huzur-xalovat, rohat-farog’atda yashasin.
FARRUX (f.t.) – yuzidan nur yogaluvchi, ochiq chehrali, chiroyli, ko’rkam.
FAXRIDDIN (a.) – dinning faxri, g’ururi.
FERUZ (f.t.) – engilmas, yulib.
FERUZA (f.t.) – g’olib, iqboli baland zebo qiz.
FIRUZ (f.t.) – saodatli, ik’boli porloq yoki engilmas, g’olib,
FIRUZA (f.t.) – saodatli yoki firuzadek bebaho, qimmatli, go’zal, zebo qiz yoki nurli, yuzidan nur taraluvchi.
FOZIL (a.) – bilimdon, dono, zukko.
FOZILA (a.) – bilimli, zukko qiz.
X
XAYRIDDIN (a.) – dinning xayru saxovati yoki xayru saxovatpesha, himmatli din namoyandasi.
XAYRULLOH (a.) – Allohning xayru saxovati, muruvvati, Allohning tuhfasi.
XALIL (a.) – sevimli, aziz do’st.
XOLBEK (f.t-o’zb.) – beklar avlodidan bo’lgan xolli bola.
XOLBEKA (f.t-o’zb.) – beklar avlodidan bo’ltan xolli qiz.
XOLBIBI (f.t-o’zb.) – yuqori mavqega ega, baland martabali xolli k’iz.
XOLBOY (f.t-o’zb.) – xol bilan tushlgan bola voyaga etib, ulg’ayib davlatmand, boy bo’lsnn.
XOLDOR (f.t.) – xol bilan tug’ilgan xolli bola.
XOLMIRZA (f-t.) – xolli bola, bilimdon, dono, o’qimishli,savodxon bo’lib etishsin.
XOLMUROD (f.t-a.) – xolli bo’lib tug’ilgan bola, o’sib orzu-murodiga etishsin.
XOLMUHAMMAD (f.t-a.) – xolli bo’lib tug’ilgan bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
XOLMO’MIN (f.t-a.) – xolli bo’shb tug’ilgan bola mo’min-qobil bo’lsin.
XOLTOJI (f.t.) – badanida xoli va toji mavjud bo’lgan bola.
XONDAMIR (o’zb-f.t.) – bu ism, olimlarning takidlashicha, aslida, “xovand amir” bo’lib, uning manosi Xudo amr etuvchi hukmdordir yoki Xudoning nazari tushgan, Xudoning yo’lidan to’g’ri yuruvchi, Uning olqishiga sazovor bo’lgan hukmron.
XONZODA (o’zb-f.t.) – xon yoki asilzodalar avlodidan bo’lgan qiz.
XOSIYAT (a,) – yaxshi xislat va fazilatlar soxibasi bo’lsin yoki omadli yoki xosiyatli kunda tug’ilgan farzand.
XUDOYBERDI (f.t-o’zb.) – Xudo berdi, Alloh ato etdi. Allohning marhamati, tuhfasi bo’lgan bola.
XUDOYNAZAR (f.t-a.) – Xudoning nazari tushgan bola.
XUMOR (a.) – ko’pdan intiqlik bilan orziqib kutilgan bola.
XURRAM (f.t.) – shod, baxtiyor, xursand, baxtli bo’lsin yoki quvonchli kunda tug’ilgan bola.
XURSAND (f.t.) – shodu xurram, baxtiyor bo’lib yursin yoki quvonchli kunda tug’ilgan bola.
XURShID (f.t.) — quyosh benihoyat chiroyli, xushsurat yoki iqboli quyoshdek porloq bo’lsin.
XURShIDA (f.t.) – k’uyoshdek husnu jamol sohibasi bo’lgan go’zal, suluv, latofatli kiz yoki iqboli quyoshdek porloq bo’lsin.
Ch
ChAROS (o’zb.) – ko’zlari charosdek fusunkor, jozibalya, chiroyli qiz yoki qop-qora ko’zlari katta qiz.
ChORI (f.t.) – oiladagi to’rtinchi o’g’il.
Sh
ShABNAM (f.t.) – shudringdek beg’ubor, pokiza qiz.
ShAVKAT (a.) – shon-shuhrat, kuch-qudratli bola bo’lsin.
ShAMSIDSIN (a.) – dinning quyoshi.
ShAMSIYA (a.) – quyoshdek porlovchi charog’on qiz, chiroyli qiz.
ShAMSULLOH (a.) – Allohning nuri, yog’dusi yoki Allohning quyovdek porloq chehrali, chiroyli bandasi.
ShARBAT (a.) – yoqimli, shirin, suyukli qiz.
ShARIF (a.) – sharafli, muqaddas, aziz.
ShARIFA (a.) – aziz, qadrli, sharafli qiz.
ShAFIQA (a.) – shafqatli, mehru muruvvatli, oqibatli qiz.
ShAHBOZ (f.t.) – lochin, chakqon, shiddatkor, shijoatli, dovyurak, qudratli bo’lsin.
ShAHINA (f.t.) – dovyurak, mard, jasur, qo’rqmas qiz.
ShAHLO (a.) – katta, qora ko’zli, go’zal qiz.
ShAHNOZ (f.t.) – shohlar, asilzodalar avlodiga mansub nozli, nozik va zebo, go’zal qiz.
ShAHOBIDDIN (a.) – dinning yorqin, nurli yulduzi.
ShAHODAT (a.) – guvohlik beruvchi.
ShERALI (f.t-a.) – sherdek dovyurak, qo’rqmas, jasur, Alidek kuch-qudrat, aql-idrok egasi bo’lsin.
ShERBOI (f.t-o’zb.). – sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin.
ShERZOD (f.t.) – sherning bolasi; sherdek dovyurak, qo’rqmas botirlar avlodidan bo’lgan bola.
ShERMUROD (f.t-a.) – sherdek qo’rqmas, jasur, dovyurak bola murod-maqsadiga etsin.
ShERMUHAMMAD (f.t-a.) – sherdek dovyurak, jasur, bahodir bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
ShERXON (f.t.-o’zb.) – xon, asilzodalar avlodiga mansub, sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola yoki sherlarning sheri, hukmdori, yani sherdek dovyurak bahodirlarning sardori.
ShERQOBIL (f.t-a.) – sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola dono, aqshsh, qobil bo’lib o’ssin.
ShERK’UL (f.t-o’zb.) – Allohning sherdek jasur, dovyurak bandasi.
ShIRIN (f.t.) – yoqimli, aziz, suyukli, shirin bola.
ShOBERDI (f.t-o’zb.) – Allohning marhamati bilan dunyoga kelgan bola ulg’ayib ulug’ martabalar sohibi bo’lsin.
ShODI (f.t.) – shodlik, quvonch, baxtiyorlik.
ShODIBEK (f.t-o’zb.) – beklar avlodidan bo’lgan shodu xurram, quvnoq, baxtiyor bola.
ShODIGUL (f.t.) – shodu xandon, baxtiyor, quvnoq va guldek zebo qiz.
ShODIYOR (f.t.) – shodu xurramlik, quvonch, baxtiyorlik hamisha hamrohi bo’lsin yoki bizga shodlikni yor etgan yoxud quvonchli kunda tug’ilgan bola.
ShODIMUROD (f.t-a.) – shod, xurram, baxtiyor bola ulg’ayib murod-maqsadiga etsin yoki shodu-xurramlik, quvonch-baxtiyorlik keltirgan bola murodimizga etkazdi.
ShODIMUHAMMDD (f.t-a.) – shodu xurram baxtiyor bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qilsinlar.
ShODIYA (f.t.) – shod, xurram, quvnoq, baxtiyor yoki quvonchli kunda turilgan kiz.
ShODMON (f.t.) – shod, baxtiyor, quvnoq yoki hayoti shodlikka to’liq bo’lsin exud quvonchli, shodmon kunda tug’ilgan bola.
ShOIR (a.) – shoir, so’zga chechan, hozirjavob, shirinso’z, notiq bo’lsin.
ShOIRA (a.) – shoira bo’lsin, so’zga chechan, shirinsuxan, notiqa qiz bo’lsin.
ShOYISTA (f.t.) – hurmat-ehtiromga loyiq, ezoz-etiborga munosib qiz.
ShOKIR (a.) – shukur qiluvchi, Allohga shukur qiluvchi bola bo’lsin yoki bizga farzand bergani uchun Allohga shukr.
ShOHIDA (a.) – suluv, go’zal, zebo qiz.
ShOHIMARDON (f.t.) – mard, bahodirlar shohi.
ShOHRUH (f.t.) – yuzida shohlik alomatlari zohir bo’lgan kelishgan, zebo bola.
ShOHSANAM (f.t-a.) – go’zallar, suluvlar shohi, zeboliqda benazir, beqiyos qiz.
ShUKUR (a.) – qanoat, sabru toqat qiluvchi, rozi, minnatdor.
ShUKRULLOH (a.) – bizga farzand ato qilganligi uchun Allohga behad hamdu sanolar, shukronalar bo’lsin.
ShUHRAT (a.) – dovrug’, obro’, shon, iftixor.
E
ELBEK (o’zb.) – ulgayib elning bega, sardori, yo’lboshchisi bo’lsin.
ELDOR (o’zb-f.t.) – ulg’ayib yuqori martabalar egasi, elning yo’lboshchisi, rahnamosi, hukmdori bo’lsin.
ELMUROD (o’zb-a-.)- el orzu qilgan farzand bo’lsin, elini orzu-murodiga erishtirsin.
ERALI (o’zb-a.) – jasur, doyyurak, mard bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovatli bo’lsin.
ERGASh (o’zb.) – aka va opalariga ergashib yursin.
ERKIN (o’zb-) – erkin, ozod, hur bola.
ESON (o’zb.) – sog’-salomat, omon-eson o’ssin.
EShBEK (o’zb.) – beklar naslidan bo’lgan bola ulg’ayib, aka-ukalariga hamdam, yosh, hamnafas bo’lsin.
EShBO’RI (o’zb.) – bo’ri hamrohi, yo’ldoshi bo’lib, unn yomon kuchlardan, yovuz ruhlardan himoya qilsin, asrasin.
EShDABLAT (o’zb-a.) – mol-dunyo, davlatga erishib, boy-badavlat bo’lsin, rizqi butun bo’lib, baxtli, totuv hayot kechirsin.
EShMUROD (o’zb.-a.) – orzu kdyaingan hamroh yoki orzusiga hamroh bo’lib, murod-maqsadiga etsin.
EShK’OBIL (o’zb.) – odobli, es-hushli, qobil bola, aka- ukalariga yo’ldosh, hamdam, esh bo’lsin.
EZOZ (a.) – etiborga, hurmat-ehgiromga sazovor bo’lgan qadrli, qimmatli, suyukli bola.
EHSON (a.) – sovg’a, tuhfa.
Yu
YuLDUZ (o’zb.) – yulduzdek yorug’ yuzli, chiroyli, go’zal qiz.
YuNUS (qad.yah.) – kaptar.
YuSUF (qad.yah.) – ortgan, ko’paygan husn manosida.
Ya
YaYRA (o’zb.) – yayrab-yashnab o’ssin, hayoti quvonchga to’liq bo’lsin.
YaShAR (o’zb.) – yashab ketsin.
O’
O’KTAM (o’zb.) – kuchli, qudratli, dovyurak, jasur, viqorli.
O’LMAS (o’zb.) – o’lmasin, umri uzoq bo’lsin.
O’LMASOY (o’zb.) – o’lmasin, yashab ketsin, umri uzoq bo’lsin deb umid, niyat qilingan oydek go’zal, zebo qiz.
URAL (o’zb.) — tug’ilganda kindigiga o’ralib tushgan yoki jingalak sochli bola.
O’ROQ (o’zb.) – o’roqdek o’tkir, keskir bo’lsin yoki kindigi o’roq bilan kesilgan bola.
O’TKIR (o’zb.) – o’tkir, o’tkir aqlu zakovat sohibi, dono bola bo’lsin.
O’TKIRBEK (o’zb.) – beklar avlodiga mansub bo’lgan o’tkir aqlu zakovat sohibi, bilimli, dono bola.
O’G’ILOY (o’zb.) – shu oydek go’zal qizdan keyingi tug’ilajak farzand o’g’il bo’lsin.
O’RILShOD (o’zb-f.t.) – ushbu quvnoq, baxtiyor, shodon qizdan keyin tug’iladigan bola o’g’il bo’lsin.
Q
QALDIRG’OCh (o’zb.) – qaldirg’ochning qanotidek nozik, ingichka qoshli, suluv, go’zal qiz.
QAMBAR (a.) – to’rg’ay.
QAHRAMON (f.t.) – dovyurak, jasur, qudratli, ko’rqmas.
QILICh (o’zb.) – kindigi qilich bilan kesilgan bola yoki qilichday keskir, o’tkir, mustahkam bo’lsin.
QUDRAT (a.) – kuchli, qudratli.
QUDRATULLOH (a.) – Allohning qudrati bilan dunyoga kelgan bola yoki Allohning qudratli, kuchli bandasi bo’lsin.
QUNDUZ (o’zb.) – qunduzdek chiroyli, zebo qiz.
QUNDUZOY (o’zb.) – qunduzdek go’zal, oydek suluv, zebo qiz.
QURBON (a.) – Qurbon oyida tug’ilgan bola.
QURBONALI (a.) – Qurbon oyida dunyoga kelgan bola Alidek kuch-qudrat, akl-zakovatli bo’lsin.
QURBONNAZAR (a.) – Qurbon oyida tug’ilgan, Xudoning nazari tushgan bola.
QURBONOY (a.-o’zb.) – Qurbon oyida tug’ilgan oydek go’zal, suluv qiz.
QUTBIDDIN (a.) – dinning asosi, tayanchi.
QUTLI (o’zb.) – baxtli, saodatmand, iqboli porloq.
QUTLIBEKA (o’zb.) – baxtli,saodatli, ik’boli porloq oliynasab qiz.
QO’LDOSh (o’zb.) – ko’makchi, do’st, hamdam.
QO’ChK’OR (o’zb.) – moyagi, erkaklik tuxumi katta bo’lib tug’ilgan yoki peshonasi do’ng yoxud qo’chqordek kuchli bola.
QO’ShOQ (o’zb.) – badanida qo’shimcha azo bilan tug’ilgan bola.
G’
G’AYRAT (a.) – serharakat, shijoatli, tolmas, g’ayratli bola bo’lsin.
G’IYOS (a.) – ko’mak, yordam, madad.
G’IYOSIDDIN (a.) – dinning madadi, ko’magi, yordami.
G’OLIB (a.) – zafar qozonuvchi, engilmas, yulib.
G’ULOM (a.) – yosh xizmatkor qul.
H
HABIB (a.) – suyukli do’st, qadrdon, g’amxo’r.
HABIBA (a.) – sevimli, mehribon, qadrli qiz.
HABIBULLOH (a.) – Allohning suyukli do’sti.
HAYDAR (a.) – arslon, qo’rqmas, jasur, kuchli, qudratli bola bo’lsin.
HAYIT (a.) – hayit bayrami kunlarida tug’ilgan bola.
HAYITALI (a.) – hayit bayrami kunlarida dunyoga kelgan bola Ali kabi zo’r inson bo’lib etishsin.
HAYITGUL (a-f.t) – hayit kunida tug’ilgan, guldek chiroyli, zebo k’iz.
HAYITMUROD (a.) – hayit kunida farzandli bo’lib, orzumizga erishdik yoki hayit kunida tug’ilgan bola murod-maqsadiga etsin.
HALIMA (a.) – rahmdil, shafqatli, muloyim tabiatli, beozor, suyukli qiz.
HAMDAM (f.t.) – sodiq do’st, o’rtoq, aka-ukalariga, otasiga hamdam, madadkor, yosh bo’lsin.
HAMID (a.) – Alloh taologa hamdu sano aytuvchi.
HAMIDA (a.) – Allohga shukur qiluvchi, hamdu sano aytuvchi yoki maqtovga sazovor qiz.
AMIDULLOH (a.) – Allohning maqtoviga sazovor, alo bandasi.
HAMRO(H) (f.t.) – hamdam, sherik.
HASAN (a.) – chiroyli, alo, go’zal.
HASANALI (a.) – chiroyli, ko’rkam bola Aliga o’xshagan yaxshi odam bo’lsin.
HASANXO’JA (a-f.t.) – xo’jalar avlodiga mansub chiroyli, ko’rkam bola.
HOJI (a.) -muk’addas haj ziyoratida bo’lgan ziyoratchi.
HOJIMUROD (a.) – hoji erishtirgan orzu-murod yoki ulg’ayib hoji bo’lsin, murod-maqsadiga etsin.
HOTAM (a.) – oliyhimmat, saxovatpesha bola.
HULKAR (o’zb.) – Surayyo yulduzidek yorug’ yuzli, chiroyli go’zal qiz yoki iqboli surayyo yulduzidek porloq bo’lsin.
HUMOYuN (f.t.) – muborak, qutlug’.
QISKARTMALAR:
(s.a.v.) — Sollallohu alayhi vasallam
a. — arabcha
mo’g’. — mo’g’ilcha
pahl.- pahlaviycha
o’zb. — o’zbekcha
hind. — hindcha
f.t. — fors-tojik
yun. — yunoncha
yah. — yahudiycha
qad. yah. — qadimiy yahudiycha

Haqqimizda Barno Mir

Яна маълумот

O’z vaqtida to’shagni almashtirmaganlarga OGOHLANTIRISh: Siz bu kasalliklarni yuqtirishingiz mumkin

To’shaklar chang, kir bo’lsa, o’lik teri hujayralari, ter, soch va boshqa mayda zarralarni to’playdi. To’shagingizni har …